Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Biz yeta olmagan yoki bizda yo‘q ne’matlarga ega insonlar – ko‘zimizga shu ne’matlarni qadriga yetmayotgandik ko‘rinishadi.
Biz ham boshqalarni ko‘ziga xuddi shunday ko‘rinamiz.
Harakatlarimiz biz uchun gapiradi!
Atrofdagi insonlarning qandayligini bilmoqchi bo‘lsangiz, ularning o‘zlari haqida gapirayotgan gaplariga emas, amallariga qarang.
Aytilayotgan gaplar va amallar bir xilmi?
Kichik ishlarda qanday bo‘lsak, katta ishlarda ham xuddi shundaymiz.
Ya’ni, oddiy yoki kichik holatda yolg‘on gapirgan odam, istalgan boshqa holatlarda ham ham yolg‘on gapiradi.
O‘zingizni yaqindan tanimoqchi bo‘lsangiz, o‘zingizning harakatlaringizga tashqaridan qarab ko‘ring.
Eng kichik harakatlar orqali, katta ishlarda ham o‘zimizni qanday tutishimizni ko‘rsak bo‘ladi.
===
Kichik bir do‘kon egasi so‘zlarida "Alhamdulillah" doim ishlatadi, lekin do‘konida sigaretni 15 xil turi bilan sotadi.
Uzun yo'llar haqida
Natijaga tez va sekin erishish, tez boy bo'lishning o'ziga xosliklari, optimizatorlar, uzun yo'llarning afzalliklari, erishish/bo'lish dilemmasi, muvaffaqiyatga kesib chiqishning kamchiliklari haqida gaplashamiz.
*📆 *2025-yil hayotingizga tatbiq qilish uchun eng muhim masahatlar — Aziz Rahimov
3 ta ko'nikma
- Yozish;
- Sotuv;
- Omma oldida gapira olish.
3 ta odat
- Tonggi sport;
- Tunggi analiz;
- Kunduzgi focus.
3 ta kitob
- The Almanack of Naval Ravikant — Eric Jorgense;
- How to fail at almost everything and still win big — Scott Adams;
- Build — Tony Fadell.
3 ta fikrlash (mindset)
- Bu gap menga tegishli;
- Tanlagan soha top 1% bo'lish;
- Katta ha yoki yo'q.
Yaxshi savol berish haqida... 1-qism
Savol berish bu bilim olish kafolati. Shakllantirish muhim bo’lgan ko’nikmalardan biri.
O’zim ustozlar, muvaffaqiyatli insonlar davrasida yaxshi savollar berishni o’rganish jarayonidaman.
Qanday savollar bermaslik yaxshiroq? Qanday savollar berish kerak? Yaxshi savol qanday bo’ladi? Nimalarga e’tibor berish kerak? Post mana shular haqida
Qachon savol so'ramaslik va qanday savollarni so’ramaslik kerak?
Javobini googledan topish mumkin bo'lgan umumiy savollar. Misol uchun “Norvegiyada yashash qimmatmi?”, “Norvegiyada o’qish tekinmi?” Tilni bilmaysizmi, tarjimondan foydalaning.
Savolni avval o’zidan so’rash. Biz odatda savollarimizga javobni allaqachon bilamiz. Biz javob qidiryapmizmi yoki javob beruvchi tomondan tasdiq yoki bahona qidiryapmizmi, buni aniqlab olishimiz zarur. Misol “25 yoshda ingliz tili o’rgansa bo’ladimi?”. Javob bu yerda aniq.
O’ta keng savollarni bermaslik shart. Misol “qaysi sohani tavsiya etasiz?”, “kelajakda qaysi sohalar rivojlanadi?”, “men qaysi sohani tanlay?”. Bu uchun sizni yetarlicha tanimaydi javob beruvchi.
Mavhum bo’lgan savollarni bermaslik. Misol “Sizningcha baxtli bo’lish siri nimada?”
Ko’p so’raladigan savollar. Misol mendan ko'p so'raladigan savol “Norvegiyada shifokor bo’lish uchun nima qilish kerak?”. Katta ehtimol bilan bunga allaqachon javob berilgan. Izlash kerak!
Javobi na sizga, na boshqalarga foydasi bo’lgan savollar. Misol “Oyligiz qancha?”
Javobi aniq “ha” yoki aniq “yo’q” bo’lgan savollar. Misol “Yugurishni tavsiya etasizmi?”, “Treydingni tavsiya etasizmi?”
Savol berishda o’zini reklama qilish yoki aqlli ekanligini ko’rsatish. Nobody cares. Savol reklama bo’lishi kerak emas.
Savolni javob olish uchun emas, o’ziga e’tibor qaratish yoki boshqalarda sizga nisbatan g'amxo'rlik uyg'otish uchun so’rash. Nobody cares.
Kimnidir oilasi haqida savol so’rashda juda ehtiyot bo’lish. Ayniqsa turmush o’rto’gi haqida.
O’zingiz haqingizda savollar? Misol “Nega meni hamma yomon ko’radi?”. How on earth can someone answer this question?
Siyosatshunos yoki teolog bo’lmagan odamdan siyosat va din haqida so’ramaslikni tavsiya etaman. O'zi aslida siyosat borasida savol-jaovbga vaqt sarflash ma'qul emas.
Bir vaqtda bir nechta savol so’rash. Javob beruvchi odam sekretar emaski yozib olgani.
Uzun matn yoki nutqli savol bermaslik kerak. Detallarni imkon qadar qisqa tasvirlab, bir qator gapdan iborat savol bo’lishi
Kimnidir taqvosi, e’tiqodi yoki gunohlari haqida shaxsiy savol berish. Bu 6-punktga ham to’g’ri keladi. Misol “Siz nasha chekkanmisiz, aroq ichganmisiz, namoz o'qiysizmi va hok”. Bunga javoblar hattoki onalardan berkitiladi.
Mana shularni o'zi ham yaxshigina filtr vazifasini bajaradi. Shularni qo'llasak savollarimiz sifati ancha yaxshilanadi. Yaxshi savol bera olish bu ham o'rganish kerak bo'lgan muhim ko'nikma. Vaqt va mehnat talab etadi. Sekinlik bilan natijaga erishiladi.
Bek Olimjon
07.04.2023
Norvegiya
Hayotimda katta o’zgarishlar olib kirgan instrument – maqsad!
Maqsad qo’yib yashashni boshlaganimdan keyin hayotimda katta o’zgarishlar boshlangan.
Atrofdagi yaqinlarimga ham buni doim tavsiya qilib kelaman.
Nega?
Sababi, inson dangasalik qiladi, yaxshi-yomon kunlar bo’ladi va hokazo.
Lekin, shunday holatlarda bizni harakatga keltiruvchi eng kuchli triggerlardan biri - bu oldimizga qo’yilgan maqsadimiz deb o’ylayman.
Menda bu ishladi, qolganlarda bilmadim 🙃
Bugun shu mavzuda hayotimizdagi kichik tajribalarni yaqin birodarlarimiz bilan podkastda gaplashmoqchimiz.
Qiziq bo’lsa kirishingiz mumkin - https://www.youtube.com/live/DMkBKpvbaU0?feature=shared
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago