Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 6 days, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Bugun kun yaxshi boshlandi)
Ishga kelsam, bolla loyihalarimizdan birida lid narxini avvalgidan 6X arzon qilishibdi.
Bu degani o'sha-o'sha byudjetga 6 baravar ko'proq lid olib kela olamiz.
Undan tashqari, bizdagi sotuv voronkasi bilan lid sifati ham yaxshilangan.
Lid sifati 1.5 baravar yaxshilansa, bu yakuniy sotuv konversiyasiga 9x ta'sir qiladi degani.
Oylik oborori $1M (million dollar)ga yaqin loyiha uchun bu katta narsa.
Xop, ikkinchisi —— Jeff Walker ZAPUSK texnologiyasini maktab loyihalarimizdan birida qo'llayapmiz.
Bu orqali kutuvimiz 5.5 mln to'laydigan 200+ o'quvchi jalb qilish.
Umumiy sotuv summasini o'ziz hisoblab olarsiz))
Va bu hisoblaganiz birinchi oy uchun qilinadigan to'lov summasi, maktabni bitirguncha to'lanadigan LTV summasi emas.
Uni ham reklamalarini ishga tushirdik.
Bitta obunachi narxi $0.30 sent atrofida tushyapti.
Hozir sayt konversiyasi biroz past, 50% atrofida.
Shuni 90% ga oshirish uchun sayt matni va strukturasini tezda yangilab, ishga tushiryapmiz.
Mayli, bugun kuniga 570 ta lid berayotgan loyihamiz haqida gapirmayman))
Jarayonlar qiziq, xullas.
*👀 Sizlarda nima gaplar o'rtoq marketolog va biznes egalari)*
Oxirgi 4 yilda 100 ga yaqin kichik va yirik loyihalar marketingida ishladim
Bugungi kunda 10 dan oshiq loyihalarimizga har kuni 1000 (ming)dan oshiq lid beramiz.
Ish boshlaganimizdan 3 oy ichida lidlar narxini o'rtacha 2x -5xga arzonlashtiramiz...
Va lidlar sifatini 70% dan oshiramiz.
Har kuni beradigan mingdan oshiq lidlarimiz orqali loyihalarimiz umumiy oganda kuniga $20k ga yaqin sotuvlarni amalga oshirishadi (ha, kuniga).
Shu tajribalarimdan kelib chiqib, biznesingiz marketingi uchun vaqt va natija bilan sinalgan 5 muhim insaytimni ulashaman:
1️⃣ Sizning biznesingiz haqida o'ylaganingizdan ancha kam odam biladi.
O'zingizni tanitish uchun reklamaga ko'proq pul sarflang.
Ko'proq kontent chiqaring.
Ba'zida kontentlar soni, ularning sifatidan ko'ra muhimroq.
2️⃣ Ko'proq mijoz jalb qilish uchun o'zingiz haqida qancha ko'p gapirsangiz ham, bitta mamnun mijozingiz siz haqingizda bergan otzyvichalik ishonchli bo'lmaydi.
Mijozlaringizni rozi qiling va rozi mijozlarning siz haqingizdagi fikrini ko'proq chiqaring.
3️⃣ Har doim avvalgidan qimmatroq sota olasiz.
Va bu sizga ko'proq daromad olib keladi.
Sizga "YO'Q" deydigan mijozlar ko'proq bo'ladi va bu normal holat.
4️⃣ Ba'zida lidlar soni va sifatini oshirish yakuniy yechim bo'lmaydi.
Sotuv konversiyangizni ham oshirishingiz kerak.
Balandroq konversiya, ko'proq sotuv.
5️⃣ Ba'zi natijalar ko'proq vaqt oladi.
Bugun 2 yil oldin man bilan 2 oy ishlab, ishni to'xtatgan mijozim yana birga ishlaylik deb kelibdi.
Aytgan gapi: "Siz bilan o'sha 2 oy ishlaganimizdagi sotuv natijalari 3-oydan keyin sotuvda natijasini ko'rsatgan.
Va siz bilan qilgan o'sha ishlarimiz haligacha o'zini o'rnini bildirib turibdi"
Marketingda uzoq muddatli katta natijalarni ko'rish uchun 3 oy kam.
2 oyda natija ko'rmadim deb ishlaydigan strategiya va mutaxassislarni erta "chopmang"
Rasmdan mani topish qiyinmasdir🌚
Agar bu raqamlarni nazorat qilmayotgan bo’lsangiz, o’zingizni “marketolog” deyishga shoshilmang ?
1. Konversiya foiziVeb-saytingizga yoki ijtimoiy tarmoqlaringizga tashrif buyuruvchilarning siz xohlagan "action"ni bajarishini o'lchashingiz kerak.
Bular lid qoldirganlarning necha foizi sotib olgani, necha foizi siz bergan lid magnitni yuklab olgani, qanchasi lid magnitdan so'ng, sizning xizmat va mahsulotingizga qiziqqani kabilar hisoblanadi.
2. Customer Acquisition Cost (CAC)Bu bitta mijozni biznesga olib kelish narxi hisoblanadi. Bu raqam jami sotuv va marketing xarajatlaringizni jami mijozlar soniga bo'lish orqali hisoblanadi.
Bu raqamni nazorat qilib borish biznesda marketing va sotuv modelining qanchalik samarali ekanligini o'lchab borasiz.
3. Return on Investment (ROI)Bu metrika siz marketingga qilayotgan investitsiyangizning qanchalik foyda olib kelayotganini o'lchaydi.
Bu orqali qaysi reklamangiz yoki qaysi xarajatingiz sizga eng ko'p foyda olib kelishini ko'ra olasiz.
4. Customer Lifetime Value (CLV yoki LTV)Bitta mijozning umri davomida biznesingizga olib keladigan qiymati.
Bitta mijoz o'rtacha sizga necha oy pul to'lashining, qancha summa to'laganiga ko'paytmasi orqali hisoblanadi.
Buni bilish orqali siz yangi mijozlarni olib kelishdan tashqari, borlarini ushlab qolish va qiyamtini oshirish haqida ham o'ylab ko'rishga majbur bo'lasiz.
5. Trafik hajmi (Web yoki Jismoniy oflayn tashriflar)Har oy veb saytingizga, ijtimoiy tarmoqlaringizga yoki oflayn manzilingizga tashrif buyuruvchilarni hisoblab boring.
Bu sotuvlaringiz o'sishini ta'minlovchi birlamchi ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi.
6. Engagement Rate (Oxvat)Siz ijtimoiy tarmoqlaringizga kontent chiqarayotganingizda u sizning auditoriyangizga qanchalik qiziq yoki manzur kelganini o'lchashingiz kerak.
Bu orqali brend taniqliligi va brendga bo'lgan auditoriya sodiqligi oshadi.
7. Leadgeneration
Onlaynda mijoz jalb qilish uchun eng muhim metrika. Bu metrikada lidlarning soni va sifatini nazorat qilib borasiz.
8. Bounce Rate
Saytingizga tashrif buyurib, lekin hech qaysi knopkani bosmasdan chiqib ketganlar foizi.
Bu metrika veb-saytingiz sifatini o'lchab beradi va sotuvga jiddiy ta'sir qiladi.
9. Email (Bizda SMS) openrate va ClickThrough rateSiz jo'natayotgan SMS yoki chatbot xabarlarning nechtasini bazangizdagi auditoriya ochyapti va link ustiga bosyapti.
Bu lid parvarishlash (lead nurturing)dagi eng muhim ko'rsatkich.
10. Brend taniqliligiBu ko'rsatkichni aniq raqamda o'lchash qiyin, lekin brendingizni bozorda kimlar taniydi va qanday deb biladi — buni bilishingiz kerak.
P.S. Endi savol, yuqoridagilarning nechtasini siz nazorat qilib borasiz?
*☝?Bu qiz tochna bir nimani biladi*
Marketing sohasida qizlar ichida yaxshi bilimga...
Va eng muhimi, kuchli tajribaga ega mutaxassislar kam bizda.
Lekin, bir qizni bilaman.
Express24 dek katta kompaniyada marketing menejer bo'lib ishlayotgan vaqtlarida loyiha ustida olib borayotgan ishlarini ko'rib...
Kreativ yondashuviga qoyil qolgandim.
Hozir esa o'zining jamoasi bilan bir nechta loyihalarda marketing va shaxsiy brend yurityapti.
Yaxshi yangilik — hozir yana blogini qayta aktiv yuritishni boshlagan.
Blogida digital marketing, zapusk va PR haqida qiziqarli insaytlarini ulashib boryapti.
❗️Lekin, yomon yangilik ham bor: kanaliga obuna bo'lsangiz, postlardagi yumor va TOV sizni kanalni doimiy kuzatishga majbur qilib qo'yadi.
No, buyam foydangizga.
?? Shuning uchun srochno o'tib, obuna bo'lib qo'ying: @kumush_baxtiyorzoda
P.S. Tirikchilik huquqi asosida qimmatli tavsiya))
Budilnikni uyg'onadigan vaqtingizga emas, uxlaydigan vaqtingizga qo'ying.
Budilnik chalganda uxlang.
Shunda, uyg'onishga qiynalaman degan muammo bo'lmaydi.
© Man eshitgan eng yaxshi maslahatlardan
Gedonizm ta'limoti haqida eshitganmisiz?
Yevropada uyg'onish davrida gedonistik ta'limot rivojlanib borgan.
Ta'limotning ma'nosi — inson oʻzining tabiiy ehtiyojlarini toʻla-toʻkis qondirish uchun intilishga haqlidir, degan gʻoyalardan iborat.
Ba'zida inson baxtga erishishda gedonistik ta'limot g'oyalari orqasidan ketib qoladi.
Buni qayerdan bilish mumkin?
Gedonistik ta'limot belgilari:
Evdemonizm — ikkinchi qarash.
Gedonistik harakatlar dopaminga qaramlikka olib boradi.
Buning oxiri yo'q.
Hayot tarzini yaxshilash ham shunday ishlaydi.
Agar siz hayot tarzingizni lazzat olish uchun oshirayotgan bo'lsangiz...
Masalan, yangi telefon, yangi kiyim, yangi soat, yangi moshina va hokazo.
Buning oxiri yo'q va borib-borib bular sizga lazzat bermay qo'yadi.
Odatda biz xohlayotgan juda ham ko'p narsalar aslida bizning shaxsiy xohishimiz emas.
Shunchaki, demokratik jamiyatda ko'zga ko'rinmaydigan mexanizmlar bizni materialistik narsalarni xohlashga manipulyatsiya qiladi.
Xo'sh, xohishlardan voz kechish kerakmi shunda?
Materialistik xohishlarimiz va hayotdagi maqsadimiz o'rtasidagi garmoniyani belgilay olishimiz kerak.
Bu ishni siz quyidagi 7 qadamda amalga oshira olasiz:
Avtonomlik — hayotdagi yo'lingizdan borishingizda atrofdagilarning fikrlariga e'tibor bermaslik va qat'iyat topa olish.
O'zligingizni qabul qilish — o'zingizdagi kuchli va kuchsiz tomonlarni anglash va ularni doimiy rivojlantirib borish ustida ishlash.
Hayotdagi maqsad — hayotdagi siz xohlayotgan har bir "lazzat" sizni asosiy maqsadingiz yo'lida bo'lishi va sizni adashtirmasligi
Shaxsiy rivojlanish — hayotdagi oliy maqsadingiz yo'lida ichki qobiliyatlaringizni va potensialingizni kashf qilish;
Atrof-muhit qurboni bo'lmaslik — atrof-muhitingiz sizni emas, siz atrof-muhitingizni boshqara olishingiz kerak.
Pozitiv munosabatlar — hayotingizdagi insonlar bilan munosabatlaringizni yaxshilash ustida ishlashingiz kerak, chunki bu sizning harakatlaringizga ta'sir qiladi.
Qobiliyatlarni rivojlantirish — talantlaringizni master qilishingiz kerak. Qaysidir ishni ustasi bo'lganingizda, ishingizdan baxtni his qilasiz.
Agar siz biznesda bo'lsangiz yoki karyerada muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsangiz, quyidagi yo'nalishlarda ham muvaffaqiyat uchun harakat qilishingiz kerak:
1️⃣ Ruhiy holatingiz / iymoningiz
2️⃣ Moliya / finans holatingiz
3️⃣ Sog'liq / fitness
4️⃣ Munosabatlar
Kaizen — doimiy ravishda rivojlanish va ustida ishlash ustiga qurilgan yapon tamoyili
Anchadan beri deganingayam o’zi 7 kun bo’lgan ekanu, juda anchamas ekan?
Агар маркетолог/продюсер/экспертга пул керак бўлса, 95% вақти пул ҳақида ўйлашга кетади қолган 5% мижозлар еки иш ҳақида ўйлайди.
Пулни эса доим мижозлар беради. Шунинг учун 95% вақтни мижозларни ўйлашга ажратиш керак.
Qanday qilib 10 qadamda birinchi 5 ta mijoz topish mumkin?
Tajribamdan kelib chiqib, bu haqida to’liq yo’riqnoma tayyorladim.
Yo’riqnoma — BEPUL.
O’qing, foydalaning)
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 6 days, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago