Islom ilm dinidir 🌙

Description
🌙
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 year, 6 months ago
Davomat uchun vaqtida keladilar. Aeroportga vaqtidan …

Davomat uchun vaqtida keladilar. Aeroportga vaqtidan avval yetib keladilar. Shifoxonaga vaʼdalashilgan vaqtdan oldin hozir bo‘ladilar. Keyin esa namozga uxlab qolib: "Muammoim -uyqum qattiqligida", deydilar.

"Balki, sizlar bu dunyo hayotini ustun qo‘yasizlar!" Aʼla surasi, 16-oyat.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishni unutmang!

1 year, 6 months ago
1 year, 6 months ago

ISTIG‘FORNI KO‘P AYTINGAbul Faraj G‘oys ibn Ali aytadi: «Qori Abul Hasan Oquliyni tushimda ko‘rdim. U juda yaxshi holatda edi. »Ahvolingiz qalay?« deb so‘radim, »Ahvolim yaxshi«, dedi. Men undan so‘radim:

— Siz vafot etmaganmidingiz?
— Vafot etgandim.
— O‘lim qanaqa ekan?
— Yaxshi– dedi u xursand bo‘lib.
— Gunohingiz kechirilib jannatga kirdingizmi?
— Ha.
— Qaysi amal manfaatliroq ekan?
— Hech narsaning manfaati istig‘forchalik emas ekan. Istig‘forni ko‘p aytinglar.

Honiy al–Haj »Solihlar gulshani" kitobidan.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishni unutmang!

(Kanalimizda o‘tqizgan vaqtingizga rozi bo‘ling)

@Islom_ilm_dinidir?

1 year, 6 months ago

Масжидда имом маъруза қилатуриб, деди:- Умримнинг энг яхши дамлари жуфти ҳалолимдан бошқа бир аёл билан бирга ўтди, деди. Қавм бу сўзни эшитиб сесканиб кетишди ва даҳшатга тушишди. Имом эса таъсирчан овоз билан, хотиржам ҳолда:
-Ҳа! Дарҳақиқат умримнинг энг яхши дамлари онам билан ўтказган кунларимдир, деб сўзини тугатди. Масжиддагилар бу сўзни эшитиб хурсанд бўлишди, ҳатто баъзиларининг кўзлари ёшланди. Суҳбатда қатнашганлардан бири маърузадан таъсирланган ҳолда уйига кириб келди. Она ҳақида эшитган ибратли сўздан қаттиқ таъсирланган эди. Нимагадир ўша сўзларни такрорлагиси келиб кетди. Кечки таом тайёрлаётган хотинига қараб:
-Умримнинг энг гўзал қисми жуфти ҳалолимдан бошқа бир аёл билан ўтди..

Касалхона бош врачи беморнинг яқинларига:
-Амалиёт муваффақиятли ўтди. Тузалиб кетади.

Бечора у "онажоним билан бирга ўтказган дамларим" деб айтишга улгуролмай қолган эди..@Islom_ilm_dinidir?

1 year, 6 months ago

"Eng go‘zal karomat; hayo, odob, iffat, istiqomat, viqor, sabr va ixlos kabi ulviy xislatlarla bezanib; taqvo gardanligini taqmoq, ubudiyat tojini kiymoq, iffat va hayo libosiga burkanmoqdir..."

Marhum Mehmed Kirkinji Afandi@Islom_ilm_dinidir?

1 year, 7 months ago

Qachonki og‘ir sinovlar kattalashib kuchayib ketar ekan bu narsa solih mo‘min uchun darajasining oliy bo‘lishi va ajrining ulkan bo‘lishiga bir sabab bo‘ladi.

@Islom_ilm_dinidir?

1 year, 7 months ago

**Alloh kimlarni sevadi ?

• Albatta Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi.
©Baqara 195

• Albatta Alloh tavba qiluvchilarni sevadi.
©Baqara 222

• Alloh oʻzlarini mudom pok tutuvchilarni sevadi.
©Baqara 222

• Alloh taqvo qiluvchi kishilarni sevadi.
©Oli Imron 76

• Albatta Alloh sabr qiluvchilarni sevadi.
©Oli Imron 146

• Allohga tavakkal qiling – suyaning! Albatta oʻziga tavakkal qiluvchilarni sevadi.
©Oli Imron 159

• Albatta Alloh adolat qiluvchilarni sevadi.
©Moida 42@Islom_ilm_dinidir?**

1 year, 7 months ago
Ташқи кўринишинг билан ғурурланма, чунки уни …

Ташқи кўринишинг билан ғурурланма, чунки уни сен яратмагансан.

Эплай олсанг қалбинг билан ғурурлан!

@Islom_ilm_dinidir?

1 year, 7 months ago

VIJDON AZOBI(Hayotiy voqea)

Odam taftini odam oladi. Yaqinda bir hamshaharim o‘z xatolari boshqalarga ibrat bo‘lishini istab, dardini menga ochdi:

“Rahmatli otam biz – ikki aka-ukaga alohida-alohida hovli qilib berganlar. Men tijorat bilan shug‘ullanib, tez orada uy-joyimni zamonaviy uslubda taʼmirladim, qimmatbaho avtoulov ham oldim. Qurilishda oddiy g‘isht teruvchi bo‘lib ishlaydigan akamning topganlari asosan ro‘zg‘or tebratishga ketardi. Bir mahallada yashasak-da, akamni to‘y-maʼrakada uchratardim, xolos. Ataylab uylariga borib diydorlashmasdim, sababi, mendan qarz so‘rashlaridan cho‘chirdim. Akam katta qizlarini uzatganda, mehmonlar qatori bordim, to‘yona bermadim. Ikkita o‘g‘il jiyanlarim maktabda aʼlo baholarga o‘qishgan bo‘lsa-da, oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishmadi. Chunki kontrakt asosida o‘qishga to‘g‘ri kelsa, bunga imkonlari yo‘q edi. Ular o‘qish va uylanish xarajatlarini ishlab topish uchun davlat tashkilotining hujjati bilan chet elga ishga ketishdi.

Bu orada mening ishlarim yana ham rivojlanib, xususiy firmamni ochdim. Begonalarni ish bilan taʼminlab, o‘z jigarlarim boshini silamadim. Umrlari og‘ir mehnat bilan o‘tgan akam biror marta ham mendan moddiy yordam so‘ramadilar. Bu holat menga ayni muddao edi.

Keyin akam tez-tez kasal bo‘ladigan bo‘lib qoldi. Bu to‘g‘rida xotinim qo‘shnilardan xabar topardi. Men esa o‘zimni bilmaslikka olardim. Dardlari tobora og‘irlashdi. O‘sha paytda mahalliy shifokorlar akamni chet elda – Hindistonda jarrohlik muolajasi bilan davolatish mumkinligini aytishibdi. Jiyanlarimning topganlari chet yurtga borish-kelish yo‘lkirasiyu yana muolajalarga to‘lashga yetmasligi aniq edi. Mendan pul so‘rashlaridan hadiksirab, oilam bilan chet eldagi oromgohga jo‘nab ketdim. Biz u yerda sayru sayohatda yurganimizda, akam olamdan o‘tdi. Jiyanlarim tezda uyga qaytishib, otalarini hurmat bilan oxirgi yo‘lga kuzatib, maʼrakalarini ham o‘tkazishibdi.

Dam olishdan qaytganimizdan keyin akamning uyiga birrov kirib chiqdim. Bir kuni kechki payt uyimda o‘zimga o‘xshagan mehmonlarni ziyofat qilayotgandim. Xotinim meni chaqirib, tashqarida jiyanim so‘rab kelganini aytdi. Men esa nozik mehmonlar bilan bandligimni bahona qilib, yoniga chiqmadim. Sababi, mendan pul so‘rab qolishlari mumkinligidan hamon hadikda edim.

Keyin xotinim qo‘limga bir konvert tutqazdi, jiyanim qoldirib ketgan ekan. Ochib qarasam, akam meni yelkalariga ko‘tarib tushgan bolalik suratimiz (men roppa-rosa o‘n yosh kichik edim) hamda ikki enlik maktub: «Ukajon, rahmatli ota-onam “Yagona jigaringga o‘zing ota-onalik qil, yaxshi-yomon kunlarida doim holidan xabar ol”, deb seni menga omonat qoldirib ketgan edilar. Men qo‘lim kaltaligi sababli senga yordam bera olmadim. Endi seni yolg‘iz Allohga omonat qoldirib ketyapman. Ota-onamizning ruhlari rozi bo‘lsin. Seni har kuni besh mahal namozlarimda duo qildim».

O‘sha lahzalarda boshimdan go‘yo qaynoq suv to‘kilgandek bo‘ldi. Boyib ketishim, to‘kinu farovon yashashimga akamning duolari ham sababchi bo‘lgan ekan-da! O‘sha kundan buyon ruhan ezilaman, ichimda tuganmas bir azob… Endi uyimdagi barcha hashamlar, to‘kinliklar ko‘zimga o‘tdek ko‘rinadi. Yaqinda bir amri maʼrufda domlaning qarindosh-urug‘chilik haqlari haqidagi maʼruzasini eshitganimdan buyon (aslida, oldin ham ko‘p eshitganman-u, beparvo edim) dardim dunyoga sig‘may qoldi: “Qiyomat kuni ahvolim nima bo‘ladi?”

Men suhbatdoshimning aytganlarini orttirganim ham, kamaytirganim ham yo‘q. Alloh hammamizni gunohlardan asrasin, tavba qilganlarga rahm etsin. Avvalo bu dunyo davlatiga mahliyolik sabab ikki dunyomizni boy berishdan asrasin.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishni unutmang!

(Kanalimizda o‘tqizgan vaqtingizga rozi bo‘ling)

@Islom_ilm_dinidir

1 year, 7 months ago

ROBBIM!!! KECh KELDIM, AMMO KELDIM, MENI RAD ETMA"!!!Bir do‘stim bilan suhbatlashib ketayotgandik. Masjid yaqiniga kelganda undan biroz kutib turishini, men ibodatimni yakunlab chiqishimni iltimos qildim.

U hazil aralash:

- Men ham kirsam Xudo kechirib yuborarmikin? -, dedi.

- Albatta!

- Kirib Unga nima deyman?

- "Allohim! Kech keldim, ammo keldim. Meni rad etma!" deysan, bo‘ldi.

U biroz o‘ylanib qoldi. Yuzidagi tabassum darrov aksiga o‘zgardi.

Indamay ortimdan kirdi. Men uni masjidga kuzatdim, o‘zim “Tahoratxona” tomon yuzlandim.

Men masjidni boshqa tomonida namozni ado qildim. Ketar chog‘ do‘stimni oldiga bordim. Ammo uni topa olmadim. Tashqariga chiqib ketkandir deya ko‘chaga chiqdim.

Masjid hovlisidan uni topa olmadim.

Qalbimda biroz shubxa ortdi. Noto‘g‘ri gapirib qo‘ydimmikin? Yoki ketib qoldimikin, deb raqamiga qo‘ng‘iroq qildim. Javob yo‘q!

Biroz hijil bo‘lib masjidga kirdim. Masjidning bir chekkarog‘iga o‘tirib, qilgan ishlarimni sarhisob qilay, qayerda xato qildim, ranjitdimmi yo‘qmi deb o‘ylay boshladim. Mendan sal nariroqda kimdir past ovozda yig‘lardi. Taajjublanib qarasam do‘stim!

Ikki qo‘li bilan og‘zini mahkam yopib, yig‘layapti.

Tanam muzlab ketdi. Indamadim. Ortidan jim kuzatdim.

U nimalarnidir pichirlar, "Iltimos kechir!" derdi. Ko‘zim yoshlanib uni kuzatib turaverdim.

Qalbini bo‘shatmagunicha bezovta qilmay dedim.

Birozdan so‘ng u meni payqadi...

Masjiddan chiqquncha lom-mim demadi.

So‘ng chuqur nafas olib:

"Sen yomon do‘st ekansan!" dedi.

Hayratim yana-da ortdi. Indamay unga qaradim. U:

"Shuncha yil menga namoz o‘qishni o‘rgatmading!" dedi.

Nafasim tiqilib qoldi...

Hozir bu birodarim ichmaydi, chekmaydi.

"Umr Islomda go‘zal ekan" deydi.

"Robbim! Men ham keldim! Kech keldim, ammo keldim. Iltimos meni ham rad etma..."Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishni unutmang!

(Kanalimizda o‘tqizgan vaqtingizga rozi bo‘ling)

@Islom_ilm_dinidir

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago