Bookmark.uz

Description
Hammasi kitob haqida! Yangi kitob, yangi nashr
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

6 years ago

#tomchi

Болакайлар ётволиб имиллаб ўтаётган дақиқаларни санашарди. Бир муддат уларга вақт тугаб қолгандек, абадият эса қариб қолгандек туюлди; шу пайт ботаётган қуёшни кўриб болалар қувониб кетишди.

**Марк Твен, «Том Сойернинг саргузаштлари»

@bookmark.uz**

6 years ago

G‘ayrioddiy sahifalangan 10 kitob

Kitob do‘konlariga kirganda chiroyli qilib ishlangan kitoblarni ko‘ramiz-u, ularni xarid qilgimiz keladi. Ba’zi insonlar borki, ular kitob nima haqida ekanligini bilmasdan ham, bejirim, noodatiy bo‘lgan kitoblarni yig‘ishni xush ko‘radilar.
Ular buni o‘zlarining “hobby”lari deb atashadi. Biz ham ana shu “hobby” egalariga g‘ayrioddiy bo‘lgan kitoblarni taqdim etmoqchimiz.

@bookuzbekistan

? Batafsil ko'rish

Telegraph

G‘ayrioddiy sahifalangan 10 kitob

Kitob do‘konlariga kirganda chiroyli qilib ishlangan kitoblarni ko‘ramiz-u, ularni xarid qilgimiz keladi. Ba’zi insonlar borki, ular kitob nima haqida ekanligini bilmasdan ham, bejirim, noodatiy bo‘lgan kitoblarni yig‘ishni xush ko‘radilar. Ular buni o‘zlarining…

G‘ayrioddiy sahifalangan 10 kitob
6 years ago

"Tog'lar ham sado berdi" — Xolid Husayniy

Asarni o‘qish davomida afg‘on diyori haqidagi tasavvuringiz yanada boyiydi. Endigi voqealar nafaqat qahramonlar tug‘ilib-o‘sgan makonda, balki Qobul, Parij, Kaliforniya va yunon orollarida yuz beradi.

Xolid Husayniyning navbatdagi ijod mahsuli ham afg‘on xalqi hayotiga bag‘ishlangan. Unda Vatanini tark etishga majbur bo‘lgan millat vakillarining qismati chizgilanadi. Muallif voqelikni real tasvirlashga uringan.

Roman Saburning farzandlariga ertak aytayotgani bilan boshlanadi. Unda o‘g‘li to‘kis hayot kechirishi uchun dev bilan yashashga ko‘ngan ota haqida hikoya qilinadi. Shu orqali Sabur dilbandlarini yuz berishi kutilayotgan voqeaga ruhan tayyorlardi.

Kambag‘al ota ikki norasidasini boqish uchun uchinchisini Qobulda yashovchi boy oilaga sotadi. Judolikka duchor bo‘lgan jon-jigarlarning keyingi taqdiriga to‘xtalishdan avval yozuvchi boshqa qahramonlarning ham umr yo‘lini tasvirlaydi. Aslida ular Abdulla va Pariga juda yaqin obrazlar ekaniga asarni o‘qish jarayonida amin bo‘lasiz. Ko‘z oldingizda turfa taqdirlarni birlashtiruvchi ulkan to‘rtburchak paydo bo‘ladi. Parini sotib olgan shoira Nila Vahdati, unga qiyo ham boqmagan o‘gay onasi Parvona, Afg‘onistondan qochib, Amerikada yashashga majbur bo‘lgan ikki inson hayoti bilan ham tanishasiz.

Diqqatni tortuvchi obrazlardan yana biri Parining o‘ziga to‘q odamlar qo‘liga tushishiga sababchi bo‘lgan o‘gay tog‘asi Nabidir. Shu asnoda u ham kuyovi, ham do‘sti bo‘lgan Saburga yordam beradi. O‘quvchi yana bir haqiqat bilan yuzlashadi: bir davlatmand oila farzandi otasi yaxshi inson emasligini bilib qoladi, ichida isyon ko‘tariladi…

Voqealar chigallashib borgan sari xayolingizda faqat bir savol aylanadi: sotib yuborilgan singil akasi bilan diydorlasharmikan? Muallifning javobi quyidagicha: “Tog‘lar ham sado berdi!”

Xolid Husayniyning barcha asarlari haqida batafsil

@bookuzbekistan

[‌](https://postfenix.com/rails/active_storage/blobs/eyJfcmFpbHMiOnsibWVzc2FnZSI6IkJBaHBBb2NzIiwiZXhwIjpudWxsLCJwdXIiOiJibG9iX2lkIn19--3b8ba2cbf76ebc0e75709d9c8d1215b2305ca994/Mountains%20echoed.jpg)"[Tog'lar ham sado berdi](http://book.uz/Toglar-ham-sado-berdi)" — Xolid Husayniy
6 years, 1 month ago

"Alkimyogar"

Kitobda o‘z yuragini eshitishni o‘rgangan Santiago o‘z orzusi sari dadil qadam tashlaydi, bu qadam hayotda unga tavakkal qilishni, bir bosqichda qotib qolmaslikni, o‘z «shaxsiy afsonasi» sari odimlashni o‘rgatadi.
"Shaxsiy afsona” bu ko‘nglimiz tubida doim orzu qilgan xohlagan narsamizdir. Hayotda haqiqiy baxtga erishish uchun uni amalga oshirishimiz shartdir. Shundagina hayotimiz haqiqiy mazmunli bo‘ladi:
"Sen yo‘lingda har bir o‘rgangan narsang, harakating mazmunga ega bo‘lishi uchun albatta izlagan xazinangni topishing kerak”.
Hayotda har bir insonning eng katta, umrida erishishi kerak bo‘lgan nuqta, yagona orzusi bo‘lishi kerak, qolgan har bir harakat, har bir qadam bizni shu orzu sari eltishi kerak. Hayotda tug‘ilib, ishlab, tirikchilik qilib, oila boqib o‘lib ketish uchun yaratilmaganmiz. Yashashdan albatta maqsadimiz bo‘lishi kerak; Tug‘ildikmi, demak o‘zimizdan biror nima qoldirish kerak....

https://telegra.ph/Alkimyogar-10-26

Telegraph

Alkimyogar

"Alkimyogar” kitobini o‘qib chiqishimni bundan o‘n yil oldin bir tanishim maslahat bergandi. O‘shanda bu kitobni o‘zbek tilida xuddi bir ertakdek o‘qib chiqqandim. Kitob menga u darajada katta tasir o‘tkazmagandi. Undan keyin bu kitob yana uch marta o‘qildi…

"Alkimyogar"
6 years, 1 month ago

https://telegra.ph/Roman-ranginligi-Ikki-eshik-orasi-10-24

Telegraph

Roman ranginligi: "Ikki eshik orasi"

 Yozuvchining ikkinchi romani «Ikki eshik orasi», kitobning eng tagida ko‘rsatilishicha, 1982-1985 yillar orasida yozilgan. Ammo roman ikki oy ichida bitgan edi. Yozuvchining ko‘rsatgan sanasida xatolik yo‘q. Gap shundaki, yozuvchi roman bilan uch yil to‘lg‘oqda…

Bookmark.uz
6 years, 3 months ago

#Mutolaa_sehriМихаил Булгаков. Уста ва Маргарита

✍?Ибрахим БАДАЛБАЕВ

Муаллифнинг энг суйган асари. Хатто оғир хаста бўлиб, ўлимидан бир неча кун аввал ҳам асарига қайта-қайта ишлов берган.
Муаллиф билан худди бир хил фикр, бир хил фантазиядаги одамдек хис қилдим ўзимни.

Вах! Шу асарни кино қилиш керак!- деган хаёл келди. Гуглдан сўрасам кино у ёқда турсин сериал ҳам қилиб бўлинган экан. Бир қатор кўриб чиқдим. Ёмон эмас.

Инсонийликдан чиққан инсонлар ҳақидаги асар. Хақни унутганларнинг Хақни тан олганлиги иқрори. Умуман олганда - ҳаёт хақидаги асар.

Фэнтези аниматор бўлиб, тажрибам ортгандан сўнг албатта "Уста ва Маргарита"ни фильм қиламан. Айнан муаллиф фантазиясидан.

Энг асосийси: Қўлёзмалар ёнмайди!

@bookmark_uz

6 years, 9 months ago

#Mutolaa_sehri

✍?Mohinur ABDURASULOVA

(Asarlarga qisqacha izohlar…)

"FARG'ONA TONG OTGUNCHA" (Mirzakalon ISMOILIY)
Bu asar o'tmishimizni qora kunlari haqida. Bir o'tmishki, oshiqlarni ajratgan, muhabbatga qarshi kurashgan, ularni o'limga ham majbur qilgandir. Hayotxon va G'ulomjon.Asarning bosh qahramonlari. Biri eshonzoda oqsuyak qiz, biri "qorasuyak" o'qimishli, dunyoqarashi keng yigit. Taqdir deb o'ylab, aslida, ayrim insonlar qo'lida hayotlari barbod bo'ladi. Kitobni tavsiya qilaman.

@bookmark_uz

"CHINOR" (Asqad MUXTOR)

Bu roman ko'p insonlar taqdirini bir timsol-Ochil bobo atrofida jamlagan. Asar qahramonlari bilan goh sahroda qo'y haydasangiz, goh urushda qatnashasiz, goh dengiz po'rtanalarida kezasiz, goh tog kesasiz. Men bu qadar ko'p tarmoqli, makon va zamonni bir ipga tiza olgan asar boshqa o'qimaganman.

@bookmark_uz

"MUNGLI KO'ZLAR" (Xudoyberdi TO'XTABOYEV)
Bu asar ilk o'qilganda o'qirmanni hayot haqidagi qarashlarini ostin-ustun qilar darajadagi kitob. Biz aslida yaxshilik deb o'ylaganimiz yomonlik, yomonlik deb o'ylaganimiz esa yaxshilik bo'lishi mumkin-ku, degan savol paydo bo'ladi asar mutolaasidan so'ng. Yozuvchining boshqa asarlari kabi bu asar ham bolalar haqida. Ammo bu bolalar kattalar tushunmagan va bilmagan narsalarni ko'ra oladi, biladi, tushunadi. Ota-onasidan ayrilishni xohlamay, oilasini barbod bo'lishiga sabab bo'lib qolgan bolakay haqida hikoya qiladi. Jismi nogiron bu bolaning qalbi va aqli soglom va begubor ekanligiga guvoh bo`lasiz…

@bookmark_uz

"MUHABBAT SIMFONIYASI" (Rashod Nuri GUNTEKIN)

Rashod Nuri Guntekinning "Muhabbat simfoniyasi" degan romani bor. Bu kitob juda ham ommalashib ketgan asar emas. Ammo muhabbat izlagan odam o'qishi kerak bo'lgan asar. Muhabbat badalini har doim eng ko'p sevgan odam to'lashini bilamiz. Asar badal to'lamagan ikkinchi insonning qalb isyonlari haqida. Bu asar meni yiglatgan birinchi kitob! Oshiqlarning dil izhorlarini o'qiganda quvonib yiglagan bo'lsam, ular ayrilganda kuyinib yig`ladim. Yigit o'zini o'limga mahkum qilganida esa alamdan dod soldim. O'sha azal va abad savol: “Nega?” degan nido otildi bo'gzimdan. Nahot har kimga ham baxt berilavermasa?! Birga bo'lmas ekan sevish nimaga kerak deb sevgidan nafratlanishimga majbur qilgan ham shu kitob! Sizlarga uni tavsiya etaman.

@bookmark_uz

Davomini bookmark.uz saytida o’qishingiz mumkin!

6 years, 9 months ago

#tomchi

"Ўзига ёрдам бера олганларга Худо ёрдам беради. Мен бу фикрни ўзимдан ҳам тасдиқлайман"

Андрю Робертс — "Буюк Наполеон"
@bookmark_uz

6 years, 9 months ago
6 years, 9 months ago

#Mutolaa_sehriҒафур Пўлатов“Ҳерируд фарёди”

Афғонистон –фиғонистонми?

Шундай китоблар бўладики, муқоваси жимжимадор, номи оҳанжамали, тезроқ ичига кириб, ўқигинг келади, мутолаанинг бир-икки саҳифасидаёқ зерикиб, ҳафсалангиз пир бўлади, шаштингиз қайтади. Шунчаки бундай китоблар жавонингизга зеб бериб туришдан бошқасига ярамайди.

Яна шундай китоблар борки, сурати, кўриниши жўн, оддий муқовали, бир қарашда кўзга ташланмайди, бироқ сийрати, мағзи бутун, китобхонга бир олам завқу-шавқ бағишлайди.

Шунда Мавлоно Румий ҳазратларининг «Инсонларни китоб каби англанг. Муқовасига қараб алданманг, ичини ўқиб чиққачгина моҳиятини биларсиз…» ҳикмати ҳақиқати аён бўлади.

Мен жуда бахтлиман. Бахтим шулки, китоблар дунёси фуқаросиман. Деярли ҳар куни янги бир китоб туҳфа қилишади, энг қувончлиси муаллифлар қўлидан оламан уларни. «Китоб жинниси»га бундан улуғ бахтиёрлик борми?

Бу ишқ – китобга муҳаббат, адабиётга ошуфталик ёзувчилар уюшмасидек қутлуғ даргоҳда насибамни қўшган бўлса, ажаб эмас.

Яқинда муаллиф томонидан тақдим этилган бир китоб мени илк саҳифасидаёқ мафтун этди-қўйди, барча ишни йиғиштириб, мук тушиб ўқий бошладим. Ҳерируд фарёди, Ғафур Пўлатовнинг оромини, ҳаловатини ўғирлаган кунларнинг меваси…

Асарнинг ютуғи унинг табиий, ҳаётийлигида, уни ўқир экансиз воқеликлар, манзаралар жонлана бошлайди. Бевосита ўша жараённинг ичидагидек тасаввур уйғонади. Даҳшатли, шафқатсиз уруш манзаралари гавдаланади кўз ўнгингизда.

Асар ибтидосидан то интиҳосига қадар асосий қаҳрамон тилидан сўзланади. Муаллиф ўзи таъкидлаганидек, «афғончи» қаламкашнинг кундалик дафтари хотиралари жонланади.

Воқеалар ривожи бўлимларга бўлинган ҳолда равон ва текис баён этилган. Буни шунчаки баён дейиш тўғри эмас, чунки жараёнлар шиддати тез ва таҳсирчанки, шунчаки сокин ўқий олмайсиз уни. Муаллиф тасвир, манзарани чизишга, кечинмани жонли ифодалашга усталиги сезилиб туради.Соф ўзбекона иборалар, ташбеҳлар асарга миллий руҳ беради. Мутолаа давомида қаҳрамон билан бирга, китобнинг ичида яшайсиз.

Ҳерируд фарёди номли ҳарбий дала қиссаси қисмат битиклари билан афғон жанггоҳларида хизмат бурчини ўтаган ўзбек йигитининг ўтли фарёди аслида.
Ҳақиқий талатўплар, қирғинбаротларда бевосита иштирок этган гуноҳсиз жонлар қурбонлигига, ёш бошларнинг бевақт жудо бўлганлига гувоҳ бўлган, ўлим даҳшати билан юзма-юз бўлган тийрак нигоҳ, ўтли юрак соҳибининг изтиробли нола-ю, афғони. Муаллифнинг Афғонистон - Фиғонистонми? деган аянчли сўроғи фикримиз инҳикосидир.

Бу жони хатарда бўла туриб, миллат шаҳни ва ғурурини баланд тутган, ўзлигини йўқотмаган эр йигитнинг ҳароратли ҳайқириғи.

Урушнинг манфур башараси, аянчли асоратларидан огоҳ этиб, тинчлик, озодликни қадрлашга қилган даъвати.

Мутолаадан бош кўтарар эканман, вайроналар, харобалар, таназзулга юз тутган манзаралар ичидан гўёки, ёруғлиққа етишгандек, чуқур нафас олдим. Озодлик, ободлик, омонлик, тинчлигимизга қайта-қайта шукрона келтирдим.

✍?Нигора Маннопова, “Кўнгилли китобсеварлар” лойиҳаси раҳбари.

@bookmark_uz

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago