Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 weeks, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Ushbu maqolaning maqsadi xalqaro savdoni tahlil qilish uchun yangi "iqlim masofasi" ma’lumotlar to‘plamini taqdim etishdan iborat. Ushbu to‘plam, asosiy qishloq xo‘jaligi mamlakatlari orasidagi iqlim sharoitlari o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatib, iqlim o‘zgarishining xalqaro savdoga qanday ta'sir qilishini chuqurroq o‘rganishga yordam beradi.
https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2352340924009077
O'sish haqida qayta o'ylash!
Tasavvur qiling, davlatlar muvaffaqiyati faqat iqtisodiy o'sish orqali o'lchanmay, balki odamlar va tabiatga qanchalik g'amxo'rlik qilayotganimiz bilan baholansa. Aynan shunday yondashuv degrowth - 21-asrning ekologik va ijtimoiy muammolariga javob beradigan harakatning asosiy g'oyasidir.
Degrowth iqtisodiy vaziyat, bunda yaratilgan iqtisodiy boylik ko'paymaydi yoki hatto kamaymaydi. Degrowth iqtisodiy o'sishni ijtimoiy maqsad sifatida bekor qilishni talab qiladi. Degrowth bugunga kelib quyidagi tezislarga asoslangan: o’sishni chegaralash; o’sish, degrowth va demokratik siyosatlar orasidagi munosabatlar; degrowthni amalga oshirish uchun amaliy harakatlar; va kamroq iste’molni targ‘ib qiluvchi siyosatni va barqaror ijtimoiy institutlarni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
Degrowth bizga “ko‘p” doim ham yaxshi degan tushunchani qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Lekin Degrowth hamma uchun bir xil "kam" turmush tarzini taklif qilmaydi ham.
Bugun Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi bo'yicha maqolani o'qidim. Tadqiqotning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoning 'adaptatsiya' siyosatlaridagi kamchiliklar va qiyinchiliklarni aniqlash ekan. Men uchun qiziqarli xulosalardan biri shundan iboratki, Markaziy Osiyo ko'p tarmoqli 'adaptatsiyaga' yetarlicha e'tibor bermayapti va kim adaptatisya qilishiga emas, balki nimani 'adapatsiya' qilish kerakligiga ko'proq ahamiyat qaratmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari orasida O'zbekiston texnologik 'adaptatsiya' (ayniqsa sug'orish tizimida) rivojlangan, ammo jarayon hali ham juda sekin. Shuningdek, 'adaptatsiyadagi' to'siqlar va ushbu sohadagi xarajatlarini tushunish uchun iqtisodiy tadqiqotlar yetishmaydi.
PS. Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishiga moslashish eng muhim mavzuga aylanib bormoqda, va bu barcha sohalarga tegishli.
New Uzbekistan Universitydagi do'stlarimiz aytib qolishdi - shu yozda O'zbekistonda iqtisodiyot bo'yicha yozgi maktab tashkil etilayotgan ekan. Dasturni ko'rib chiqdim, kuchli professorlar jalb qilinayotgan ekan. Qiziqqanlar bo'lsa tavsiya etaman, do'stlaringiz bilan ulashing.
Deadline bugun ekan, lekin yangilikni hozir ko'rgan bo'lsangiz va hujjatlaringiz tayyor bo'lmasa ertaga, uzog'i bilan indinga topshirish imkoniyati bor.
Batafsil: https://econsummer.newuu.uz/
Telegram
New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
Yozgi maktabga qabul davom etmoqda ***⚡️*** Dunyoda top 13-oʻrinda turuvchi Chikago universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan yozgi maktab spikerlari bilan tanishing. ***➖***Stiven Nil Durlauf - Amerikalik ijtimoiy olim va iqtisodchi, Chikago universiteti…
Ekin turlarini o'zgartirish iqlim o'zgarishiga moslashish strategiyalaridan biri hisoblanadi. Italiyadagi shu bo'yicha ko'p tadqiqotlar amalga oshmoqda. Ba'zilariga ko'ra qisqa muddatda (2040) sug'urtalashtirish bu eng yaxshi yechim lekin uzoq muddat uchun (2070-2100) ekin turlarini o'zgartirish yaxshi tanlov bo'lishi mumkin deyilgan. Shu sabab, o'simlik turlari sonini qarab ko'rgan edim bugun va natijaga ko'ra Italiyada 96 mingga yaqin o'simlik turi mavjud - taqqoslash uchun dunyoda 700 ming o'simlik turi bor (manba croptrust.org).
Leybniz Qishloq Xo'jaligi Landshaftini o'rganish markazi (ZALF) fermerlarni 'yashilroq' qishloq xo'jalik amallarini qabul qilish bo'yicha loyiha amalga oshirgan 2019-2023 yillar davomida (CONTRACTS2.0). Tadqiqotda 2 ta muammoga qaralgan: (1) iqlim o'zgarishi va (2) bio xilma-xillikni qisqarishi. Ma'lumki, Yevropada fermerlar agro-ekologiya va iqlim o'zgarishi sxemalari asosida yerlaridan foydalansa, ular shuning uchun iqtisodiy rag'bat olishadi. Lekin, bu tizim juda murakkab va iqlim o'zgarishiga moslashish chora-tadbirlarini amalga oshirishni sekinlashtirmoqda. Ya'ni, Bettina Matzdorf ta'kidlashicha joriy sxemalar ko'pincha sharoitga moslashuvchan emas va geografik turli xillikni hisobga olmaydi.
Tadqiqotni hulosasi shu bo'ldiki, barcha qilinadigan harakatlar va yechimlar Landshaft miqyosida amalga oshishi kerak. Ya'ni, muammoni har xil tomondan ko'rish. Shu sabab, Yevropani turli hudularida joylashgan 11 ta tajriba hududlari tashkil qilinib tadqiqot olib borilgan.
Menimcha landshaft tushunchasi qishloq xo'jaligi ozgina boshqacha. Qisqacha izoh berib ketsam, qishloq xo'jaligi landshaftlarini uchta element nuqtai nazaridan tavsiflash mumkin: atrof-muhit xususiyatlari, yerdan foydalanish shakllari va inson tomonidan yaratilgan ob'ektlarning o'zaro ta'siriga taalluqli tuzilish. Umuman olganda landshaft miqyosida yechim bu har xil (murakkab) elementlarni o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda amalga oshadi.
Misol uchun, o'rmonlarning kesilishi va qishloq xo'jaligining barqaror bo'lmagan amaliyoti tufayli suv tanqisligiga duch kelgan 'A' hududni tasavvur qiling. Landshaft yechimi nafaqat suv havzalarini tiklash va suvni ushlab turishni yaxshilash uchun daraxtlarni qayta tiklashni, balki suvdan foydalanish va tuproq eroziyasini kamaytirish uchun barqaror qishloq xo'jaligi amaliyotlarini amalga oshirishni ham o'z ichiga oladi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 weeks, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago