Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Qorbobo yasay olmasam, birinchi qorni tan olmayman.
Diyora Keldiyorova haqida turk qardoshlarimiz qo‘shiq kuylashibdi. Ochig‘i, hayratdaman. Turkiy ellarning birlashayotganiga ko‘z tegmasin, tuf-tuf!
Shu qo‘shiqni eshitsam, butun boshli kino ko‘z oldimdan o‘tganday bo‘ladi. Ko‘zlardagi iztirob, hatto kiyimlarni ham aniq-tiniq ko‘raman. Afsus, rassom emasman-da, chizib bergan bo‘lardim...
BAXSHIYONA
Elbek baxshi bir kambag‘alning to‘yini gurillatib, necha kampir-qizlarning yuragini dirillatib, ovuliga qaytib ketayotgan edi, bir karvonga duch keldi. Karvonning atrofida necha otliqlar chopishib kelishyapti, tuyalarni yetaklagan shotirlar qoqilib kelishyapti. Osmonga mushaklar otilgan, tuyalarga atlas kimxoblar yopilgan, yosh-yalanglar bo‘za ichib bo‘kirishgan, bir-biriga do‘q urishgan, tuya ustidagi qizlar ularga lab burishgan, karvonboshining peshonasi tirishgan - oldinda kelyapti.
Elbek baxshi: «Huv, karvonboshi, yo‘l bo‘lsin?» - deb so‘radi, karvonboshining oldini o‘radi.
«Yo‘ldan qoch, bachchag‘ar, kelin olib ketayapmiz», - dedi karvonboshi.
Elbek baxshining qulog‘iga yig‘i tovushi urildi. Sezdi - uyi kuygan. Bu - Oytumanning tovushi. Shunda: «Ey, kambag‘allik qursin! Orzum ochilmay so‘ladigan bo‘ldi, o‘zim hasratda o‘ladigan bo‘ldim», deb bir so‘z aytib turgan ekan:
Karvon ko‘rdim, tuyalari bo‘zlab borar,
Nortuyada mening yorim muzlab borar.
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtni izlab borar.
Peshonangning yozdig‘idan ayrilma, yor,
Jonim chiqar - qo‘shiq aytsam qayrilma, yor!
Oytuman yor ketib borar karvon bilan,
Og‘rinma, dil, mard qoladi armon bilan.
Mol-dunyoning izmin tutib ketaversin,
Men qolayin yurak degan sarbon bilan.
Peshonangning yozdig‘idan ayrilma, yor,
Jonim chiqar - qo‘shiq aytsam qayrilma, yor!
Oytuman yor, tumandayin suzib ketding,
Yuragimning qal’asini buzib ketding.
Parchalansam - meni qo‘shiq yig‘ishtirar,
Sen qo‘shiqsiz qolding, gulim - to‘zib ketding.
Peshonangning yozdig‘idan ayrilma, yor,
Jonim chiqar - qo‘shiq aytsam qayrilma, yor!
Karvon yo‘li ketgunicha qizg‘aldoqzor,
Yig‘lamagin, yig‘lagandan dunyo bezor.
Kulib-kulib, quvnab-quvnab ketavergin,
G’amga o‘zim xaridorman, o‘zim bozor.
Peshonangning yozdig‘idan ayrilma, yor,
Jonim chiqar - qo‘shiq aytsam qayrilma, yor!
Qorli tog‘dan naridadir o‘zga diyor,
O’zga yurtda kelin bo‘lib qolishing bor.
O’zga yurtda o‘z yurtingni eslab turgin,
Menga emas, tuprog‘ingga bo‘l intizor.
Peshonangning yozdig‘idan ayrilma, yor,
Jonim chiqar - qo‘shiq aytsam qayrilma, yor!
Men-chi? Menga goh shodlik, goh alam to‘lar,
Har satrimga kulgum to‘lar, nolam to‘lar.
Bu olam-ku, manim ko‘nglim yarim etdi,
Yarmi bilan kuylasam ham, olam to‘lar.
Peshonangning yozdig‘idan ayrilma, yor,
Jonim chiqar - qo‘shiq aytsam qayrilma, yor!
✍Usmon Azim
Bugun Usmon boboning tug‘ilgan kunlari!
Манам Улуғбекдек наъра тортиб берардим!
Sizlar ham do‘stlarimsiz-ku, ilindim!
Do‘stim, so‘nggi vaqtlarda podcastlar ko‘paydi. Bu – yaxshi. Deyarli barchasida “Qaysi kitoblarni tavsiya qilgan bo‘lardingiz?” savolining yangrashi – quvonarli. Ammo meni xafa qiladigani – hech qaysi qahramon she’riy to‘plamni tavsiya qilmaydi. Na shoir, na nosir, na noshir, na tarixchi, na siyosatchi.
Ko‘plarda she’r ham insonni yuksaltirishi, o‘stirishi, ma’lum yutuqlarga chorlashi haqida tushuncha yo‘qdek. She’r faqat “o‘ldim, kuydim”lardan, allaqachon sening me’dangga tekkan maddohonalikdan iborat emas-ku! To‘g‘rimi?
Kel, senga o‘zim yaxshi ko‘rgan, hayotimni, dunyoqarashimni o‘zgartirgan shoirning kitobini tavsiya qilay! 22-maydan 2-iyungacha bo‘lgan fursat “javzo” deb ataladi. Biz sen bilan ayni javzo oyida turibmiz, do‘stim! Shuning uchun senga Matnazar Abdulhakimning “Javzo tashrifi” kitobini tavsiya qilmoqchiman. Bilaman, senga uzundan uzun jumlalari bor, oxirini o‘qiguncha boshi esingdan chiqib ketadigan gaplardan iborat romanlar og‘irlik qiladi. Chunki sen “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida qisqa-qisqa, rang-barang videolarni ko‘rib o‘rgangansan. Shuning uchun senga shoirning bir-biridan rang-barang, qisqa va lo‘nda fikrlardan tashkil topgan, ammo og‘ir tosh bosadigan, falsafasi pishiq bo‘lgan she’rlarini tavsiya qilmoqchiman.
Sen ham men kabi “Bobolarimiz undoq, bundoq” degan ma’ruzalarni eshitib ulg‘aygansan. Shoirning “Shohsupadagi lochin” she’ri shu haqida:
Lochin o‘tmishga o‘ch bo‘lmasligi shart,
Lochinning bo‘lishi zarur buguni.
U esa osmonni unutib yashar
Kechagi obro‘ga karaxt yukinib.
Lochin xalq ramzi. Xalq o‘tmishiga sevinmasdan, buguni haqida ham o‘ylashi shart. Bu haqiqat “Men haq so‘zni aytay. Sen chida…” she’rida ham o‘z aksini topadi.
Men haq so‘zni aytay. Sen chida.
Men rost so‘zni so‘zlay. Qahr etma.
O‘tmish o‘tmishniki, azizim,
O‘tmish bilan quruq faxr etma.
Sen shularni o‘qiganingdan keyin ham “Bobolarimiz undoq, bundoq” deb maqtanib yurasanmi? Sen endi, menimcha, ularga munosib bo‘lish payida bo‘lasan.
Yurtimizda istiqloldan keyin sokinlik, o‘z-o‘ziga mahliyolik, o‘zbo‘larchilik kayfiyati sezildi. Shoir esa zamonaning larzaga muhtojligini qalamga oldi:
Na’ralar quloqqa shipshib aytilar,
Holbuki, zamona muhtoj larzaga.
Po‘latdek bo‘g‘izlar yaramaydilar
Yegulik yutmoqdan boshqa narsaga.
O‘! Sen bu she’rni o‘qiganingdan keyin taomlangan vaqtingda bo‘g‘zing yegulik yutishdan boshqa yana nimalarga qodirligini o‘ylab qolasan. Balki haq so‘zni sen aytarsan! Balki sen zamonani larzaga keltirarsan! Kashfiyotlar qilarsan, ilm cho‘qqilarini egallarsan!
“Tazarru” she’rida ham shu chaqiriq:
Yetar endi loqaydlik, g‘aflat,
Yetar endi lol, karaxt uxlash.
Demak kerak zabunni – zabun,
Ulug‘larni esa – ulug‘lash.
Xullas, sen bu kitobni o‘qiganingdan keyin “Surish kerak” degan gaplarga e’tibor bermay qo‘yasan. Tavsiya qilganim shoir ham o‘z viloyati – Xorazmdan turib yozdi, yashadi, ishladi. Boshqa shoirlar kabi poytaxtga, yaxshiroq sharoitga intilmadi. Natija yomon emas – men senga uning kitobini tavsiya etib turibman. Sen bu kitobdan keyin har qanday sharoitda ham yuksalish mumkinligini anglaysan.
Sen bu kitobdan Vatan aslida hayqirib sevilmasligini o‘rganasan.
Yetarlicha mudraganingni va endi bunday davom etishi mumkin emasligini tushunasan.
Xudo seni qo‘llarimga tutqazdi. Bu dunyoda qolishimga eng katta sababni topib berdi menga. O‘h, agar sen bo‘lmasayding, mening jahllarim, isyonlarim allaqachonlar oilamni barbod qilardi. Agar sen bo‘lmasayding, yiqilgan joylarimdan o‘zim turib keta olmasdim. Mening senga qilganlarimdan, sening menga qilganlaring ko‘proq.
Har kuni seni bog‘chadan olish uchun singling bilan yo‘lga tushamiz. Qo‘shiqni baland qilib qo‘yib olaman. Singling o‘z kolyaskasida o‘ynab boradi. Men esa bayramga borayotgan odamdek xursand boraman. Sening qiyqirib kulishlaring, quvonchdan porlab ketgan ko‘zlaringni ko‘rish bayram-da axir.
O‘sha kuni ikkalamiz ko‘chada badminton o‘ynayotganda o‘ylab qoldim. Ancha katta bo‘lib qolibsan. Ha, yana seni aldab ham bo‘lmay qolibdi. Ulg‘ayyapsan, qizim.
Singling tug‘ilgach, uni ehtiyot qilish uchun ba'zida senga baqirgan vaqtlarim bo‘ldi. Ishonsang, sen uchun "Baqirmaydigan onalar" kitobini o‘qib chiqdim. Men oldin hech qachon boy bo‘lish sirlari, muvaffaqiyat kaliti, insonlar bilan muloqotni yaxshilash kabi allamabalo kitoblarni o‘qimaganman. Sen menga har qanday bilimga ochiq bo‘lishni o‘rgatding.
Hujjatlar orasidan hali tug‘ilmasingdan senga yozgan xatimni topib oldim. Unda asosan yaxshi ona bo‘lishga va'dalar bergan ekanman. Ammo bu va'damni qay darajada uddalayapman bilmayman. Ammo senga yaxshi do‘st bo‘la olishimga ishonaman.
Beshinchi bahoring muborak, qizim!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago