Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
CLV va LTV nima ekanini bilasizmi?
Ko'pchilik bu metrikalarni juda bilmasdan, bir-birini o'rnida ishlatadi. Lekin, bularning farqini tushinib olish muhimdir!
CLV (Customer Lifetime Value) BITTA MIJOZ siz bilan munosabatlari davomida qancha pul sarflashini taxmin qiladi. LTV (Lifetime Value) esa barcha mijozlaringizning umumiy qiymatiga qaraydi.
CLV yakka mijozning qanchalik qimmatli ekanligini tushunishga yordam beradi, LTV esa katta manzara beradi.
Formula:
CLV = o'rtacha chek x xarid chastotasi x mijoz bilan o'rtacha aloqa muddati
LTV = umumiy daroma / umumiy mijozlar soni
Xulosa o'rnida bilib oling:
- Agar CLV ≈ CAC bo‘lsa, demak siz mijozdan kelgan pulni deyarli to‘liq uni jalb qilishga sarflayapsiz – bu zararli model.
*- Agar CLV < CAC bo‘lsa, demak biznesingiz zarar ko‘rayapti, siz har bir mijoz uchun haddan tashqari ko‘p pul sarflayapsiz.
- Agar CLV > 3 x CAC bo‘lsa, biznesingiz sog‘lom va o‘sish uchun yetarli foyda keltiryapti.*
Sizlar bilan bugun bitta keysni ulashmoqchiman. Dunyo tajribasidan, lekin qanaqa uzoq muddatli strategiya va bozorda raqobatchilarga qarshi turishni o'rgatadi.
Germaniyada T-mobile kompaniyasi (mahalliy aloqa operatori) bitta muammoga yuz tutishgan. Odamlar ularning narxini juda qimmat ko'rishgan. Shunda bilasizmi nima qilishdi?
Hammamizga o'xshab, narxlarini pasaytirishni o'rniga, Mobilcom Debitel nomli past narxda yomon servis ko'rsatuvchi raqobatchini o'ylab topishdi. Bu esa o'z navbatida T-mobile'ni premium pozitsiyalashtirishga va narxlarni qimmat sotishiga sabab bo'lgan.
Xulosa: Ba'zida siz nazorat qila oladigan raqobat yarata olishingiz - brendingizni kuchayishiga sabab bo'lishi mumkin!
Aziz aka Gapparovni bitta gaplarini eshitgandim yaqinda, "Marketologlarni ikki turga bo'laman, shatatda ishlaydigan va agentstvada ishlaydigan marketologlarga". Shu gaplariga men ham juda qo'shilaman. Chunki, shtatda ishlaydigan marketologlarga asosiy KPI…
Aziz aka Gapparovni bitta gaplarini eshitgandim yaqinda, "Marketologlarni ikki turga bo'laman, shatatda ishlaydigan va agentstvada ishlaydigan marketologlarga". Shu gaplariga men ham juda qo'shilaman.
Chunki, shtatda ishlaydigan marketologlarga asosiy KPI bu savdo va foydadan chiqqani to'g'riroq. Ammo agentstvada ishlaydigan marketologlarga asosiy ko'rsatkich bu CSAT ya'ni Customer Satisfaction Rate (mijozning qoniqish koeffitsienti).
Agarda qanaqadur xizmat turi sotsangiz va proyekt menedjerlaringizni yoki marketologlaringizni effektivnostini o'lchamoqchi bo'lsangiz, menimcha eng asosiy ko'rsatkichlardan biri shu bo'lsa kerak! )
Siz nima deb o'ylaysiz? (agar formulasi kerak bo'lsa, + qoldirila kommentda formulasini berib ketaman)
Biznesda foydani hisoblash to'g'ri bo'lishi kerak deb o'ylayman. O'zimni tajribamdan kelib chiqib aytamanki, byudjetlashtirish ham asosan sof foydadan kelib chiqadi, asli.
Keling, shuning uchun ham bugun biznesning foydasiga to'g'ridan to'g'ri ta'sir qiladigan ko'rsatkich - CAC (Customer Acquisition Cost) haqida gaplashamiz.
CAC ni ko'pchilik xato hisoblaydi. Xattoki taniqli biznes treynerlarimizda ham xato formulani ko'rib qolganman. CPS (yoki CMC) bilan CAC terminologiyasini almashtirishadi.
CAC esa quyidagicha hisoblanadi:
CAC = sotuv bo'limi xarajatlari (oylik+bonus) + marketing xarajatlari (reklama + marketing bo'limi oyliklari) / cheklar soni (sotuvlar soni)
Shunda har bitta mijozga sotish uchun qancha xarajat qilganimizni aniq bila olamiz va fikrlashimizni to'g'ri yo'nalishga o'zgartira olamiz.
Xulosa sifatida esa, CAC ni bilib olganimizdan keyin, uni boshqa ko'rsatkichlarga nisbatini tekshirishimiz kerak. Birinchisi bu o'rta chek bilan nisbatini. Ya'ni, masalan, CAC = 40$; o'rta chek esa 200$, sof foyda esa o'rtacha 20% desak, bor sof foydani hammasi mijozni olib kelishga ketayotgan bo'ladi. Demak, ili o'rta chekni oshirishga to'gri keladi, yoki CAC'ni optimallashtirishga.
Foydali bo'lgan bo'lsa, kerakli odamga ulashib qo'ying 😉
Mijozning narxi kundan-kunga qimmatlashib borishi qanchalik "normal'no"?
Bu asosan ikkita faktorlarga bog'liq deb o'ylayman.
Birinchisi, bozordagi raqobatchilar ko'payishiga. Ya'ni, bor bozorda qanchalik o'yinchilar ko'paysa, shunchalik mijozni o'ziga og'dirib olish qiyinlashadi, bu esa o'z navbatida 💸ga borib taqaladi.
Ikkinchisi esa bozor kengaymasligi, balki kichiklashishi yoki torayishidir. Ya'ni, bozordagi pul aylanmasi ko'paymaydi, mahsulot lineykasi kengaymaydi va h k.
Va bunaqa holatda mijozning narxi (CAC yoki CPS) qimmatlashishi juda tabiiy va "normal".
Siz nima deb o'ylaysiz?
"Raqobatchi strategiyasi" tuzish haqida nimalarni bilasiz? Bozoringizda raqobatchilar ko'payib, sizni siqib chiqarishyaptimi?
Aynan kanalimdagi obunachilar uchun maxsus maqola yozdim. O'zim bilgan, ko'rgan raqobatchi strategiya modellari haqida.
Ozgina uzunroq (tahminan 3-5 daqiqa vaqtingiz ketadi). O'qib ko'ring, fikringiz bo'lsa izohlarda kutaman )
Bugun bir gapga ko’zim tushdi. Alloh tomonidan berilgan boylik bu vaqt, deb.
Aslida chuqur o’yga soladigan gap. Qadriga yetish esa har doim izlanadigan mavzu. Nima deb o’ylaysiz, vaqtning qadriga yetish uchun avvalo ishni nimadan boshlashimiz kerak?
O'zim agentstva bozorida ishlab, bozorni o'rganayotganligim uchunmi biladim, e'tibor berdimki, bozorimiz juda katta "depressiya"ga duch kelishi mumkin yaqin 3-5 yillikda.
Chunki, hammamiz ko'rib bilib turgan bu krizis, bizneslarda pul tanqisligini keltirib chiqaryapti va bu esa minimal xarajat qilishga turtki beradi. Qanchalik sifat pasayishi ikkinchi masala, lekin minimal xarajat kam sonli komanda ishlatish, ekspert bozorini kamayishiga olib kelishi mumkin.
Freelance bozori esa oshadi. Ya'ni hozirgi bozordagi saturatsiya qiymati yanada oshadi, agentstvalar esa "freelance" ga o'xshagan modelga tezroq o'tib olmasa, uzog'i MVP qilishgacha yetib borishi mumkin. Undan uzoq yashashi esa dargumon...
Siz nima deb o'ylaysiz? Kommentlashamiz 👇
Bozor o'zgaryapti hamma sohada, sezyapsizlarmi?
Qanaqa soha bo'lishidan qat'iy nazar, biznesga bog'liq bo'lgan hamma narsalar o'zgaryapti. Texnologiya, tabiat, jamiyat, siyosyat va h k.
Va menimcha, bunaqa o'zgarishlar har doim eng kuchlilarni qoldiradi yoki kichkinalarni kuchli qiladi.
Kasb egalari uchun ham shuni tahmin qilyapman. Nima deysiz?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago