Psixologlar mahorat maktabi

Description
Psixolog kadrlarni malaka mahoratini oshirish boʻyicha Respublika Tashxis markazining rasmiy kanali.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

1 year, 5 months ago

O'z-o'ziga psixologik yordam berishning yo'llari.🌿*1. O'zingizga g'amxo'rlik qilish o'zingiz bilan gaplashishni anglatadi.*Qanday va nima deb o'ylayotganingizga e'tibor bering va keraksiz fikrlash usullaridan xalos bo'lishga harakat qiling.

2. Chalg'ish foydali bo'lishi mumkin, lekin faqat vaqtinchalik.Vaqt o'tishi bilan siz ko'plab qayta ishlanmagan fikrlar va his-tuyg'ularni to'playsiz, bu stressni kuchaytiradi va charchashni tezlashtiradi.Shuning uchun vaqti vaqti bilan aniq reja asosida u yoki bu muammolardan chalg'ib turing.

3. Tajribangizni hissiy jihatdan qayta ishlash usullarini topingUmumiy chalg'itadigan narsalarni his-tuyg'ularingizni yengish va qayta ishlashga yordam beradigan harakatlar bilan muvozanatlashtiring.

4. Jismoniy sog'lig'ingizga g'amxo'rlik qilingVujudimizga e'tibor berish, farovonligimiz haqida qayg'urish orqali biz o'zimizni qadrlashimizni, hayotimiz biz uchun muhim ekanligini ko'rsatamiz.

Ichki suhbatni davom ettirish, sog'lig'ingizga g'amxo'rlik qilish va chalg'ituvchi va his-tuyg'ularni qayta ishlashga yordam beradigan faoliyatda muvozanatni saqlash orqali siz yaxshi, uyg'un hayotga to'g'ri yo'lda bo'lasiz.

💠Respublika tashxis markazining kanali➡️➡️ @kanal_mahorat_tashxis
@kanal_tashxis

1 year, 5 months ago

Barqaror kayfiyat - yaxshi kun garovi. 😊

💠Respublika tashxis markazining kanali➡️➡️ @kanal_mahorat_tashxis
@kanal_tashxis

1 year, 5 months ago

TRANZAKSION ANALIZTranzaktsiya (lot. transaction - kelishuv) E.Bern tomonidan 1955 yilda (AQSh) da asos solingan. Transaktsiya asosida har bir inson o’z qo’lida hayotini ushlab tura olshi va o’zi uchun ma’suliyatni zimmasiga olishi shart deb atalgan falsafiy g’oya ya’ni, so’fizm ta’limoti tomonidan qaralganda «Komil inson» g’oyasi yotadi. Transaktsiya bu harakat bo’lib, boshqa odamga yo’naltirilgan bo’ladi. O’z navbatida ushbu holat munosabatlar birligidir. E.Bernning transaktsiya kontseptsiyasi muloqotda muammoga ko’p duch keladigan odamlarga psixologik yordam berish maqsadida yaratilgan.

❇️ E.Bern quyidagi odamlarning shaxsiy uch xolati haqida fikr bildirib, shaxslararo munosabatlardagi xarakter xususiyatidan kelib chiqqan holda, ota - ona, katta odam, yosh bola kabi munosabatlarda transaktsiya holatlarini ko’rinishini sanab o’tdi va ularni quyidagicha nomladi;

? Ota - ona (shartli ravishda O) –

A) Men - mehribon ota-ona holatining ko’rinishi; erkalaydi, to’g’iri yo’lga soladi, yordam beradi.

B) Men - tanqidiy ota-ona holatining ko’rinishi; achchiqlanadi, tanqid qiladi, buyruq beradi.

? Katta odam (shartli ravishda K) holati ahborotni mantiqiy asoslarini, qarorni, real holatni tekshirish, axborotni yig’adi va tarqatadi, mavhumlikni boholaydi, emotsiyaga berilmagan holatda juda chuqur o’ylab ko’radi hamda qayta ishlab qarorni qabul qiladi.

? Yosh bola (shartli ravishda B) - yosh bola holati xissiyotlarni hayotiy printsiplariga tayanadi. Bunda odamdagi hulq - atvorining xozirgi holatiga bolalikning haqiqiy hissiyoti ta’sir qiladi. Bolalik meni yuqoridagi shaxs ikki holatning asosiga kirmagan aloxida funktsiyalarini bajaradi.

? Har qanday odamda barcha uch tarkibiy qism bo’lib, shaxsni yomon tarbiyalash jarayonida bitta holat ikkinchi holatni o’rnini egallashni boshlaydi-ki bu, odam o’zaro muloqotda qiyinchilikni boshdan kechirib, ichki zo’riqishga olib keladi.

? Har bir Men holati ma’lum vazifalarni bajaradi va bu hayot uchun zarurdir. Munosabatlarining buzilishi ya’ni disgarmoniyasi ularning birini bosimini ortib ketishi yoki u boshqarishi kerak bo’lmagan holatlar bilan bog’liq. E.Bernning fikricha psixoterapiya faqat quyidagi yo’nalishda bo’lishi kerak-ki; bosim ostida qolgan Men-holatini «tiriltirishi» yoki qulay munosabatlar zarur bo’lgan vaqtda ma’lum Men-holatini aktuallashtirishni (lot. actualis - muhim) o’rgatishi kerak.

?Respublika tashxis markazining kanali➡️➡️ @kanal_mahorat_tashxis
@kanal_tashxis

1 year, 5 months ago

**KULASIZMI, KUYASIZMI?

KULGI haqida qiziq ma’lumotlar:*?* Go‘dak uch oylik bo‘lmaguncha kula olmaydi. (Demak, ba’zi odamlar umrbod go‘dakligicha qolar ekan-da...)

? Inson kulgan paytda yuzidagi 17 ta muskul ishlaydi, ho‘mraysa, 47 tasi ishlashga majbur bo‘ladi. (Afsuski, muskullarini ishlata olmaydiganlar ham hayotda yo‘q emas).

? Olti yoshli bola kuniga o‘rtacha 300 marta kular ekan. Yoshi kattalar esa 15 – 100 martagacha kula olishadi. (Ko‘rdingizmi, bola bo‘lish oson emas).

? Chehralari ochiq, kulib xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, chehrasi tundlarga qaraganda bir yarim baravar ko‘proq choy-chaqa undirishar ekan. (Boyimoqchimisiz? Kulib yuring)

? Eng ko‘p jilmayib yuradiganlar Braziliya va Kubada yasharkan. Skandinaviyaliklar esa, aksincha, eng jiddiy qiyofada bo‘lisharkan. (Shuning uchun ham Braziliya va Kubaga hamma maftun).

? Kulayotgan paytda o‘pkadagi havo soatiga yuz kilometr tezlikda otilib chiqadi. (Noto‘g‘ri o‘ylamang, bu havo og‘izdan chiqib ketadi.)

? Ruhi tetik, kulib yuradigan odamlarda yurak kasalliklariga duchor bo‘lish ehtimoli tushkun yuradiganlarnikiga qaraganda qirq foiz kamroq bo‘lar ekan. (Shifoxonalarning yurak bo‘limi qachon bo‘shab qolarkin-a...)

? Kuniga 17 daqiqa kulgan odamning umri bir kunga uzayar ekan. (Uzoq yashashning hech qiyin joyi yo‘q).

?Respublika tashxis markazining kanali➡️➡️ @kanal_mahorat_tashxis
@kanal_tashxis

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago