Hasankhoja Muhammad Sodiq

Description
👉 https://linkfly.to/Hasankhoja

O'zimga eslatmalarim, shikoyatlarim va tavsiyalarim.

Murojaat: @hasankhojabot
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

2 months, 3 weeks ago

#Shogirdimga

Maqsad boshqalardan emas, kechagidan yaxshiroq bo’lish kerakligini unutma…

2 months, 3 weeks ago

BESHAFQAT HAYOT

O‘shanda mahzunlik yili edi!
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Qurayshdan himoya qiladigan metin devor bo‘lmish Abu Tolib vafot qildi.
Zavjalari, habibalari, do‘stlari, suyanchiklari Hadicha roziyallohu anho vafot qildi.

Kishining ichki va tashqi frontidan birdaniga ajralishi naqadar og‘ir sinov!
Inson o‘zini yolg‘iz va kimsasiz his qiladi!

Makka butunlay butlar va sanamlarga ibodat qilishga g‘arq bo‘lgan edi. “Dorun Nadva” hiyla-nayrang va fitnalarga to‘lib-toshgan edi!

Ana shunda Nabiy sollallohu alayhi va sallam Toifga borishga qaror qildilar. Makkadan topmagan mehrni u yerdan topishga, Makkada ko‘rgan bag‘ritoshlikni u yerda ko‘rmaslikka umid bog‘ladilar.

Toifga yetib borib Toifning kattasi Ibn Abdi Yo‘lilga maqsadlarini aytdilar. Ammo u razilning bergan javobidan ko‘zlarimiz yoshlandi, qalbimiz parchalandi. U suyukli Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallamga shunday dedi:
– Alloh menga yuborishga sendan boshqa odam topa olmadimi?!

So‘ngra ahmoqlari va yosh bolalariga aytib, u zot sollallohu alayhi va sallamni toshbo‘ron qildirdi. Ikki muborak oyoqlaridan qon oqdi!

Keyin zamon aylandi, yillar almashdi. Makka fath bo‘ldi. Bilol roziyallohu anhu Ka’baning ustidan azon aytdi. “Allohu Akbar” sadosi ilk bor olamni to‘ldirdi!
Bu buyuk maskan o‘zligini toki qiyomatgacha yana qaytarib oldi!

Mana, Nabiy sollallohu alayhi va sallam Madinadalar. Islom saltanati butun Arab yarim oroliga o‘z hukmronligini taratdi. Oisha roziyallohu anho Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallamdan so‘rayaptilar:
– Ey Allohning Rasuli! Siz uchun eng og‘ir kun qaysi kun bo‘lgan?

Oisha roziyallohu anho Uhud jangining og‘ir kechganini bilardilar. U kunda qo‘shinning qo‘mondoni, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning amakilari Hamza roziyallohu anhu shahid bo‘lgan edi. Hamza roziyallohu anhu bilan birga yetmishta eng buyuk sahobalarini dafn qildilar. O‘sha g‘azotda suyukli Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallamning boshlarini yorishdi, tishlarini sindirishdi. Shuning uchun Oisha roziyallohu anho buni eng og‘ir kun deb hisoblayaptilar.

Ammo Nabiy sollallohu alayhi va sallam to‘satdan Toifdan gap boshladilar:
– Toifdan chiqqanimda o‘zimda yo‘q edim. Faqatgina Qarnus Sa’olib degan joyda o‘zimga keldim. Boshimni ko‘tardim. Tepada Jabrayil turar edi. U dedi:
– Alloh taolo tog‘larning farishtasini yubordi. Istasang, bu farishta Toif ahli ustiga ikkita tog‘ni ag‘darib, ularni yo‘q qiladi!
Men Jabrayilga dedim:
– Men ularning naslidan yolg‘iz Allohga ibodat qiladigan, Unga hech narsani sherik qilmaydigan kishilar chiqishidan umidvorman!

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning gaplarini bir taammul qiling!
“Toifdan chiqqanimda o‘zimda yo‘q edim. Faqatgina Qarnus Sa’olib degan joyda o‘zimga keldim”.

Nabiy sollallohu alayhi va sallam o‘zlarining payg‘ambar ekanliklarini bilardilar. Kuni kelib dinlari g‘olib bo‘lishini ham bilardilar. Ammo u kishi ham baribir inson edilar. Ota-onam fido bo‘lsin u zotga!

Dunyo ko‘zlariga tor bo‘ldi. Hatto butun olam u kishining nigohlarida ninaning teshigidek bo‘lib qoldi. Nima qilishni bilmadilar. Mahzunlik va og‘riqdan sinib qoldilar. Yuzlari yerga boqib, oyoqlari qayerga borishni bilmay qoldi. Shu holatda bugungi hisobimiz bilan 46 km yurganlar. Nohot Jabrayil alayhissalomning ovozidan o‘zlariga kelib, tepaga qaradilar!

E’tibor bering! Robbimiz Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallamdagi insonchilikni naqadar rioyasini qilayapti. Alloh taolo u kishiga itob qilmadi. Balki Jabrayil alayhissalomni yuborib, tasalli berdi. Istasalar, zulmga qarshi javob berishini aytdi!

Biz iymonning ozligidan emas, hayotning beshafqatligidan zaiflashamiz. Toif kuni Nabiy sollallohu alayhi va sallamning iymonlari oz emas edi. Ammo zulmning ta’mi achchiq edi!

Tushuning, inson ba’zan sinib qoladi. Tanasi bizning dunyomizda yursa-da, ruhi biz bilmaydigan boshqa dunyoda yurgan bo‘ladi. Insonning boshidan shunaqa paytlar o‘tadiki, unda bir so‘z aytishga ham, nasihat eshitishga ham, birovni ko‘rishga ham toqati yetmaydi!

3 months ago

Tavsiya

Ikki xil inson bilan bahslashib o’tirmang:

  1. Kitob javoni yo’q inson bilan, foydasiz…

  2. Kitob javoni bor inson bilan ham, foydasiz…)

5 months, 2 weeks ago

Do‘stlar

O‘zlikni bir on ham unutmang, do‘stlar,
Bor bo‘ling, ko‘p yashang, xo‘p yashang, do‘stlar.

Go‘rning zulmatlari kifoya bizga,
Yorug‘ bu jahonda yorishing, do‘stlar.

Qabrning torligi yetar insonga,
Qisqa bu hayotda keng bo‘ling, do‘stlar.

O‘lim ayirar tez birbiringizdan,
Hozir ajralishga shoshilmang, do‘stlar.

Haqiqat ochilar, oxirat yaqin,
Dunyoda yolg‘onga til burmang, do‘stlar.

O‘zgani qoralab, oqlamang o‘zni,
Siz ham bir o‘zgasiz, unutmang, do‘stlar.

Siz ham bir o‘zgasiz, unutmang, do‘stlar…
Husaynxon Yahyo Abdulmajid

5 months, 2 weeks ago
**Siz uchun daxshatli statistika.**

Siz uchun daxshatli statistika.

Odatda kitobni o’qiydigan qismi (mundarija, adabiyotlar ro’yhatidan tashqari) 250 bet bo’ladi.

Har bir betida 210-230 ta so’z bo’ladi. Bir daqiqada o’rtacha tezlik 250-270 ta so’z.

250 bet x 230 so’z = 57.500 ta so’z
57.500 : 260 = 221 daqiqa
221 : 60 = 3 soat 41 minut

Demak: 250 betlik kitobni 4 soatga yetmay tugatish mumkin.

Endi kuniga 40 daqiqa kitob o’qishni hisboni ko’raylik:

40 daq x 230 so’z x 365 kun = 3 mln 358 ming ta so’z yiliga

3.358.000 : 220 bet = 15260 ta bet

15.260 : 250 har bir kitob (o’rtacha) = 61 ta kitob yiliga.

Yana qiziq tajriba:
Mundarija, adabiyotlar ro’yhati va muqovasidan tashqari 250 bet bo’lgan 61 ta kitobni ustma-üst qo’ysa balandligi qanday bo’ladi, shuni hisoblaymiz
O’rtacha bunday kitob qalinligi taxminan 2-3 santimetr bo’ladi.

Faraz qilamizki, har bir kitobning qalinligi 2,7 sm.

Agar bitta kitob qalinligi 2,7 sm bo‘lsa:
2,8 x 61 = 170 cm

Shunday qilib, 61 ta kitob ustma-ust qo‘yilganda taxminiy balandlik 170 sm ga teng bo‘ladi.

Bir yilda bo’yingingizga teng kitob o’qigan bo’lasiz.

Odatda postni o’qiganlarning 99% “ha, yaxshi ma’lumot ekan” deb, o’tib ketadi. Faqat 1% esa sinab ko’radi. Yana ham qizig’i esa, shu sinab ko’rganlarni faqat 1% esa oxiriga yetkaza oladi.

Shu statiskani o’zi sizni 10 ming kishi dan ustun qilib qo’yadi. Buni bildingiz, ammo eng qiyini amal qilish.

Yuqoridagi raqamlar normal holatdagisi, agar siz uni 50% ga uddalay olsangiz ham, top-10 likda bo’lasiz…

P.s. ulashib qo’ying…

5 months, 2 weeks ago

YAXSHIROQ

Shved rejissyori Ingman Bergman o‘z faoliyatining ilk davrlarida o‘z filmlaridan ham, filmlarida rol o‘ynayotgan aktyorlardan ham qanoat hosil qilmadi. Shuning uchun o‘zgacha yo‘lni tutishga qaror qildi. Ya’ni, Bergman film ssenariysini yozadi. Dialogni esa ochiq qoldiradi. Maqsad aktyorlar o‘z energiya va tajribalarini ana shu asosda ishga solishadi. Dialogni ular o‘z his-tuyg‘ulari aks ta’siriga muvofiq bo‘lishi uchun o‘zlari tuzishadi. Ana shunda film hayotiy chiqadi. Bu narsa ba’zan yozuvlarni o‘zgartirishni ham taqozo qilar edi. Ammo natija dahshatli bo‘lar edi.

Aktyorlarga bu uslub ma’qul keldi. Ular filmga uyg‘unlashib ketishar edi. Endi ular Bergmanning filmlariga suratga tushishni, u bilan birga ishlashni istab qolishdi. Rol ijro etish paytida ruhiyatlari tetiklashdi. Har-bir rol oldingisidan yaxshiroq chiqar edi. Endi ular quruq rol o‘ynayotganini emas, hayotiy filmda yashayotganini his qilmoqda edi. Mana shu uslub tufayli Bergmanning filmlari xalqchil filmlarga aylandi!

Bergman ishga solgan uslub bugun ham yaxshigina asos bo‘lishi mumkin. Ya’ni, bir ishdan mas’ul bo‘lgan kishi u ishning asosiy chegarasini qo‘yib beradi. Ammo chegara ichidagi chora-tadbirlarni tanlashni ishchilarning o‘z ixtiyoriga qo‘yadi. Bu ancha muvaffaqiyatli yo‘ldir. Bunda ishchilar o‘zlarini faqatgina buyruqni bajaradigan robot emas, balki ishning bir qismi deb o‘ylashadi.

Tabiiyki, mas’ul shaxs ularni doimo kuzatib turadi, takliflar beradi. Bu ishning ravnaqini yanada oshiradi.

Xalifa Umar ibn Xattob roziyollohu anhu ehtiyotkor, davlatchilikning barcha bo‘g‘imini qattiq tutgan, eng nozik tafsilotlarni ham nazardan qochirmaydigan inson edi. Ammo boshqaruvda ba’zan yuqoridagi uslubni qo‘llab turar edi. Umar roziyollohu anhu bir kuni Muhammad ibn Maslama roziyollohu anhuga dedi:
- Eng fikri mukammal inson, agar sohibi bilan ahdi va shartnomasi bo‘lmasa, undan buyruq olmagan bo‘lsa o‘zi ehtiyotkorlik bilan harakat qiladigan yoki gapiradigan insondir!

Muoviya ibn Abu Sufyon roziyollohu anhu Shomda boshqaruvga oid ba’zi yangiliklar qildi. Eshikka hojib tayinladi, qo‘riqchilar qo‘ydi. Shuni Umar roziyollohu anhudan so‘rab maktub yozganida hazrati Umar roziyollohu anhu unga shunday deb maktub bitgan edi:
- Ishingni o‘zing bilib, munosibini qilaver!

Abu Ubayda roziyollohu anhu dushmanni tog‘ so‘qmoqlari bilan ta’qib qilishga ruxsat so‘raganida hazrati Umar roziyollohu anhu unga shunday maktub bitgan edi:
"Sen u yerdasan, men esa yo‘q. Sen dushmaning oldidasan. Ko‘zlaring senga xabar berib turadi!".

Umar roziyollohu anhu unga vaziyatni hisobga olib harakat qilaverishini tayinladi!

Ozroq o‘zingizni bo‘sh qo‘ying. Qo‘l ostingizdagilar ham biroz nafas olishsin. Maydonni ularga bo‘shatib bering. O‘zlari qaror qabul qilishsin. Ammo sizda kuzatib nazorat qilib turish haqqi saqlanib turaveradi. Bu siz uchun ham, ular uchun ham yaxshiroqdir!

5 months, 3 weeks ago

ZIDDIYAT

Salohiddin Ayyubiy rohimahullohning nabirasi An-Nosir Yusuf musulmonlarga qarshi dushmanlar bilan til biriktirdi. Ayyubiylar hukmronligi uning sababidan quladi.

Hologuning amakivachchasi, Chingizxonning nabirasi, mo‘g‘ullar qo‘mondoni Barakaxon esa islomni qabul qildi. Mo‘g‘ullarga qarshi musulmonlar bilan ittifoq tuzdi.

Gohida kishining o‘z birodari yordam bermasdan xiyonat qilar ekan.

Gohida esa yordam dushman tomonidan ham kelar ekan!

5 months, 3 weeks ago
***?*****Rahimov School** [Farg'ona filiali](https://t.me/rs_fargona)

?Rahimov School Farg'ona filiali
SAT ustozlarini ishga taklif etadi
Bizdagi imkoniyatlar

— Raqobatbardosh oylik maosh
— Moslashuvchan ish grafigi (Haftada besh kun 1 soat dars, 15:45-16:30)
— Maktab hududida tushlik. Maktab hisobidan 50% to'lab beriladi
— Farzandlaringiz uchun 30% lik chegirma
— Gadjet, telefon, avtomobil va uy olishda maktab tomonidan moliyaviy yordam
— Doimiy shaxsiy va professional o'sish imkoniyati
— Karyeraviy koʻtarilish
— Kuchli mentorlardan individual tavsiyalar

Talablarimiz

• Bakalavr darajasiga ega bo'lish
• Ta'lim sohasida 3 yil va undan ortiq ish tajribasi
• Xalqaro sertifikatlarga ega bo'lish (SAT 1500+, IELTS 7.5)
• Bolalar psixologiyasi va fiziologiyasini yaxshi bilish
• O'quvchilarni doimiy rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlash qobiliyati
• Tashkilotchilik va ingliz tilida erkin muloqot qila olish

*? *Ishga kirish uchun

— Arizangizni @RahimovSchool_jbot orqali Farg'ona filialini tanlab qoldiring va bilimingizni maxsus sinov testlarimiz orqali tekshirib oling.
— Yoki mos tanishlaringizga shu postni jo'natib qo'ying.

? Bizdagi yangi vakansiyalarni kuzatib boring — @talim_ber

5 months, 3 weeks ago

QO‘RIQCHISI QAROQCHIDIR!

"Insider" gazetasi bir xabarni nashr qilgan edi. Unga ko‘ra Meksika politsiyasiga "Zoochilpan" hayvonot bog‘idan birin-ketin to‘rtta Afrika buqasi, to‘rtta echki, bitta noyob kiyik, bitta zebra va yana bir necha hayvonlar yo‘qolgani haqida xabar kelib tushgan. Meksika politsiyasi darrov ishga kirishib jinoyatga aniqlik kiritgan. Ma’lum bo‘lishicha, "Zoochilpan" hayvonot bog‘i derektori qandaydir munosabatlar bilan bu hayvonlarni uyida so‘yib qarindoshlariga ziyofat bergan ekan!

Qachon Meksika haqida bir narsa o‘qisam uning sobiq prezidenti Porfirio Diasning bitta gapi yodimga tushaveradi:
"Bechora Meksika Xudodan uzoqda, AQSHning yaqinida joylashib qolgan!".

Porfirio Dias 1915 yilda, AQSH jug‘rofiy to‘siqlar rejasini qilishidan oldin, hamma davlatlarga yaqin bo‘lib ularga xalaqit qilishini ko‘rishdan ilgari vafot etib ketdi.

Ammo ularda ham, bizda ham asosiy dushman AQSH emas. Asosiy dushman ichimizdadir.

Yuqoridagi hayvonot bog‘ining mudiri qilgan ishda Amerika Qo‘shma Shtatlarining aloqasi yo‘q. Mustahkam qal’alar aslida ichidan buziladi. Tashqi dushmandan ichki dushman zararliroq va xavfliroq bo‘ladi.

Poraxo‘r mansabdor vatan dushmanidir.

Buzg‘unchi pudratchi vatan dushmanidir.

Beparvo muallim vatan dushmanidir.

Komandasida tenglik asosida muomala qilmaydigan vazir, mansablarga qarindosh-urug‘chilik va oshna-og‘aynigarchilik asosida tayinlanadigan idoralar, o‘z majburiyatini bajarmaydigan shahar boshqaruvi, e’tiborsiz ona, bezori ota, xiyonatkor xizmatchi, yolg‘onchi usta, ochko‘z shifokor, sotadigan va sotiladigan da’vatchilar vatan dushmanlaridir. Ular vatanga qarshi o‘q otishlari shart emas. Undan battar ishni qilib bo‘lishdi aslida!

Vatanparvarlik go‘zal xitoblar qilish, qaynoq she’rlar o‘qish, chiroyli jumlalarni terib tashlash emas. Vatanparvarlik oddiy ishlardan boshlanadi:

Chiqindini ko‘chaga emas, chiqindi idishiga solasiz, vaqtga va va’daga rioya qilasiz, svetoforlarga rioya qilasiz, kechasi mashinangizdagi ko‘zni ko‘r qilar darajadagi yaltiroq-oq chiroqlaringizni ro‘paradagi haydovchi ko‘ziga tutmaysiz, navbatni buzmaysiz va hokazo....

Qisqasi vatanparvarlik haqida gapirmaysiz, uni ko‘rsata bilasiz!

6 months ago

MUSHUK

Aytilishicha, bir kishi mushugiga ovqat paytida sham ushlab turishni o‘rgatibdi. Buni bilgan bir mehmon bir kuni cho‘ntagiga sichqon solib kelib dasturxon ustiga qo‘yib yuboribdi. Sichqonni ko‘rgan mushuk darrov shamni tashlab sichqonni quvib ketibdi. Sham yumalab dasturxonni kuydirib yuboribdi.

Kishilarni mavizalar va quruq gaplar bilan o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar mana shu mushukning egasiga o‘xshaydi. Kishilar uni eshitishi, uning oldida o‘zini avliyodek tutishi mumkin. Ammo ularning oldiga bir qimmatbaho narsa uloqtirilishi bilan ochko‘zlik bilan unga tashlanishadi. Voiz aytgan gaplar unutiladi!

Masjiddan chiqiboq o‘zgalarning oyoq kiyimini tepib teskari qilib ketayotganlar…

Masjid tashqarisida mashinasini kishilarga xalaqit qiladigan holatda tartibsiz joylaydiganlar…

Dinni faqat masjidda deb xayol qiladiganlar, masjiddan tashqarida odob-axloqni unutadiganlar…

mana shu mushukka o‘xshashadi!

Bunday mushuklarni yana boshqa javhalarda ko’rdim:
- hodim (rahbarlik tegib)
- shogird (boshqasini ustoz deb bilib)

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago