KO'CHA SSENARISTI ©

Description
Sirojiddin Rustamovning shaxsiy hududiga xush kelibsiz!
Ulashadiganim - ijod va munosabatlar...
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 week, 2 days ago
[#bismillah](?q=%23bismillah)

#bismillah
2025-yil uchun reja tuzib bo'lganlar, qo'l ko'taring) 🙋🏻‍♂️

Niyatlarimizga yetaylik!

@kochassenaristi

1 week, 3 days ago

#tabriklamadim

Avvallari qaysi bayram boʻlmasin, kontaktimdagi har bir insonni noodatiy shaklda tabriklab chiqardim, odatda, tabrik qabul qilgan tanishlarimning yarmidan javob kelardi, qolganlar oʻqib, shunchaki javob qaytarmaslikni lozim topishardi. Oxirgi bayramlarda mana shu "ish"ga hafsala topa olmayapman (hatto tabrik yoʻllamaganim uchun vijdonim ham qiynaladi).

Bayram boʻlsa-boʻlmasa men yaxshilik tilaydigan insonlar, kechiringlar va hamisha sogʻ-omon boʻlinglar... 😁

@kochassenaristi

1 week, 4 days ago

#Bismillah

2025-yilning birinchi kuni...
Xohlaymanki, bu yil birinchi navbatda hammamiz uchun INTIZOM yili boʻlsin! Anglaganim, juda koʻp muvaffaqiyatlar zamirida qobiliyat va mehnatdan tashqari tartib-intizom asosiy oʻrinda turar ekan...

Oʻzim qatori sizga ham 2⃣*5⃣ tavsiya:*

  1. Hayotimizni toʻliq tartibga solishga harakat qilaylik;
  2. Sogʻlom ovqatlanaylik;
  3. Sogʻlom turmush tarziga amal qilaylik;
  4. Sogʻligʻimizga eʼtiborli boʻlaylik;
  5. Yaqinlarimizga befarq boʻlmaylik;
  6. Eʼtiqodlarimiz borasida oʻzimizni tartibga solib olaylik;
  7. Kunni, haftani, oyni rejalar bilan qarshi olaylik va uni amalga oshirishga harakat qilaylik;
  8. Oʻzimizga ishonaylik va imkoniyatimizni sinab koʻrishdan choʻchimaylik;
  9. Oʻzimizni rivojlantirishga harakat qilaylik;
  10. Orzularga erishishni kechiktirmaylik;
  11. Niyatni toʻgʻri qilaylik;
  12. Gʻiybat va bekorchi gaplarni kamaytiraylik;
  13. Samimiylikni yoʻqotmaylik, yaxshi insonlarni manfaatsiz yoʻqlab turaylik;
  14. Katta ijodiy ishlarda oʻzimizni sinab koʻrishdan qoʻrqmaylik;
  15. "Dedlayn"ga amal qilaylik va yolgʻon gapirmaslikka harakat qilaylik (koʻproq oʻzimga);
  16. Ijodimizni qadrlaylik, gonorarlar boʻyicha oʻzimizni yerga urmaylik;
  17. Dangasalikdan qutulish boʻyicha oʻzimizga taʼsir oʻtkazaylik;
  18. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda meʼyorni unutmaylik;
  19. Pullarimizni rejasiz sarflamaylik;
  20. Yangi tanishuvlar va yangi tajribalarga ochilaylik;
  21. Odamlarga yaxshilik qilishga odatlanaylik;
  22. Atrofimizdagi insonlarga nisbatdan eʼtiborli, xushmuomala va bagʻrikeng boʻlaylik;
  23. Dam olishni, zavqlanishni oʻrganaylik;
  24. Oilaviy qadriyatlarga asos solaylik;
  25. Shukr qilishni va optimistlik (har vaziyatning yaxshi tarafini koʻra olish)ni oʻrganaylik!

Yangi yilimiz xayrli boʻlsin!

P.S. 25 talik tavsiyaning qay birlari sizga ham mos?
@kochassenaristi

2 weeks, 1 day ago

Bu kichik film mening ssenarist va prodyuserlikdagi navbatdagi ishim...

Ijodiy guruh aʼzolari bilan tanishing:

Ssenariy muallifi
Sirojiddin RUSTAMOV

Postanovkachi operatorlar
Xurshidbek ZAYNALOBIDINOV
Ibrohimjon GʻOFUROV

Montaj ustasi
Xurshidbek ZAYNALOBIDINOV

Muharrir
Sirojiddin RUSTAMOV

Gʻoya muallifi va badiiy rahbar
HILOLA UMAROVA

@kochassenaristi

3 weeks, 4 days ago

#Hammanarsahaqida

DAVOMI...

5

O‘z imkoniyatlarimdan to‘liq foydalana olmayapman, sizlarga ham bu his tanishmi? Aslida hammasi nasiba bilan bog‘liq bo‘lsa ham atrofimdagilarning yutuqlariga va maqsadlariga erishishini ko‘rib, havas qilaman. Albatta, noshukrlik qilmoqchi emasman, lekin o‘z-o‘zimdan va natijalarimdan qoniqmaslik, ancha yillardan beri menga tinchlik bermaydi.

Har doim yil oxirlayotganda kayfiyat takrorlanadi: rejalar va maqsadlar yomg‘irdan keyin ko‘paygan qo‘ziqorindek bosh chiqarib turadi. Hozirda ko‘p ishni boshlash uchun 13 kundan keyin kirib keladigan yangi yilga o‘zimni sozlab turibman. Niyatlarimizga O‘zi yetkazsin.

6

Niyatlar haqida gap ketganda, aytishim o‘rinli, shu yil o‘z hayotimda ikkita keys bo‘ldi. Oilamizning ko‘p yillik orzularidan biri ushaldi: ota-onam muqaddas umra ziyoratini ado etdilar. Men bir yillar oldin umra bilan bog‘liq videolarni ko‘ra olmasdim, ko‘zlarim yoshlanardi: sababi, onamlar juda qattiq orzu qilganlar (ularning hamma orzulari farzandlari bilan bog‘liq bo‘lgan, bu faqatgina o‘zlari bilan bog‘liq bo‘lgan yagona orzu edi, balki)…

Keyingi niyatim o‘z ofisim bo‘lishi va faoliyatimni to‘la erkinlashtirish bilan bog‘liq edi. Bu niyat ham ushaldi (bilmaysizki, ko‘cha ssenaristi bo‘lish ham oson bo‘lmagan, ko‘chalarda yozib yurish ham ancha charchatgandi, ayniqsa, ovqatlanish ijod yoki ilmdan ustun bo‘lgan jamiyatda noutbukni “tiqirlatib”, joyni band qilib o‘tirish koʻpchilikning gʻashini keltirardi)… Shukr!

7
Odamlar boshqalarga noqulay savollarni berishni yoki tashqi ko‘rinishdagi nuqsonlarni yuzingizga aytishni yaxshi ko‘rishadi. Deylik, men ortiqcha vazn bilan bog‘liq savollardan shu qadar charchagan edimki, o‘zgarishdan boshqa variantim qolmadi. Yoshligimda burnim biroz kattaroq bo‘lgani uchun 7 yoshdan 70 yoshgacha hamma “nega burning katta, singanmi yoki o‘zi shundaymi?”, deya savol berishardi. “Xudo yaratgan burunda” deb qo‘yish, o‘sha vaqtlarda menga tasalli bermasdi. Yillar o‘tib, savol mazmuni o‘zgardi, lekin savolning ta’sir etish kuchi o‘zgarmagan.

Xo‘p, men bu haqida gapirmoqchi emasdim, men inson xohlasa, har qanday yashash tarziga irodasi yetarkan demoqchiman, hozirgi ratsionimdan shirinlik, gazli va energetik ichimliklar, fast-fud va hamir ovqatlar chiqib ketdi. Yashab yuribman.

8

Kecha bir guruh ijodkorlar ssenaristlarning gonorarlari haqida gaplashdik. Tan olib aytganda, ko‘plab loyihalar imkon qadar ssenarist og‘zini arzonroqqa yopish haqida o‘ylashadi. Masalan, qariyb 5 yildan beri telenovellalar uchun 800 000 so‘m pul to‘lashadi. 45 daqiqali material, prodyuserlarning o‘ziga yarasha talablari va rejissorlarning qarichlariga qarab uni tahrir qilib berish bu summaga arzimaydi, ochig‘i. Men anchadan beri novella yozmayotganimning sababi shu. Lekin ssenaristlar “sen yozmasang boshqasi yozadi” qabilidagi iddaodan cho‘chib, bergan gonorariga boshi yerga tekkuncha ta’zim qilib yuraveradi. Qiymat masalasi qadr bilan bog‘liq, hammamizga insof bersin…

Bu hayotimdagi ba’zi lavhalar va mulohazalar edi, hozircha tugadi.

@kochassenaristi

3 weeks, 5 days ago

#Hammanarsahaqida

1

Qandaydir senzuralar (yoki andishaning o‘zi) meni ham chegaralab qo‘yganini his qildim. Shundanmi, juda ko‘p hayotiy vaziyatlarni post sifatida yoza olmadim. “Odamlarga faqat baxtli ko‘rinish kerak”, deydi atrofimdagilar. Va aminmanki, sizning baxtli yoki baxtsizligingiz bir nechta yaqiningizdan boshqa hech kimga qiziq emas.

Ijtimoiy tarmoqlardagi info-bosimlar sabab 2 haftaga yaqin Instagram, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarni blokladim. To‘g‘ri, men bloger emasman, lekin 2 hafta davomida hech kim mendagi nofaollikni sezmadi, shunda tushunib yetdimki, biz ommadan katta e’tibor kutishimiz to‘g‘ri emas.

2

O‘ylaymanki, ijodda eng qimmati G‘OYA. U xuddi homashyoga o‘xshaydi, istalgan ustaning qo‘liga tushsa, qandaydir binoni paydo qiladi. Hayotimda ko‘p bora g‘oyalarimni boshqalarga qo‘sh qo‘llab topshirganman. Oxirgi vaqtlarda bunday vaziyatlar qayta-qayta sodir bo‘lganini va bu meni xursand qilmaganini tan olaman (kulguli tarafi, bir kuni mana shu “o‘g‘ri”larning biri menga tasalli beryapti… Men esa doimgidek, uning yuziga gapira olmadim). Meni TV sohasidan sovutgan va “Kulrang xona”ga olib kelgan asosiy sabab shu.

Bir necha kun oldin yangi faoliyatini boshlayotgan telekanallarning biriga yuqori lavozimga taklif qilishdi, men chamasi 6-7 oy oldin bu taklifdan osmonga sakragan bo‘lardim, bugun esa sovuqqonlik bilan rad etdim, suhbatdoshim “qattiq sovutishibdi” sizni deya, mendagi tanlovni to‘g‘ri qabul qildi.

3

Odamlar va vaziyatlar o‘zgarishi haqida ham ba’zi keyslar bor. Men avvalroq “qirpichoq” bo‘lgan bir tanishim bilan ijodiy hamkorlikda ishladim. Ish sabab bu insonni boshqa rakursdan ko‘rdim, ochig‘i, qayta kashf qildim. Farishtalarni yerdan topish qiyin, qandaydir minuslar bir inson haqidagi hukmga nuqta qo‘ya olmas ekan. Xullas, yaxshi ishladik va o‘ylaymanki, men ham ana shu insonning hurmatini qozona oldim…

Va aksincha, yurakka yaqin insonlarning tuzli palovlarini ham ta’tib ko‘rdik… 2-3 yil oldin birga ishlaylik deya jon-jahdi bilan tirishgan, sendan foydalanib bo‘lgach, pullari ko‘paygani hisobiga o‘zini sendan ustun qo‘yganlarni ham ko‘rdik… Mana insonda ishonchsizlik qanday paydo bo‘ladi!?

4

“Kulrang xona”gacha men oxirgi 4 oyda 20 dan ortiq roliklarga mualliflik qildim, ba’zilarida prodyuser, ba’zilarida rejissor ham o‘zim bo‘ldim. Katta tajribalar uchun rahmat aytadigan odamlarim ko‘p. Lekin mustaqil faoliyatning yana bir “qoida”sini eslatib o‘tmoqchiman. Agar sizning mas’ullingizdagi ijodiy ish buyurtmachiga ma’qul bo‘lmasa yoki kutilgan natijani bermasa, siz foyda evaziga zarar ham ko‘rishingiz mumkin ekan. Deylik, menga katta pul va’da qilib, qandaydir omillar sabab “ketmoni uchmaganlar” zararga ham kirgizib ketishdi. Men oldindan sezgandek, bu vaziyatni juda xotirjamlik bilan qabul qildim. Har bir tajribaning qiymati bor…

DAVOMI BOR…

@kochassenaristi

3 months ago
**O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya …

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi xorijiy mamlakatlarda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik xotin-qizlarning og‘ir holatini aks ettiruvchi videorolik va hujjatli filmlar ssenariylari uchun ijodiy TANLOV E’LON QILADI!

Tanlovga taqdim etiladigan ssenariylarda so‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish;
xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi;
xorijiy mamlakatlarga chiqib, majburiy mehnatga jalb qilingan ayollarning ayanchli taqdiri, ularning yurtimizga qaytarilishi;
aholiga, ayniqsa yoshlar qalbida vatanparvalik, bugungi kunga shukronalik tuyg‘ularini singdirish kabi g‘oyalar o‘z aksini topishi kerak.

▪️ Tanlovga taqdim etilgan ssenariy (sinopsislar) quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi lozim:
▪️ o‘zbek tilida, adabiy til va imlo qoidalariga rioya qilingan holda A4 formatda, 14 shriftda, 1,5 intervalda, videoroliklar uchun 1-2, hujjatli filmlar esa 3-5 varaqdan kam bo‘lmagan shaklda yozilgan bo‘lishi kerak.
▪️ taqdimot (ijodiy guruh, aktyorlar, lokatsiyalar va boshqa ma’lumotlar). Filmning asosiy qahramonlari, ularning o‘ziga xos xarakteri, asosiy syujet liniyasi, voqealar, avj nuqtasi va yechimi aks etgan bo‘lishi kerak.

Tanlov 2024-yilning 2-oktabridan 10-oktabr sanasiga qadar davom etadi. Sinopsislar va kinoloyihalar belgilangan muddatlarda tanlov ishtirokchilarining arizasi, ismi-sharifi va u haqida qisqacha ma’lumotni biriktirgan holda Kinematografiya agentligiga taqdim etilishi lozim.
Tanlovga taqdim etilgan sinopsislar va kinoloyihalar taqriz qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 71 277-81-49
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 1A-uy.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website*🔵Facebook📷Instagram 🚀***Telegram

3 months, 1 week ago

Assalomu alaykum, aziz oilam)
Kanalchamdan biroz uzoqlashdim... Dayjest beraymi?

  1. Milliy TV ga borib turibman. Bugun asosan "Gapirmasak boʻlmaydi" tok-shousidaman. "Ochilmagan sir" loyihasi izga tushib olganidan soʻng uni hamkasblarimga topshirdim. Davom etyapti va efir kunlarida oʻzgarish bor: shanba va yakshanba.

  2. Oyina.uz bilan qilingan "Kitoblararo 80 kun" marafonining taqdirlash marosimiga juda kam vaqt qoldi. Hademay bu tarixni iliq xotiralar bilan yopamiz.

  3. Soʻnggi kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining baʼzi kontentlarini tasvirga olishda ishtirok etdim (asosan ssenariy va prodyuserlik ishi boʻyicha). Kontentlarning ayrimlarini postdan oldin joylab qoʻyganman.

  4. Bir ustozim va qadrdon akam olti yil oldin "FRESH GLOBUS" nomli taksopark ochganlar. Oldinroq kelishganimizga qaramay, endi imkon boʻlib, taksopark uchun kontentlar olyapmiz. Hademay namunalar ulashib tursam, ajablanmang.

  5. "Zakovat" oʻyinlari baribir ijod sahifamning qaysidir burchagidan oʻrnini topadi. Xullas, Respublika turnirlari boshlangan hozir. Qator final oʻyinlarida kopirayterlik qilib turibman. Qiziq jarayon. Aqlli va kuchli odamlar aurasi oʻzgacha energiya beradi.

  6. Eshitmagan boʻlsalaringiz aytib qoʻyay, doʻstlarimiz muallifligidagi "Hoshiya podkast" allaqachon YouTUBE platformasida. Bu jamoada meni ham kichikkina oʻrnim bor.

  7. "Eshik ortida" serialimizning tasvirga olish ishlari nihoyat boshlanmoqda. Uzoq kutdik va kuttirdik. Xayrli boʻlsin. Qolgan seriyalarini kechiktirmay yozib berish nasib qilsin!

  8. Oilamizning azaliy orzularidan biri ushalmoqda, Xudo xohlasa! Boshqa izoh bera olmas ekanman.

  9. Ha, aytgancha, endi menda ham iPhone 15 Pro Max degan allambalo telefon bor (sababchi boʻlganlarga katta rahmat).

  10. Tez orada jiddiy yangiliklar qilishga oʻzimni ruhan tayyorlayapman. Albatta, bu haqida yozaman.

Shunaqa gaplar) Sizlarda nima gap?

@kochassenaristi

3 months, 2 weeks ago

Odamlarga kulib gapirish taqiqlanadi. Ular bunga arzimaydi.

("Men qidiruvdaman" asaridan)

@kochassenaristi

6 months, 1 week ago

Rolik ssenariysi @kochassenaristi dan)

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago