?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month ago
Asarni Abdukarim Mirzayev nutqi ostida tinglash esa o’zgacha taassurot qoldiradi:
? Asar nomi: Chingizxonning oq buluti
? Asar janri: Qissa
© Asar muallifi: Chingiz Aytmatov
XX asr. Shaxsga sig'inish, qatag'on, o'sha Stalin hukm surgan yillar. Movarounnahr va Sharqiy Osiyoning shonli yerlarida nomini asrlarga muhrlagan qahramonlar bilan birgalikda sotqinlik va ikkiyuzlamachilikdan boshqasiga yaramaydigan mansabparastlar tug'ilib, tarbiya topgan zamonlar.
Yugoslaviya partizanlik harakatlarida qatnashganlik, sovet tuzumiga xiyonat qilganlikda ayblanayotgan, aybini tan olish uyoqda tursin, bu ishlaridan hali o'zi ham bexabar ota... Turkiy ota – turkiy ayblanuvchi; turkiy tergovchi – ayblanuvchining yonidan topilgan 2 varoq hikoyani qarshi dalil sifatida ko'tarib, amallab aybini bo'yniga qo'yib, "yuqoridagilar" oldida obro' qozonishni maqsad qilgan battol tergovchi.
Ayblanuvchi yonidan topilgan hikoyaning biri kichik va mashhur: manqurtga aylangan o'g'il haqida. Ikkinchisi asarning nomida aksini topganidek Temuchin bilan bo'g'liq tarixiy voqea. Adibning bu mahorati o'quvchining ko'z o'ngida tarixning ikki qora sahnasini birdek gavdalantiradi.
Muallif voqealar asnosida Chingizxon haqidagi qissaga alohida toxtalganida ramziy ma'no bor(mikan?)
? Asar nomi: Abu Rayhon Beruniy
? Asar janri: Roman
© Asar muallifi: Isajon Sulton
Zamonaviy yozuvchi Isajon Sulton qalamiga mansub mazkur asar Beruniy shaxsiyatini yangicha yondashuv bilan namoyon qilgan tarixiy roman hisoblanadi.
Abu Rayhon Beruniy qomusiy olim, Sharq uyg'onish davrining yirik namoyandalaridan biri bo'lgani uchun uning shaxsiyati ko'pchilikka ma'lum va mashhur hisoblanadi. Shunga qaramasdan, Isajon Sulton mazkur romanni yozishga qo'l urar ekan, boshqa yozuvchilar bosib o'tmagan yo'ldan yurishga harakat qiladi.
Avvalo, asarning e'tirofga sazovor jihati shundaki, roman faqat muallif yoki bittagina qahramon tilidan hikoya qilinmaydi. Asar hikoyachilari - Beruniy bilan suhbatda bo'lgan kishilar, o'z davrining olim-u fozillari hisoblanadi.
Romanning o'qishli bo'lishini ta'minlagan yana bir jihat - bu voqealar liniyasining ko'p tarmoqliligidadir. Romanda G'aznaviylar sulolasi davridagi muhit jonli tasvir vositalari orqali kitobxonga taqdim qilinadi. Mahmud G'aznaviy va Beruniy o'rtasidagi munosabat va suhbatlar bu ikki shaxs ichki olamini ochib berishga xizmat qiladi.
? Asar nomi: "Ajal ta'qibi"
? Asar janri: hikoyalar toʻplami
© Asar muallifi: Somerset Moem
Ingliz yozuvchisi. Fransiyadagi Britaniya elchixonasida xizmat qilgan. Geydelberg universitetida, keyin Londondagi tibbiyot institutida tahsil ko‘rgan.
Qahramonlarning ruhiy olamini teran ochib bergan, badiiy so'z imkoniyatlarini yuksak mahorat bilan namoyish etgani bois Moem asarlari juda ko'plab tillarga tarjima qilinib, aytish mumkin bo'lsa, millionlab o'quvchilar e'tiboriga tushgan.
Yozuvchi kitobxonni inson ruhiyatining murakkab dunyosiga olib kiradi, hayotga yangicha nazar bilan ham kuyunib, ham kulib qarashga majbur qiladi.
Adib asarlariga xos bo'lgan jonli, aniq-tiniq, rostgoʻy va samimiy til ularning berilib, katta qiziqish bilan o'qilishini ta'minlaydi.
Ushbu asar esa hikoyalar toʻplami hisoblanib, unda siz turli xil ajablanarli darajadagi qiziq hikoyalar bilan tanishishingiz mumkin. Ularning har biri o'ziga xos uslubda yozilgan va oxirida bo'ladigan keskin o'zgarishlardan kishini zavqlantiradigan hikoyalardir.
✨Birov tekshirib turmaydigan amal odamni buzadi.
✨Yoʻl oʻrtasida yotgan toshning oʻziga yarasha xosiyati bor, lekin shunday boʻlsa ham uni olib tashlash kerak.
✨Ular mendan qoʻrqadilar, shuning uchun meni oʻldirishmoqda.
✨Hamma ayb qimir etmay oʻtirishda – hayot turgʻunligida.
©Soʻna
? Asar nomi: So'z latofati
? Asar janri: Ilmiy-ommabop
© Asar muallifi: Erkin Vohidov
Olamni oxirigacha anglab bo'lmaganidek, so'zning ham tubiga yetish imkonsizdir. Biz ko'zlamoq, ko'zgu so'zlarining ko'zdan kelib chiqqanini bilamiz, lekin nima uchun ko'z ko'z deyilganini, nega uni birov ayn, birov chashm, birov glaz, birov ay deb atashini bilmaymiz. Nega toshni bizning ajdod tosh degan, boshqalar xajar, sang, stoun, shtayn ataganlar, buni bilolmaymiz. Biz faqat farazlar qilamiz, asl haqiqatlar esa sirlar ummoni tubida yotibdi.
Mazkur kitobdan til bilan bog'liq shoirona tadqiqotlar o'rin olgan. Biz har kuni ishlatadigan ko'p so'zlar bugungacha qanday yo'lni bosib o'tib, qay tariqa o'zgarishga uchragani juda qiziqarli tarzda bayon qilinadi.
"Muhtasham yuz yil" filmini ko'rganlar yaxshi biladi: sultonlar tashrif buyurishidan oldin jarchi "dastur" deb hammani ogohlantiradi. Shu so'zning hozirgi dasturxonga aloqasi bormi? Axir dastur deb tartibli yo'l-yo'riqqa yoki ketma-ketlikka aytiladi. Dasturxonga ham turli noz-ne'matlar did bilan tortiladi. Mazkur asarni o'qigan kitobxon biz har kuni foydalanadigan dasturxon "dastor" so'zidan kelib chiqib, qanday qilib bugungi dasturxonga aylanganini bilib, kulib qo'yadi.
Asardagi xilma-xil qiziqarli ma'lumotlar va samimiy hazillar o'quvchini zeriktirib qo'ymasligi shubhasiz.
? Asar nomi: Hojimurod
✍ Muallif: Lev Tolstoy
? Asar janri: Qissa
Lev Tolstoyning "Hojimurod" qissasi jahon adabiyotida salmoqli o'ringa ega bo'lgan asar hisoblanadi. Asar nomidan ma'lumki, qissa markazi Hojimurod obrazi turadi.
Hojimurod kim? Hojimurod - Vatan ozodligi yo'lida kurashgan chechen farzandidir. U o‘z davrining ijtimoiy - siyosiy jarayonlariga boshqalardan farqli o‘laroq mustaqil va shaxsiy fikriga ega komil inson sifatida gavdalantiradi. Hojimurodning ruhiy holati, ijtimoiy ongi, dunyoqarashi uning boshqalar, atrofidagilar bilan bo‘lgan suhbatida ochib beriladi. Yozuvchi nimaga aynan bosh qahramonining millatini chechen qilib oladi? Chunki ularda vatanparvarlik ruhi va qoni qaynoqlik, jasurlik xosdir! Aynan shunday markaziy obraz qolgan obrazlarni atrofida jipslashtirmog‘i lozim edi. Hojimurodning Voronsov, Melikov, G‘amzat, Mariya Vasilyevna, Meller kabi obrazlar bilan suhbatida haqiqiy shaxs sifatidagi qiyofasi ochiladi.
Asarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, uni o'qiyotgan inson "men rus adabiyotidagi asarni o'qiyapman" deb o'ylamaydi. Sababi - yozuvchi asarni ortiqcha balandparvoz so'zlar-u murakkab tushunchalarsiz, sodda tilda ravon bayon qiladi.
Hojimurod - faqatgina Kavkazorti davlatlarining rus istilosiga qarshi kurashidagi qahramon emas, o'z yurtini himoya qiladigan har bir insonni Hojimurod desak arziydi.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month ago