Hid Gallyutsinatsiyasi

Description
Agape
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

3 weeks ago

Gul bog'chasi

Ne kengish dashtlar! Ne yuksak tog'lar!
Gul bog'chasinda mudhish bir yashillik hidi!
Bu yerlarda bir nimalar axtardim:
uyqu, yorug', qum va kulimsa yetovindaman.
Teraklar orqasidan ulug' bir sassizlik meni chaqirar.
Qamishzorlar ichida qoldim, shamol esmoqda,
Tingladim;
Men bilan kim gaplashdi?
Bir timsoh sirg'alib o'tdi.
Yo'lga tushdim.
Yo'l boshida yo'ng'ichqa,
So'ngra, tuproqning unutganligi.

Suhrob Sipehriy

(Turkchadan moslashtirdim)

3 weeks, 1 day ago

ONDAGI VOHA

Meni izlasangiz agar
bo'shliq orqasidaman, bo'shliq orqasida,
bir yerda,
xabarchilar havoning tomirlarinda
Uzoq tuproqda ochilan chechaklardan xabarlar tashir.

Pion guli me'rojiga ketan otlilarning izlari qumlarda.
Orzu soyaboni ochiqdir bo'shliq orqasinda;
yolg'iz yaproq suvsizlik esintisida esa
yag'mur qo'ng'iroqlari tinglanadi u yerda.

Bu yerda inson yolg'izdir.
So'ngsizlikka to'g'ri uzanur ko'lka, bu yolg'izlikda.
Meni axtarsangiz agar,
ohista, mayin keling
chortlamasin yolg'izligim inja chinnisi.

Suhrob Sipehriy.

(Turkchadan moslashtirdim)

3 weeks, 2 days ago

(shunchaki matn)

Qor nima bu - zarrachalarning jipslashuvimi, ruhimning halovati yo bezovtaligi? Yo men yozolmagan she'rimmi - paytini yillab kutgan va yog'ilgan paytini kutib - yog'ilib qoplagan dunyoni.
oppoq qorlar - qor qoplonlari - qor ham yerdan bosh ko'taradimi - eshitadimi jim yo'q quyoshni yo shamol-bo'ronni - lahzadek yengilmi u, yuzimizga urilgan tajribalarmi - yo yelkamdan qo'zg'olgan yerga tortar og'riqmi - singish istab yerlarga - qor mavjudmi - oq mavjudlikmi, mavjudlikmi ko'zlarim - avtolar shovqiniga shohid shunchaki - g'ijimlangan varaqmi - g'ijimlab yasalgan qorbola kabi - shakl olgan mohiyat - erib bitar - ikkita ko'zimga qo'yilgan o'ng va chapmi u - so'limga yursam titroq - o'ngimga yursam titroq - entikib junjikkan yo'qsilligimmi - ko'zlarimda yumshab, erib bitar - QOR!

1 month ago

QISH

Qishni kim qanday yoqtiradi, bilmadimu, men alohida yaxshi ko'raman. Assotsiativ xotiralarim ko'proq ikki momom bilan bog'liq ekan. Ona momomnikiga qishda borganimizda doim sho'rva osilgan bo'lardi va ichida sholg'om qaynaydi. Biz ovqatga negadir sholg'om solmasdik. Ona momomnikida esa qishda sholg'om hidi taraladi. Shuning uchun qish yodimga sholg'om hidli sho'rva bilan tushaveradi. Shu hidni, ta'mni izlayman. Es-es bilaman - bochkaga yangi yil arafasi ko'k pomidor tuzlab tashlangan bo'lardi. Hozir ham shu pomidorni qidiraman har qishda. Ba'zan momomdan so'rayman: nega hozir qilmaysizlar shuni?! Men uchun xotirjamlik ramzi bular.

Ikkinchisi katta momom - otamning onasi bilan bog"liq. Bolaligimdagi ramazonlar qishga to'g'ri kelgan. Ro'zadorlar pista holva yerdi qishda to'q tutadi deb. U do'konlarga faqat qishda kelardi shunga. Yozda erib ketadi. Momom tishimga muloyim deb shundan sotib olardi. Menam o'lgudek yaxshi ko'rardim. Momomning pinjida kavshab, rohatlanib o'tirardim.

Ko'p iliq xotiralarim qish bilan bog'liq. Ilk sevgi xotirjamligi, o'z odamimni topdim deb ruhiy tiniqishlarim ham... Qish alohida.
Xuddi o'zingga qaytish, tinish chillasi bu. Tabiatning o'zi kabi. Noyabr oxirida "Chillam" deb kalendarga kiritgan ekanim. Endi rostdan chillam keldi. Soatlab qorga tikilib o'tirish pallalari...
Ish zaruratidan ko'chaga chiqish majburiyatidan ham ozodman endi. Qishni faqat shunday o'tkazish yarashadi.

1 month ago

ADABIYOTDA YOVUZ HUKMDOR AYOLLAR Yaqinda Hang Kangning "Vegeterian" kitobini ayol qahramonning otasi va eriga munosabati uchun tanqid qilishgandi o'zbek segmentida. Ana, bu ochiq feminizm deb. Hozir Oksfordning 2015-yilda chiqqan adabiyot nazariyasi darsligini…

1 month ago

ADABIYOTDA YOVUZ HUKMDOR AYOLLAR

Yaqinda Hang Kangning "Vegeterian" kitobini ayol qahramonning otasi va eriga munosabati uchun tanqid qilishgandi o'zbek segmentida. Ana, bu ochiq feminizm deb.
Hozir Oksfordning 2015-yilda chiqqan adabiyot nazariyasi darsligini o'qiyapman (yaqinda bu kitobning o'zbekchasi ham chiqib qoladi) . Qarangki, adabiyot va san'atda ayollar bilan bog'liq eng ko"p tarqalgan motiv hukmron ayolning yovuzligi motivi ekan. Bu erkakning dastlabki qo'rquvi onasidan kelgani bilan izohlanarkan (onalarimiz parvarish qiladi, quloq solmasak, kichikligimizda yasab tashlaganiyam bor gap-da). Mualliflar aytadiki, ijodkor ulg'aygach onadan ko'rgan shafqat va hamdardligini unutadi (o'zi bilmagan holda) va o'sha yovuz hukmronlik qolib ketadi. Shuning uchun kino, adabiyot, qolgan san'at turlari yovuz hukmron ayol obrazlariga to'la deydi. Chunki san'atni shu paytgacha asosan ERKAKLAR yaratib keldi. Demak, bugun tanqid qilanayotgandek ayol qahramonning otasiga e'tirozi motivi adabiyotning hatto 10 % foiziniyam egallamaydi, onaga o"zi bilmas qahrdan yuzaga kelgan yovuz ayol obrazi va motivlari 90%. Ammo biz bu haqda bilmaymiz. Bilmaganimiz uchun Hang Kang yo boshqa yozuvchilarning shunday obrazlari haqida so'z ketsa o'zimiznikini asosli himoya qilolmaymiz.

O'qiganim sari ko'z oldimdagi dunyo manzari mutlaqo chappa aylanib ketyapti. Faqat bir savol: nega biz bilmaganmiz, bilmaganmiz degan o'kinch?!

Shuning uchun aytamanki, faqat o'qing, o"qing, o'g'ilmisiz, qiz, faqat bilim ILLYUZIYADAN qutqarar ekan.

Adabiy tadqiqlar borasida esa umidim shuki, keyingi avlodda yosh bilimli zamonaviy intellektga ega tadqiqotchilar chiqadi va adabiy tahlilni boshqa darajaga chiqarishadi. Chindanam dunyoning chappaligi, adabiyot bizga buni ko'rsatib kelganini ko'rsatib bera olishiga chuqur OPTIMIZM bilan umid qilyapman.

1 month ago

Bizda yana bir ma'ruza. Kelishni unutmang

1 month ago
O'tish metafizikasi marosimi yoxud “Havo” oshkor …

O'tish metafizikasi marosimi yoxud “Havo” oshkor qilgan isitma – Telegraph
https://telegra.ph/Otish-metafizikasi-marosimi-yoxud-Havo-oshkor-qilgan-isitma-12-01

Zaminimizda qish oyoqlanyapti. Unga qo'shilib “Havo” ham. “Havo” orqali esa sariqlanayotgan hislarning yuqumlari va zehniyatimiz sari emaklayotgan yangi bir tafakkur... Yuqumlanayotgan va emaklayotgan qismlarni ikkiga  kesib tahlil qilamanki, birida sizgayam, mengayam ustiga binolar qurib tashlagan  urbanistik ruhiyatimizda nafas olish uchun bo'sh joy ( Antonino o'z filmlarida ochiq, bo'm-bo'sh makonlar orqali urg'ulaganidek)  qolsin – bu bo'sh joy esa sizu mendan “havo” ga to'yish uchun singishni talab etadi, ikkinchisi esa yangi havo sipqoruvchilarga bo'sh joy ochish uchun iyulning qovjiragan harorati ichida bahoriy shabadani  tanangizning eng so`nggi irodasi orqali hosil qilishni…

1 month, 1 week ago

Yuragim, ayt,
Nima sening asling?
Nega turmaysan to'rt chiziqning ichida?
Bola bo'lib sakraysan,
ajab,
Sevingin desam,
So'ng hatto sevinchingdan portlaysan...
Aslingga hech ko'niming yo'q,
yuragim,
Nega sening qo'niming yo'q, Yuragim?

Ajab, buncha yig'latding
Uning sakrab ustida
Yuragim, sen jo'rttaga
Ham oyni yulding,
Ham kirding go'rga
Yuragim, ayt,
Bir paytning o'zidami
Sakrash-so'nish
Lahzasi birga?!

Ajab, yuragim
Oqib ketasan,
(Yo'lingga hech to'g'on yo'q)
Shukrki, nurmas, havo;
Shakl - chagasan*,
Bir tarsaki urib sevgiling
Keltirar Yerga.

  • Chaga- shevada. Tuproq, qum degani.
1 month, 1 week ago

Juma kungi "Uyatmas" tadbirimiz o'tadiga lokeyshn - Shu!

Soat 19:00 da boshlanadi.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago