Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
🔥 Online Kursga Start Beramiz! 🔥
Salom, do‘stlar! 🎉 Siz uchun maxsus Kompyuter Savodxonligi, Python va Telegram Bot (Aiogram 2) bo‘yicha online kurs ochayotganimni e’lon qilaman!
✅ Kimlar uchun?
Kompyuterdan samarali foydalanishni o‘rganishni istaganlar
Python dasturlash tilini noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar
Telegram bot yaratishni xohlovchilar
📚 Nimalarni o‘rganasiz?
💻 Kompyuter savodxonligi – Asosiy tushunchalar, dasturlar bilan ishlash, tez va samarali foydalanish
🐍 Python (v3.11) – Dasturlash asoslari, amaliy mashg‘ulotlar
🤖 Telegram bot (Aiogram 2) – Bot yaratish, foydalanuvchilar bilan ishlash, avtomatlashtirish
✅Talablar (Shart holati)
1.Kompyuteri bo'lishi shart
2.Internetga ulangan bo'lishi shart
❌Mumkin emas:
1. Yosh bolalarga
2. Kompyuteri yo'qlarga
3. Vaqt ajrataolmaydiganlarga
🎉Darslar qachon boshlanishi e'lon qilinadi (Bonuslar bo'ladi).
📅 Darslar online bo‘lib, amaliy va sodda usulda o‘tadi!
📩 Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: @dnorqobilov
🚀 Dasturlash olamiga qadam tashlang va yangi bilimlarni egallang! 🎯
Online kursga suhbat asosida olinadi. Bazaviy bilimlariz va yoshingiz yetsa muammo bo'lmaydi.
P.S. Sifatli dars o'tish va yuqori natijaga erishish qolaversa kursda o'qiyotgan boshqa ishtirokchilarning ortiqcha vaqtini olmaslik maqsadida.
Iboralar va ularning izohlari:
Aravangni tort – jo‘nab qol, harakat qil;
Aravani quruq olib qochmoq–uddalay olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada
maqtanmoq;
Arpasini xom o‘rmoq – nima yomonlik qilmoq;
Baland oxurdan yem yemoq – hayot darajasi, maishati yuqori bo‘lmoq;
Boshi osmonga yetmoq – nihoyatda xursand bo‘lmoq;
Boshi yostiqqa tegmoq – kasal bo‘lmoq;
Boshini aylantirmoq – esankiratmoq;
Bo‘yniga olmoq – e’tirof qilmoq, biror holatga rozi bo‘lmoq;
Ipidan ignasigacha – butun tafsiloti bilan, mayda-chuydagacha, batafsil;
Es-hushini yo‘qotmoq – 1) behush bo‘lmoq; 2) esankiramoq;
Gap sotmoq – 1) bo‘lar bo‘lmas, keraksiz gaplarni gapirmoq; 2) gapirmoq, so‘zlamoq;
Gullab qo‘ymoq – sirni fosh qilmoq, g‘ayrishuuriy ravishda oshkor qilmoq, sirini aytib
qo‘ymoq;
Ilon po‘st tashlaydi – chiday olmaslik, toqat qilib tura olmaslik;
Ishtahasi karnay – 1) ishtahasi juda yaxshi; 2) xohishi zo‘r;
Ichi qora – yomon niyatli, boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘rmaydigan;
Kavushini to‘g‘rilab qo‘ymoq – haydab yubormoq;
Ko‘kka ko‘tarmoq – ortiq darajada maqtamoq;
Ko‘kragini yerga bermoq (ko‘kragini zaxga bermoq) – tushkunlikka tushmoq, qiynalmoq,
azob chekmoq;
Ko‘zi yetdi – ishondi, ishonchi hosil bo‘ldi;
Ko‘nglini yozmoq – xafachiligini tarqatmoq;
Loy bo‘lmoq – uyatdan mulzam bo‘lmoq, xijolatli ahvolga tushmoq;
Me’dasiga tegmoq – 1) yoqmay qolmoq; 2) tanasi qabul qilmay qo‘ymoq;
Misi chiqmoq – soxtaligi, yolg‘onligi fosh bo‘lmoq;
Oyoq qo‘ymoq – biror ishga kirishmoq;
Og‘zi ochilib qolmoq – hayron bo‘lmoq;
Og‘ziga tolqon solmoq – mutlaqo gapirmaslik;
Og‘zining tanobi qochmoq – juda xursand bo‘lmoq, suyunib ketmoq, iljaymoq;
Og‘zi qulog‘iga yetmoq – behad suyunmoq, xursandchiligi tufayli lab-lunjini yig‘ishtirib
ololmaslik;
Pixini yorgan – o‘taketgan uddaburon, quv;
Podadan oldin chang chiqarmoq – ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqib
gapirib yubormoq;
Po‘stagini qoqmoq – ayovsiz tanqid qilmoq;
Qildan qiyiq axtarmoq – deyarli aybi yo‘q odamni faoliyatidan ayb topishga harakat qilmoq;
Quloq solmoq –1) eshitib e’tiborini qaratmoq; 2) quloq tutib eshitmoq, tinglamoq; 3) diqqat
bilan tinglamoq, uni hisobga olmoq, amal qilmoq;
Qulog‘iga tanbur chertmoq – tinglovchining befarqligi, loqaydligidan norozi bo‘lmoq;
Qo‘li dard ko‘rmasin – qo‘li gul ijrochiga, o‘z kasbining ustasiga yaxshilik tilab aytiladigan
maqtov;
Qo‘li egri – o‘zgalarning haqini, mulkini o‘g‘irlaydigan, mayda o‘g‘ri;
Qo‘yi mingga yetmoq – behad sevinmoq;
So‘z bermaslik – 1) gapirishga imkon bermaslik; 2) va’da bermaslik;
Taqdirga tan bermoq – 1) o‘z qismatiga, ko‘rguliklariga xudoning irodasi, xohishi deb rozi
bo‘lmoq; 2) umuman ko‘nikmoq, chidamoq;
Tegirmonga tushsa butun chiqadi – har qanday noqulay, yomon holatdan qutulishni yo‘lini
topadi;
Tepa sochi tikka bo‘lmoq – g‘oyat achchiqlanmoq, g‘azabga kelmoq;
Tishini tishiga qo‘ymoq – bor kuch imkoniyati bilan o‘zini tutmoq, chidagan holda tutmoq;
Tulki qiziga to‘y berdi – laylakqor yoqqanda, yerda qordan nishona bo‘lmagan holat;
Tuyog‘ini shiqillatmoq – jo‘nab qolmoq, yo‘qolmoq, ketmoq; to‘n bichmoq – xulosa qilmoq;
Yaxshi ko‘rmoq – 1) biror narsani, kishini yaxshi ko‘rmoq, ma’qul ko‘rmoq; 2) muhabbat
qo‘ymoq;
Yer bilan yakson qilmoq – yo‘q qilmoq; terisiga sig‘maslik – nihoyatda xursand bo‘lmoq;
Yer ostida ilon qimirlasa bilmoq – nihoyatda ziyrak, sezgir;
Yerga urmoq – qadrini kamsitmoq, tahqirlamoq;
Yerga ursa ko‘kka sapchimoq – o‘taketgansho‘x, o‘taketgan betinim;
Yulduzni benarvon uradigan– o‘ta ketgan olg‘ir;
Yuragi orqaga tortmoq – qattiq cho‘chish holatiga tushmoq;
Yuragi toza – pok, yuragida kiri yo‘q, birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan, dili pok, dalig‘uli;
O‘pkasini cho‘pga ilmoq – shoshilib yurmoq, hovliqmoq (o‘pkasini qo‘ltiqlamoq ko‘rinishida
ham qo‘llanadi);
O‘takasi yorilmoq – nihoyatda qo‘rqmoq.
Igna aytar emish insonga,
Qadrimga yet, ko'zni och, dermish.
Kiyim tikdim jumla jahonga,
O'zim esa - yalang'och dermish.
Asli unga libos nima g'am,
Bu hasratning sabog'i bordir.
Shu beminnat ignachaning ham
Rahmatga zor qulog'i bordir.
©️Erkin Vohidov
#farqlaymiz *? Gaplar egali va egasiz bo‘lishi mumkin. Egasi mavjud
gaplar egali gaplar (masalan, Biz bugun Samarqandga
jo‘naymiz),* egasi mavjud bo‘lmagan gaplar esa egasiz
gaplardir (masalan, Bugun Samarqandga jo‘naymiz.)
? Egasiz gaplarning quyidagi turlari mavjud:
Shaxsi (egasi) ma’lum gapda ega kesimning shaxs-son shakllaridan ma’lum bo‘lib turadi. Qachongacha qorning o‘ylab o‘tadirsan? Qachongacha ko‘kdan chalpak
kutadirsan? (I.Mirzo)
Shaxsi (egasi) umumlashgan gapda gapning umumiy
mazmuni barcha shaxslarga aloqador bo‘ladi: Hurmat
qilsang, hurmat ko‘rasan. (Maqol) Boshingga qilich kelsa ham,
to‘g‘ri gapir. (Maqol) Maqol va matallar, hikmatli so‘zlar,
odat tusiga kirgan rasm-rusumlarni bayon etuvchi gaplarda ega, asosan, umumlashgan bo‘ladi. Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
Shaxsi (egasi) noma’lum gapda kesim fe’l bilan ifodalanadi va ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma’nolarni ifodalab keladi.
Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi – uning
tarkibida egalik qo‘shimchasining yo‘qligi. Bu gaplar
shaxssiz emas, harakatni mantiqan kimdir bajaradi, lekin uni gapda ifodalab bo‘lmaydi. Yig‘ilishda ta’lim
samaradorligini oshirish haqida gapirildi. Do‘stning aybini
yuziga aytish kerak. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Bu
mavzuni o‘qish shart emas. Endi qattiq o‘qishga to‘g‘ri keladi.
Atov gap va so‘z gaplar ham shaxsi noma’lum gaplardir.#xulosachiqaramiz Egali gap deganda gapda ega mavjud boʻlgan, koʻz bilan koʻrib, ostiga toʻgʻri chiziq chizish imkoni bor boʻlgan gap tushuniladi.
Egasiz gapda esa ega qatnashmaydi, ammo uni topish yoki topmaslik mumkin. Shu jihatdan uch turga boʻlinadi.
Shaxsi (egasi) ma'lum gapda gapning kesimidan anglashilgan ma'no I, II yoki III shaxsga aniq aloqador boʻladi:
Uyga keldim (I shaxs);
Uyga kelding (II shaxs);
Uyga keldi (III shaxs). Koʻrindiki, aniq bir shaxsni ega deb belgilay oldik.
Shaxsi (egasi) umumlashgan gapda esa ega aynan bir shaxs emas, balki barchasiga taalluqli boʻladi:
Erta turishga odatlaning gapida shaklan II shaxs (Siz)ga ishora qilayotgan kesim, aslida, I va III shaxs uchun ham ma'no yuklamoqda, ya'ni har uch shaxs erta turishga odatlanishi lozim.
Shaxsi (egasi) noma'lum gaplarda ega aynan qaysi shaxs ekanligini kesimdan aniqlab boʻlmaydi, chunki kesimda aniqlaydigan vosita (egalik yoki shaxs-son) bu vazifani bajarmaydi. Ertaga erta turish kerak gapida erta turish haqida gap bormoqda, ammo uni kim amalga oshirishi noma'lum.**@Norbek_Karjovov
**-lar qo'shimchasini qachon uslubiy jihatdan xato qo'llaniladi
Agar -lar qo'shimchasi aniq soni keltirilgan predmetdan keyin qo'llanilsa uslubiy jihatdan xato qo'llangan bo'ladi.
Men bugun uyga beshta kitoblar oldim.
Mana shu gapda -lar qo'shimchasi uslubiy jihatdan xato qo'llangan.
E'tibor bering
Men bugun uyga beshtalar kitob oldim.
Bu gapda -lar qo'shimchasi uslubiy jihatdan xato emas, ya'ni -lar qo'shimchasi songa qo'shilib chama-taxmin ma'nosini ifodalamoqda.**@Norbek_Karjovov
????????? ✍️ MILLIY SERTIFIKAT uchun MOCK test ishlamoqchi bo'lganlar diqqatiga! ? Manage o'quv markazida BMBA (DTM) standartidagi tushish ehtimoli bo'lgan savollar asosida milliy sertifikat testi bo'ladi. ✍️ Test bo'ladigan fanlar: ?? Ona tili va adabiyot…
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago