Abduxamidova blogi

Description
Be a nice human
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated hace 2 meses

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated hace 3 meses, 3 semanas

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated hace 1 año, 8 meses

1 month ago

Yashayber, qalbingga ishonib, magʻrur,
Yashayber, boʻlsang ham oromdan yiroq.
Gʻolib chiqmoqliging juda ham zarur,
Boshqacha boʻlishi mumkinmas biroq.

Shavkat Rahmon

Abduxamidova blogi

1 month, 1 week ago

Kanal Xaritasi - 🗺
Bu yerda kanalda online o'tilgan va offline pullik darslarimni barchasini yig'ganman. Noldan boshlab hech qanday o'qituvchisiz ham bemalol IELTS darajagacha chiqa olishingizga yetadigan materiallar bor.😁

  1. Beginner darslar
    Click here

  2. Elementary darslar
    Click here

  3. Pre-intermediate darslar
    Click here

  4. Intermediate darslar
    Click here

  5. Upper-intermediate darslar
    Click here

  6. IELTS Writing bo'yicha darslar
    Click here

  7. IELTS Reading bo'yicha darslar
    Click here

  8. General English uchun Article analiz darslari
    Click here

@Ilyos_talks

1 month, 1 week ago

Qashshoq ko'p joyda mashshoq ko'payadi.

Donishmand o'zbek xalqi

Abduxamidova blogi

4 months ago

Mashoyixlar aytganidek, talabaga vazifasini tugatishi uchun har doim 1 kun yetmaydi.

Abduxamidova blogi

4 months ago

Bir filmda eshitgandim: agar biz hayotimizdagi fojialarga uzoqdan qaray olsak, ularning, aslida, fojia emasligini ko'ra olamiz. Demak, biz bu hayotda o'zimizga uzoqdan qaragandek yashab o'tishimiz kerak.

Abduxamidova blogi

4 months ago

When life gives you lemon, make lemonade.

? Twinkling watermelon

Abduxamidova blogi

6 months, 3 weeks ago

Tobaki degan so'zimiz bor. Uning qismati ajoyib. Tob so'zining o'zagidagi qizitish, kuydirish ma'nolaridan kelib chiqqan toba(yassi qozoncha. Biz uni tova deymiz), toblanish, obu tob singari kalimalar ko'p.

Tobaki deb toba(tova)da pishirilgan yoki umuman qovurilgan taom aytiladi. Tok bargiga qiyma o'rab tayyorlangan taom ham tavaki deyiladi.

Xullas, tobaki degan so'z safarga chiqib, Rossiyaga bordi va tobaki degan nomni tabaka qilib keldi. Tobada pishgan taom ekani esidan chiqdi va qovurilgan jo'jaga aylandi.

Erkin Vohidov "So'z latofati"

Abduxamidova blogi

6 months, 3 weeks ago

#kayfiyat

Yaqinda bir o'rtog'imiz bir gap topib keldi: Argentinani o'zimizning arg'in degan urug'imiz ochgan emish. Argentina - arg'in tingan joy ekan.

Bu kashfiyotga nisbatan bir o'rtog'imiz qochirim qildi:
Gaping to'g'ri. Bu yurtdan chiqqan Maradona o'zimizning Mardon bo'ladi.

Chili - chillakidan, Kuba - Quvadan olingan.

Alyaska ham o'zimizning so'z. Safarga chiqqan o'zbek "qayoqqa ketyapsan?" degan savolga "Olisga" deb javob bergan. Osha ''olisga'' - Alyaska bo'lgan.

Askiya ulanib ketdi:
Bizning qishloqda G'afir va Amir degan sayyohlar chiqqan. G'afir borgan yer - G'afrika, Amir borgan yer - Amerika bo'lgan.

O'sha kuni hazil-huzul bilan dunyoni egallab qo'ydik.

Erkin Vohidov "So'z latofati"

Abduxamidova blogi

7 months, 3 weeks ago

Oʻzbeklar aytingiz, bizda nima bor?
Bizda bor mutelik, qullik, ozorlar.
Bizda bor qo'llardan ketgan ixtiyor,
Hayqirib yotibdi buyuk mozorlar!

Oʻzbeklar aytingiz bizda nima yo'q?
Bizda yoʻq ittifoq, bizda yoʻq birlik.
Oyoq ostidadir insoniy huquq,
Oyoq ostidadir muqaddas hurlik!

© Rauf Parfi

Abduxamidova blogi

9 months, 2 weeks ago

#biroz_kayfiyat turkumidan rasmlar ulashmoqchiman

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated hace 2 meses

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated hace 3 meses, 3 semanas

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated hace 1 año, 8 meses