Tawfiqa

Description
Manba bilan oling !

Ayol-qizlar uchun sahifa:
https://t.me/+nCTrdfwRyFg1NmNi
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 weeks, 6 days ago

Birov senga ishonib sirini aytganda, nafaqat u sirni boshqalarga aytishing, balki payt poylab, urushib qolganda o'sha sirini o'ziga qarshi ishlatishing ham omonatga xiyonatdir. Bu faqat mo'minlikkamas, umuman insoniylikka zid bir xunuk ishdir.

@tavfiqa

3 weeks ago

Farzand o'zini baxtli his qilishidagi omillardan biri, bola bilan ochiq muloqot qilishdir. Farzandga ibrat bo'lish uchun esa avvalo, er-xotin o'zaro tez-tez suhbatlashib turishi kerak.

#darsdan

3 weeks, 1 day ago

#ibrat

Rasululloh sollallohu a'layhi vasallamga ilk bor vahiy kelishi, qo'rquv ichida uyga kelganlarida Xadicha onamiz zakovat ila ularga dalda bo'lganliklari – umuman shu xabarlarni Oisha onamiz mayda nuqtasigacha aytib berganlar.

Oisha onamiz bu paytda bo'lmaganlarku, qayerdan bu qadar aniq-tiniq bilganlar, deysizmi?
Ha, ularga Nabiy alayhissalom gapirib berganlar!

Bundan ma'lum bo'ladiki, Rasululloh sollallohu a'layhi vasallam suyukliklari Oisha onamiz bilan ko'p suhbatlashganlar.

Juftlar orasida bu kabi uzun suhbatlar bugun juda kam kuzatiladi, balki shu sababdir jamiyatda ajrimlar soni ortayotganiga bir omil?

Oradan qandaydir gap qochsa, zavj(a)ngiz bilan ochiq gaplashib oling, ichingizni qiynayotgan barcha savollaringizni bering, o'zingiz bilan o'zingiz gaplashib, xayollaringizda chiqarib olgan xulosangizga tayanib ish ko'rmang.

Ayniqsa, ayollar! Nimadandir xafa bo'ldingiz yoki yoqmadi ochiq ayting. Erkaklar juda sodda tuzilishgan. Ular rol o'ynolmaydi, sevmasa o'zini oshiq ko'rsatolmaydi. Ayollar esa, juda murakkab yaratilgan fitratan, ichida nima xohlayotganini erlari bittada o'qib olishlarini xohlaydi, gul olgisi kelsa, koshki o'zi bilib sovg'a qilsa deydi, o'zlari so'rab olgandan keyin esa, tatimaydi) Munosabatlarda ham shunday.

Aziz ayollar, siz qovoq-tumshuq qilib uzrnoma kutayotgan erlaringiz hatto, nimaga xafa ekaningizni ham bilmasliklari mumkin. Ikki o'rtada o'zingizni qiynaganingiz qoladi xolos. Xafa bo'lsayam, xafa qilsayam yig'layveradigan ajiyb hilqat ayol. Shunday ekan, ichimdagini top xilidan bo'lmang. U uyoqda nima bo'lganini tushunmaydi, siz buyoqda ginada davom etasiz, natijada o'rtadagi munosabatlar darz ketadi. Bir ikki marta bo'lsa mayli, lekin shu kabi "ichingizda qolib ketgan" mayda ginalar bir kun qaraganingizda orangizda ulkan jarlik hosil qilgan bo'ladi. Keyin qachon kechagina bir-biriga to'ymaydigan oshiqlar bu qadar uzoqlashganini ham bilmay qolasiz...

Ochiq suhbat nafaqat juft, balki hamma bilan munosabatda bo'lishi kerak deb o'ylayman. O'zi qalblarimizni bir-birimizga ulfat qilib qo'ysin, amiyn.

@tavfiqa

3 months ago

*Bemor bo’lsangiz, shifokorga borib og’riyotgan joyingizni aytasiz shundaymi? Falon-falon dorilarni yozib davolang demaysiz.

Lekin butun olamlar egasi Alloh taologa duo qilarkanmiz, mayda qismigacha aniq tiniq so’raymiz, bizga nima kerakligini juda yaxshi bilamiz, o’zimizcha.

Shifokorga tanamizni ishonganchalik, Alloh taologa hayotimizni ishonmaymizmi? Allohim, O’zing meni mendan yaxshiroq bilguvchisan, menga nima yaxshi ekanida yolg’iz O’zingga ayon. O’zingga havola deyolmaymizmi?

G’alati.*

3 months ago

Agar ip shamning ichidan joy olmasa uni aslo yoqib bo'lmaydi. Bizni yoqguvchilar ham qalbimizga sizib kirgan kimsalar asli.

3 months ago
**Oʻzingiz yoqadigan olovni oʻylab koʻring-a! Uning …

**Oʻzingiz yoqadigan olovni oʻylab koʻring-a! Uning daraxtini siz yaratgansizmi yoki Biz yaratuvchimizmi? Biz u(olov)ni eslatma va yoʻlovchilar uchun manfaat qilib qoʻydik. Bas, ulugʻ Robbing ismini poklab yod et!

[ Voqiʼa, 71-74 ]**

3 months ago

*Mashg’ulotlar paytida darsga vaqtida kelish bilan, faollik bilan ustozga “yaxshi ko’rinib’ olsak, imtihonda ustoz oz bo’lsada qo’llab yuboradi shunday emasmi?

Sog’lik, kengchilik paytida ibodatlarimiz, yaxshi amallarimiz bilan Alloh taologa ham ko’rinib olaylikki, musibat paytida U zot bizni tanisin, farishtalar Ya Alloh avvaldan tanish quling madad so’rayapti desin)*@tavfiqa

3 months ago
*Agar inson xulqini o’zgartirish imkonsiz bo’lganida, …

Agar inson xulqini o’zgartirish imkonsiz bo’lganida, din uni tarbiyalash uchun yuborilmagan bo’lar edi. Demak, isloh ilojsiz narsa emas)@tavfiqa

3 months, 1 week ago

Go’zal yuzlardan hayratlanmay qo’yganman. Meni go’zal xulqlar mahv etadi. @tavfiqa

3 months, 1 week ago

Go’zal yuzlardan hayratlanmay qo’yganman. Meni go’zal xulqlar mahv etadi.@tavfiqa

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago