Tarix va Tahlil

Description
🌐 Kanaldagi aksariyat ma'lumotlar internet manbalaridir. Admin ularning manbasini ko'rsatib borishga harakat qiladi;
❗️Kanaldan ma'lumot olinsa, ''Tarix va Tahlil'' nomi bo'lishi shart;
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 3 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 3 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago

3 weeks, 5 days ago

Tug’ilganida Muhammad ismini olgan Shayboniyxon turli manbalarda o’zining ikkinchi ismi bilan mashhur. Biz manbalar bu ismni qanday yozganiga qiziqdik:

  1. “Zubdat ul osor” – Shohbaxt
  2. “Badoe ul vaqoe” - Shayboniy
  3. “Fathnomayi Shodiy” – Shohbaxt
  4. “Tarixi olam oroyi Nodiriy”- Shoyibek
  5. “Boburnoma” – Shayboq, Shohibek
  6. “Tavorixi guzidayi Nusratnoma” –Shayboniy
  7. “Mehmonnomayi Buxoro” – Shayboniy
  8. “Shayboniynomayi Binoiy” - Shohbaxt
  9. “Bahr ul asror”- Shayboniy
  10. “Tarixi olam oroyi Safaviy” -Shohibek
  11. “Muzakkiri ahror” – Shayboniy
  12. “Matlab ut tolibin” – Shayboniy
  13. “Tarixi olam oroyi Abbosiy” –Shohibek, Shayboniy
  14. “Musaxxir al bilod” – Shayboniy
  15. “Shayboniynomayi M.Solih” – Shayboniy, Shayboqxon
  16. “Abdullanoma” – Shayboniy, Shohbaxt
  17. “Tarixi Kasira” – Shayboniy
  18. “Lubb ut tavorix” - Shoybek
  19. “Tarixi Qipchoqxoniy” –Shayboniy, Shohibek
  20. “Tarixi Muqimxoniy – Shayboniy
  21. “ Muhit ut tavorix” – Shayboniy
  22. “Samariya” - Shayboniy
  23. “Humoyunnoma” – Shohibek, Shayboq,Shayboniy
  24. “Habib us siyar” – Shayboniy
  25. “Tarixi Rashidiy” – Shohibek
  26. “Shajarayi turk” – Shohbaxt, Shayboniy
  27. “Firdavs ul iqbol” – Shayboniy
  28. “Tarixi Turkiston” – Shayboniy
  29. “Muiz ul ansob” – Shohbek
  30. “Ahsan ut tavorix” –Shayboq
  31. “Devoni Shayboniy” –Shaboniy, Shabon, Shohbaxt
  32. Va boshqalar….

@Tarix_va_Tahlil

4 weeks ago

Quyidagi fikrlardan bilib olishimiz mumkunki “Shayboniyxon bilan kirib kelgan yuz minglab dasht o’zbeklari o’zbek xalqi shakllanishida hech qanaqa rol o’ynamagan” degan qarashlar o’zbek tarixchilarida hukmrondir.O’zbek tarixshunosligida bu migratsiyaning ahamiyati inkor qilinadi va ularning hissasi kamsitilinadi. Davlat rahbarining o’zi shu haqida yozganidan keyin boshqalar undan namuna olishgan.
1.Sovet tarixshunoslarining yozishicha, goʼyo XVI asrda bizning zaminimizni Dashti Qipchoq xonlari ishg’ol qilgandan keyin oʼzbek nomi paydo boʼlgan emish. Biz sovet zamonidan qolgan bu aqidani qabul qilsak, millatimiz tarixi mana shu navbatdagi bosqinchilar davridan boshlangan, degan notoʼgʼri xulosa kelib chiqmaydimi? Unda bizning necha ming yillik tariximiz qaerda qoladi? Samarqand ham, Buxoro ham, Xiva ham oʼzbeklarniki ekan, bu yerlarda oʼzbek davlati boʼlgan ekan, nega endi oʼz tariximizni XVI asrdan, kimdir kelib-ketib, nomini qoldirib ketgan davrdan boshlashimiz kerak?
I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.T.1998.17-bet.
2.XVI-XVIII asrda Dashti Qipchoq o’zbeklarining Movarounnahr va Xorazmga kelib joylashishi XI-XII asrlarda shakllangan o’zbek xalqining etnik tarkibini o’zgartira olmadi. Ammo ular mahalliy turkiyzabon aholiga “o’zbek” nomini berdi. A.Asqarov. O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. T.2007. 278-bet.
3.XVI asr va undan keyingi asrlar Dashti Qipchoqdan Movarounnahr va Xorazmga ko’chib kelgan ko’chmanchi o’zbeklar o’zbek elatining tarkibiga kirgan navbatdagi etnik komponentlar edilar xolos. Bular mahalliy o’zbek xalqining turmush tarziga, ananalariga, madaniyatiga,xo’jalik faoliyatiga ta’sir ko’rsata olmaganlar. Lekin aholiga “o’zbek” nomini berganlar. K.Shoniyozov. “O’zbek xalqining shakllanish jarayoni”. T.2001.419-bet.
4.Ular o’troq hayotga moslashib, shu turmush tarziga xos hamma ijobiy jihatlarni qabul qildilar va bora-bora Movarounnahr va Xorazmda avvaldan yashab kelayotgan qarindoshlari tarkibiga singib ketganlar.Faqat hukmron qabila sifatida ulardan mahalliy aholiga “o’zbek” degan etnik nom o’tgan xolos. Bundan o’zbek xalqi XVI asrda shakllangan, degan xulosa chiqmasligi lozim. 8-sinf. O’zbekiston tarixi. Darslik. T.2014. 13-bet.
Xullas bu gaplardan angashiladiki Shayboniyxon va o’zbeklar bu yerga faqat o’zbek nomini olib kelishgan. Ulargacha o’zbek xalqi bo’lgan va ularning kelishi hech narsani o’zgartirmagan. Davlat rahbari esa ulardan ana shu nomni olib kelgan degan maqomni ham yulib tashlashga fatvo bergan. O’zingiz guvohsiz.

@Tarix_va_Tahlil

4 weeks, 1 day ago

Ichki va tashqi kurashlarda halok bo’lgan temuriylar. Ushbu ro’yxatda Temurning erta halok bo’lgan 2 o’g’li va ularning 39 nafar avlodlari yozilgan. Manbalarda ma’lumot yo’qligi sabab o’nlab shahzodalar taqdiri haqida faktlarga ega emasmiz.

Umarshayx mirzo – Amir Temurning o’g’li. Neratu qal’asida halok bo’lgan. Uning o’ldirilgan avlodlari:

  1. Pir Muhammad mirzo Sheroziy
  2. Iskandar mirzo
  3. Boyqaro mirzo
  4. Usmon Ali mirzo
  5. Sanjar mirzo Marviy
  6. Abdulboqi mirzo
  7. Abulmuhsin mirzo
  8. Muhammad Muhsin mirzo
  9. Faridun Husayn mirzo
  10. Muhammad Qosim mirzo
  11. Muhammad Mo’min mirzo
  12. Muhammad Zamon mirzo
  13. Suxrob ibn Abu Turob mirzo

Jahongir mirzo – Temurning kasalik sabab vafot etgan o’g’lining o’ldirilgan avlodlari:

  1. Pir Muhammad mirzo Kobuliy
  2. Muhammad Umar mirzo

Mironshoh mirzo – Amir Temurning o’g’li, 1408-yili o’ldirilgan. Mironshohning o’ldirilgan avlodlari:

  1. Usmon Jodi mirzo
  2. Minuchehr mirzo
  3. Abu Said mirzo
  4. Malik Muhammad mirzo
  5. Abu Bakr mirzo
  6. Sulton Mas’ud mirzo
  7. Sulton Ali mirzo
  8. Boysung’ur mirzo
  9. Ibrohim mirzo Badaxshoniy
  10. Muhammad Zamon mirzo
  11. Hasan (Husayn) mirzo
  12. Yodgori Nosir mirzo

Shoxrux mirzoning o’ldirilgan avlodlari:

  1. Ulug’bek mirzo
  2. Abdulatif mirzo
  3. Abdulaziz mirzo
  4. Abdurazzoq mirzo
  5. Ahmad mirzo
  6. Mahmud mirzo
  7. Abdullo mirzo
  8. Sulton Muhammad mirzo
  9. Shoh Mahmud mirzo
  10. Yodgor Muhammad mirzo
  11. Muhammad Qosim mirzo
  12. Abu Bakr mirzo

@Tarix_va_Tahlil

3 months, 1 week ago

Qutayba ibn Muslim Xorazmda nega kitoblarni yondirgan?
Qutayba ibn Muslim XX asr 20-yillariga qadar yurtimiz tarixchilari tomonidan islom dini tashuvchisi sifatida ulug'langan. Sovet davri va mustaqillik davrida u faqat bosqinchi va qonxo'r. Uni Xorazmda kitoblarni yondirganini ko'p yozishadi. Siz bu voqeani chuqurroq o'qiganmisiz? Keling Xorazm tarixi bilimdoni S.Tolstov nima degan ekan bu haqida. Uning fikrlari mag’zini beramiz.
“ Xorazmshoh Chag'onga ukasi Hurzod isyon qiladi va akasi hamda uning a’yonlarini talab, o’ldirib, ayniqsa ularning qizi va juvonlarini olib ketadi. Chag’on esa Qutaybadan yordam so’raydi. Qutayba qo’shin yuborib isyonni tor-mor qiladi va olimlarni quvib, kitoblarni yondiradi. Endi nega u bu ishni qilganini ko’ramiz: Hurzod boshliq isyonchilar nega asosan ayollarni olib ketishdi? Chunki Hurzodchilar mazdakiylik tarafdori hisoblanishgan. Mazdakiylikda jamoaviy nikoh ustun ( ya’ni bir ayolga butun jamoa erlik qilgan). Ular endi hamma xotin umumiy bo’ladi deya e’lon qilganlar. Albatta islom tarafdorlari buni kufr deyishgan. Qutaybaning o’ldirgan va quvgan olimlari esa mazdakiylikni tarqatayogan kohin edilar. Eng asosiysi ular xorazmlik emas- balki yahudiy kohinlar bo’lishgan. Chunki Taboriy o’sha kohinlarni ahborlar deya ataydi. Ahbor esa yahudiy xalqi demakdir. Ularning yozgan kitobi esa asosan mazdakiylik g’oyalari – jamoaviy erlik va islomga to’g’ri kelmagan g’oyalar bo’lgan. Aynan shuning uchun ular yondirilgan. Yahudiylar esa Hazariya qochganlar. Beruniy yozishicha yondirilgan kitoblar ichida tarixiylari ham bo’lgan ammo arablar bunga e’tibor bermaganlar, bundan tashqari ular mazdaizm va zardushtiylik odatlari bilan aralash berilgan”. – (S.P.Tolstov. Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasi izidan).
Bu yerda arablar bosqinchiligini oqlash emas, balki ular nega bu ishni qilganini chuqur tekshirish natijalari berildi.

@Tarix_va_Tahlil

3 months, 1 week ago

Eng mashhur musulmon tarixchilaridan biri, Beruniyning yaqin do'sti Abulfazl Bayhaqiyning "Tarixi Ma'sudiy" asarini o'qishni tavsiya qilamiz.

@Tarix_va_Tahlil

3 months, 1 week ago

Tarixning eng katta jumboqlaridan biri : Temurbek Boyazidni xo'rlaganmidi yoki bu shunchaki ig'vomidi???
@Tarix_va_Tahlil

6 months, 1 week ago

©️Мусулмонлар кимлар?

Аллох таоло уларни (яьни бизларни), Тавротда "Рахмоннинг танланган бандалари" деб номлади. Инжилда эса "Халимлар, олимлар, аброрлар, тақводорлар" деб таьрифлади.

@Tarix_va_Tahlil

8 months, 4 weeks ago
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 3 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 3 days ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 6 months ago