?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month ago
Endi ovoz berish jarayoniga kelsak.
To’g’ri u mukammal emas, ba’zi texnik muammolari balki bordir, shubxasiz bularni bartaraf etish va jarayonni takomillashtirish kerak. Openbudgetni tandiq qilayotganlar aynan ovoz berish jarayonidagi muammolar va yoki tabiiy vaziyatlarga urg’u berishyapti.
Birinchi masala bu bir ovoz uchun moddiy rag’bat, tovar berish qanchalik o’rinli? Qarang, o’tgan yili bir ovoz uchun 1L suv taklif qilinayotgan edi, bu yil esa ovoz beruvchining ovozi qiymati ancha oshibdi. Chunki odamlar bilishmoqda, har bir ovozning qiymatini. Lekin ovoz berish vositasi bo’yicha men unchalik katta havotirda emasman, istalgan saylovlarda ovoz beruvchining ovozini olish uchun qandaydir ma’naviy rag’bat, va’da yoki moddiy narsa beriladi. Ovoz beruvchining ovozini olish uchun uni qanday qilib bo’lsa ham qiziqtirish kerak. Istalgan saylovlar shunday o’tadi. Kimdir mashxur artistlarning Instagrami orqali, kimdir blogerning kanali orqali, kimdir ko’chada bekatlarning yonida ovoz olish kampaniyasini olib bormoqda. Eng muhimi, ovoz beruvchida kimga ovoz berish imkoniyati paydo bo’lyapti. Menda bitta ovoz bor, shartli asfalt qilishga ovoz beraymi, yoki maktab tomini yopishgami degan yaxshi dilemma paydo bo’lmoqda. Parlamentda ham mana shunday dilemma turadi aslida.
Ikkinchi masala, shartli bir mahalladagi faollar 1 milliardlik loyihani yutib olish uchun aytaylik 100 million pul xarajat qilishdi deylik. Bu xarajat ovoz olishga o’sha 1L suv, yoki boshqa moddiy marketingga ketdi deylik. Ba’zilar “bu narsa g’irt xatoku, nima uchun ular avvalambor soliqlarini to’lab undan keyin mahallaga asfalt qilish imkoniyatini yutib olish uchun cho’ntaklardan yana 100 million ishlatishmoqda?” degan savolni berishadi. Gap shundaki, bu mahalladoshlar aynan ratsional va puxta hisob-kitob qilgan holda harakatlanishmoqda deb aytish mumkin. Qarang, mikro darajada odamlar yig’ilib cost-benefit analiz qilib, break-even pointni aniqlagan holda loyihaga qo’l urishgan.
Uchinchi masala bu ovoz yig’ish jarayonida maktab o’qituvchilari, o’quvchilari, va boshqa byudjet ishchilari majburiy-ixtiyoriy ravishda qatnashayotgani deb aytilishi mumkin. Ko’chada o’qituvchilar ovoz olish uchu “yalinib” yurishlari qanchalik to’g’ri degan o’rinli savol berilishi mumkin. Agar shunday bo’lsa muammo bu yerda Openbudgetda emas, balki aksincha, Openbudget boshqa muammoga ishora qilyapti xolos, menimcha. U ham bo’lsa o’sha eski muammo - joylarda majburiy mehnat, buyruqbozlik alomatlari. Openbudget parlamentning barometri bo’lgani kabi, boshqa mavjud bo’lgan muammolarni ham yuzaga chiqarib berayapti xolos.
Mana shu va boshqa ovoz berishdagi ba’zi logistik kamchiliklarni deb fuqarolar o’z soliqlarini bevosita taqsimlanishida qatnashishni boshlaganliklarini bekor qilishimiz menimcha xato bo’ladi. Aytaylik, Openbudget tanqidchilarga yoqmadi, va uni bekor qilish kerak deyishmoqda. Alternativa qanday? Status-kvoni qoldirish kerakmi? Hech kim soliqlar taqsimotida qatnashmasin, bunday imkoniyatdan maxrum etilsin, va joylarda qayerda asfalt qilish, qayerga ichimlik suv o’tqazish va qaysi maktabni tomini yopishnii faqat va faqat davlat qilib berishi kerak ediku deb yillar davomida kutish kerakmi?
Openbudget haqida podkastimizda batafsil gaplashganmiz.
Mavzuga oid avvalgi postlar: 1, 2, 3, 4…
2/2
Telegram
Uzbekonomics
Podkastni 23-soni chiqdi. https://youtu.be/rQbxDnCIks0 Oxirgi haftalarda tashabbusli byudjet (Openbudget) haqida qarama-qarshi fikrlar paydo bo'lmoqda. Ayniqsa ovoz berish/yig'ish jarayoni haqida turli fikrlar mavjud. Bugungi epizodda soliqlar taqsimotida…
"Openbudget - Tashabbusli byudjet" haqida yana bir bor.
Men uchun bu loyiha haligacha O’zbekistonda oxirgi yillarda sodir bo’lgan eng zo'r jarayonlardan biri. Bu haqda avvalroq bir necha marotaba yozganman.
Bu yil turli fikrlar va voqealarni kuzatar ekanman, ikki o’g’iz fikrimni (ba’zilari takroriy bo’lsa ham) bildirib ketay.
Birinchidan, “o’zbekistonliklar o’z soliqlari taqsimlanishida, mahalliy saylovlarda va fuqarolik jamiyati qurishga qiziqish bildirmaydilar, biz boshqachamiz, biz unga va bunga tayyor emasmiz” mazmunidagi shablon gaplarni ba'zida eshitamiz. Shu gaplar to’g’ri emasligiga dalilni aynan "Tashabbusli byudjet” loyihasi ko’rsatib bermoqda desam ham bo’ladi. Biroz bo’lsa ham fuqarolik jamiyati paydo bo’layotgani, fuqarolar o’z soliqlari taqsimotida faollashib borayotganlari faqat va faqat yaxshi emasmi?
Ikkinchidan, aslida Openbudget parlament qilishi kerak bo’lgan ishni qilyapti. Byudjet, soliq to’lovchilarning pullari taqsimoti aslida uning asosiy maydonida, parlamentda xalq vakillari orqali bo’lishi kerak edi. Openbudget atrofidagi hozirgi faollik bizga shu jarayon keyingi bosqichda chinakamiga parlamentga ko’chishiga, tuman, hududlardan saylagan deputatlar o’z ovoz beruvchilariga nima kerak ekanligini boshqa xalq vakillari oldida bahslashib kelishishlariga va nihoyat parlament degan institut to’liq tashkil topishiga menda umid bor.
Uchinchidan, erkinlik va rivojlanishning garovi o’sha oddiy savollarda va unga javob izlashda yotadi: "soliqlarim qayerga ketayapti, nimalarga sarflanyapti? Nima uchun mening soliqlarim taqsimoti mensiz bo’lyapti?” Bu savollar sizni o’ylantirishi kerak, uni berishingiz kerak, javob izlashingiz kerak. Tashabbusli byudjetga qarshi tanqidiy fikrda bo’lganlar aytadi: “Bu narsa uchun davlat borku, bu loyihalar barchasi o’zi qilinishi kerak bo’lgan ishlarku. Biz soliqlarni to’lab qo’yganmizku, vazifamizni bajarib qo’yganmizku, endi davlat o’z ishini qilsin, axir ular maosh oladilar, axir ular bunga majbur” degan.
Ha balki, lekin davlat ota emas, u bizga hamma narsani muhayyo qilib beradigan kuch ham emas. Davlat bu odamlardan alohida tekislikda faoliyat olib boradigan idora, mavhum mashina ham emas, balki shu odamlarni o'zidan vaqtincha tayinlangan boshqaruv instituti. U samarali ishlashi uchun unga checks and balances kerak, uning kuchi tiyib faoliyati nazoratda bo’lishi kerak. Soliq to’lovchi o’z soliqlarini vakillari orqali boshqa soliq to’lovchining vakillari bilan kelishib-baxslashib taqsimlashlari, uning ijrosini ijro hokimiyati qilish kerak ekanligi va uning ustidan nazorat bo’lishi kerak ekanligini qayta-qayta eslab turishimiz kerak.
To’rtinchidan, meni quvontirayotgan kuzatuvlardan biri insonlarda “bu bizning pulimiz, davlatniki emas, davlat bizning tumanga, qishloqqa qachon pul ajratar, qachon asfalt qilar ekan deb kutib o’tirguncha, o’zimiz shuni faolroq bo’lib qilsak bo’lar ekan” degan tushunchalar ko’paymoqda. Oddiygina raqamlarga ko’ra, bu mavsumgi loyihada shu damda qariyb 13.4 million o’zbekistonliklar ovoz beribdilar. Juda katta raqamku bu.
1/2
Ochiq budget bo’yicha bu yerda aytilgan juda ko’p fikrlarga qo’shilaman. Darhaqiqat, Tashabbusli byudjet loyihasi so’nggi yillardagi eng ilg’or islohotlardan biri bo’ldi. “Policy design” (ishlash mexanizmlari desak bo’lar) bo’yicha kamchiliklar mavjud, lekin bu islohot rivojlnashimiz uchun muhim ro’l o’ynaydi degan fikrdaman.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Нукус шаҳрига келди.
Ҳозирда давлатимиз раҳбари Жўқорғи Кенгес депутатлари, Қорақалпоғистон фахрийлари ва фаоллари билан учрашув ўтказмоқда.
Конституцияга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш муҳокамаси ҳали давом этаётганини инобатга олиб ҳамда Қорақалпоғистон аҳолиси билдираётган фикр ва мулоҳазаларни ўрганган ҳолда Президентимиз Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 70, 71, 72, 74, 75-моддаларини амалдаги таҳрирда ўзгаришсиз қолдириш зарурлигини таъкидлади.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Нукус.
Сейчас глава государства проводит встречу с депутатами Жокаргы Кенеса, представителями старшего поколения и активом Каракалпакстана.С учетом того, что процесс обсуждения изменений и дополнений в Конституцию еще продолжается, а также на основе изучения высказываемых жителями Каракалпакстана мнений, Президент обозначил необходимость сохранения без изменений действующие редакции статей 70, 71, 72, 74, 75 Конституции Республики Узбекистан.Facebook|Instagram|Twitter
2022-yilning dastlabki olti oyi AQSh moliya bozori uchun og'ir keldi. Yo'qotishlar so'nggi yarim asr ichida eng og'iri ekani aytilmoqda. "Nasdaq" 30 foiz, "S&P500" birjasi esa 20 foiz qiymatini boy berdi.
Bu muddat boylar uchun ham jiddiy yo'qotishlar davri bo'ldi. O'tgan olti oy ichida dunyoning eng boy odami Ilon Mask qariyb 62 milliard dollar yo'qotgan. Jef Bezos 63 milliard, Mark Zukerberg esa bor-budining yarmidan ko'pini boy bergan.
Inflyatsiya, iqtisodiy turg'unlik boshlanayotgani haqidagi xavotirlar hamda pandemiya va Ukraina urushi bilan bog'liq ta'minotdagi uzilishlar fond bozorining tarixiy darajada pastga sho'ng'ishiga sabab bo'ldi. Bu nafaqat AQShda, balki dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida yuz bermoqda.
Yilning qolgan olti oyi haqida ham prognozlar u qadar umidli emas. Ammo shu davrgacha mavjud statistikaga ishonadigan bo'lsak, turg'unlik, bozordagi cho'kishlar vaqtincha va baribir fond bozoridagi narxlar o'sish bo'yicha yana yangi rekordlarni qayd etadi. Agar risklarga tayyor bo'lsangiz va uzoq muddatni investitsiya qilsangiz, hozir aksiyalarni sotib olishning ayni payti.
❗️Конституцияга киритилаётган ўзгартиш ва қўшимчаларда Президент ваколат муддатини беш йилдан етти йилга ўзгартириш таклиф қилинмоқда.
Tonirovka haqidagi diskussiya — bu doimgidek hokimiyatlar boʻlinishi haqidagi diskussiya boʻlishi kerak edi, lekin doimgidek unday diskussiya boʻlmayapti.
Tonirovka — boshqa barcha aholidan pul olish turlari va holatlari kabi — hukumatni va ijro oʻrganlarini vakolati va vazifasi emas.
Hozirgi qonunchilikda bu faqat va faqat parlament hal qiladigan vazifa. Qancha turishi, qanday shartlari boʻlishi — bularni barchasi parlamentni vazifasi. Xuddi shunday, deylik haydovchilik guvohnomasi masalasi ham, qonun ishlab chiquvchi oʻrganlarni masalasi — qonun darajasidagi hujjat buni hal qilishi kerak.
Oʻzi eslatma tariqasida — Oʻzbekistondagi barcha soliq va toʻlovlar, davlatga toʻlanadigan har bir tiyiningizni sababi va shartlarini belgilash, faqat va faqat parlamentni vazifasi (buni nomi “soliq”, “patta”, “boj” yoki “jarima” boʻladimi — farqi yoʻq). Parlament oʻz vazifa va vakolatlarini, oʻzi shundoq ham boshqa ishi koʻp boʻlgan hukumat va ijro oʻrganlariga berishi — katta konstitutsiyaviy muammo.
Shuning uchun bu masalani oʻz uyiga parlamentga qaytarish kerak va Ichki Ishlar Vazirligini bunday bosh ogʻriq va muammolardan erkin qilish kerak. Agar millat vakillariga IIVni ekspertiza va mutaxassislari fikri kerak boʻlsa, yoki qiziq boʻlsa, unda ularni ekspertlar sifatida qonun qabul qilayotganda chaqirib fikrlarini bilsa boʻladi. Hukumat qonunga amal qiluvchi organ, ishlab chiquvchi emas. Demak bu masalada soʻz faqat deputatlarda boʻlishi kerak.
O’zbekistonlik Zelenskiyning qiyofadoshi Umid Isabayev esingizdami? Washington Post nashri urush boshlanganda Umid Isabaev Ukrainada bo’lgani va Putin va Kim Jong Un qiyofadoshlari tomonidan yordam orqali Polshaga qochib o’tgani haqida qiziq maqola tayyorlashibdi.
Ukrainadagi urush odamlar naznida biroz unutila boshlangandek tuyilayotgandi. Rossiya va Ukraina o’rtasida dastlabki muzokaralar natijasi nisbatan muvaffaqiyatli yakunlangani hamda Ukraina himoya frontida ko’p yutuqlarga erishgani ortidan vaziyat biroz yumshagandek—deeskalatsiya bo’lgandek tuyilgandi. Lekin Rossiya harbiylari biroz ortga chekinar ekan, ular nafaqat Ukraina shahar qishloqlarini vayrona holatda tashlab ketishmoqda, shu bilan birgalikda, juda qo’rqilganidek, tinch aholi vakillarini o’ldirib ketishmoqda. Ukrainining Bucha shahrida Rossiyalik harbiylar oddiy aholi vakillarini qo’llarini bog’lab, ularni qatl etgan holatda ularning uylari oldida va ko’chalarda qoldirib ketishgan(buni tasqidlaydigan dalillar yetarli, lekin ularni ko’rish yurakni ezadi). Katta ehtimol bilan bu holat Ukrainaning boshqa hududlarida ham uchramoqda. Afsuski, bu ma’nosiz urushning qurbonlari nafaqat harbiylar, balki tinch aholi vakillari bo’lib qolmoqda. Albatta, bunday harakatlarni umuman oqlab bo’lmaydi va hech qachon unutilmaydi. 21-asrga kelib ham urush balosi hamon mavjudligini o’ylash judayam og’riqli.
Neft-gaz sanksiyalardan yiroq, lekin baribir sanksiyada
Rossiyaga qarshi sanksiyalar G’arb davlatlari uchun zararini kamaytirish, ayniqsa neft-gaz bozoridagi bo’lajak tahdidlarni bartaraf etish uchun bu soha sanksiyalar paketiga kiritilmadi. Ya’ni bu soha deyarli avvalgidek ishlashi mumkin ekanligi ta’kidlandi. Lekin har qanday sohada kuzatilayotganidek, neft-gaz sohasidagi yirik G’arb kompaniyalari Rossiya bozorini tark etishmoqda. Sansiyalar qo’llanilmagan bo’lsada, bu kompaniyalar o’zlarini-o’zlari sanksiya qilayotgandek. Rossiya “bekor qilish madaniyati (“cancel culture”) qurboniga aylangan birinchi davlat bo’lishi ortidan ushbu kompaniyalar ham oddiy iste’molchilar tomonidan “otmen” bo’lib ketishdan o’zini olib qochishmoqda. Bundan tashqari, investorlar kelajakdagi moliyaviy va siyosiy risklarga darhol javob berishpayti. Rossiya boshlagan urush ushbu kompaniyalarda kim tarafda bo’lish borasidagi ma’naviy-ahloqiy savolni ham ko’taryapti va bu biznes uchun hatto faqat foyda tomonidan o’ylaganda ham muhim savol.
O’zim yashayotgan AQShdagi kichik shaharda urush boshlanishidan avval benzin narxi bir gallonga (3.78 literga) $3.55 atrofida edi. Urushni 2-kuni taxminan $3.85 ga ko’tarildi. Hozir esa $4.15. Umuman olganda, AQShda 1970-yillardagi kabi energiya inqirozi bo’lishidan havotir olishadi va AQSh bunga strategik neft rezervlari uchun bunday holatga o’zini yaxshi tayyorlagan. Rossiyadan AQShga neft importi uncha ko’p ham emas, taxminan umumiy importning 3% ni tashkil qiladi. Lekin dunyo neft bozoridagi avvaldan o’sib borayotgan narxlar va hozirgi tahlikali holat AQShga ta’sir qilmay qolmaydi. Sentabrda AQShda kelganimda yuqoridagi benzin narxi taxminan $3.15 edi va u bugunga kelib 1 dollarga oshdi. Bu bitta sedan mashinaga to’la yoqilg’i quyish taxminan $10 ga qimmatladi degani. Hozirgi kundagi AQShdagi yuqori darajadagi inflatsiyani hisobga olganda va bu saylovchilar ovozlarida o’z aksini topadi deb baholasak, bu o’zgarishlar muhim siyosiy ahamiyatga ega, ayniqsa bu yilgi Kongressga bo’ladigan “mid-term” saylovlar va, garchi gapirishga hozir erta bo’lsada, 2024-yilgi prezident saylovlari uchun.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month ago