Munis Dil

Description
Biz qalban birgamiz.
_❤️‍?
_?
_?
_?Erishib bo'lmaydigan cho'qqi mavjud emas...
Munis DIL
Facebook ?https://www.facebook.com/profile.php?id=100072135431453
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago

#Қалб_гавҳари **Имконият музқаймоққа ўхшайди, эриб кетмасидан олдин еб қолиш керак.

Бодо Шефер**

2 months, 3 weeks ago

Men_qiz_bolaman

Men qiz bolaman. Va qiz bola bo'la turib ota-onamga yaxshi sharoit yaratib berishni, ularni rozi qilishni istayman. Shu sababdan tinimsiz o'qiyman, ishlayman.
Ba'zan zavq uchun ishlayman.
Davlat himoyasidaman deb yotib olganim yo‘q.

Men qiz bolaman. Sovchilarni qaytardim. Ammo bu menda bir gap borligini, kasal ekanligimni bildirmaydi. Shunchaki borimni baham ko‘radigan emas, kaminadan kuchliroq insonni istayman.

Men qiz bolaman. Ko'p kulishim, hazilkash va kirishimli bo'lishim mumkin. Ammo bu yengiltak ekanligimni anglatmaydi. Shunchaki hayotdan zavqlanib yashashni istayman.

Men qiz bolaman. Ilmga chanqoq bo'lishim mumkin. Ehtimol, o'qib shahar olib berolmasman. Ammo kelajakda olim va olimalarni yetishtirib chiqarishim mumkin.

Men qiz bolaman. Sevib qoldim. Ammo bu oilada tarbiya ko'rmaganimni anglatmaydi. Shunchaki menda ham siznikidek ko'ngil bor xolos.

Men qiz bolaman. O'zimga qarab yurishim, ko‘ylak emas shim kiyishim bu katta muammo emas nazarimda.

Men qiz bolaman. Karyerani tanladim. Ammo bu "erkin hayotga o'rgandi, er va qaynonani mensimaydi, bolalarni yomon ko'radi" degani emas. Shunchaki kelajagim uchun poydevor qurishni tanladim.

Men qiz bolaman. "Yo'q" dedimmi, demak javobim YO'Q.  Ichimda jon-jon deb turganim, noz qilayotganimni anglatmaydi.
Tanlov meniki duch kelgan "YIGIT" ni qo‘lini tutmayman.

Men qiz bolaman. Qo'pol muomala qilganlarga shunga yarasha javob qaytarsam, betkachopar ekanligimni anglatmaydi. Shunchaki o'zimni hurmat qilaman va o'zimni birovga xafa qildirib qo'ymayman.

Men qiz bolaman. Yaxshi gapirsam, xushmuomala bo'lsam, shilqimlik qilish mumkin degani emas. Shunchaki odob yuzasidan hurmatingni joyiga qo'yib gapiraman xolos. Buni boshqacha tushunsang, muammo senda.

Men qiz bolaman. O'z fikrimni aytsam, tilim chiqib qolganini bildirmaydi. Gapirish uchun birovdan ruxsat olishga majbur emasman.

Men qiz bolaman. Telefonim qo'limdan tushmasa, kim bilandir sevishib yurganimni bildirmaydi. Shunchaki elektron kitob o'qiyotgan bo'lishim mumkin.

Men qiz bolaman. Ovqat qilishni bilmasam, mendan yaxshi kelin chiqmaydi, degani emas. Muhimi intellektim va farosatim yuqori. Ovqat pishirishni bir haftada o'rganib olsa bo'ladi. Farosat va aqlni o'stirish uchun esa yillar kerak.

Men qiz bolaman. Aqlim bor, miyam bor. Menga nima yaxshi ekanligini, qanday yashashni, o'zimni qanday tutish-u, qanday kiyinish kerakligini juda yaxshi bilaman. So'ralmagan maslahatlarga muhtoj emasman.

P/S: ba'zi gaplarni o‘zgartirdim.
#Men_qiz_bolaman  menda shaxsiy fikr bor, kimgadir qaram emasman... #Qolganini_yozmayman?
Munis Dil

5 months, 1 week ago

Kunlardan bir kuni hayrli tasodif bilan universitetda Nodir Jonuzoqni  uchratib qoldim.  Yana oshiq ko'nglimga bolalikdagi orzular ro'yobi uchun Allohim meni yaxshi do'st bilan siylagan edi.
Oliy adabiyot kursida dars berayotgan ekan?
Norasmiy tinglovchi sifatida darslarida qatnasha boshladim.
Hayotimda yana yangi bir sahifa ochildi.
Adabiyot olamiga oshiq dil taskin va huzur ichida yashay boshladim.

Qalbda qusur bo'lmaydi agar mehnat ortidagi rag'batni anglay olsa, niyati ulug' qadami qutlug' bo'lsa, istadim, intildim qilmadim xato neki bo'lsa bari Robbimdan ato. Hamon ko'ngil ko'chasida goh o'ng goh so'ldaman umr yo'lda o'tyapti dovondan narida VODIY berida TOSHKENT har birida diydor bor mehnati yashirin, zahmat bor rohati shirin.
O'zligimni yo'qotmaslik uchun bir vaqtlar bola tili bilan jurnalist bo'laman deya chuchuk tillari bilan pichirlagan qizaloqni ichimda asrayman.
Bugungi harakatlarim kechagi tilaklar aslida...

5 months, 1 week ago
5 months, 1 week ago

Kunlar haftalarni haftalar esa oylarni yetaklab kelaverdi.
Siyomkalarni oxiri ham ko'rinmaydi shu vaj bilan fursatlarimni taqsimlashga asta o'rgandim.
Tartibli hayot tarzi rejali kunlar ham boshlangan edi.
Istab istamaygina ma'ruza zallarini to'ldiradigan talabalar singari  kutubxonaga vazifa qilish uchun borardim u she'riy kitoblar aqlimni olardi.

Tush ko'rdim tushimda bir dengiz emish,
To'lqinlari sapchirmish moviy osmonga.
Manzil yiroq emish ufuq so'ngsiz emish,
Bir kema borarmish o'sha tomonga.

Abdulla Oripov she'riyati va hayolotiga oshno bo'lardim faqat bunga tun va mas'ul xodimlarning dodasini qizi endi kech bo'ldi ertaga darsga kechikasan deya ogohlantirishi halaqit berardi ba'zida...
Aytgancha kamina rektr Shuhrat Sirojiddinov Samariddinvichni  domla yoki ustoz emas doda derdim. Buni ham o'ziga yarasha sabablari bo'lgan deb hayol qilar siz  ammo eng avvalo mehr qolaversa, insoniylik. Dodam badiiy ijodga, san'atga va jurnalistikaga qiziqishimni bilardilar intilishlarimni rag'batlantirish uchun ham har tomonlama sharoyit qilib berardilar.
Mas'ulyatim , o'jarligim va izlanishlarim sababchisi dodam bo'lgan.

Poytaxt, katta shahar, dadajonim  shaharda ammo xalq xizmati bilan andarmon.  Lekin hamma izlanuvchan qizlarni tayanchi dadasi bo'ladi bizda ham shunday o'rtamizda ishonch bor har qanday masalada.
Singlim hali yosh deyman o'zimga o'zim ammo ko'ngil yoshligi, yoshlik erkaliklarim tark etmadi meni.
Zaynabdan ham erkaman yana ayib ko'ngil-da anglagan haqiqatim bor.
Biz ham ko'ngil odami...

Kuni kelib shu xizmatga bel bog'lashimni bilaman.  Tushunishga harakat qilaman duodaman umrlari uzoq bo'lsin.  
Qilar ishim juda ko'p, hasratga vaqt ham yo'q, bo'lmagani ham baxt!

5 months, 2 weeks ago

Alla qaysi kuni Shanuni topvoldim yakuniy natijalari juda muhim emas bizga shu MY5da ko'rinish berish muhim edi. Bir paytlar qachon televizrga chiqasan u qachon tanilasan degan gaplardan rosti rosa charchagandim-da ...
Bunaqa paytda o'qish emas imkon kerak edi xolos.
Men uchun buni ham iloji bor edi desam ishonavering!
Rost aytyapman ?
Dekanat shaxsiy tarkib moviy ko'zli halaskorim Inomjon Azimov, Otajon aka, Mahmud kursdoshim borlariga shukr.
Qandaydir ortiqcha yuklamalarga Sohibjon va har gapida yovvoyi o'rik guli deb qo'shib turadigan Adxam bor edi ular vazifa qilgan kamina esa faqat gapirgan. ..
Har kuni bitta sabab va qandaydir yechim bor edi-da AL-AZIZIM meni qo'llab turishini his qilardim.
Asosiysi har nafasim o'zim uchun o'zim bo'lib yashashga imkon edi...
Guruhda balogardon Shahnoza sardor edi kezi kelsa hamma uchun shu yugurardi bir narsalar sabab bo'ldi-yu oramizdan ola mushuk o'tdi shu boxona qizlarga ishonmay qo'ydim kimdandir ko'nglim qolsa hammasi o'sha yerda o'sha zahoti tugaydi. Kimdir oppoq bo'lsa men ham qora emasman deyman...

5 months, 2 weeks ago

Мен дунёни хайратга солиш учун туг'илганман.Хаётим давомида бахтли яшаш учун келганман.
Жон- Рол Сартр

5 months, 2 weeks ago

Siz ham yozing uddalaysiz!
O'zim bo'lib yashadim va yozuvchi ham o'zim...

Hali davomi bor✍️

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid