EVEREST UZBEKISTAN

Description
🏔 EVEREST - Natija va ta'lim sifati bo'yicha O'zbekiston birinchi raqamli o'quv markazi!

🚀 2019, 2020, 2021, 2022 va 2023 Yil Brendi! 🏆
📍 Respublika bo'ylab 21 manzil!
@everestofficial
@everest_kids
@everestgoglobal
@everestuzbekistan
@mockateverest
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

2 weeks, 5 days ago

EVEREST mamlakatimiz viloyatlaridagi faoliyati haqidagi umumiy ma'lumotni quyidagi kanalda o'qib chiqishingiz mumkin, azizlar:

👉 @everestuzbekistan

EVEREST MANZILLARI! ⛰️🚀
(mos manzil kanaliga bosing)

*🏔 1 - EVEREST TERMIZ*
@everesttermizbranch

(opening soon, my friends)

*🏔 + 2, 3, 4, 5, 6...
+ EVEREST UNIVERSITY
+ EVEREST SCHOOLS
+ EVEREST UZBEKISTAN
In Shaa Allah, soon... 🤲🏿*⛰️🚀

📝 DAILY IELTS MOCK EXAMS - available at all regional branches!
👉 Channel: @mockateverest

🎒EVEREST KIDS AVAILABLE AT - available at all regional branches!
👉Channel: @everest_kids

*🚀 *EVEREST GO GLOBAL - STUDY ABROAD: @everestgoglobal

*🇺🇿 EVEREST UZBEKISTAN: @everestuzbekistan
P.S. SLOWLY BUT WITH EVERY CONFIDENCE! ;)*

🏔 Instagram | Telegram | YouTube

2 weeks, 5 days ago

🏔 EVEREST KELAJAKDAGI LOYIHALARI!

EVEREST asosan quyidagi uch yo'nalishda o'z faoliyatini kengaytirishni reja qilgan:

1) EVEREST SCHOOLS ya'ni xususiy maktablar loyihasi! Biz ushbu loyihani hech qanaqa investor yoki kreditlarsiz faqat o'z kuch-salohiyatimizga asoslangan holda boshlashni reja qilganmiz! Sekin-sekin birinchi maktabimiz ochilishiga ham yaqin kelmoqdamiz, do'stlar! Boshlanganida siz ular haqida aniq eshitasiz, Xudo xohlasa!

2) EVEREST UZBEKISTAN loyihasi Respublikamiz viloyatlarida ochilajak EVEREST manzillarini nazarda tutadi va bu loyihamiz birinchi manziliga ham oz fursat qoldi, azizlar! Biz butun O'zbekistonimiz bo'ylab tarqalib, viloyatlarimizga IELTS va Multi-Level imtihonlari umuman olganda Ingliz tilini o'rgatish bilan bog'liq barcha masalalarga kompleks yechim bilan borishni reja qilmoqdamiz! O'ylaymizki ushbu loyihamiz barcha uchun manfaatli bo'ladi, Xudo xohlasa!

3) EVEREST UNIVERSITY esa yaqin besh yillik muddat ichidagi tayyorgarlikni qamraydigan loyihamiz bo'lib, biz universitetimizni hovliqib, faqat pul topishni maqsad qilgan holda ochmoqchi emasmiz, azizlar! Biz xususiy universitetlar bozoriga halollik, fidoiylik va haqiqiy natija ramzi sifatida kirmoqchimiz va bu bozorda ham trendsetterga aylanmoqchimiz! Universitetimiz ochilganida game changer bo'ladi, nasib!

🗻 QABULXONA HODIMLARI:
EVERESTda barcha qabulxona hodimlarimiz ma'lum IELTS natijasiga ega, bir paytlar sizga o'xshab EVERESTER bo'lish uchun eshiklarimizdan kirib kelgan kamtarin ammo ilm salohiyati yuqori bitiruvchilarimizdan iboratdir! Ular muomalada sohtalikdan yiroq va sizga noqulay bo'lsada faqat to'g'ri ma'lumot berish uchun qabulda o'tiradilar! Ular sizni avramaydilar, bizning shart-sharoitlar to'g'ri kelmasa ishontirishga harakat qilmaydilar va ketingizdan o'n martalab qo'ng'iroq qilmaydilar! Ularni admission ya'ni qabul sifatida qabul qiling, kibrlanib, mensimasdan gaplashmang, birinchi qadamni chiroyli tashlang, azizlar! Butun EVEREST qora ro'yhatiga kiritib qo'yishmasin tag'in! ;)

🗻 KUCHLI USTOZLAR:
EVEREST eng avvalo jonkuyar, kuchli ustozlar va do'stona, mas'uliyatli jamoadan iborat, real IELTS overall 7.0+ natijalar chiqarish bo'yicha Respublikada qolganlardan ancha oldindagi o'quv markazidir! Halol mehnatlarimiz va biz chiqarayotgan natijalar samarasi o'laroq ketma-ket besh yil birinchi raqamli o'quv markazi maqomini qo'lga kiritib kelmoqdamiz!

🗻 EVERESTERLAR:
O'quvchilarimiz esa maqsadni aniq qo'ygan, tirishqoq va to'layotgan pulini oqlash uchun kelayotgan, kamtarin ammo kelajakda O'zbekistonimizni ko'taradigan, uni ustunlari bo'ladigan o'g'il-qizlardan iborat! Bizda ota-onasining erkatoylari, o'zini, kiyimini, smartfonini ko'z-ko'z qilish uchun, majburlov inerciyasi bilan kelib darsda telefonini kovlab o'tiradiganlar deyarli yo'q! EVERESTga kirib kelishingiz bilan yuqoridagi fikrlar isbotini his qilasiz! Bizning maqsadimiz ushbu O'zbek o'g'il-qizlariga kuchli ilm berib ularga muvaffaqiyat eshiklarini ochishdan iboratdir! Siz ham EVEREST bilan haqiqiy muvaffaqiyat egasiga aylanasiz, barchamiz fahrlanadigan EVERESTER bo'lasiz, in shaa Alloh!

❗️Qolgan barcha masalalar yuzasidan savollaringizni qabulxonalarimizga kelganda so'rashingiz mumkin yoki yuqoridagi raqamlarga bemalol qo'ng'iroq qiling :)!

P.S. EVERESTDA KO'RISHKUNCHA ;)! ⛰️**🚀****

📍 @everestmanzillari
👨‍👧‍👦 @everest_kids
🌐 @everestgoglobal
🇺🇿 @everestuzbekistan

🏔 Instagram | Telegram | YouTube

2 weeks, 5 days ago

🗻 EVEREST EXAMINATIONS CENTER
EVEREST o'z tahsil oluvchilari uchun maksimal darajada qulaylik yaratish maqsadida haqiqiy IELTS imtihonlari tashkil qilinadigan o'z imtihonlar markazini Toshkent shaxrida qurgan, azizlar! Ushbu manzilimiz EVERESTER shogirdlarimiz kurslarni yakunlaganlaridan so'ng IELTS journeylarini eng muhim so'nggi kunini maksimal qulaylik va hayajonlardan holi tarzda o'tqizishlari va IELTS imtihonlarini muvoffaqiyatli topshirib chiqishlarini ta'minlashni maqsad qilgan! EVEREST imtihonlar markazidan ichki staff traininglarimiz va boshqa tadbirlarni tashkil qilish maqsadida ham foydalanamiz! Imtihonlar markazimiz joylashuvi va u bilan bog'liq boshqa savollaringizni quyidagi vizitka kanalidan bilib olishingiz mumkin, do'stlar: @everestexaminations

*🏔 EVEREST REAL EXAMINATIONS*
EVEREST imtihonlar markazida bir vaqtning o'zida 105 nafar kandidat imtihon topshira oladigan katta examination hall mavjud bo'lib IDP IELTS Uzbekistan hamkorligida unda deyarli har hafta haqiqiy IELTS imtihonlari tashkil qilinadi! EXAM HALL imtihon topshiruvchilarimiz uchun maksimal darajada qulay qilib, zamonaviy dizayn asosida qurilgan! Garchi aksar hollarda ushbu imtihonlar markazida asosan EVERESTER kandidatlar imtihon topshirsalarda, uning eshiklari barcha kandidatlar uchun ochiq!

Viloyatlarimiz bo'ylab faoliyat yurituvchi EVEREST manzillarida ham haqiqiy IELTS imtihonlarini topshirish imkoniyatini yaratganmiz! Ular odatda barcha manzillarimizda daily mock exams uchun jihozlangan katta auditoriyalarimizda asosan PBI ya'ni paper-based IELTS shaklida tashkil qilinadi!

🏔 EVEREST CD IELTS EXAM HALL
Toshkent shaxridagi EVEREST imtihonlar markazida CD IELTS imtihonlari uchun mo'ljallangan maxsus kompyuterlar va quloqchinlar bilan jihozlangan imtihonlar xonasi ham mavjud! Unda bir vaqtning o'zida 14 nafar kandidat CD IELTS imtihonini topshirish imkoniyatiga ega bo'lib bizda bu kabi imtihonlar muntazam tarzda tashkil qilinadi! Aniqrog'i, EVEREST EXAMS CENTER bir vaqtning o'zida ham paper-based ham computer-delivered real IELTS exam tashkil qilish imkoniyatiga ega! Yuqorida ta'kidlaganimiz kabi CD IELTS imtihonlarini topshirish imkoniyatini ham faqat EVERESTER kandidatlar emas balki barcha yoshlarimiz uchun yaratganmiz, azizlar!

Viloyatlarimiz bo'ylab ochilgan manzillarimizda xozircha CDI shaklidagi IELTS imtihonlarini topshirish imkoniyati mavjudmas! Bu kabi imtihonlar uchun maxsus auditoriyalarni viloyatlarimiz manzillarida keyinchalik tashkil qilishni reja qilganmiz, azizlar!

*🏔 EVEREST IELTS REGISTRATION SERVICE*
EVEREST barcha manzillarida IELTS imtihonlariga kandidatlarni mutlaqo bepul tarzida registratsiya qilib berish servisi mavjud! Bu uchun siz istalgan manzilimiz administratsiyasiga passportingiz asl nusxasi bilan murojaat qilishingiz kifoya qiladi! Maxsus training asosida tayyorlangan xodim sizga bu borada bajonidil ko'maklashadi! Garchi biz bu servisni EVERESTER shogirdlarimiz uchun maksimal qulaylik yaratish maqsadida joriy qilgan bo'lsakda u EVERESTER bo'lmagan barcha kandidatlar uchun ham bepul qilib belgilangan ya'ni bu servisimiz uchun siz bizda o'qigan yoki o'qiyotgan bo'lishingiz shart emas! Bemalol kelavering, sizga imkon qadar yordam beramiz! :)

*🏔 EVEREST UZBEKISTAN LOYIHASI*
Ushbu loyiha Respublikamiz viloyatlarida faoliyat yuritivchi EVEREST manzillarini nazarda tutadi! U orqali butun O'zbekistonimiz bo'ylab tarqalib, viloyatlarimizdagi IELTS imtihonlari bilan bog'liq barcha masalalarga kompleks yechim bilan borishni reja qilganmiz! Ushbu loyihamiz viloyatlarimiz ahli uchun EVEREST IELTS, EVEREST KIDS, Multi-Level courses, daily mock exams, real exams, free IELTS registration va EVEREST GoGlobal kabi faoliyatimiz yo'nalishlarini olib borishni maqsad qilgan! Ushbu loyihamiz haqidagi to'liq ma'lumotni quyidagi rasmiy kanalimizdan olishingiz mumkin: @everestuzbekistan

(continued below...)

📍 @everestmanzillari
👨‍👧‍👦 @everest_kids
🌐 @everestgoglobal
🇺🇿 @everestuzbekistan

🏔 Instagram | Telegram | YouTube

2 weeks, 5 days ago

(previous post continued)

🗻 NARXLAR:
Respublikamiz viloyatlari bo'ylab faoliyat yurituvchi manzillarimiz xizmatlari uchun joriy o'quv yili narxlari darajasiga qarab 400 000, 450 000 va 500 000 UZS diapazonda belgilangan! Ta'kidlash joizki, Toshkent shaxri bo'ylab faoliyat yurituvchi manzillarimizda belgilanadigan narxlar har doim yuqoridagi diapazondan 100 000 UZSga yuqoriroq qilib belgilanadi ya'ni 500 000, 550 000 va 600 000 UZS ko'rinishida bo'ladi! EVEREST o'z narx siyosati stabilligini ta'minlashga jiddiy e'tibor beradi; Narxlar o'quv yili boshi - Sentyabrda belgilanadi va uning oxiri - Avgustgacha o'zgarmaydi! Hattoki, pandemiya yoki boshqa umum iqtisodiy inqirozlar davrida ham bo'lar bo'lmas sabab bilan belgilangan narxlarni o'zgartirmaydi!

🗻 CHEGIRMALAR:
EVEREST o'z talabalari uchun doimiy chegirmalar tizimini joriy qilgan! Undan asosiy maqsad, bir nechta farzandi bizda bir vaqtda tahsil olayotgan oilalar va ikkidan oshiq kurslarimizda o'quvchi talabalarni qo'llab quvvatlashdan iboratdir! Doimiy chegirmalardan tashqari bizda mavsumiy chegirmalar ham mavjud, o'quv yilining har xil nuqtalarida manzilli chegirmalar e'lon qilamiz! Ushbu chegirmalar u yoki bu manzilni qo'llab quvvatlash yoki qilinayotgan yangiliklarni jamoatchilik orasida ommalashtirish uchun beriladi! Ular haqida ma'lumotni esa rasmiy ijtimoiy sahifalarimizda e'lon qilib boramiz!

🗻 EVEREST MOCK EXAMS:
Biz IELTS topshirish istagida bo'lgan barcha kandidatlarga yuqori saviyadagi, muntazam, yuqori samaradorlikka ega va eng muhimi narx borasida juda dostupniy bo'lgan har kunlik (ya'ni faqat Yakshanba emas, har kunlik) IELTS MOCK EXAMS tashkil qilamiz! Bizda MOCKlar practical-educational xarakterga ega, ya'ni prosto keldim topshirdim keyin band score chiqishini kutaman degan tartib yo'q! Siz har kuni kelganingizda LISTENING, READING VA WRITING sub-testlarini topshirasiz! Siz bilan parallelno bizning kamida 7.5 yoki 8.0 overall bandga ega mutahassislarimiz imtihon topshiradilar! MOCK so'ngida ular mikrofonni olib har bitta sub-test bo'yicha sizga o'sha kungi imtihon kontentini to'liq tahlil qilib berishadi! Barcha savollaringizni o'sha nuqtada bizning mutaxassislardan so'rab olsangiz bo'ladi! Speaking imtihonlari esa haftada bir marta siz tanlagan vaqtda sizga feedback beruvchi examiner tomonidan tashkil qilinadi va o'sha speaking natijangiz keyingi haftagacha amal qiladi! EVEREST MOCK EXAMS o'quv markazimizning viloyatlarda faoliyat yurituvchi barcha manzillarida, har kuni quyidagi uch smenada tashkil qilinadi:
Morning session 9.00 - 13.30;
Afternoon session 14.30 - 18.30;
Evening session 18.30 - 22.30;

Eslatib o'tamiz, yuqoridagi smenalar bor yo'qligi borasidagi ma'lumotni siz uchun qulay bo'lgan manzilimizga bog'lanib bilib olishingizni tavsiya etamiz! Yakshanba kunlari esa barcha manzillarimizda bir smenada ya'ni 12.00 - 16.00 oralig'ida mock imtihonlari tashkil qilinadi!

*🗻 EVEREST VILOYATLARIMIZDAGI MANZILLARIDA MOCK EXAMS JORIY O'QUV YILI NARXLARI:*
1) har kunlik - oyiga 500 000 UZS;
2) kun ora - oyiga 400 000 UZS;
3) Bir martalik - 50 000 UZS;
Ta'kidlash joizki, Toshkent shaxri bo'ylab faoliyat yurituvchi manzillarimizda tashkil qilinadigan mock imtihonlari uchun narxlar yuqoridagi diapazondan 100 000 UZS ko'proq miqdorda belgilangan! Ya'ni, Toshkentdagi manzillarimizda har kunlik mock imtihonlari oyiga 600 000 UZS bo'lsa, kun ora mock imtihonlari oyiga 500 000 UZSni tashkil qiladi!

Rasmiy kanali: @mockateverest

(continued below...)

📍 @everestmanzillari
👨‍👧‍👦 @everest_kids
🌐 @everestgoglobal
🇺🇿 @everestuzbekistan

🏔 Instagram | Telegram | YouTube

3 weeks, 6 days ago

(previous post continued...)

*🏔 VILOYATLARIMIZDAGI MANZILLARDA ABITURIYENT TAYYORLOV KURSLARI YO'Q:*
EVEREST mamlakatimiz viloyatlarida faoliyat yurituvchi manzillarimizda IELTS, Multi-level va Ingliz tili kurslaridan boshqa abituriyent kurslari ya'ni Matematika, Tarix, Kimyo va boshqa shu kabi abituriyent fanlaridan kurslar tashkil qilmaydi! Birinchidan, biz bunga zarurat ko'rmadik! Biz viloyatlarimizga mavjud muammolarga yechim taklif qilish uchun bormoqdamiz, abituriyent kurslari esa deyarli barcha viloyatlarimizda mukammal tashkil qilingan! Ikkinchidan, biz buni strategik noto'g'ri yo'l deb hisobladik! Viloyatlarimizda xozirda faoliyat yuritayotgan abituriyent tayyorlovchi ustozlar bizga raqobatchi emas balki hamkor sifatida kerak! Viloyatlarimizda manzillar ochilishi jarayonida biz ular bilan hamkorlik kelishuvlari imzolaymiz va ikki tomonlama manfaatli asosda faoliyat yuritamiz!

🗻 RUS TILI KURSLARI:
EVEREST o'zining malakali va yuqori dars sifati bo'yicha nom qozongan Rus tili ustozlari bilan ham mashxur! EVEREST Rus tili kurslari asosan ikki yo'nalishda tashkil qilinadi - gaplashish kurslari (разговорные курсы) va abituriyent tayyorlov kurslari (курсы подготовки абитуриентов). Ushbu kurslar bir nechta bosqichli darajalar asosida tashkil qilinadi va ular haqida to'liq ma'lumotni qabulxonalarimizdan olishingiz mumkin! Joriy o'quv yili uchun Respublikamiz viloyatlarida tashkil qilinadigan Rus tili kurslari narxini oyiga 450 000 UZS qilib belgilaganmiz! Rus tili kurslari viloyatlardagi manzillarimiz aksariyatida tashkil qilingan bo'lib sizga tajribali ustozlarimiz Rus tilini mukammal o'rganishingizda ko'maklashadilar! :)

🏔 EVEREST GO GLOBAL:
Ushbu loyihamizni yuqori akademik yutuqlarga ega o'zbek o'g'il-qizlarini dunyoning top universitetilarida grant asosida ta'lim olishlariga ko'maklashish maqsadida tashkil qilganmiz! EVEREST GO GLOBAL orqali umuman olganda xorijiy mamlakatlarda tahsil olish istagida bo'lgan barcha yoshlarimizga o'zlari tanlagan universitetlarga xujjat topshirish, scholarship yutib olish va viza olish jarayonlarida yordam beramiz! Garchi yuqori IELTS natijalari har doim ustunlik bersada, loyiha orqali xorijga Bakalavr yoki Magistratura programmalarida tahsil olish uchun yuqori IELTS natijasi shart emas, 5.5 overall natija qayd etgan kandidatlar uchun ham qulay programmalar topib berishimiz mumkin! Joriy o'quv yili uchun loyiha xizmatlari uchun narxni 4 500 000 UZS qilib belgilaganmiz! Aytish joyizki, garchi ushbu loyihamiz barcha O'zbekiston yoshlari uchun tashkil qilingan bo'lsada, murojaat qilgan EVERESTER kandidatlarga ustunlik berganmiz ya'ni ular yuqoridagi xizmatlar narxiga doimiy ravishda amal qiladigan 10%lik chegirmaga egalar! Loyihani xorijda uzoq yillar mobaynida tahsil olib qaytgan EVERESTER jamoadoshlarimizga topshirganmiz, ular ko'p yillardan beri study abroad consultingi sohasida faoliyat yuritganlar va nasib qilsa sizlarni ham o'rzuingizdagi xorijiy universitetlarga kirib tahsil olishni boshlashingizda samarali ko'maklashadilar! Viloyatlardagi manzillarimiz qabulxonalariga murojaat qiling, ular sizga ushbu xizmatimiz borasida batafsil ma'lumot beradilar!

❗️Batafsil ma'lumot rasmiy kanalida: @everestgoglobal

(continued below...)

📍 @everestmanzillari
👨‍👧‍👦 @everest_kids
🌐 @everestgoglobal
🇺🇿 @everestuzbekistan

🏔 Instagram | Telegram | YouTube

3 weeks, 6 days ago

(previous post continued...)

🗻 ONLINE DARSLAR:
Xozirda, off-line guruhlarga yetarlicha vaqt ajrata olmaganligimiz tufayli, on-line darslar tashkil qilmayapmiz! Vaqti-soati bilan EVEREST ONLINE nomli alohida virtual branch va platforma tashkil qilamiz, in shaa Alloh! Bu uzoqroq vaqt talab qilishi mumkin lekin!

🗻 DARAJALAR:
EVERESTda mavjud IELTS darajalari:
BEGINNER;
ELEMENTARY;
PRE-IELTS - overall IELTS 5.0/5.5/6.0 diapazondagi natijalar;
IELTS INTRODUCTION - overall IELTS 5.5/6.0/6.5/7.0 diapazondagi natijalar;
IELTS GRADUATION - overall IELTS 6.0/6.5/7.0/7.5/8.0 diapazondagi natijalar;
Ya'ni, jami 5ta level bor va ularning har biri hattoki Beginner va Elementary darajalari ham faqat IELTS imtihoni uchun tizimlangan! Bizda GENERAL ENGLISH yo'q!

🗻 NATIJA:
Har bir daraja kandidat mavjud IELTS levelini 0.5, 1.0 yoki 1.5 band scorega oshirishga mo'ljallangan! Ya'ni, siz agar EVERESTga 5.5 IELTS sertifikati bilan kelsangiz, IELTS INTRODUCTION guruhlarimizga to'g'ri kelasiz va bitirganingizda chamasi 6.0, 6.5 va 7.0 natijani qayd etishingiz mumkin!

🗻 DARAJALAR DAVOMIYLIGI:
Har bir daraja chamasi 3-3.5 oy davom etadi va IELTSni belgilangan band scoreiga olib chiqishga mo'ljallangan! Bizda tezlashtirilgan kurslar yo'q, har bir daraja uchun minimal muddat 3 oy!

🗻 DARSLIKLAR:
Darslar jarayonida asosiy darslikdan tashqari self-study va practice kitoblaridan foydalaniladi! Darajaga bog'liq tarzda ularnining bir kurs uchun umumiy soni 5tadan 15tagacha bo'lishi mumkin! Ya'ni, bitta level doirasida o'quvchi ko'p sonli kitoblarni o'zi chiqartirishi yoki bizdan sotib olishi kerak bo'ladi! Narxlarni optimallashtirish maqsadida biz kitoblarni asosiy narx tarkibiga kiritmaganmiz! Ularni bizdan sotib olish ixtiyoriy qilib qo'yilgan, o'quvchi hohlasa o'zi chiqartirib olsa bo'ladi ularni, xullas! O'zlashtirish sifatini ta'minlash maqsadida kitoblardan faqat elektron tarzida foydalanishga ruhsat bermaymiz! Ya'ni, barcha uy vazifalari qog'oz ko'rinishidagi materiallarga qilinishi kerak!

🗻 EVEREST KIDS:
Ushbu maxsus loyihamiz 1-9-sinflar oralig'idagi yosh bolakay va qizaloqlar uchun mo'ljallangan bo'lib barcha viloyatlarimizda bu kabi kurslar tashkil qilingan, azizlar! Yuqoridagi yosh diapazonini kids kurslari doirasida uch kategoriyaga ya'ni Youngsters (1, 2, 3 - sinflar), Junior (4, 5, 6 - sinflar) va Teens (7, 8, 9 - sinflar) ko'rinishida bo'lib programma yaratganmiz! Ya'ni, ushbu kurslar mobaynida 1-sinf o'quvchisi, 9-sinflar bilan aralashib o'tirishmaydi, ular yuqoridagi kategoriyalar asosida taqsimlangan alohida guruhlarda tahsil oladilar! Bu yosh kategoriyalari bilan ishlash uchun tayyorlangan kuchli EVERESTER mutaxassislarimiz maxsus dastur asosida sizning farzandingiz, ukangiz yoki singlingizga sifatli ta'lim beradilar! Hech ikkilanmasdan ularni kids kurslarimizga olib kelavering! Natijalarni esa sekin-sekin ko'raverasiz! ;)

*❗️Batafsil ma'lumot rasmiy kanalida: @everest_kids
🏔 MULTI-LEVEL/CEFR KURSLARI:*
EVEREST milliy sertifikat - Multi-level yoki xalq tilida CEFR imtihonlariga ham kandidatlarni tayyorlaydi! Ushbu imtixonlarga ixtisoslashgan guruhlar barcha manzillarimizda mavjud bo'lib, biz ushbu kurslarimizni o'zi Multi-level imtihonini topshirib kamida C1 natija qayd etgan, ko'plab kandidatlarni ushbu imtihonlarga shu kunga qadar tayyorlagan, bular bilan birgalikda yuqori IELTS natijasiga ega tajribali ustozlarimizga ishonib topshirganmiz! Istalgan manzilimiz qabulxonasi bilan bog'lanib umuman olganda Multi-level imtixonlari va ular uchun biz tashkil qilgan kurslar haqida to'liq ma'lumotni olishingiz mumkin, azizlar! Joriy o'quv yili uchun Multi-level kurslari narxini Respublikamiz viloyatlaridagi manzillarimizda oyiga 450 000 UZS qilib belgilaganmiz! Kurslarimizga yoziling, sizni o'zingizga kerak daraja va salohiyatingizdan kelib chiqib eng yaqin sanaga tayyorlab beramiz! Tanlagan universitetingiz uchun kerak bo'lgan B1, B2 yoki C1 natijani qayd etasiz, in sha Alloh! ;)

(continued below...)

📍 @everestmanzillari
👨‍👧‍👦 @everest_kids
🌐 @everestgoglobal
🇺🇿 @everestuzbekistan

🏔 Instagram | Telegram | YouTube

4 weeks ago

Assalomu Alaykum!

EVERESTER bo'lishga qiziqish bildirganingiz uchun rahmat! EVEREST hozirda Toshkent shaxridagi manzillarimiz bilan bir qatorda Respublikamiz viloyatlarida ham faoliyat yuritmoqdi:

1) EVEREST TERMIZ 🗻**
@everesttermizbranch
(opening soon...)

👉 Rasmiy telegram kanalimiz: @everestofficial

❗️YouTube va Instagramdagi rasmiy sahifalarimizga ham ulardagi link orqali o'tib a'zo bo'lishingiz mumkin!

*🗻 MANZILLAR:*
Yuqorida Respublikamiz viloyatlarida faoliyat yurituvchi EVEREST manzillari vizitka kanalini keltirdik, u orqali ular haqida batafsil ma'lumot - telefon raqamlari, aniq manzil va lokatsiyasini bilib olishingiz mumkin! Topib kelish qulay bo'lishi uchun video instrukciya ham yuklab qo'yganmiz!
@everestuzbekistan

🗻 TIZIM:
Bizning ham Toshkent shaxridagi ham viloyatlarimizdagi barcha manzillarimizda bir xil ta'lim tizimi, metodika hamda programmadan foydalaniladi va bir xil saviyada darslar olib boriladi! Barcha manzillardagi ustozlar ham natija ham malaka jixatidan bir xil! Bu EVEREST uchun principial ahamiyatga ega qadriyat! Bizda filial degan tushuncha yo'q, EVEREST yagona va yaxlit tarzida Respublikaning har hil qismlariga kattalashmoqda! Aynan shu qadriyat bizni achiever natija borasida Respublikada ko'p yillardan beri mutlaq yetakchi qilib saqlab kelmoqda, azizlar!

🗻 QABUL:
Qabul barcha mazillarimizda har kuni 9:00dan 20:00gacha davom etadi! Kelganingizda test va suhbat qilib, siz uchun mos guruhga sinov darsiga chaqirishadi qabulxona hodimlari! Daraja testi va suhbat chamasi 40 minut davom etadi, shu tufayli ham vaqtingizni bemalol qilib keling, iltimos! Daraja testi mobaynida telefoningizni qabulxona hodimlarimizga tashlab yolg'iz o'zingiz maxsus xonamizga kirib test yechasiz, buni yodda tuting! ;)

*🗻 JADVAL:*
EVERESTda darslar haftasiga uch marta to'liq ikki soatdan tashkil qilinadi! Bitiruvchi guruhlarimiz uchun uch-to'rt soatli darslar rejimi, skill-based extra morning and night sessions va Yakshanba kungi qo'shimcha darslar va ustozlar tomonidan MasterClass darslar tizimi ham joriy etilgan! Darslar haftaning toq yoki juft kunlarida, quyidagi dars jadvaliga asoslanib tashkil qilinadi:
09.30 - 11.30
11.30 - 13.30
14.30 - 16.30
16.30 - 18.30
18.30 - 20.30
N.B. Istalgan shakldagi grafikka ega o'quvchilar uchun moslashtirilgan;

🗻 JAMOA:
EVEREST JAMOASI har bir a'zosi markazimiz bitiruvchisi bo'lib, kamida IELTS overall 7.0, 7.5, 8.0, 8.5 yoki 9.0 real natijaga ega malakali ustozlardan iborat! Ularning barchasi kuchli ilmli, qattiqqo'l va eng muhimi sizga amaliy bilim berishni maqsad qilgan ustozlardir! Ikkilanmasdan istalgan ustozimizda tahsil oling, uyaltirib qo'yishmaydi, Xudo xohlasa! :)

*🏔 OVERALL 9.0:*
EVERESTda shu kunga qadar umumiy hisobda 4 marotaba overall IELTS 9.0 natijasi qayd etilgan! Ushbu natijalarni qayd etgan jamoadoshlarimizni quyida xronologik ketma-ketlikda keltirib o'tamiz:

1) Dilmurod Nazarmatov (26.11.2023): Listening 9.0, Reading 9.0
Writing 8.5, Speaking 9.0
Manzil: @everestdrujba
DM: @dilmurod_davronovich

2) Sirojiddin Malikov (18.08.2024):
Listening 9.0, Reading 9.0
Writing 8.5, Speaking 8.5
Manzil: @everestdrujba
DM: @malikoffs

3) Sardorbek Rahmonberdiev (01.09.2024):
Listening 9.0, Reading 9.0
Writing 8.0, Speaking 9.0
Manzil: @everestnavoiy
DM: @SardorbekRakhmonberdiev

4) Farrux Rustamov (23.09.2024):
Listening 9.0, Reading 9.0
Writing 8.5, Speaking 8.5
Manzil: @everestnavoiy
DM: @farrustamov

N.B. Yuqoridagi ro'yhatimiz tez fursatlarda yanada kengayishi kutilmoqda, azizlar! Kuzatib turasizlar! ;)

(continued below...)

📍 @everestmanzillari
👨‍👧‍👦 @everest_kids
🌐 @everestgoglobal
🇺🇿 @everestuzbekistan

🏔 Instagram | Telegram | YouTube

4 weeks ago
2 years, 1 month ago

Bismillahir Rohmanir Rohiym!

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago