?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
? Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
? @Edu_murojaatBot
Last updated 2 months, 2 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Ertlalab qarasam qo'shnimni o'g'li ukasini maktab servis mashinasiga mindirib shofyorga "meni ham shu joygacha tashlab keta olasizmi?" deyapti. Shofyor olmadi. Haqli, chunki bu mas'uliyat. Bir narsa bo'lsa javob berishi bor, Xudoyim asrasin. Odatda onasi bilan ketardi, onasini mashinasi ko'rinmadi. "Kel, dedim, men tashlab ketaman seni." Bola xursand bo'ldi.
Ma'lum bo'lishicha onasi eski ishidan bo'shab, boshqa ishga kiribdi, har kungi vaqtdan erta chiqibdi yo'lini o'rganguncha. O'rta maktabdagi bola esa bizning tikka yo'lni bu sovuqda piyoda yurib chiqishga yuragi betlamayotgandi. Mahsinasi yo'q bolalar majbur chiqadi bu yo'lni, ularni ko'rib achinaman, masofa uzun emas, lekin yo'l tikka, orqada 6-7 kglik sumka bilan bu yo'lni bosib o'tish juda qiyin bolalarga. O'zimiz ham azobini tortdik vaqtida, lekin uyga qaytish oson, tepalikdan pastga yugiriklab tushaverasiz. Bolani maktabiga yaqin joyda qoldirdim.
Amir Bahodir:
- Ona, endi sizga savob yozildimi?
- Yozilgandir Xudo xohlasa, kulaman.
- Menga yozildimi?
- Ha, dedim senga aqlli bola bo'lib o'tirganing uchun ko'proq yozildi Xudo xohlasa...
Qiyin ahvolga tushib qolgan tadbirkorlarimizni qo'llab-quvvatlaydigan mana shunday boylarimiz ham ko'payaversin:
Oxirgi kunlarning eng yaxshi xabari shu bo'ldi men uchun. Saxiy insonlar uyi yo'q bir oilaga uy sovg'a qilishibdi. Jo'mard boylar soni ko'payaversin iloyim:
https://www.instagram.com/p/DEQlM-eNASK/
Turk tilida "turp gibi" degan ibora bor. Sog'lom degan ma'noni bildiradi.
Turp sog'liqqa foydali, modda almashinuvi, ovqat hazmini yaxshilaydi.
Ajdarni "Turp gibiyim turp turp" degan ashulasini eslavordim:)
Televizor yoqiq turgan bo'lsayam kitob oqib tushunadiganlarga hayron qolaman.
Men kitob o'qishim uchun tiiinch joy bo'lishi kerak, diqqatim faqat kitobda bo'lishi shart.
Siz qanday sharoitda kitob o'qiysiz?
Yangiliklarda Suriyaga qaytayotgan suriyaliklarni ko'rsatishyapti. Xabaringiz bor Turkiyada 4 millionga yaqin suriyalik bor.
E'tiborimni tortgan narsa yoshlarning turk tilini juda ravon gapirishgani. Ayniqsa Turkiyada tug'ilgan suriyaliklarning turk tilisi bu yerdagilardan farqsiz. Yoshi kattalar esa turk tilida biroz qiynalib gapirishadi.
Til qanchalik kichkinalikdan o'rganilsa shunchalik yaxshi o'rganiladi..
Hozirgacha 124 mingdan ko'p suriyalik vataniga qaytibdi..
Amir Bahodir ham akasiday yerda o'ynab tizzalarini yirtishni boshladi. Akasiga qaraganda kamroq yirtyapti shukr, akasi haftada bir tizza yirtardi. Bugun yangi ikki shim olib, akasining eskilariga yamoq tikkan kunlarimni esladim. Yoshi kattardi, yamoqli shimlari uyda turardi. O'zi yangi faqat tizzada yamoq. Bu orada 5 bolali Afg'onistonlik oila bilan tanishdik. Urushdan qochib kelgan oilaning hech narsasi yo'q edi. Tanish-bilishlar qo'ldan kelguncha yordamlashdik, 5 bolaning ishi osonmas..
Bir kun yamoqli shimlarni olib kelsam xafa bo'lmaysanmi tortinibgina so'radim. Men ham kiydirdim, o'g'il bolalar ko'p yirtadi, dedim. Shunda ayolning o'sha kungi gapi haligacha esimdan chiqmaydi.
- Opa men nimamga nozlanaman, bolalarimning joni sog'-ku eng muhimi, sizning o'g'illaringiz kiyganni menikilar mazza qilib kiyadi opa.
Mana Germaniyaga oilaviy qabul qilinib ko'chib ketishganiga ham 2 yildan oshdi..Bu oilaning menga o'rgatgan hayot falsafasi anchagina..
Ozga shukr qilmagan ko'pni topa olmaydi...
Dunyoning 40dan ortiq tiliga tarjima qilingan ushbu fantastik romanni o'qiyapman. Roman qahramoni mojarolardan mojarolarga sakrab yuribdi. Men ham tushimda yo'l qidirib yurgandim. Kundalik hayotimizdagi voqealar, o'qiyotgan asarlarimiz albatta miyamizga, tushlarimizga ta'sir qiladi.
Telefon bilan ovora bo'lib uxlagan kecham yaxshi uxlay olmayman, kitob o'qib uxlagan kecham esa tushlarim ham chiroyli bo'ladi.
Shunday ekan uxlashdan oldin albatta sizni sokinlashtiradigan yaxshi asarlarni o'qing!
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
? Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
? @Edu_murojaatBot
Last updated 2 months, 2 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month, 3 weeks ago