Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 5 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Turizm
02.12.2016: “O‘zbekturizm” kompaniyasi tugatilib, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etildi.
06.04.2021: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil qilindi.
19.02.2022: Turizm va sport vazirligi negizida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil qilindi.
24.12.2022: Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Madaniyat vazirligi negizida Madaniyat va turizm vazirligi tashkil etildi.
27.07.2023: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tashkil qilindi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yotoqxonadagi turar joy binolarini ijaraga berish boʻyicha SHARTNOMA*✅*@fan_va_marifat_uwed
??O‘ZBEKISTON KUCHAYMOQDA
Har shahru kent bugun obod bog‘u bo‘ston,
O‘zbekiston kuchaymoqda, O‘zbekiston.
Dunyo davlatlari deydi: Dong‘i doston,
O‘zbekiston kuchaymoqda, O‘zbekiston.
Avval boshda sal mensimay qarashgandi,
Kimlar — qilich, kimlar-chi, tish qayrashgandi,
“Qaygacha ham borardi” deb sayrashgandi,
Qarg‘a, to‘ti bo‘lib rosa yayrashgandi.
Pufaklarday puchaymoqda ig‘vo, bo‘hton,
O‘zbekiston kuchaymoqda, O‘zbekiston.
Millatlarning birlashgan tashkilotida,
Davlatlarning har majlis-mashg‘ulotida,
O‘zbekiston: “Jafokash xalq afg‘on” deydi,
“Necha yillar chekmish ohu fig‘on” deydi.
Aytadirki: temir yo‘llar olib boray,
Uylaringga simyog‘ochlar tortib boray.
Birgalashib to‘ldiraylik kamin, deydi,
O‘z uyida o‘zgalarning g‘amin yeydi.
Neki insonparvarlikdir — kuydirib jon,
O‘zbekiston kuchaymoqda, O‘zbekiston.
Bir chiroyli yangrar tongda azonlaring,
Oyatlardan nur taratgan ayvonlaring.
O‘ttiz yillardan so‘ng, mana, Qatar keldi,
Arboblari laylaklarday qator keldi.
Bizning elga bu millatning ixlosi bor,
Uylarida Buxoriyning merosi bor.
Amir o‘zi daraxt ekdi Samarqandda,
Yer yuzini karaxt etdi Samarqandda.
Sherdor aytsin, Shohizinda yo Registon,
O‘zbekiston kuchaymoqda, O‘zbekiston.
Ey, olamga Dantelarni bergan diyor,
Petrarkani tug‘ib ko‘krak kergan diyor.
Har g‘ishting, har salobatli ustuningda,
Daholarning yemirilmas nomlari bor.
“Boburnoma” bilan keldik zabt etgali,
Chin yurakdan, chin dildan suhbat etgali.
Har neki bor bunda bari tantanavor,
Italiya, shonli diyor, shonli diyor!
Zamonaviy afsonaga o‘xshamoqda,
Qadimiy Rim o‘zi gilam to‘shamoqda,
Rumoga ham kirib kelgan ulug‘ karvon —
O‘zbekiston kuchaymoqda, O‘zbekiston.
Bordir ammo ko‘ngli bizga g‘ash davlatlar,
Bizni hasad qilguvchi badrashk davlatlar.
Yo‘q bo‘lsang gar — sariq chaqa berolmaydi,
Bor bo‘lsang gar — ko‘rolmaydi, ko‘rolmaydi.
Bizning hech bir mamlakatdan ginamiz yo‘q,
Tegadigan suqimiz yo kinnamiz yo‘q.
Bir mayizni qirqqa bo‘lib yegan xalqmiz —
Ko‘zimiz to‘q. O‘zimiz to‘q. Ko‘nglimiz to‘q.
Jaholat ham oxir topgay nihoyalar —
Ezgulikka xizmat qilsin pok g‘oyalar.
Yer yuzini egallamay hasad, riyo,
Hamkorlikni kuchaytirsin sarmoyalar.
Kim o‘qrayar, kimlar esa lolu hayron:
O‘zbekiston kuchaymoqda, O‘zbekiston.
O‘zbek desa, borlig‘ini bergan og‘am,
Izzat qilmish olijanob zot Erdog‘an.
Garchi olam turfa fikru o‘ylovlidir,
Ulug‘ zotlar olam aro siylovlidir.
Vaqt o‘zi devonlarin sandiqlaydi,
Yunus Emro hazratlari tasdiqlaydi.
Bu olamga qancha ulug‘ xitob bergan,
Qancha ilmu irfon, qancha kitob bergan.
Aytmangizkim, kuch — urug‘da, kuch — aymoqda,
“Ota yurtim” degan ellar ko‘paymoqda,
Kitob bilan olamni zabt etmish chunon,
O‘zbekiston kuchaymoqda, O‘zbekiston.
Dunyo kezmoq — shunchaki bir sayru gashtmas,
Tamosho yo bordi-keldi degan gapmas.
Ulug‘ zotlar bekor aytmas, bekor aytmas:
Islohotlar ortga qaytmas, ortga qaytmas!
O‘zbekiston, bog‘u bo‘ston, bog‘u bo‘ston,
Kundan-kunga dong‘i doston, dong‘i doston.
Olmoniyo, Majoriston, Farangiston —
Yetti iqlim davlatlari senga mehmon,
O‘zbekiston, bag‘ri osmon tanti mezbon.
Bu bir cho‘pchak emas va yo jumboq-chiston,
O‘zbekiston kuchaymoqda, O‘zbekiston.
O‘ylamangkim, men yo‘q gapni bor ayladim,
Men bor-yo‘g‘i ko‘nglimni izhor ayladim.
Bayroqlaring bir jonajon hilpiraydi,
Jonu dilim jimirlaydi, jimirlaydi.
Bir imzongda qancha oru, qancha g‘urur,
Ona yurtim, qaddingni ker, qandingni ur!
Chiqib kelding ne-ne mudhish zamonlardan,
Xudo O‘zi panoh bersin yomonlardan!
Yuzga kirgan onalarning duolari qo‘shilmoqda,
Asriy orzu-armonlaring ushalmoqda,
O‘zing bukun mardlar aro mardi maydon,
O‘zbekiston kuchaymoqda, O‘zbekiston.
11.06 – 9.07.2023
Sirojiddin SAYYID,
*O‘zbekiston xalq shoiri
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2023-yil 13-iyuldagi 138-sonidan olindi.*✅**@fan_va_marifat_uwed
Abituriyentlar to‘plagan balidan kelib chiqib OTM tanlashi mumkin bo‘ladi
Prezident qaroriga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Maqsadimiz — suvni e’zozlash
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 5 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago