•ZakSvoyak

Description
📌"Shaxsiy o'yin" savollari bazasi. Ushbu kanalga yangi mualliflik savol paketlari joylab boriladi...
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

7 months, 1 week ago

?Muallif: Sabina Elbekovna

?165-mavzu: Qamoqxonada yozilgan asarlar

  1. Ispan yozuvchisi Migel de Servantes qalamiga mansub bu roman 1605-1615 yillar oralig'ida issiqqina uyda emas balki tor zah qamoqxonada yozilgan. Qaysi asar ?
    (Don Kixot)

  2. Danti Aligerining italyan adabiyotida inqilob yasagan asari hisoblanib, ko'plab olimlar tomonidan g'arb adabiyotining eng buyuk yutuqlaridan biri deb sanaladi. Ushbu epik she'riy asar taxminan 1308-yilda yozila boshlangan va muallif o'limidan qisqa vaqt oldin taxminan 1321-yilda chop etilgan. Qaysi asar ?
    (Ilohiy komedya)

30.Bu 18-asrda yozilgan sayohatnoma bo'lib mashxur sayohatchiga bag'ishlangan.1271-1295-yillardagi sayohatlardagi hikoyalarga asoslanib, Rustichello da Pisa tomonidan yozilgan. Bu hikoyalarni Rustichello da Pisa qamoqda o'tirgan payti o'sha sayohatchidan eshitgan. Qaysi asar ?
(Marko Polo sayohatlari)

  1. Asar qisman avtobiografik roman bo'lib rus yozuvchisi Dostoevskiy qalamiga mansub, 1860-1862-yillarda "Vremya" jurnalida nashr etilgan. Asar Sibir qamoqxonasi hayotini tasvirlaydi. Dostoevskiy Petrashevskiy halqasi bilan aloqadorlikda ayblanib, 4 yil Sibrda jazo muddatini o'tagan vaqtda yozgan deb qaraladi .Qaysi asar ?
    (O'lik uydan maktublar)

50.Janubiy Afrikaning birinchi demokratik saylangan prezidenti Nelson Mandela tomonidan yozilgan avtobiografik asar, ilk bor 1994-yil nashr etilgan. Kitobda muallifning bolalik hayoti, katta bo'lishi, ta'limi, va qamoqda o'tkazilgan 27 yillik tajribasi haqida hikoya qiladi. Qaysi asar ?
(Ozodlik sar mashaqqatli yo'l)

7 months, 3 weeks ago

?Muallif: Azimjon Bekboyev

?164-mavzu: Nafaqat shahar va davlat nomlari

10.Bu effekt javobni yoki fikrni bir savol yoki muhokama tugagandan so'ng esga kelishi. Effekt nomida qaysi davlatni ko'rish mumkin?
(Fransiya) Izoh: Fransuz zinapoyasi effekti

20.Bu sindrom ko'p jihatda bu yerga tashrif buyurgan yaponlarga xosdir. U yerga 6 millionga yaqin yapon tashrif buyuradi va natija ular kutganidek bo'lmaydi. SIndrom nomidagi shaharni ayting.
(Parij) Izoh: Parij sindromi

30.Bu Amerikalik yozuvchi 1876-yilda tavallud topgan va o'sha paytdagi ismi Jon Griffit Chaney edi. Uning "Temir tovon" "Yovvoyilik chaqirig'i novellasi "Uch qalb" kabi romanlari mashhur. Yozuvchining familyasini ayting.
(London)

40.Bu kino 1986-yilda SSSR da kassa bo'yicha yetakchi filmlardan biri bo'lgan. 1981-yil Oskar va SSSR mukofoti bilam taqdirlangan. Bosh rollarda Vera Alentova, Aleksey Botolov, Irina Muravyova o'ynagan. Kino nomidagi shahar qaysi davlat poytaxti?
(Rossiya) Izoh: Bu Moskva ko'zyoshlarga ishonmaydi kinosi edi

50.Bu savolni Indiana Jonsga aloqasi yo'q. Bu kino 1987-yilda Shekhar Kopur rejjisiyorligi ostida olingan. Bu filmdagi qahramon ko'rinmas bo'la oladi lekin qizil narsalar ostida ko'rinardi. Savol qahramon qutqarib qolgan joyni ayting.
(India) qabul: Hindiston

7 months, 3 weeks ago

?Muallif: Sabina Elbekovna

?163-mavzu: Qadimgi Rim

  1. Yunnchada buzoqchalar mamlakati deb ayting.
    (Italya)

20.Rivoyatlarga qaraganda Rimga ular asos solgan. Ular Tibr daryosi bo'yiga tashlab ketilgan, hamda katta shahr barpo qilishgan. Agar ularni topgan bo'lsangiz ularni katta qilib boqqan, Rimning timsolini ayting.
(Ona bo'ri)

30.Alfa so'zi lotinchadan xalq ishi, umumiy ish degan ma'nolarni anglatadi. Miloddan avvalgi 6-asr oxirilaridan boshlab Rim ham alfa deyila boshlagan. Alfani 1 so'zda ayting.
(Respublika)

40.Qadimgi Rimda u taqdir, omad, baxt ilohasi hisoblangan. U ko'p hollarda qo'lida mashina roli bilan tasvirlanishi ramziy ma'noda taqdirni o'zgartirishi mumkin deb ishonilgan. Bu qaysi ma'buda?
(Fortuna)

50.Bu mashxur ibora baribir siz o'z maqsadlaringiz yo'liga yetishingizni ifodalaydi.Milodiy 1-asrda Rimda vujudga kelgan qaysi ibora haqida gap ketmoqda?
(Barcha yo'llar Rimga olib boradi)

7 months, 3 weeks ago

?Muallif: Sabina Elbekovna

?162-mavzu: Qadimgi Yunonistonga oid barchasi

  1. Yunonchada yuqori shahar deb ayting.
    (Akropol)

20.Yunonistonda siyoh qolib qon bilan yozilgan deb kimning qonunlariga aytilgan?
(Drakont qonunlari)
Izoh: Drakont qonunlar juda shavqatsiz va faqat o'lim jazosidan iborat bo'lgan

  1. U qadimgi ko'zlari ko'r bo'lgan yunon shoiri, Iliada va Odisseya dostoni muallifi. Ko'pchilik unga "Omir" deb ta'rif bergan. U kim?
    (Gomer)

40.Uning so'ngi so'zi "Mening chizmalarimga tegmang" edi holos. U kim?
(Arximed)

  1. U qadimgi yunon mifologiyasida Aid saroyini qo'riqlovchi uch boshli it. O'liklarni tashqariga, tiriklarni esa ichkariga kiritmaydi. Geraklning 12-jasorati ham aynan uni yngish edi. Uni ayting.
    (Serber)
7 months, 3 weeks ago

?Muallif: Sabina Elbekovna

?161-Mavzu: Matritsada -dr-

10.Bu ism arabchada quvvatli, kuchli, qodir degan ma'nolarni anglatadi. Bu qaysi ism?
(Qudrat)

20.Ibroyim Yusupovning ushbu she'rida qizil kendir ham eslab o'tiladi. Uni mavzumizga moslab ayting.
(Qadrdon So'qmoqlar)

30.Qadimgi Hindistonda u momaqaldiroq ma'budi, osmondagi suvni tutqunlikdan xalos etgach, yer yuzida qurg'oqchilik poyoniga yetadi deb ishonilgan. Qaysi ma'bud?
(Indra)

40.Ushbu 1985-yil 9-sentyabrda tug'ilgan Xarviyalik futbolchi. Xarviya terma jamoasi va Real Madrid yarim himoyachisi. U dunyodagi eng ko'p qirrali va eng samarali futbolchilardan biri sifatida tan olingan. U kim?
(Luka Modrich)

  1. U kimyoviy elementlarning vodorod bilan hosil qilingan birikmalari.Tuzsimon, metallsimon, uchuvchan G. ga bo'linadi. Uni ayting.
    (Gidridlar)
7 months, 4 weeks ago

?Muallif: Sabina Elbekovna

?160-Mavzu: Mashxur tik-tok, instagram blogerlar

  1. Savolga mandarin yemasdan javob bering. 2002-yil 30-yanvarda Surxandaryoda tug'ilgan ushbu bloger o'zining aktyorlik mahoratini instagramda baham ko'rishni boshladi. Hammamizga tanish ushbu blogerni ayting.
    (Lil Xurramov)

20.Million jamoasi a'zosi, instagram tarmog'ida 2,2 milliondan ortiq obunachiga ega bo'lgan ushbu bloger hozirda faoliyatini vaynerlikda Asqar Hikmatov va boshqa blogerlar bilan olib bormoqda. Qaysi bloger?
(Mo'minlive)

30.Bu savolni topayotganingizda pulimni ishlatishingiz mumkin. Bu blogerning boshida futbalist bo'lish orzusi bo'lgan .Faoliyatini 2017-yilda instagramga vediolar olish bilan boshlagan. Mehribon tik-toker nominatsyasi g'olibi bo'lgan. Qaysi bloger?
(Komol Qohhorov)

40.Savolning javobini toping va 100ming so'm yutvoling, qani ketdik. O'zimizning milliy MrBeast imiz bo'lgan ushbu bloger 1999-yil 28-iyunda tug'ilgan. Ko'plab challenge shartlari va noana'anviy vediolari bilan omma e'tiboriga tushgan. Ushbu blogerni ayting.
(Isomtv)

  1. Bu savolga javob topolmasangiz paq deyish esingizdan chiqmasin. 2003-yilda tug'ilgan ushbu bloger blogerlikdan tashqari aktrisalikda ham yetarlicha mahoratga ega. O'z faoliyatini 2020-yil Folbin seriali bilan boshlagan. Bu qaysi bloger?
    (Zebo Rahimova)
7 months, 4 weeks ago

?Muallif: Sabina Elbekovna

?159-mavzu: Huquqshunoslikka oid

10.Bu ma'buda, halollik, odillik qonun va adolat timsoli. U doim ko'zlari yumuq holda qo'lida tarozi va qilich bilan tasvirlanadi. Qaysi ma'buda?
(Femida)

20.Bu jazo O'zbekiston Respublikasida hozirda umuman yo'q va bu konstitutsiyaning 25-moddasida qayd etilgan.Qaysi jazo?
(O'lim jazosi)

30.Biror-bir masalani hal etish uchun tashkil etiladigan majlis, yig'ilish shunday ataladi. Qanday?
(Konferensya)

40.Bu so'zning kelib chiqishi Qadimgi Yunonistonga borib taqaladi, yunonchada xalq hokimiyati degan ma'noni anglatadi. Hozirda bizning davlatimizda ham bu tizim rivojlanmoqda. Bu qaysi termin?
(Demokratiya)

50.Bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo'lgan murakkab, ittifoqdosh davlat shunday ataladi. Qanday?
(Federativ davlat)

7 months, 4 weeks ago

?Muallif: Sabina Elbekovna

?157-Mavzu: Gullar

10.1966-yilda gullar unga atalgandi. Kimga?
(Eljernonga)
Izoh: Daniel Kizning Eljernonga atalgan gullar asari

20.Bu gul bo'lishiga qaramasdan tibbiyotda ham keng foydalaniladi. U nafaqat shamollashga oid kasalliklarni balki ovqat hazm bo'lish muammolarini ham bartaraf etishga yordam beradi. Bu qaysi gul?
(Moychechak qabul:Romashka)

30.Bu dunyoda eng keng tarqalgan gul bo'lib ko'plab gul shaydolari uni uylarida o'stirishni yaxshi ko'rishadi. U o'zining xilma-xilligi bilan ajralib turadi va Antraktidadan tashqari hamma joyda o'sa oladi.Bu qaysi gul?
(Orxideya)

40.U asosan Janubiy Yevropa Shimoliy-Sharqiy Osiyoda o'sadigan guldir.Uning bizga tanish ko'rinishidan tashqari 30ga yaqin turi bor.Yulduz Usmonova bir qo'shig'ida bu gulning mayda ekanini aytib o'tgan.Bu qaysi gul?
(Nastarin qabul:Siren)

  1. Instagram storislarda eng ko'p rekka chiqqan bu gul afsonaviy shifokor Peanga borib taqaladi. Zamonaviy botaniklar uning 4500ga yaqin turini bog'larda o'stirishadi. AQSH ning Indiana shtatida bu rasmiy gul hisoblanadi. Bu qaysi gul?
    (Pion)
7 months, 4 weeks ago

?Muallif: Sabina Elbekovna

?156-mavzu: Adabiyotga kim qanday kirib kelgan?

  1. U adabiyotga G'urur va Andishada kirib kelgan. Kim?
    (Jeyn Osten)

20.U adabiyotga qirolichasini yurib kirib kelgan.Kim?
(Uolter Tevis)

30.U adabiyotga yashil yo'lakda kirib kelgan.Kim?
(Stiven King)

40.U adabiyotga buyuk Getsbi bilan kirib kelgan.Kim?
(Frensis Skott Fesjerald)

50.U adabiyotga 500 yildan so'ng kirib kelgan.Kim?
(Omina Shenliko'g'li)

1 year, 1 month ago

?Muallif: Ismoil Gʻaniyev

?153-Mavzu Matritsa -OQ-

  1. dunyodagi birinchi Ular orasida kichik tosh va loydan yasalgan sharlar yoki marmarlar bo'lgan. Marmarlar Misrning Nagada shahridagi bolalar mozorida topilgan. Ularni ayting?
    (OʻyinchOQlar)

  2. Toshkent viloyatidagi tuman. 1935-yil 28-iyulda tashkil qilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbda Quyi Chirchiq tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,40 ming km². Aholisi 108 ming kishi (2021-yil holatiga koʻra). Qaysi tuman?
    (Oqqoʻrgʻon)

  3. Bu sindrom insonning mutlaqo noo'rin holatlarda, har tomonlama o’z ustunligini namoyish etishga bo’lgan ishtiyoqini ifodalaydi.
    (Oq palto sindromi)

  4. Namangan viloyatidagi shaharlardan biri bo'lib, IX - X asrlarda yashagan arab sayyohlari Ibn Hurdodbeh va Istahriy tomonidan yozilgan yozma manbalarda so'zi “to'rt taxt” deb atalgan. Qaysi tuman
    (ChortOQ)

  5. K. Makovskiyning ushbu asarida rassom nafaqat ob-havoni,balki uyga tezroq borishni istayotgan bolalarning qoʻrquvini ham taʼkidlay olgan. Bundan tashqari, kartina qiyin paytlarda bir-birlarini qutqarishga tayyor boʻlgan opa-ukalarning samimiy muhabbatini namoyish etadi.
    Qaysi kartina?
    (MomaqaldirOQdan qochayotgan bolalar")

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago