Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

Kaleidoscope uz

Description
Advertising
We recommend to visit

Barcha o'zbeklarni kanali 🇺🇿
Bu kanal barcha mavzudagi postlarni🔥 va eng qaynoq ♨️yangiliklarni sizga ulashadi📌

Reklama : @ozbeklar_admini

Инстаграм👉🏻 http://Instagram.com/barcha_ozbeklar

Last updated 4 days, 13 hours ago

Делюсь рецептами, которые испробовала лично и привнесла,что то свое.

Мой Instagram:

https://instagram.com/vkusno_by_seva?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Reklama bo’yicha @vkusnoseva

Last updated 2 days, 11 hours ago

🌐O‘zbekiston va Jahondagi muhim voqealar, eng tezkor xabarlar

Voqea yoki hodisaning guvohi bo‘ldingizmi?
Unda bizga yuboring

Reklama uchun: 👉t.me/UzbSadosiAdmin

Last updated 1 week ago

1 month, 3 weeks ago
[**#frank\_lentini**](?q=%23frank_lentini)

#frank_lentini

Franchesko Lentini — 1889-yilda Italiyada ortiqcha ya'ni uchta oyoq bilan tug'ilgan erkak. Tasodifni qarangki, Lentini rasmiy geraldik ramzi triskelion bo'lgan Sitsiliyada dunyoga kelgan.

Aslida u egizak bo'lib tug'ilishi kerak edi, ammo uning egizaki to'liq shakllanmagan va umurtqa pogʻonasi bilan birlashib ketgan. Natijada Lentini turli uzunlikdagi 3 ta to'liq oyog'i, uchinchi oyog'ining tizzasidan cho'zilgan bitta ko'rinmas oyog'i, 16 ta barmog'i va yana qandaydir ortiqcha a'zosi bor edi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, Lentini yugurish, arqonda sakrash, konkida uchish, velosipedda yurishni va hatto futbol o'ynashni uddalardi.

8 yoshlarida Qo'shma Shtatlarga yo'l olgan Lentini, shu yerda ulg'ayib, sirk artisti bo'lishga qaror qiladi va tez orada mashhur bo'ladi. Ayniqsa, uchinchi oyog'i bilan to'pni tepishi unga mashhurlik olib keladi.

Lentini Tereza Myurreyga uylanadi va ular 4 ta sog'lom farzand tarbiyalashadi.

P.s: Hattoki Lentini ham uylangan)

🫥Kaleidoscope uz

1 month, 3 weeks ago

#live ✍️

Мораторийга наглЫй тупурган ҳолда!:

Shitcoin
Сҳиткоин

2 months, 1 week ago

Biz tez orada qaytamiz!!!

5 months ago
[**#thanos\_snap\_effect**](?q=%23thanos_snap_effect)

#thanos_snap_effect

Sizga bu ishni bajarishingiz uchun 6 ta cheksizlik toshi kerak bo'lmaydi!)

2018-yilda premyera qilingan "Qasoskorlar 3. Cheksizlik jangi" filmining so'nggi epizodlarida filmning asosiy antagonisti bo'lgan Tanos barcha cheksizlik toshlarini qo'lga kiritgach barmog'ini chertishi orqali dunyo aholisining teng yarmini yo'q qilib yuboradi. Bu hodisa "Tanos Snap effekti" deb yuritiladi.

Telegram messenjeriga yaqinda qo'shilgan funksiyaga ko'ra, siz jo'natilgan smsni o'chirsangiz, xuddi o'sha filmda odamlar yo'q bo'lib ketganlaridek, o'sha xabar millionlab piksellargacha parchalanib yo'qolib ketishini guvohi bo'lasiz. Bu effekt ham rasman telegram tomonidan "Tanos Snap effekti" deb ta'kidlandi.

P.s: Yuqorida joylagan postimizni mazkur effektni jonli guvohi bo'lishingiz uchun joyladik va o'chirdik.

🫥Kaleidoscope uz

5 months, 1 week ago

Bu yilda sizlarga sog'lik va boylik tilamayman. Omad tilayman!
Sababi Titanikda sog'lom va boy insonlar juda ko'p edi. Omad esa kamchilikka kulib boqdi..

P.s: Fonda qor yog'ayapti ekan)

5 months, 1 week ago
5 months, 1 week ago
**Reytingdagi o'rnimiz hayratlanarli ekan*****🔥***

Reytingdagi o'rnimiz hayratlanarli ekan🔥

P.s: Qatordan qolmaylik dedim :)

🫥 Kaleidoscope uz

5 months, 2 weeks ago
[**#чушпан**](?q=%23%D1%87%D1%83%D1%88%D0%BF%D0%B0%D0%BD)

#чушпан

O'tgan asrning 80-90-yillarida Qozon to'dalar bilan gavjum edi. Tatariston poytaxtining har bir ko'chasi turli guruhlar tomonidan bo'lib olingan. Tadqiqotlarga ko'ra, rossiyaliklarning 67 foizi serialdan oldin Chushpan so'zini eshitmagan. Bu ajablanarli emas, chunki uning qo'llanilishi Qozon va uning atrofida bo'lgan va odamlar uchun ham cheklangan, to'dalar orasida ishlatilgan.

Chushpan so'zi 2023-yilda premyera qilingan "Yigit so'zi" (Слова пацана) serialidan keyin juda ommalashdi. 2014-yilgi zamonaviy so'zlar lug'atida chushpan modaga amal qilmaydigan shaxs sifatida ta'riflangan. Chushpanni tarbiya yoki boshqa sabablarga ko'ra jinoiy guruhlarga qo'shilmagan oddiy o'smir deyish mumkin. Qattiqqo'l oila, o'qishga havas, ko'cha muhitida do'stlar yo'qligi va hokazo. Qisqasi, maktabda yaxshi o'qiydigan va qanday urishishni bilmaydigan uy bolasi.

"Yigit so'zi" asari muallifi bo'lgan qozonlik Robert Garayevning so'zlariga ko'ra: "Chushpanlar guruhda qatnashmaydiganlardir. Bu juda kamsituvchi so'z. Odatda bu pul yoki narsalari olib qo'yilganlarga berilgan nom edi. Ularning huquqlari yo'q edi. To'dalar dunyosida ular umuman fuqaro hisoblanmagan."

Garayev ham to'da a'zosi bo'lgan. 1989-yilda 14 yoshli Robertga guruh a'zosi bo'lgan boshqa maktab o'quvchisi kelib: "Ertaga 3 rubl olib kelasan, aks holda seni kaltaklayman", deb pul talab qiladi. Garayevning bunday puli yo'q edi va politsiyaga borish odat tusiga kirmagan, ammo parallel sinfdan ikki tengdoshi Garayevni guruhga qo'shishni taklif qilishgan. Ko'cha qonuniga ko'ra, agar Robertdan yana pul talab qila boshlasalar, uning yangi guruhi uni yonini oladi.

Serialda ham orqasida guruhi bo'lmagan chushpanlarga nisbatan munosabat juda hurmatsiz bo'lgan. Qahramonlar buzilmas qasam sifatida qabul qiladigan o'sha "yigit so'zi" (agar siz uni buzsangiz, guruhdan chiqarib yuborilasiz) chushpanlarga taalluqli bo'lmagan. Chushpanlarni aldash mumkin bo'lgan.

P.s: "Чушпан — это не пацан" :)

🫥Kaleidoscope uz

6 months ago
[**#шкала\_Апгара**](?q=%23%D1%88%D0%BA%D0%B0%D0%BB%D0%B0_%D0%90%D0%BF%D0%B3%D0%B0%D1%80%D0%B0) **Apgar shkalasi**

#шкала_Апгара Apgar shkalasi

Bu shoshilinch tibbiy yordamga ehtiyojni aniqlash uchun yangi tug'ilgan chaqaloqning holatini tezkor baholash tizimidir. O'lchovni 1952-yilda amerikalik anesteziolog Virjiniya Apgar taklif qilgan.

Ko'rsatkichlarni qulayroq yodlash uchun Virjiniya Apgar APGAR familiyasining har bir harfini aniqlaydigan tizimni ishlab chiqdi:

A (appearance) - tashqi ko'rinish- terining rangi;
P (pulse) - puls;
G (grimace) - jilmayish;
A (activity) - harakat faolligi, mushak tonusi;
R (respiration) - nafas olish harakatlari, refleks qo'zg'aluvchanligi.

Beshta xususiyatning har biriga 0, 1 yoki 2 qiymati beriladi. Keyin beshta qiymat birlashtiriladi va natijada Apgar balli olinadi. Apgar skorlari tug'ilgandan keyin 1 va 5 daqiqada aniqlanishi kerak. Agar 5-daqiqada yig'indisi 7 dan kam bo'lsa, keyingi 20 daqiqada har 5 daqiqada qo'shimcha o'lchovlarni olish kerak.

Ko'pgina yangi tug'ilgan chaqaloqlarda Apgar shkalasi bo'yicha tug'ilgandan 1 minut o'tgach, holat 7-8 ballga baholanadi va 5 daqiqadan so'ng sog'lom bolani baholash 8-10 ballga yetadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarning faqat 15 foizida hayotning birinchi daqiqasida umumiy holat 10 ballga baholanadi. 7 dan 10 gacha ball olgan bolalar yaxshi yoki a'lo deb hisoblanadi va faqat muntazam parvarish talab etiladi.

🫥Kaleidoscope uz

6 months, 3 weeks ago

#tavsiya

Bugun Sizlarga yaqinda "Zabarjad Media" tomonidan nashr etilgan jadid ajdodlarimiz xotirasiga bag'ishlangan "Jadid kulliyoti" to'plamini tavsiya qilmoqchiman.
To'plamda bundan qariyb bir asr avval jadid ijodkorlari tomonidan to'plangan ijod namunalari, tarjimalari o'rin olgan.
Bo'sh vaqtingizni sermazmun o'tkazishga, jadid olamini sizga yorqinroq tushuntirishga, mushohada qilishga undovchi ushbu nodir to'plam sizlarga manzur bo'ladi deb umid qilaman.

To'plamga jami 8 kitob kiritilgan bo'lib, to'plam narxi - 109 000.
Buyurtma qilish uchun quyidagi link orqali nashriyot sahifasiga o'tishingiz mumkin: https://t.me/ZabarjadMedia

Ilm, mutolaa doimo hamrohingiz bo'lsin.

We recommend to visit

Barcha o'zbeklarni kanali 🇺🇿
Bu kanal barcha mavzudagi postlarni🔥 va eng qaynoq ♨️yangiliklarni sizga ulashadi📌

Reklama : @ozbeklar_admini

Инстаграм👉🏻 http://Instagram.com/barcha_ozbeklar

Last updated 4 days, 13 hours ago

Делюсь рецептами, которые испробовала лично и привнесла,что то свое.

Мой Instagram:

https://instagram.com/vkusno_by_seva?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Reklama bo’yicha @vkusnoseva

Last updated 2 days, 11 hours ago

🌐O‘zbekiston va Jahondagi muhim voqealar, eng tezkor xabarlar

Voqea yoki hodisaning guvohi bo‘ldingizmi?
Unda bizga yuboring

Reklama uchun: 👉t.me/UzbSadosiAdmin

Last updated 1 week ago