@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago
Tarix Instituti tomonidan institut bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovning "Buxoro mangʻit amirlari" va "Qizil qoʻshinga qarshi Buxoro" oʻz asarlari “Fan” nashriyotida chop etildi.
1924 Turkistonning parchalanishi@Tavorixnoma
MANQURTLAR.
Sho‘ro keldi bir zamon. Bo‘ldi katta to‘polon.
Deyishdilar biz og‘a. Siz jiyan bizmiz tog‘a.
Hurriyatni keltirdik. Boylaringiz o‘ldirdik.
Ochiq yursin ayollar. O‘rtada bo‘lsin mollar.
Og‘a ini bo‘lamiz. Birga pahta teramiz.
O‘zbek eli boy ekan. Dala to‘la Toy ekan.
Keling baham ko‘raylik. Birga birga yeyaylik.
Din afyundir aslida. Yashang dune faslida.
Ko‘p gapirib kuyushdi. Batrakga vino quyishdi.
Batrakga bu gap yoqdi. Hasadla Boyga boqdi.
Bo‘lib olib qo‘ylarni. Uring dedi Boylarni.
Qancha manqut olomon. Ishondi Rusga chunon.
Batrak Boyga yopishdi. Qanchasini otishdi.
O‘zbeklar lolu hayron. Bo‘lindilar har tomon.
Batrak O‘ris bir tomon. Bo‘ldi katta to‘polon.
Boylar moli talandi. Batrak rais saylandi.
Kalxo‘z tuzum tuzildi. Batrak to‘rda suzildi.
Boy qizi beva qoldi. Batrak to‘rt xotin oldi.
Hoy hoy Otamiz. Toshni kesar boltamiz.
Bizga ozodlik bergan. Lenin bizning Otamiz.
Vinodan mast baqirdi. Batraklarni chaqirdi.
Kecha kunduz ishlashdi. Pahtazorda qishlashdi.
Pahtalar hirmon hirmon. Ketdi Mosko‘vga tomon.
Batrak boqmay iziga. Uylandi O‘risning qiziga.
Islom dini bo‘g‘ildi. Batrakdan manqurt tug‘ildi.
Do‘ppini boshdan otdilar. Fayzulla xo‘jani sotdilar.
Dedilar bu g‘irt xoin. Turkistonni bo‘lmog‘i tayin.
Yurtda birlik buzildi. Fayzullo boshi uzildi.
Cho‘lponniyam sotdilar. Qodiriyni otdilar.
Keyin bayram qilishib. Yuzta yuzta otdilar.
Manqurt edi olomon. Ishlar edi beomon.
Tillo to‘la eshelon. Ketardi Moskuv tomon.
Rus og‘am deb boqdilar. O‘zlari tezak yoqdilar.
G‘o‘za chopib suv qo‘yib. Xirmon qildilar uyib.
Masjidlarni yopdilar. Eshon boshin chopdilar.
Haqdan qaytgan olomon. Garangsib bo‘ldi hayron.
Ochildi vino do‘kon. Ichaverdi olomon..
Qullikdan bellar toldi. Turkiy shiddat yo‘qoldi.
Lenin bo‘ldi avliyo. O‘ris dedilar daho.
Ko‘tarib qizil bayroq. Pahta ekdilar ko‘proq.
Pahta yerning sho‘ridir. Orol dengiz quridi.
Temur qotil ataldi. Qizil bayroq yuksaldi.
O‘zlaricha zo‘r bo‘ldi. Halq yetmish yil ko‘r bo‘ldi.
Mayparast bo‘lib bari. Ketdilar dindan nari.
Unutdilar boboni. Tanimay Haq Xudoni.
Maddoh kuylar taraldi. Manqurt avlod yaraldi!
Temurmalik Qo‘ng‘irot
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 9 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 9 months ago