Asadbek Shahobiddinov

Description
Asadbek Shahaobiddinov | Shaxsiy blog

Bog'lanish uchun: @Asadbek_Shahobidinov
Kunlik: @Fazonoma

Reklama olmaymiz.
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 month, 2 weeks ago

Sendan keyin boshlaganlar sendan oldinda

Telegram blog yuritish tajribasi oʻzim uchun bir qator muhim hayotiy saboqlarni berdi. Yaqinda bir tanishim bilan suhbatlashib turganimda, u:

«Bilasanmi, @ustoz_kundaligi kanalini sendan keyin, 24-mart kuni ochishgan. Lekin bugun ular sendan ancha oldinda – 8000 dan oshiq obunachiga ega. Sen boʻlsang hali ham 200 ta odam toʻplay olmading,» – deb qoldi.

Ochigʻi bu gaplar bir oz xafa qildi. Oʻzimni ich-ichimdan soʻroqqa tutdim: «Men nimani notoʻgʻri qildim?».

Ammo bir narsani allaqachon tushunib yetganman:

Telegram blog faqat obunachi toʻplash uchun emas.

Blogdan maqsad - fikrlarimni tartiblash, oʻz ustimda ishlash va intizomimni kuchaytiruvchi vosita boʻlib qoladi.

Haqiqiy muvaffaqiyatni oʻlchovchi mezon bu - obunachilar soni emas.

Blog menga yozish jarayonida oʻzimni yaxshiroq oʻrganish, fikrlarimni tartibga solish va shaxsiy rivojlanishga koʻmaklashadi.

Aytishim mumkinki, men bu blogdan topadigan «250 soʻm» pulimga muhtoj emasman. Balki, oʻzimni har bir maqolam bilan harakatni jadallashtirib, blog yuritish mahoratimni yaxshilayapman.

Oʻzingizni boshqalar bilan solishtirmang

4 yil oldin Aziz Rahimov blogida 84 ta obunachi bilan 4 oy har kuni maqola yozganlar. Lekin hozir 40 mingan ortiq. Lekin sifat oʻzgarmagan.

Shu sabab men doim ushbu 2 prinsipga amal qilaman:

  1. Avvalo sifatga eʼtibor bering. Sonlar keyin oʻz-oʻzidan keladi.

  2. Oʻzingizni shaxsiy rivojlanishingizni 1 - oʻringa qoʻying.

Men uchun blog bu - oʻz ustimda ishlash vositasi. Har bir yangi maqola - yangi tajriba va yangi imkoniyat natijasi.

Aynan shu sababli oʻzingizni boshqa bloger, quruvchi yoki oʻqituvchilar bilan solishtirmang. Kechagidan yaxshiroq yozing, kechagidan yaxshiroq kitob oʻqing.

Agar siz oʻz ustingizda tinmay ishlasangiz, vaqt oʻtishi bilan «Shaxsiyatingiz brendga, soʻzlaringiz esa trendga aylanib ketadi» ~ Muhammadali Eshonqulov

Choʻqqilarda koʻrishguncha🖐🏻

@Asadbek_Shahobiddinov

1 month, 2 weeks ago

Qarz

Qarz masalasi – insoniy munosabatlarning sinovlaridan biri. Pulning oʻzida ayb yoʻq, ammo notoʻgʻri muomala tufayli hatto eng mustahkam doʻstlikni ham yoʻqotishingiz mumkin.

Avvaliga doʻstlik uchun yordam berishdan bosh tortish noto‘g‘ri deb oʻylardim. Ammo vaqt oʻtishi bilan har safar pul soʻralganida doʻstlikdan shaxsiy manfaatlar yoʻlida foydalanish holatlari sezila boshladi.

Birinchi pulimni 10 yasharligimda ishlab topganman.

Pul bilan muomala qilishni oʻrganish uchun ancha vaqtim ketdi. Qarz masalasida ham.

Biriga pul berdim. Borib boshqalardan olgan qarzlarini toʻladi. Endi esa telefon oʻchiq, yoniq boʻlsa koʻtarmaydi.

Hol ahvol uchun telefon qilsam ham oʻzini olib qochadigan boʻlib qoldi.

Shunda ushbu jumlani tushundim: «Doʻstlarga qarz berma. Aks holda pulingni ham, doʻstingni ham yoʻqotasan»

Qarz berishdan oldin uni qaytara olishiga emas, avvalo, insoniy jihatdan muomala javob uzilib ketmasligiga ishonch hosil qilgan holda bering. Maʼlum bir muddatga asoslangan holatda bering.

Sharoitingiz boʻlmasa «Yoʻq» deyishdan uyalmang.

Pul va doʻstlik bir biriga qarama qarshi boʻlgan 2 ta kuchdir.

Pulni topsa boʻladi, lekin doʻstingiz bilan oʻtgan 14 yilni topa olmaysiz.

Choʻqqilarda koʻrishguncha🖐🏻

@Asadbek_Shahobiddinov

1 month, 2 weeks ago

O‘tkir xotiradan o‘tkir qalam yaxshiroq

Matn – fikrlarni tartiblashning eng yaxshi quroli. Yaxshi yozuvchi maqola yozmaydi, u o‘quvchi bilan gaplashadi.

Blog yuritish davomida turli mavzular va yangi bilimlarga duch kelasiz. Ammo qiziqarli va foydali matn yozish ko‘pchilik uchun qiyin kechadi (shu jumladan men uchun ham).

Nega yozish muhim?

Yozish – fikrlarni tartiblash imkonini beradi.

Tartibli fikrlar – mulohazaga, mulohazalar – bilimga, bilim esa sifatli maqolaga olib keladi.

Shunday qilib, yozish sizni rivojlanishga yetaklaydi.

Sizning fikringiz muhim!

Maqolalar sifatini yaxshilash uchun biz so‘rovnoma tayyorladik. Ushbu havolaga o‘tib, vaqtingizni ayamasdan javob bersangiz, juda minnatdor bo‘lamiz!

[So‘rovnoma uchun havola]

Cho‘qqilarda ko‘rishguncha! 🖐🏻

@Asadbek_Shahobiddinov

1 month, 3 weeks ago

Upgrade

Maqolalarim saviyasiz. Maqsad insonlarga yordam berish. Koʻproq odam foydali narsa oʻqishidan iborat.

Rivojlanish va intizomni targʻib qilishga harakat qilaman. @fazonoma da ovozli chatlar qilaman. Lekin qiziqishmaydi. 3 yoki 4 ta odam baʼzida kirib qoladi.

Yo men sifatsiz ish qilyapman yoki ular buni qadriga yetishmaydi...

Intizom asosi davomiy harakatda boʻladi. 1 kunda 100 bet oʻqigan emas, 1 kunda 1 betdan oʻqigan odam intizomliroq.

Agar algʻov dalgʻov hayotingizga chetdan qarasangiz hammasi odatga borib taqalyapti. Yaxshi va yomon oʻrtasidagi adirliklarga.

Sizni yutuqlaringiz odatlaringiz bilan chambarchas bogʻliq.

Ingliz tilimi? Har kuni 1 soatdan dars qilish odati. Sogʻlom tanami? Ertalab 6 daqiqa badantarbiya qilish odati.

Mnemonikada avval songa keyin sifatga ishlanadi. 100 ta xorijiy soʻzni yodlash uchun avval 10 tani tez yodlashni bilish kerak.

Odatlar bilan ham xuddi shunday logika ishlaydi. Avval 10 kun 1 betdan kitob oʻqishni boshlaysiz, keyin maʼnosiga tushunib borasiz.

Sizga upgrade kerak. Oʻsish va rivojlanish zerikarli ammo samarali. Shu sababli biz iste’dodli lekin dangasamiz)

Choʻqqilarda koʻrishguncha🖐🏻

@Asadbek_Shahobiddinov

1 month, 3 weeks ago

Bitkoin narxi 100 000$ ga chiqdi.

2017 yilda 6k$ga 2ta olib qo’yganingizda, hozir 200k pulingiz bo’lardi.

Yoki bo’lmasdi. Balki 90% investorlarga o’xshab 10k$ga chiqqanda sotib yuborardingiz.

2017-yilda blog boshlab, to’xtatmaganingizda - sohangizda eng kuchli blog bo’lardingiz.

2017-yilda bitta sohani ushlab, kuniga 20 daqiqa o’rganganingizda - top 1% mutaxassis bo’lardingiz.

2017-yilda kichkina xobbi biznes boshlab, haftasiga bitta mijoz qo’shganingizda - o’rta biznes darajasiga chiqardingiz.

Oxirgi uchta holatning hammasida 200kni bir yilda topib qo’yardingiz.

Orzu qilishni to’xtating. Ishni bosing.

1 month, 3 weeks ago

Yetarli darajada rivojlantirilgan texnologiya - moʻjizadan farq qilmaydi

IT sohasiga kirganimdan keyin kompyuter, elektromobillar, sun’iy aql, quyosh panellari va shunga oʻxshash narsalar bilan keng tanisha boshladim.

Sun’iy intellekt bilan Optimus Gen 3 robotlari yaratildi, 1200 km masofaga 1 quvvatlash bilan yura oladigan mashinalarni yaratdik.

Kosmosga parvoz qilib, qayta foydalansa boʻladigan raketalarni ixtiro qildik. Hatto endi raketalarni parkovka qilish mumkin.

Kasalxonada oʻtqazgan 6 kunim davomida ushbu texnologiyalar haqida koʻp oʻyladim. Har qanday davlat rivojlanishi uchun u yerda avvalo texnologik taraqqiyot boʻlishi talab qilinadi.

Oʻzbekiston rivojlanishi uchun bizga texnologik taraqqiyot kerak.

Hayotimni oʻzgartirib, umrimni ayrim texnologik loyihalarga sarf qilishga qaror qildim. Ushbu maqsad yoʻlida anchadan beri ishlayotgan loyihamiz katta yordam beradi degan umiddaman.

Qishloqlar ichidan Eynshteyniylarni, Universitetlar ichidan Tolmas Edisonlarni topish vaqti keldi.

Oʻylaymanki global ravishda texnologiyalarni rivojlantirish gʻoyasi - bu kelajak.

Choʻqqilarda koʻrishguncha🖐🏻

@Asadbek_Shahobiddinov

2 months ago

Irodani toʻldiradigan 3 ta usul

Oʻtirib dars qilishda qiynalasizmi? Kitob oʻqishni boshlasangiz 10 daqiqadan keyin uyqu keladimi?

Bunday vaziyatlar odatda Iroda sustligi va uzoq vaqt davomida passiv stressda yurishdan kelib chiqadi.

Bugun sizlarga irodani toʻldirish uchun 3 ta maslahatni tayyorladim. Ushbu maslahatlarga amal qilsangiz yuqoridagi muammolar qiynamay qoʻyadi degan umiddaman)

  1. Gilikimik indeksni baland ovqatlar yeyish

- Shirinlik, fast-fud yoki kolada gulkosa mavjud. Goʻshda ham xuddi shu holat. Farqi shuki sekinroq hazm boʻladigan ovqat tanovul qilsangiz irodani uzoqroq ushlab tura olasiz.

- Kola ichganda qonga glyukoza tez purkaladi va taxminan 1 soatlarda chiqib ketadi. Sekinroq hazm boʻladigan xamrli yoki guruch qoʻshilgan ovqatlar sizni uzoq vaqt faol boʻlishingizni taʼminlaydi.

  1. Faollik

- Sogʻ tanda sogʻlom aql. Ertalabdan kechgacha oʻtirib ishlasangiz qon aylanishi sezilarli sekinlashadi.

- Har kuni 5-6 daqiqa qilingan badantarbiya butun kun davomidagi qon aylanish sistemasini sezilarli yaxshilaydi.

  1. Uyqu

- Kechqurun 22:00 da uxlab ertalab 05:00 da turish erta turish deyiladi. Uyqu balansi 7-8 soat boʻlmagan insonda iroda juda ham zaif boʻladi.

- Quvvatga toʻlish va miya dam olishi uchun uyqu eng zarur instrument.

Aytishlaricha erta yotib, erta turadigan inson boy, sogʻlom va dono boʻlarmish ~ Benjamin Franklin

Choʻqqilarda koʻrishguncha🖐🏻

@Asadbek_Shahobiddinov

2 months, 1 week ago

700 kunlik chellenj

Mendan avval Oʻzbekistonda faqat 1 ta odam 700 kunlik marafondan oʻta olgan. Ustozim Aziz Rahimov. Ustoz 700 kun davomida 1 kun ham qoldirmay, sport zaliga chiqqan yagona men bilgan inson.

Hozirda @fazonoma kanalida dastlabki 100 kunlik chellenjni yakunlay deb qoldik. Ushbu marafon tugashi bilan keyingi 700 kunni boshlasam boʻladi.

Chellenj shartlari har 100 kunda oʻzgarib turadi va rivojlantirib boriladi. Inson irodasi nimalarga qodir ekani va 700 kunda qanchalik oʻzgarish mumkin ekanini isbotlab bermoqchiman.

Biz nafaqat jismoniy, aqliy va ruhiy jihatdan oʻsamiz. Balki hayotimizni intizom bilan ham zavqli oʻtkazish mumkin ekanini ham koʻrsatib beramiz.

Meni qoʻllamoqchi boʻlganlar @fazonoma kanalida ushbu post ostiga «Choʻqqilarda koʻrishguncha🖐🏻» deb yozib ketsa yetarli.

Nega qaytganim sabablari esa keyingi postlarda maʼlum qilinadi.

Yomoniga tayyor tusang, yaxshisi kelganda oson boʻladi | Onam

Choʻqqilarda koʻrishguncha🖐🏻

@Asadbek_Shahobiddinov

2 months, 1 week ago

Soʻnggi soʻz

2018 - yil 14 - avgust kuni shaxsiy rivojlanish bilan jiddiy shugʻullanishni boshlaganman. Oʻtgan 6 yil davomida har kuni yangi narsa oʻrganishga harakat qildim. Oʻzimni rivojlantirishga, yangi narsalarni oʻrganishga urindim.

Lekin oʻtayotgan vaqt emas umr ekan. Yoshim katta boʻlgani sari plash kiygan qahramonlar, koʻzidan lazer chiqadigan odamlar va ertakdagi sirli sandiqlar senga uchramas ekan.

Bir kun katta boʻlishga ham toʻgʻri keladi. Ertaga hech narsa yaxshi boʻlmaydi. Bundan keyin hammasi yanada yomonlashib boradi xolos.

Bugun meni ushbu kanalda yozayotgan oxirgi postim shu. Men hayot yoʻlim va bilgan narsalarimni iloji boricha sizlar bilan boʻlishishga harakat qildim.

Beradigan soʻnggi maslahatim shuki togʻirlashga urinmang. Alloh sizga nima toʻgʻri boʻlsa shuni beradi, keraklisini emas.

Choʻqqiga mensiz chiqa olasiz degan umiddaman.

Xayr!

@Asadbek_Shahobiddinov

2 months, 2 weeks ago

Oddiy ishlarni noodatiy qilib bajarish
Hamma bilan birga bajarmang

Instagramda shaxsiy brend qurish trend boʻldi. Hamma oʻzini dasturlashga, smm, grafik dizayn kabi sohalarga uryapti. Universitetdan tashqari kursga ham keladigan va IELTS olmoqchi boʻlganlar soni koʻpaygan.

Odamlar orasida «Maymun biznes» atamasi paydo boʻldi. Narigi mahalla boshidagi Abdusattor akani doʻkoni zoʻr yuryapti. Men ham uyimdan 1 ta xonani ajratib, tezda doʻkon ochib yuboraman - deganlar kabi.

Hamma qilgan ishni qilsangiz, hamma erishgan narsalarga ega boʻlasiz. Afsuski hozir zamon takrorlovchilarni munosib taqdirlamaydi. Unga noodatiy ishlarni qiladiganlar kerak.

Noodatiy qilish uchun esa kuzatish kifoya qiladi. Atrofga qarang. Hamma Instagramda shaxsiy brend quryaptimi? Siz Telegramda blog yuriting. Hamma doʻkon ochyaptimi? Siz ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻying. Hamma blog yozyaptimi? Siz kitob oʻqing.

Zamonaviy dunyoda muvaffaqiyat siri - hamma qilganini qilish emas, hamma qilganidan farqli qilib bajara olishdir.

Kambagʻallar boylarni yomon koʻradi. Semizlar esa ozgʻinlarni yomon koʻradi. Dangasa intizomlini yomon koʻradi. Xuddi tizzasi yirtiq ishtoni yoʻqni ustidan kulgani kabi.

Qiyin yoʻlni tanlang. Qiyin degani bu boshqalardan koʻp ishlash degani emas. Bu oddiy ishlarni noodatiy qilib bajarish degani.

Choʻqqilarda koʻrishguncha🖐🏻

@Asadbek_Shahobiddinov

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid