Nozima on-air 💌

Description
🩸Ilk bora @reuze_blog loyihasi orqali matoli prokladkalarni tanitgan ayol

🤱🏻Ongli tayyorlanib, farzandini o’z uyida dunyoga keltirgan ko’p farzandli ona

👩🏻‍🎓UK diplomli Simptotermal Metod treneri (kontrasepsiyasiz saqlanish)

🌿Giyohlar, tabiiylik
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

10 months, 2 weeks ago

Mana shu videoda perineal massaj ko’rsatilgan. Xomiladorlikning 34-haftasidan keyin deyilgan

10 months, 2 weeks ago
Mana shu rasmda perineum qayerda joylashgan …

Mana shu rasmda perineum qayerda joylashgan va qanday yirtilishi mumkinligini ko’rishingiz mumkin

10 months, 2 weeks ago
10 months, 2 weeks ago
10 months, 2 weeks ago

Рождение мамы - Аня Семенюк

Tabiiy yo’nalishdagi akusherka o’zining uydagi tug’rug’ini boricha, juda ham chiroyli tarzda tushuntirib, ko'rsatib bergan.

Farzandi boshi bilan emas, orqasi bilan kelganda qanday qilib o'zini yo'qotmasdan tug'ib olgani haqida ilhomlantiruvchi kichik bir hujjatli film♥️

10 months, 2 weeks ago

https://youtu.be/jc_I5cYNiXk?si=dc4BdhK7I952sYg6

YouTube

«Рождение Мамы» - документальный фильм, мои роды без боли.

Рождение мамы. Роды без боли. 2021. В этой документальной истории я, Аня Семенюк, акушерка естественного направления, преподаватель йоги для беременных, гипнотерапевт и мама двоих девочек, расскажу и наглядно покажу, что нужно для здоровой и счастливой беременности…

10 months, 2 weeks ago

Uydagi tug’ruq haqida YouTube va instagramda judayam ko’p videolar ko’rganman))

Siz bilan ham eng saralarini havolasi bilan orada bo’lishib ketishga qaror qildim?

10 months, 2 weeks ago

Hayrli tong♥️

Placenta haqidagi postim biroz kechikadigan bo’ldi, chunki ancha ma’lumot yodimdan ko’tarilgan ekan.

Chala ma’lumot berishni yoqtirmayman, shunga yana kitoblarni titkilashni boshladim ?

Siz kuting)) albatta chiroyli qilib yozib, taqdim etaman

10 months, 2 weeks ago

⁃ Tug’ishidan oldin UZI qilmaganmidinglar?, deya kimdir baqirayotganini eshitdim.
⁃ Yo’q, o’zi kelishi bilan tayyor pishib keldi, shundoq rodzalga oldik.
⁃ Xudo bir asrabti, yana uyda tug’moqchimiding? Bolangni yo’ldoshiga qanaqa o’ralib tug’ilganini ko’rdingmi?!

Pinagimni ham buzmasdan: “Yoʻldosh o’ralib qolishi bolani o’ldirmaydi, u hali o’pkasida nafas ololmaydi, yoʻldosh orqali nafas oladi. Placentani kesmasdan turinglar, bolam u bilan ko’proq yotsin” deganimni bilaman, atrofdan:
⁃ voy, bu nima divotti?!
⁃ voy, san judayam aqlli ekansaneee!
degan e’tirozlarni eshitdim.

Yo’ldosh arqonini qo’limda ushlab oldim, lekin yonimga (hayotidan hafa) neanatolog kelib:
⁃ Mana, ko’rvossanmi oppoq, hamma qon o’tib bo’ldi, kesib tashlash kerak
deb yo’ldoshni arqonini qo’limdan tortib oldi.
⁃ Yo’q, 5 daqiqayam bo’lmadiku, iltimos kesmay turing, hech bo’lmasa 30 daqiqa tursin
deb yalinishimga qaramasdan, nimalardir gapirib, jaxli chiqqanini bildirib, shartta kesib tashladi.

Shu payt bachadonim yana kuchanayotganini sezdim va bu safar yo’ldoshim tug’ildi. Bolamni xamshiralar bag’rimdan olishdi. Doktor tekshiruv o’tkazib, “razriv” bo’lmaganini tasdiqladi va yonimga yaqinlashib, qornimni siqmoqchi bo’ldi. Birinchi tug’rug’imdan keyingi achchiq xotira - orqamga temir “sudna” qo’yib, qornimni limon kabi ezib, siqishgani yangilangandek bo’ldi. Birinchi marta tuqqanim uchun, bunday amaliyotni norma deb tushunganman. Lekin, bu safar tayyorlanib kelgandim va doktorni qo’llarini siltab, qornimdan olib tashladim. Hayratda qolgan ayol: “San hozir aqling bilan ish qilmayapsan, qonni siqib chiqarmasa yomon bo’ladi”, deb qo’rqitishga harakat qildi.

Oldimga ukol ko’tarib xamshira kelayotganini ko’rdim va endi qat’iyat bilan: “Manga hech qanaqa ukol/kapelnitsa qilishingizga ruxsat bermayman” dedim. Doktor bu qiliqlarimni ko’rib, tashqarida turgan erimdan hammasiga ruxsat olib kelmoqchi bo’ldi. Erim mani xarakterimni biladilar, qilmayman degan narsamni - o’ldiraman deb qo’rqitishsa ham qilmayman. Shuning uchun doktorga: “o’zi biladi, etganini qilinglar” deb hafsalasini pir qilib jo’natganlar.

Bir tarafdan ginekolog bilan kurashayotgan bo’lsam, ikkinchi tarafdan neonatolog kelib, bolamni ko’ziga “тетрациклиновая мазь” surtaman, vitamin K ukolini qilaman deb turibti. Yanada kuchli qat’iyat va bor ovozim bilan: “Man bilan bolamga hech qanaqa aralashuv qilishinglarga ruxsat bermayman, nima «отказ» yozish kerak bo’lsa, hammashini yozaman deb baqirdim.

Neonatolog bolamga Apgar shkalasi bo’yicha 7 qo’yganini, tug’ilishi bilan ko’kragim uchini olishga kuchi ham bo’lmagani, juda baxtli tasodif bilan o’zim tug’ib olganim, agar UZI qilib tekshirishganda, bunaqa o’qiga o’ralgan bolani faqat kesareva qilib tug’dirish kerakligini jaxli chiqib gapirdi va yana u ham erimga arz qilish uchun chiqib ketdi.

Bu orada bolamni kiyintirib, yana o’zimga berishdi va men uni emizishga harakat qildim. Qornimni siqishni rad etganimdan keyin, yonimga yana bir xamshira qon ketib qolishi oldini oladigan tabletka ko’tarib keldi. Qo’lidan olib og’zimga solgandek bo’ldim, lekin baklashkadagi suvimni olib bergunicha qo’limga qaytib tuflab chiqarishga ulgurdim ?

Erimni oldidan “tarvuzi qo’ltig’idan tushib” qaytib kelgan neonatolog bolamdan yana ayb topmoqchi bo’ldi. Qarasaki, bolam pishillab ko’kragimni emib yotibti bag’rimda, so’rish refleksi juda joyida ekanligini ko’rib, jaxl aralash oxangda: “palataga chiqishing bilan hammasini «отказ»ini qog’ozga yozib berasan” deb chiqib ketdi.

Shunday qiyinchiliklar bilan o’zimni va bolamni himoya qildim va ertasigayoq, 26-aprel Yakshanba bo’lishiga qaramasdan, qog’ozbozlik ishlarini tugatib, “sassiq” gaplarni, qo’rqitishlarni eshitib, barcha ma’suliyatni o’z bo’ynimga olib, uyimizga ravona bo’ldik (xisoblasam, roddomda 10 soat ham bo’lmabman).

Aynan shu tug’rug’imdan keyin tabiiylikning kuchiga yana bir bor amin bo’ldim, o’zimga ishonchim ortdi. Tanamiz mukammal yaratilgani va unga halaqit bermasa, oson tug’ish mumkinligiga qattiq ishondim.

#tugʻruq_hikoyam davomi bor

10 months, 2 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 4 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago