Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

Description
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated hace 4 días, 22 horas

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated hace 1 mes, 3 semanas

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated hace 1 año, 5 meses

1 week, 3 days ago

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Mahalliy davlat hokimiyati organlariga moliyaviy imkoniyat va vakolatlar beriladi

📃“Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-223-son, 20.12.2024 y.) qabul qilindi.

📌Unga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagi moliyaviy imkoniyat va vakolatlar beriladi:

*▪️2025-yil 1-yanvardan AOS, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, davlat aktivlarini ijaraga berishdan tushumlarni to‘liq hajmda hamda JShODS tushumlarining kamida 50 foiz qismini tuman (shahar)lar budjetlariga o‘tkazish*;

▪️mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar (ulushlar)ni sotishdan tushgan mablag‘larning 90 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetiga va Toshkent shahrining shahar budjetiga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) budjetiga teng ulushlarda taqsimlanadi.

📌 Shuningdek, 2025-yildan quyidagilarga ruxsat beriladi:

✔️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga:

🔹tuman (shahar)larning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, YATTlar uchun JShODSning eng kam va eng yuqori qat’iy belgilangan stavkalari doirasida tuman (shahar)lar kesimida YATTlarga qat’iy soliq stavkalari miqdorini belgilash;

🔹soliq solish maqsadida qo‘llanadigan ko‘chmas mulk ijara qiymatining 1 metr kvadrat uchun o‘rnatilgan minimal miqdorlariga nisbatan tuman (shahar)lar kesimida 2 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyent, xususan, Toshkent shahrida ushbu oshiruvchi koeffitsiyentni yer solig‘i kabi zonalar kesimida qo‘llash;

📌 xalq deputatlari tuman (shahar)lar kengashlariga:

🔸suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 0,7 barobardan 1,5 barobargacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llash;

🔸noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning qat’iy belgilangan stavkalariga 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilash vakolatlarini berish.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube

1 week, 6 days ago
1 week, 6 days ago
2 weeks, 3 days ago
2 weeks, 3 days ago
2 weeks, 3 days ago
3 weeks, 1 day ago
[#AOS](?q=%23AOS)

#AOS
2024-yil 15-dekabrga qadar aylanmadan olinadigan soliq to'lovchilar soliq rejimini o‘zgartirishi mumkin!Aylanmadan olinadigan soliq (AOS)ni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2025-yil 1-yanvardan AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalarida) to‘lashga o‘tish uchun 2024-yil 15-dekabrgacha (shu kuni ham) soliq organini xabardor qilishlari kerak.
*👉 Soliq kodeksi 5-modda
👉*Soliq kodeksi 470-prim 1-modda

Buning uchun my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetidan“Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimidagi havola orqali rad qilish xabarnomasi yuboriladi.

📌 https://my3.soliq.uz/login?type=legal

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube

3 weeks, 2 days ago
**Hamdardlik**

Hamdardlik

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi jamoasi Soliq qo‘mitasi raisi Kudbiyev Sherzod Davlyatovichning padari buzrukvori Davlatboy otaning vafoti munosabati bilan oila a'zolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Iqtisod fanlari doktori, professor Davlatboy Kudbiyev oliy o‘quv yurtlarida uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, o‘ziga xos maktab yaratgan, el-yurt hurmatiga, eʼtirofiga sazovor bo‘lgan ustoz sifatida tilga olinadi.

Davlatboy Kudbiyev fidoyi olim, ilm-fan va taʼlimning haqiqiy jonkuyari sifatida o‘zidan o‘chmas iz qoldirib ketdi.
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi jamoasiTelegram I Facebook I Instagram I Youtube

3 weeks, 4 days ago
**8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul …

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

63-modda.
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.

Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.

149-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga tegishlidir.

#8_dekabr

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube

1 month ago

#imtiyozlar

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari

🔹Urush nogironlari, I va II guruh nogironlari yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilingan.

🔹 Urush nogironlari mulk solig‘idan to‘liq ozod qilingan.

🔹 I va II guruh nogironlari 60 kv.m doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan.

*🔹Bolaligidan nogironligi bo‘lgan hamda I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslarning MHTEKMning 3 baravarigacha (3 465 000) bo‘lgan daromadi JShODSdan ozod etilgan.
Ya’ni nogironligi bo‘lgan shaxs 3 mln 465 ming so‘mgacha ish haqi olsa, bu daromadidan soliq to‘lamaydi. Agar maoshi 4 mln so‘m bo‘lsa, daromadining 3 mln 465 ming so‘mi uchun soliq hisoblanmaydi. Qolgan summa uchun (4 mln - 3 mln 465 ming = 535 ming) 12 % stavkada (64 ming 200 so‘m) soliq to‘laydi.

🔹Urush nogironlari, shuningdek, doimiy parvarishni talab etadigan bolaligidan nogironligi bo‘lgan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida (1 628 550 so‘m) JShODSdan ozod etilgan.

***mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori = 1 155 000 so‘m

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated hace 4 días, 22 horas

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated hace 1 mes, 3 semanas

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated hace 1 año, 5 meses