Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Bundan 39 yil muqaddam 20-fevral 1986-yilda Baykonur kosmodromidan Sovet Ittifoqining mashhur “MIR” stansiyasi orbitaga chiqarilgan. Bu stansiya kosmosdagi eng yirik ilmiy obyekt bo’lib, kosmonavtika tarixida yangi davrni boshlab bergan. “Mir” stansiyasi modul asosida qurilgan bo’lib, uzoq muddatli ekspeditsiyalar, ilmiy tajribalar va xalqaro hamkorlikka mo’ljallangan edi.
“MIR” 1998-yilda Xalqaro kosmik stansiyaning (XKS) qurilishiga asos bo’lgan. 2001-yilda stansiya yaroqsiz holatga kelib, Tinch okeaniga cho’ktirilgan.
“MIR” stansiyasi 5511 kun ishlab, 23 000 dan ortiq ilmiy tajriba o’tkazildi, unda 12 davlatdan kosmonavtlar va astronavtlar ish olib bordi. Bu loyiha ilm-fan va xalqaro hamkorlikda muhim yutuqlarga erishishga yordam berdi.
Bugun (20-fevral) Oyning 3-chorak fazasi. Oy ushbu fazaga 22:32 da kiradi. 28-fevral soat 05:44 da Yangi Oy fazasi kirib keladi.
Bugun 19-fevral Nikolay Kopernik tug'ilgan kun.
Quyosh Yer atrofida aylanadimi yoki Yer Quyosh atrofida-mi?
Kopernik o'zining Geliosentrik nazariyasi (Barcha sayyoralar, hususan Yer ham Quyosh atrofida ayalanishi) bilan astronomiya tarixida katta burilish yasagan.
18-FEVRALDA
1961-yil - Amerika sun’iy yo’ldoshi “Discoverer 21” uchirildi.
1971-yil - "Kosmos-396" optik teleskop sun’iy yo’ldoshi uchirildi.
1974-yil - Italiyaning San-Marko-4 tadqiqot sun’iy yo’ldoshi San-Marko dengiz kosmodromidan Amerikaning Scout-D raketasi tomonidan uchirildi.
1979-yil - SAGE tadqiqot sun’iy yo’ldoshi yaratildi.
1981-yil - "Kosmos-1246" optik teleskop sun’iy yo’ldoshi uchirildi.
1982-yil - "Kosmos-1339" navigatsiya sun’iy yo’ldoshi uchirildi.
1987-yil - "Kosmos-1821" navigatsiya sun’iy yo’ldoshi uchirildi.
1988-yil - Tabiiy resurslarni o’rganish uchun Kosmos-1920 sun’iy yo’ldoshi uchildi.
1992-yil - "Kosmos-2180" navigatsiya sun’iy yo’ldoshi uchirildi.
2000-yil - Kura kosmik markazidan Yaponiyaning "Superbird-4" sun’iy yo’ldoshi uchirildi.
2021-yil - Perseverance roveri Marsdagi Jezero krateri hududiga qo‘ndi.
Pluton kash etilganiga 95 yil bo'ldi.
1930-yil 18-fevralda amerikalik astronom Klayd Uilyam Tombo Plutonni kashf etdi.
1930-2006 yillar oralig'ida Pluton Quyosh tizimidagi 9-sayyora deb hisoblangan.
Hozirda Pluton "134340 Pluton" nomi bilan belgilanib, Koyper belbog'idagi kichik sayyora hamda Neptun orti osmon jismi hisoblanadi.
Ushbu osmon jismi Quyosh tizimida o'lchami bo'yicha to'qqizinchi eng katta hamda massasi bo'yicha o'ninchi o'rinni egallaydi.
Pluton hajmi bo'yicha ma'lum bo'lgan eng katta trans-Neptun ob'ekti, ammo massasi Erisdan kamroq. Koyper belbog'ining boshqa ob'ektlari singari, Pluton ham asosan muz va toshdan iborat bo'lib, Yer tipidagi sayyoralardan (Merkuriy, Verena, Yer va Mars) ancha kichikroqdir.
Pluton massasi bo'yicha Oydan olti baravar va hajmi bo'yicha uch baravar kichikdir.
Plutonning beshta ma'lum yo'ldoshi bor: Xaron, ularning eng kattasi, diametri Plutonning yarmidan bir oz kattaroq; Stiks; Niks; Kerber; va Gidra.
Klayd Tombo Plutonni kashf etgani uchun Uilyam Gerschel tasviri tushirilgan maxsus medal bilan taqdirlangan.
Bundan tashqari, astronomiya faniga qo'shgan hissasi uchun Klayd Tombo London Qirollik Astronomiya Jamiyati tomonidan medal bilan taqdirlangan.
Pluton kash etilganiga 95 yil bo'ldi.
1930-yil 18-fevralda amerikalik astronom Klayd Uilyam Tombo Plutonni kashf etdi.
Quyosh dog'lari holati (17.02.2025)
Magnit bo'ronlari prognoziPS. O'zbekiston vaqti bilan hisoblash uchun ko'rsatilgan vaqtga +5 qo'shiladi!
#KUN TARIXI
17-fevral bilan bog‘liq ayrim tarixiy hodisalar
1776-yil — Qoʻshma Shtatlarda ilk bor tabiiy gaz orqali ommaviy yoritish Baltimor shahrida boshlandi.
1852-yil — Ermitaj keng ommaga ochildi.
1863-yil — Jenevada Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi tashkil topdi.
1878-yil — AQSHning San-Fransisko shahrida ilk bor 18 ta telefondan iborat telefon tarmogʻi ishga tushirildi.
1938-yil — Londonda shotlandiyalik Jon Berd rangli televizorni ommaga namoyish qildi.
1947-yil — "Amerika Ovozi" radiostansiyasi rus tilida eshittirishni boshladi.
1956-yil — Clare D’Assisi televideniye afsonasi deb taʼriflandi.
1959-yil — ilk bor ob-havoni kuzatuvchi “Vankard-2” sunʼiy yoʻldoshi uchirildi.
1983-yil — Ada dasturlash tili yaratildi.
1996-yil — Indoneziyaning Irian Jaya mintaqasida 8.2 balli zilzila yuz berishi natijasida 108 kishi halok boʻldi va yuzlab odamlar yaralandi.
Shuningdek, 17-fevral “Xalqaro mehr ko‘rsatish kuni”, “Butunjahon antropologiya kuni” hamda “Butunjahon axborotni boshqarish kuni” hisoblanadi.
*😎Telegram *|*🌐Websayt
😎Facebook *|*😎YouTube *|*😎***Instagram
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago