Pechatsiz Rasmlar
Last updated 1 year, 3 months ago
? Yangi yil shukuhini birga nishonlaymiz?
? Yangi 2024 yilni biz bilan eng yorqin kayfiyatda kutib oling. Yangi Yil haqidagi post, chiroyli rasmlar videolardan zavq oling??
Yangi yil haqidagi eng zo'r postlar hali oldinda?
@Vafodoring ❤️
Last updated 1 year ago
Profilingiz uchun Rangsiz rasmlar 🖤
Juftlik qora rasmlar 🖤
Reklama: @Rasmlar_ads
Last updated 1 year, 3 months ago
КЎРГАНИМДА ДИЛДОРАНИ
Оширарми нозларини,
Яшириб дил сўзларини,
Олиб қочар кўзларини,
Кўрганимда Дилдорани.
Билолмайман ўнгми тушим?
Бу севгига тушиб ишим,
Еғолмайман ақлу-хушим,
Кўрганимда Дилдорани.
Қолмайман ҳеч изларидан,
Эритай қалб музларидан,
Кўз узолмам кўзларидан,
Кўрганимда Дилдорани.
Ой юзида кулгучи бор,
Ошиқлари йўлида зор,
Унга шайдо бўлдим илк бор,
Кўрганимда Дилдорани.
Гуллар бўйи жанонадан,
Айлади маст девонаман,
Кетгим келмас Фарғонадан,
Кўрганимда Дилдорани.
Қўшиқ учун...
✍Абдумуталиб Эргашалиев
Hayot!
Bitilmish taqdirim azaldan,
To‘plashga urundim savobni,
Kimlardur so‘raydi Hayot ne?
Robbimdan kutyapman javobni!
Qo‘rqaman men hayotdan rosti,
Taqdirimdan noliyman ozroq.
Hayot o‘zi oliftarog‘u,
Qiynoqlari undan tannozroq...
Taskin berib o‘zimga o‘zim,
Ko‘z yosh bilan dalda beraman.
Hatolarni qilib ortidan,
Qaytarmayman va'da beraman...
Bilasizmi nega bunchalar,
Qo‘rqitadi meni bu Hayot.
Berkitgandek onamni mendan,
Tuproq tortib oldi ertaroq...
Shundan beri o‘ynaganim yo‘q,
Chopsam oyoq og‘rib ketadi.
Bilamanki g‘irrom o‘ynaydi,
Har galgidek g‘olib keladi...
Hayot tahir ta'mi qalampir,
Chaynatadi menga achchig‘in.
Noliganim bilib qolmasin,
Yana jaxli chiqmasin tag‘in.
Shunday qilib yashab yurubman
Onam qabrin qilib tavobin.
Vaqti kelsa olarman qasdim,
Tangrim berar Hayot javobin...
Akbaraliyeva
Men yaxshiman! So‘raganlarga,
So‘ramagan olsin havotir.
Kulib turib holing so‘rasa,
Kulub javob berishing og‘ir!
Men yaxshiman so‘raganlarga,
So‘ramagan o‘zidan ko‘rsin.
So‘ramasdan qoldirib ketgan
Chandiqlari og‘ritar bilsin!
Men yaxshiman so‘raganlarga,
Ha, o‘zi ham yaxshi ekanmi?!
Bir so‘rangchi, qalbimga ekkan,
Sevgimikan yoki tikonmi?!
Men yaxshiman so‘raganlarga
Nafratimni yashirib ko‘mdim.
Zimdan so‘rab surushtirasiz,
Sizsizlikka jimgina ko‘ndim.
Men yaxshiman so‘raganlarga,
Yolg‘izlikda o‘lib qolmadim.
Alloh doim yonimda bo‘ldi,
Biror marta yolg‘iz qolmadim!
Men yaxshiman so‘raganlarga...
So‘ramagan o‘zi biladi!
Endi menga sira farqi yo‘q,
Qayerda, kim, nima qiladi!
Men yaxshiman so‘raganlarga...
Akbaraliyeva
@Sheriyat uchun maxsus
ONAJON, SOG'INDIM...
Duet#
Onajon sog‘indim, mehringizni men,
Issiq bag'ringizni, nurli ko'zingiz.
Endi his qilyapman, sehringizni men,
,,Bolam o'zing asra,"- degan so'zingiz.
✍ Murodulla
Rasmingizga boqib, ko'zlarim giryon,
Sizni izlayapti, o'ychan bu nigoh.
Iforin taratib, g'unchalar har yon,
Nechun yo'qsiz endi yonimda ey voh?
✍Bonu
,,Bolam och qolmagin, issiq kiyingin -
Mehrli so'zingiz quloqlarimda.
Degan shu so'zingiz, - baxtingni tuygin"-
Bugun aks etadi, nigohlarimda.
✍Murodulla
Sog'indim onajon izlaringizni,
Qaylardan izlayin endi izingiz?
Mehr to'la shirin so'zlaringizni,
Siz yo'q, dunyolarda yolg'iz qizingiz.
✍Bonu
Onajon, endi kim boshim silaydi?
Dougo'yim mening, mehri ummonim.
Hayot yo'limda kim oq yo'l tilaydi?
O'zingiz edingiz, mening posbonim.
✍ Murodulla
Qabringiz boshida, sarsonman yig'lab,
Su'ratingiz boqar, bunchalar mahzun?
Tushlarimga kiring, bir - bor erkalab,
Siz yo'q, bedor tunlar bunchalar uzun?
✍ Bonu
Onam! - Farzandlarim ko'zida ko'rdim,
Kulib turgan o'shal nurli yuzingiz.
Hayotsiz, men uchun, mardona turdim,
Bosib borayapman bosgan izingiz.
✍ Murodulla
Qizingiz bahtiyor, hayotdan shodon,
Baxtliman, taqdirdan roziman butkul.
Ishonchingiz oqlay, har nafas, har on,
Men o'sha qizingiz, chehrasi gulgun...
✍Bonu
2. 05. 2024.
Yashamoqchiman.
Aso kabi g‘amga suyandim,
Bo‘ldi endi tashlamoqchiman.
Hech narsani o‘ylamay, netmay,
Men shunchaki yashamoqchiman!
Bo‘ldi endi quvmayman dardni,
Baxt qo‘lidan ushlamoqchiman
Hech kimsaga bog‘lanmay, sevmay,
Men shunchaki yashamoqchiman!
Kim yur desa ketavermasdan,
O‘z yo‘limni boshlamoqchiman.
Kechib qo‘ydim dunyolaridan,
Men shunchaki yashamoqchiman!
Qiziq emas birovlar fikri
O‘z ko‘nglimni hushlamoqchiman
Bir bor kelar bu hayotimda
Men shunchaki yashamoqchiman!
G‘iybatimni qilmanglar yana,
Ko‘rib qo‘ying! borim shu mana!
Bu dunyoga kelmayman yana,
Men shunchaki yashamoqchiman!
O‘tmishimni otib o‘tmishga,
Mag‘rur qadam tashlamoqchiman.
Bilmadim siz qanday yashaysiz
Men shunchaki yashamoqchiman!
Akbaraliyeva
@Sheriyat kanali uchun maxsus
МЕН СИЗНИ СЕВМАЙМАН ЭНДИ
(талабларга биноъан)
Мехрим эшиклари ёпилди қаттиқ,
Ўзимдан ўзгага очмайман энди.
Боринг,кетаверинг,йўлингиз очиқ,
Мен сизни севмайман,севмайман энди.
Қошлари камону,кўзлари хумор,
Эркалаб ой-чехрам демайман энди.
Сизданда муҳимроқ инсонларим бор,
Мен сизни севмайман,севмайман энди.
Хаётим қўлида, қилса гар паноҳ,
На стам,на жабр,билмайман энди.
Менинг мухаббатим яратган Аллоҳ,
Мен сизни севмайман,севмайман энди.
Орзулари осмонмиш,ошиқлар назли,
Улардек орзулар қилмайман энди.
Қолмади юракда садоқат асли,
Мен сизни севмайман,севмайман энди.
Йиғламанг туну-кун сира фойда йўқ.
Туш кўринг тушизга кирмайман энди.
Бир умр биргамиз,деган жойим йўқ.
Мен сизни севмайман,севмайман энди.
Дилимнинг дилдори,дил торим чертманг,
Ҳангомалар айтманг кулмайман энди.
Не бўлар ҳоли деб мендан ғам еманг,
Мен сизни севмайман,севмайман энди.
Мен сизни унутдим кўнглимдаги ёр,
Сизни деб қалбимни тилмайман энди.
Умидвор бўлмасин қўйнимдаги ёр,
Мен сизни севмайман,севмайман энди.
Хурсандбек Тожихўжаев??
28.04.2024
Эсингизгами 90-йиллар, кўчаларни оқ рўмолли, қўлларида қуръонли малаклар кезар эди
Ўтиб туринг кўчамдан гоҳ-гоҳ,
Кўнгил яйрар кўрганим сари.
Эй гулбадан, эй кийикнигоҳ,
Ўзбекойим набиралари —
Ойдин қизлар, ойжамол қизлар,
Ойдан тушган оқ рўмол қизлар!..
Ерданми ё кўкдан сўрайми,
Пойингизда жоним берайми?
Сизни шундай кўриб қувончдан
Ёрилмаган юрак — юракми?..
Ойдин қизлар, ойжамол қизлар,
Ойдан тушган оқ рўмол қизлар.
Қонимда-ку абад-азалсиз,
Аммо ёддан чиққан ғазал —сиз.
Дарёларнинг ортида қолган
Афсонавий Тожимаҳалсиз.
Ойдин қизлар, ойжамол қизлар,
Ойдан тушган оқ рўмол қизлар.
Юрса йўлга ёғдулар изи,
Париларга орзулар изи.
Сиз — онамнинг ёришган юзи,
Сиз — отамнинг йўқотган қизи...
Ойдин қизлар, ойжамол қизлар,
Ойдан тушган оқ рўмол қизлар.
Ўсма ўпган қошми бу зулук,
Бунча поксиз, бунчалар суюк?
Сиз борсизки, муҳаббат ҳам бор,
Сиз борсизки, Муҳаммад буюк.
Ойдин қизлар, ойжамол қизлар,
Ойдан тушган оқ рўмол қизлар.
Муҳаммад Юсуф
***Dil so'zim
Gohi bilib,gohi bilmasdan,
Ona, sizni ranjitganim bor.
So'zingizni ikki qilganman,
Men deb qo'ngan sochingizga qor.
Bolaligim olgan yoshingiz,
Beboshligim sizni qaritgan.
G'amlarimni olib boshimdan,
Kulguingiz qalbim yoritgan.
Mehringizdan ulg'ayganman shod,
Olam olam quvonchga to'lib.
Lek ko'nglingiz ololmadim hech,
Bir suyukli farzandek bo'lib.
Yoshman deya o'ynadim,kuldim,
Hayotimga berib qo'yib zeb.
Oyoq tirab oldim ne yoqsa,
Mana shuni olib bering deb.
Endi esa ulg'ayganda yosh,
Ortamayabman o'zimdan o'zim,
Zora sizni xushnud aylasa,
Yuragimdam chiqqan dil so'zim:
Ona sizni yaxshi ko'raman,
Boringizga deyman ming shukr.
Sizni menga mehribon qilgan,
Allohimga ming bor tashakkur.
✍ Munavvara Dilroz ✍***@Sheriyat
**Nega suyolmading hech meni dunyo
Tamanno tuldirding minnatlaringni
Menda biron qasding bolganmidi yo
Nega suyolmading hech meni dunyo
✍Malika Tavfiq
?<<Šojidâ>>Mansurova
12.11.2022**
Pechatsiz Rasmlar
Last updated 1 year, 3 months ago
? Yangi yil shukuhini birga nishonlaymiz?
? Yangi 2024 yilni biz bilan eng yorqin kayfiyatda kutib oling. Yangi Yil haqidagi post, chiroyli rasmlar videolardan zavq oling??
Yangi yil haqidagi eng zo'r postlar hali oldinda?
@Vafodoring ❤️
Last updated 1 year ago
Profilingiz uchun Rangsiz rasmlar 🖤
Juftlik qora rasmlar 🖤
Reklama: @Rasmlar_ads
Last updated 1 year, 3 months ago