Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Marketingda keyingi "level"ga chiqmoqchimisiz?
Agar siz marketing sohasida endigina faoliyat boshlayotgan bo‘lsangiz yoki bu yo‘lda allaqachon bir necha yil tajribaga ega bo‘lsangiz, siz uchun maxsus individual marketing darslarini taklif qilaman. Ushbu darslarda sizning marketingdagi o‘ziga xos ehtiyojlaringiz va maqsadlaringizga moslashtiriladi hamda real hayotda amalda qo‘llanadigan chuqur marketing bilimlarini o'zlashtirasiz.
Kursning afzalliklari:
• Shaxsiy yondashuv: Sizning maqsadlaringiz va tajribangizga qarab, aynan siz uchun moslashtirilgan maxsus reja asosida darslar tashkil qilinadi. Bu esa individual rivojlanishingizni tezlashtiradi
• Amaliy ko‘nikmalar: Har bir dars amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, siz marketingda o‘rgangan bilimlaringizni qanday qilib haqiqiy biznesda muvaffaqiyatli qo‘llashni o‘rganasiz
• Moslashuvchan vaqt: Sizning ish vaqtingizga mos holda darslarni tashkil qilamiz, bu esa bilim olishingizga qulaylik yaratadi.
• Xizmatlaringizni qimmatga sotish: O‘z mahsulotlaringiz yoki xizmatlaringizni qimmat narxda muvaffaqiyatli sotish uchun maxsus strategiyalarni o‘rganasiz. Bu bilimlar uzoq muddatli mijozlar bilan ishlashni osonlashtiradi.
Dars davomiyligi va narxi:
• Har bir dars 2 soatda 2 oy davom etadi, shaxsiy yondashuv bilan darslar hafta davomida siz uchun qulay bo‘lgan vaqtda tashkil qilinadi.
• Narx va dars modullari haqida batafsil ma’lumot olish uchun menga murojaat qilishingiz mumkin. Har bir o‘quvchi uchun alohida dastur va narxni belgilaymiz.
Men olamshumul va’da bermayman, lekin:
Zo‘r bilim olishingizga kafolat beraman! Ko‘p pul topishingizni va’da qilmayman, ammo muvaffaqiyat sari olib chiqadigan kuchli bilim va ko‘nikmalarni albatta o‘rgataman. Agar o‘rganganlaringizni amalda qo‘llasangiz, albatta natijalarga erishishingiz kafolatlanadi.
Sizdan talab qilinadi:
Til bilishingiz juda ham yaxshi katta ustunlik beradi, bilmasangiz ham muammo yo'q. Yoshingiz 18 yoshdan - 25 yoshgacha bo'lgan yigit va qizlar olinadi.
Fundamental Marketing bazangiz bo'lishi kerak va zarur.
Agar yaxshi o'rgansangiz va harakat qilsangiz ish kafolatlanadi.
1-Oktabrga qabul yopiladi.
Faqat Bir kishi olinadi hamda Pullik.
Agar sizda individual shogirdlikka tushish istagi paydo bo'lgan bo'lsa menga aloqaga chiqing!
☎ Aloqa uchun: @muslimansoriy
Bugungi tanbehni unutolmasam kerak…
Hammasi 1 oycha oldin boshlandi. Men hamda Suhrob zapusk va marketing bo’yicha bir insondan ta’lim olishni boshladik.
- Kim ekan deysizmi?
Menimcha tanimaysiz. Ismlari Sardor aka, infobiznes va marketing bo’yicha kuchli mutaxassis. (Maqtashganidan ham ancha kuchli ekanlar)
Xullas, asosiy gap boshqa tarafda,
Darslar boshlandi va men qattiq jarayonga kirishdim.
(O’zi odatda shunday qattiq kirishib boshlayman va davomida biroz tushushish boshlanadi, yoki teskarisi)
Bilmaganlarim va amaliyotda qo’llamaganlarim ko’pligidan ustozga tinimsiz savollar berardim, telegramdan yoki sms orqali so’rayverardim. O’zim o’ylaganimdan ham yaxshiroq o’rgana boshladim. Chunki Sardor aka har bitta qilayotgan ishimni mohiyatini tushunishimga majbur qilardilar! Bilasizmi nima - yanada bilimsiz va tajribam kaaaaaam ekanligini tushuna boshladim.
Lekin bugun,
Bugun yaxshigina tanbeh berdilar!
⁃ Nega deysizmi?
Chunki men biroz sustlasha boshlagandim. Ammo bugun aytgan gaplari gangitib qo’ydi. To’g’ri bu juda ham oddiy gap edi, ammo meni o’zgarishim uchun aytilgandi.
O’zimni xuddiki men uchun boshqa insonlar harakat qilayotgandek his qildim. Go’yoki dengizni qoq o’rtasidaman-da ikki qo’limdan ushlab ularni boshqa inson harakat qildirayotgandek desak ham bo’ladi…
Bugungi darsda deyarli savol bermadim, boshlanishidagi bittani hisobga olmagan-da)
Nega? Chunki hayolim yuqoridagi fikrlar bilan band edi. Ammo xulosa odatdagidan boshqacha bo’ldi
Xulosa - Ustozni jim tinglash, berilgan vazifalarni esa aytilgan vaqtda bajarish va qayta tahlil qilish kerak ekan!
Shunda yakuniy natija o’zgaradi. Chunki siz jim tinglaganizda eshitasiz, amalada qo’llaganizda o’ragasiz va qayta tahlil qilganizda o’rganganiz tajribaga aylanadi!
Aytgancha bugungi darsning mavzusi “Shaxsiy brend va Pozitsiya” bo’yicha bo’ldi va ko’z oldimda tizimli yo’l xaritasi turardi.
Agar qiziq desangiz o’z insaytlarim bilan keyingi postlarda bo’lishaman!
Hammaga rahmat, o’zimizni gap - Omadingizni bersin!
Aniq sizni javobiz kerak!
Sizningcha quyidagi 3 sarlavhadan qay biri davomini o’qishga majbur qila oladi? ?**
Instagramda bu 3 narsani bilmasdan turib rekomendatsiyaga chiqa olmaysiz
Kreativ kontent tayyorlashni boshlang yoki sizni sindirib qo’yishadi
Kontent marketing | Ijtimoiy tarmoqlarda savdo qilmoqchi bo’lgan barcha buni bilishi shart
Izohlarda o’z variantingizni yozib keting! ⤵️**
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago