"BIOLOGIYA-KIMYO" GOLD EDUCATION Kurbanov Sherzodbek

Description
@Sherzodbek077
@KurbanovSherzodbek007
+998912389996
+998904199996
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 2 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 1 week ago

Biologiyadan Milliy sertifikat imtihoniga kirib chiqdik, 1-40 savollarga e'tiroz yo'q!

Kutilganidan osonroq, takroriy kelgan savollar ham bor. 36-40 masalalar ham anchagina oson. Shaxsan 25 minut qolganda tugatdim. (Lekin topshirmay kutdim. Ma'lum sabablari bor)

Yaxshi tayyorgarlik ko'rgan o'quvchi 40ta savolni umuman bexato, vaqtidan oldin tugallashi va RASH modelidan maksimal ball olishi mumkin. Faqat E'TIBORLI bo'lish kerak. (Bir o'quvchim 40-savolda ℅ so'ralgan edi organizm sonini yozib qo'ygan, boshqasi 37-savolda 2m2 da so'ragan bo'lsa 1m2 uchun 360 chiqarib qo'ygan)

41,42,43-savollarning ham QIYINLIK darajasiga e'tiroz yo'q. Ammo, lekin, biroq rahmatli ustoz OMONULLA MADAYEV aytganlariday bu 3ta savolni "FARZANDI YO'Q ODAM" tuzgan

  1. Savol qiyin emas, faqat titulga joy yetishmaydi
  2. Juda maydalashib ketishgan
  3. Savollar kitobida yechim uchun "gektar" joy bor, lekin uni savollar kitobidagi "qoralama" (Gektar joyga) ishlab, qayta uni titulga ko'chirish JUDA KO'P VAQT OLADI
  4. Odamlar (ota-onalar) pulni yerdan supurib olayotgani yo'q ! Shunchaki ota-onalarni mehnati oyoq osti bo'ldi
  5. Abituriyent tugul biz USTOZLAR (A yoki A+ sertifikati bor !!! ) bu vaqtda ulgurolmadi.
  6. Biz kelajagimiz yoshlar qo'lida deb, yoshlarni ruhan sindirib qo'yyapmiz  !!!
  7. DTM imtihonlarida yozma ish bo'lmaydi, shu sabab yozma ish qilishning o'zi mantiqsizlik

Ustozlarga va DTM ga taklif variantlari

  1. Bu imtihon pullari qaytarilsin yoki aynan ushbu imtihon qaytadan NORMAL savollar bilan tashkil qilinsin
  2. 41,42,43-savollar uchun hamma abituriyentlarga ball berilsin yoki SERTIFIKAT 1-40 savollarni inobatga olib berilsin
  3. Yozma ishni umuman yo'q qilish yoki vaqtini cho'zish kerak (yo bo'lmasa bugungiga o'xshagan uzundan-uzoq savolardan voz kechish kerak)

Yaxshi ma'noda, yaxshi kayfiyat bilan DTM dan biz USTOZLAR talab qilishimiz kerak buni.

1 month, 2 weeks ago

Kimyodagi muhim reaksiyalar bilan tanishamiz.

📌Ammiakning katalizatorli yonishi
4 NH3 + 5 O2 = 4 NO + 6 H2O

📌Ammiakning katalizatorsiz yonishi
4 NH3 + 3 O2 = 2 N2 + 6 H2O

📌Fosfor(V)-oksidni issiq suvda erishi
P2O5 + 3 H2O = 2 H3PO4

📌Fosfor(V)-oksidni sovuq suvda erishi
P2O5 + H2O = 2 HPO3

📌Fosfor(V)-oksidni iliq suvda erishi
P2O5 + 2H2O = H4P2O7

📌Azot(IV)-oksidni suvda erishi
2 NO2 + H2O = HNO3 + HNO2

📌Azot(IV)-oksidni kislorod ishtirokida suvda erishi
4 NO2 + O2 + 2 H2O = 4 HNO3

📌Bertole tuzini katalizatorli parchalanishi
2 KClO3 = 2 KCl + 3 O2

📌Bertole tuzini katalizatorsiz parchalanishi
4 KClO3 = 3 KClO4 + KCl

📌Ammoniy nitratning parchalanishi
NH4NO3 = N2O + 2 H2O

📌Ammoniy nitritning parchalanishi
NH4NO2 = N2 + 2 H2O

📌Xlorning qaynoq ishqorda erishi
Cl2 + 6 KOH = KClO3 + 5 KCl + 3 H2O

📌Xlorning sovuq ishqorda erishi
Cl2 + 2 KOH = KClO + KCl + H2O

📌Laboratoriya sharoitida kalsiy karbiddan atsetilen olinishi
CaC2 + 2 H2O = Ca(OH)2 + C2H2

📌Alyuminiy karbidning suv bilan reaksiyasini
Al4C3 + 12 H2O = 4 Al(OH)3 + 3 CH4

📌Ortofosfat kislotaning qizdirilishi
2 H3PO4 = H4P2O7 + H2O

📌Malaxitning parchalanishi
Cu2(OH)2CO3 = 2CuO + CO2 + H2O

Muhim reaksiyalarning 1-10-gacha bo‘lgan qismlari tayyorlandi.Qolgan qismini ham tashlayman.

1 month, 2 weeks ago

Kimyodagi muhim reaksiyalar bilan tanishamiz.

📌Ammiakning katalizatorli yonishi
4 NH3 + 5 O2 = 4 NO + 6 H2O

📌Ammiakning katalizatorsiz yonishi
4 NH3 + 3 O2 = 2 N2 + 6 H2O

📌Fosfor(V)-oksidni issiq suvda erishi
P2O5 + 3 H2O = 2 H3PO4

📌Fosfor(V)-oksidni sovuq suvda erishi
P2O5 + H2O = 2 HPO3

📌Azot(IV)-oksidni suvda erishi
2 NO2 + H2O = HNO3 + HNO2

📌Azot(IV)-oksidni kislorod ishtirokida suvda erishi
4 NO2 + O2 + 2 H2O = 4 HNO3

📌Bertole tuzini katalizatorli parchalanishi
2 KClO3 = 2 KCl + 3 O2

📌Bertole tuzini katalizatorsiz parchalanishi
4 KClO3 = 3 KClO4 + KCl

📌Ammoniy nitratning parchalanishi
NH4NO3 = N2O + 2 H2O

📌Ammoniy nitritning parchalanishi
NH4NO2 = N2 + 2 H2O

📌Xlorning qaynoq ishqorda erishi
Cl2 + 6 KOH = KClO3 + 5 KCl + 3 H2O

📌Xlorning sovuq ishqorda erishi
Cl2 + 2 KOH = KClO + KCl + H2O

📌Laboratoriya sharoitida kalsiy karbiddan atsetilen olinishi
CaC2 + 2 H2O = Ca(OH)2 + C2H2

📌Alyuminiy karbidning suv bilan reaksiyasini
Al4C3 + 12 H2O = 4 Al(OH)3 + 3 CH4

📌Ortofosfat kislotaning qizdirilishi
2 H3PO4 = H4P2O7 + H2O

📌Malaxitning parchalanishi
Cu2(OH)2CO3 = 2CuO + CO2 + H2O

Muhim reaksiyalarning 1-10-gacha bo‘lgan qismlari tayyorlandi.Qolgan qismini ham tashlayman.

1 month, 2 weeks ago
**Kuchli va kuchsiz kislotalar**

Kuchli va kuchsiz kislotalar

1 month, 2 weeks ago
***?*****Donor - akseptor bog'lanish**

?Donor - akseptor bog'lanish

Donor - akseptor bog'lanish (DAB) - bir atomdagi bo'sh orbitalga boshqa atomning orbitalidagi elektron juftining ko'chishi. Donor - elektron beruvchi, akseptor - elektron oluvchi element.

❗️O'z navbatida ikkiga bo'linadi :

1) to'liq DAB - ayni atomdagi elektron juftining boshqa atom bo'sh orbitaliga to'liq ko'chishi. Masalan : CO, H3O+, NH4+...

2) yarim DAB (semipolyar) - ayni atomdagi elektron juftning boshqa atom bo'sh orbitaliga yarim ko'chishi. Masalan : N2O, NO, NO2, N2O5, HNO3, (CH3)3NO...

1 month, 2 weeks ago

▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
1. — Lavlagini mevasi qanday meva?
A) yong‘oqcha
B) ildizmeva
C) qanotchali
D) ko‘sak

2. — Kartoshka mevasi qanday meva
A) tugunak
B) rezavor
C) ko‘sak
D) danakli

3. — Sabzini mevasi qanday meva?
A) ildizmeva
B) danakcha
C) yong‘oqcha
D) qozoqcha

4. — Boshpiyoz mevasi qanday?
A) piyoz
B) tugunak
C) ko‘sak
D) yong‘oq

5. — Karam mevasi qanday meva?
A) to‘pmeva
B) qozoq
C) qozoqcha
D) dukkak

1 month, 2 weeks ago
"BIOLOGIYA-KIMYO" GOLD EDUCATION Kurbanov Sherzodbek
1 month, 2 weeks ago
***??******??******??***

??????
kvant sonlar umumiy holatda 2-ta rasimda jamlangan.

1 month, 2 weeks ago
*****✍*** Autosoma dominant tipida irsiylanish:**

* Autosoma dominant tipida irsiylanish:*

(A – D) – autosomalarda joylashgan dominant genlarga bog‘liq.
Misollar: sochning jingalakligi, ko‘z qoraligi, miopiya, braxidaktiliya, polidaktiliya, Rh+, IA, IB qon guruhlari va boshqalar.

Harakterli belgilari:
1. Belgi har ikkala jinsda bir xil chastotada uchraydi. Yaʼni ayol va erkaklarda bir xilda uchraydi.
2. Belgi hamma avlodlarda kuzatiladi (vertikal, gorizontal irsiylanadi).
3. Kasal bolaning tug‘ilish ehtimoli 50% dan 100% gacha.

1 month, 2 weeks ago
***✍*** **Autosoma – resessiv tipda irsilanish:**

Autosoma – resessiv tipda irsilanish:

(A – R) – autosomada joylashgan resessiv genlarga bog‘liq.
Misollar: albinizm, chapaqaylik, ko‘k ko‘z, silliq soch, fenilketonuriya, Rh-, I0 qon guruhi va boshqalar.

Harakterli belgilari:
1. Kasallik yoki belgi avlodlarda
kam kuzatiladi.
2. Kasallik yoki belgi gorizontal irsiylanadi (ayrim oilalarda ko‘p uchrashi mumkin, hamma avlodlarda ham kuzatilmaydi).
3. Qarindoshlar nikohidan kasal bolalar ko‘p tug‘uladi.
4. Ayollarga va erkaklarda bir xil chastotada uchraydi.
5. Kasal ota yoki onadan sog‘lom bola tug‘ulishi mumkin.
6. Sogʻlom ota-onadan kasal farzandlarnin tugʻilish ehtimoli 0%, yoki 25% boʻladi.
6. Sog‘ geterozigotalardan 25% kasal bolalar tug‘ilishi mumkin.

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 4 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 3 weeks, 2 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago