Ziyodbek's Blog

Description
Tomonidan: Ziyodbek Ahmadjonov

Yutub: bit.ly/3RHDBX6
Sayt: https://ziyodbek.uz
Aloqa: @ziyodbek0300
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

10 months ago

Hamma telegram kanaliga post qo'yish vaqtini statistikaga qarab, ko'p odam kiradigan paytda qo'ysa menda aksincha.

Kamroq kiradigan paytida shu postni qo'yvorsamda bilmay qolib keyinchalik ko'rsa.

Bo'lmasa har postda 4-5 taga odam kamayadi-da qarang)

@zio_logs

10 months, 1 week ago

Endi 2024 - yildan boshlab reklamalarni ko'rishga majbursiz!

Shu kanalga brauzerlar haqida bir post tayyorlamoqchi bo'lib ma'lumot qidirayotgan edik. Qiziq biriga ko'zimiz tushib qoldi.

Google Chrome 2024 - yildan boshlab reklamalarni aniqlash API funksionalini o'chirmoqchi ekanligini aytgan.

Bizni brauzerimizda ikki xil reklama bloklaydigan qo'shimcha extension bor edi. Va sinash maqsadida turli xil reklama ko'p bo'lishi mumkin bo'lgan veb-sahifalarga kirib ko'rdik, natija kutilganidek 10-20 foiz reklamalarni aniqlay olmayapti.

Nima bo'lsa ham soqqa uchun o'zgaradigan zamonlarga kelib qolyapmiz. Demak endi siz va biz ba'zi reklamarni ko'rishga majbur bo'lishimiz mumkin ekan.

Ha aytgancha post ham tayyor bo'lib qoladi yaqinda nasib qilsa!

#long

10 months, 1 week ago
10 months, 2 weeks ago

Vaziyatdan foydalanish kerak axir!

Qachonki OLXga e'lon joylashtiadigan bo'lsak, 7-10 daqiqa ichida telegramdan yoki sms orqali "xaridor" bo'ladiganlar yozishadi.

Birinchi shart bajarildi, yani telefon qilmadida yozdi! Katta ehtimol bilan telegram orqali!

Keyin qo'yilgan buyum yoki xizmatning xolati haqida birgina savol so'raladi. Juda ko'p holatlarda qisqagina "Holati qanday?" yoki "Yangimi?".

Ikkinchi shart ham bajarildi, ortiqcha e'londagiga qiziqish yo'q!

Keyin qayerda yashashingiz qiziq bo'lib qoladi, qayerdandir. Va yana qisqa yozishuvda so'ralasiz, "Qayerda yashaysiz?". Yozgan odam qandaydir yoqadigan ism va profil rasmli ayol bo'ladida odatda, keyin sizdan yashash joyingizni so'raydi.

Uchinchisi ham bajarildi: demak u kelolmasligini ifoda qilmoqchi, e'londagini olishga.

Shu yerda yoki yashash joyidan oldin narx o'zgarmasligi haqida ham bir og'iz savol bo'lishi kerak albatta. Lekin narx haqida ko'pi bilan ikki marotaba so'ralasiz halos.

To'rtinchi shart ham bajarildi: narx qiziq emas, uni soqqasi simidan.

Davomi bor...

#long #real

10 months, 3 weeks ago

Muvaffaqiyatli muvaffaqiyatsizlar!

Biz haqiqatan muvaffaqiyatli deb ayta oladigan o'zbek dasturchilarimiz asosan chet elda va yoki chet el kompaniyalariga ishlaydiganlar shunday emasmi?

Va deyarli 60-70%i o'zlarining shaxsiy bloglarini yuritishadi. Shuni kuzatdikki ularning deyarli hech qaysi birlarida mashina, uy-joy va umuman mol-mulk prioritet emas.

Shu bizning mablag'ga, uy-joy va mol-mulkga egalik qilish xoxishi(yani molparastlik) kasbiy, ruhiy, ilmiy jihatdan yuksalishimizga sababmikan deb ham o'ylab qoldik.

Bu bilan ularga solishtirishimiz kerak o'zimizni demoqchi ham emasmiz, yaxshi kasbiy yuksalish uchun, shu yo'lda yurib ko'rgan odamlarning tajribalari, tutgan parhezlari va qiyinchiliklarini o'rganib qo'yish zarar qilmas demoqchimiz.

#long #random

10 months, 3 weeks ago

Evos, Safiya!

Shu ikki biznes - O'zbekiston holati uchun eng yaxshi ikkitalik deya olamiz. Chunki, ular shunchaki tayyor taom yoki shirinlik sotadigan kompaniyalar emas. Ular texnologiya haqida ham o'ylaydigan va foydalanadigan birlaridir.

Evos va Safiyani atrofimizdagilarga tavsiya qilishimiz 10 dan 10. Nega? Yetkazib berish va deyarli hamma xizmatlaridan masofadan turib foydalansa bo'ladi.

Birgina yetkazib berishini oladigan bo'lsak, Toshkent, tirbandlik topp sharoitda Evos 5-7 daqiqa kech qolishi mumkin u ham juda kamdan-kam holatda. Qaytaraman istisnolar bo'lishi mumkin.

Kecha bir shirinlik boshqa rangi bilan almashib qolgan ekan, shikoyatlar bilan ishlashga qo'ngiroq qilib ko'rdik, kompaniyani estetikasini tekshirish uchun. Biz bilan 5 daqiqadan ortiq gaplashti operator va biz operatorga bittada bog'landik yani, navbat kutmadik.

Xulosa, fast-food va shakarning normadan ortig'i inson salomatligiga zarar bo'lsada, bir oyda bir iste'mol qilish ok.

#long #business

10 months, 3 weeks ago

Qaytarilaversa!

Tasavvur qilaylik, biz bugun kechgacha nimalar qilishimiz rejalangan hech qanday challenge yo'q, bir xilda bajarishimiz kerak bo'lgan oddiy ishlar. Kelajak bir hafta ham, bir oy ham va hkz shunday.

Bu zerikarli emasmi? Yani inson ertaga nima qilishi kerakligini avvaldan bilsa va hech qanday yechadigan muammoli boshqotirmalar bo'lmasa u ishni robot ham qilaveradiku. Yoki ishchi o'zi robot bo'lishi kerak bo'lyapti.

Bunday siklik takrorlanadigan joyda ishlash kelajakda ommaviy stress yoki ish tashlashga olib kelishi ehtimoli yo'q emas.

Demak, biz o'ylaymizki manabu Sun'iy Intellekt va avtomat robot deganlari almashtirsa avval shunday no challenge working placedagilarni almashtiradi.

#long #random

11 months ago

Boshqa olam!

Mana 2024.01.01 uyg'onganimizda boshqa odam bo'lib, boshqa muhitda va boshqa imkoniyatlar bilan uyg'ona oldikmi? Yo'q.

O'sha-o'sha odammiz, yashab turgan sharoitimiz o'sha va imkonoyatlarimiz ham 2023.12.31 dagi bilan bir xil.

2023 tugashi va 2024ni boshlanishi bizning holatimizdan hech bir narsani o'zgartimadi, demak holatlar o'zgarmaydiganday.

Bizning hozirgi yoshimiz, kam tajribamiz bilan hulosamiz quyidagicha:
Holatlar o'zgarmaydi, toki ularga bo'lgan bizni fikrimiz o'zgarmasa!

Misol keltirsak: Biz uchun 100kg vazn norma, qachonki oynaga qarab fikr qilmagunimizcha.

Yoki 2024ni ham ijtimoiy tarmoqlarda havoga mush otib o'tkazishimiz norma, qachonki 2022, 2023ni ham shunday o'tkazganimiz haqida o'ylagunimizcha!

#long #random

11 months ago

Bir kallaqand, uch so'm pul!

Ishdan dam, Andijonga qaytishimiz kerak edi. Tahminan 5-6 kunga. Poyezd ertalab soat 7:54 da.

Bir kun avval hech narsa tayyorlamadik. Bugun yani jo'nab ketish kuni bir soat avval bir ko'ylak, bir shim, bir oyoq kiyim va 4-5 ta kitob olindi. Chunki aniq bilamiz 5-6 kunda qaytamiz.

Dunyo hayotini shunday qabul qilganimizda edi. Eng minimalist, eng kamharj odamlar biz bo'larmidik balki. Har xolda, 100k$ ga to'y qilib yaxshi nom olishga harakat qilmas edikda.

Eshitib qolgandik:
"Yaxshi nom olay deb, palon pul sarflab dabdabali to'y qildingiz, lekin shu nomingizni sotaman desangiz birov bir tiynga omaydi!"

Ko'p ...izmlardan o'tdik, menimcha buyog'i minimalizm.
Buyerda gap keraksiz narsalarga keragidan ortiqcha sarflash haqida edi. Kerakli narsalarga yetarlicha sarflashga qarshiligimiz yo'q!*

#long #randomthoughts

11 months ago

Qarshi emasmanmikan!?

Butun dunyoda yangi yil nomi bilan nishonlanadigan "bayram" "shukuh"i sezilib turipti!

Aslida asosi krismasga borib taqaladigan bu "bayram"ni qanday trend darajasiga olib chiqishti? Shunday keng ko'lamda nishonlanadiki, butun yer sharida sanoqlik derazalar qoladi qorbobo rasmi chizilmagan!

Nima demoqchimiz, diniy bo'lmagan ruhda ko'ngil ochish ma'nosida o'tkazilishiga qarshiligimiz yo'q, lekin buning muqobilida nafaqat yer balki samo ahli uchun ham bayram bo'lgan ikki iydni biz ham trend qilaylik.

Ular ham bizni iydni tushunib tushunmay, bilib-bilmay, kutib-kutmay nishonlasinlar.

Nima demadilar?!

*Qanday trend qilish, nima sababiyatlarni amalga oshirish bular hammaning o'z imkoniyati doirasidadir!

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago