Asad Ongarbaev | Nisbiy fikrlar

Description
– Dush qabul qilayotganimda kelib qolgan fikrlar.

O'zimni aqlli ko'rsatish uchun blog yozaman :)

Playlist: @birtiyinlik

Reklama olinmaydi/almashilmaydi.

@CAXAPSHOU
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

7 months, 1 week ago

Xayrli kech. Sizga bloglar ichida fikrlashga undaydigan eng yaxshi sahifalarni ulashmoqchimiz.

Siz barcha kanalga pastdagi link orqali bittada qo'shilishingiz yoki o'zingizga yoqgan kanalni tanlashingiz mumkin. Marhamat:

Barcha kanallar

@Missologiya — reallikka yaqinlashamiz!

@fineest1 — aralash mulohazalar

@herpostsrhere — fikrlar oqimi

@asadbecko_blog — mahmadana bolaning "aqlli" gaplari

@js_days — balkim foydasi tegar

@batiruralov — shunchaki shaxsiy fikrlar

@Parvozett — Kayfiyat, hayotga muhabbat

@arkhamites — Tarix va Siyosat

@kommentolog — kitoblar borasida degustatoringiz

Telegram

Personal

gokushima invites you to add the folder “Personal”, which includes 8 chats.

7 months, 2 weeks ago

O'zimiz loyiqmizmi?

Har doim odamlardan nimadir kutib noliymiz. Yana kutganimizdek boʻlmay qolsa xafa bo'lamiz. Lekin o'zimiz shu narsaga loyiqmizmi o'ylab ko'rmaymiz.

Yaxshi oylikka, yaxshi joyda ishlashni xohlaymiz, lekin o'zimiz loyiq emasmiz.

Yaxshi do'stimiz bo'lishini xohlaymiz-u, o'zimiz qanaqaligimizni bilmaymiz.

Ota-onamizga jaxl qilishni bilamiz-u, oqil farzandmizmi yo'qmi o'ylab ko'rmaymiz.

Kuchli jamoamiz bo'lishini xohlaymiz, kuchli lider bo'lishni bilmaymiz.

Yaxshi odamlar qolmayabdi deymiz, lekin o'zimiz shularga loyiqmizmi...

Birinchi qadamni o'zimiz tashlashimiz kerak, agar hech narsa o‘zgarmasa bemalol nolisak bo'ladi, lekin albatta nimadir o‘zgaradi.

8 months ago

Kecha yaqinda instagramda "Dubayda 2 hafta dam olish uchun qancha harajat ketadi" degan video ko'rib qoldim. Kommentariyaga kirsam bitta odam "Eh meni shuncha pulim bo'lganda ehson qilgan bo'lardim" deb yozibdi. Keyin o'ylanib qoldim. Nimaga odamlar yaqin orada sodir bo'lmaydigan narsalarni rejalashtirishda ularni ideallashtirib yuboradi?

Aytmoqchi bo'lganim, masalan agar sizdan keyingi oyga kunlik rejalaringizni yozing deganimda katta ehtimol bilan ularni orasida har kuni 5da turish, 2-3 soat kitob o'qish, o'z soham bo'yicha yangi narsa o'rganish vahokazo foydali narsalar bilan to'lib ketardi. Lekin ertaga nima qilishingizni yozing desam
oddiy, mayda-chuyda narsalar yozardingiz.

Yangi yil bilan ham shu holat. Yangi yil uzoq bo'lgani hamma 1-yanvardan zalga chiqish, kuniga 1ta kitob tugatish, yangi til o'rganish kabi narsalarni yozadi.

P.S. Garov o'ynayman siz yozgi 3 oylik dam olishda biror bir foydali ish bilan shug'ullanaman deb reja qilgansiz :)
P.P.S. Blog yozmaganimga 1 oydan oshibdi. Yozishdan chiqishib ketibman.

9 months, 1 week ago

Orzularing o'zingnikimi?

Esingdami senda katta bo'lsang kim bo'lasan deganida nima deb javob berganding? Ko'pchilik 5 yoshda - harbiy, 8 yoshda - prezident, 10 yoshda - biznesmen va 15 yoshda "Shu biror kresloning egasi bo'lsam bo'ldi-da" deb javob beradi. Lekin gap bu haqida emas.

Hech qiziqib ko'rganmisan, shu biz xohlayotgan orzularimizni o'zimiz ich-ichimizdan haqiqatdan ham xohlaymizmi? Afsuski, ko'p hollarda yo'q. Ota-ona, mahalla-ko'y, jamiyat xohlagani uchun shu mening orzuim deb o'ylaysan.

Bolada orzu shakllanishiga eng katta sabab bu u joylashgan muhit. Oldin aytganimdek, mening uyimdagilar doktor va uyimdagi hamma kitoblar shunga oid bo'lsa men ham medicinaga qiziqishim mumkin. Lekin, uyimdagilar xohlaganligi uchun emas o'zim qiziqganligim uchun shu sohaga topshiraman. Bunaqa qilib bolani qiziqishini orttirsa zo'r. A bizda nima qilishadi, bola medicinani 'm' harfini ham tushunmasa da ota-ona "o'glim soqqani bari medicinada" deb medicinaga o'qitishadi. Keyin undan o'z ishini sevmaydigan sifatsiz kadr yetilishib chiqadi. Men bunda ota-onalarni ayblamoqchi emasman. Ular ham farzandlarim yaxshi yashasin deydi. Farzandining o'z yolini topishida riskka yo'l qo'yishni istamaydi. Agar siz o'zingiz xohlaydigan sohani ota-onangizda tushuntira olmayotgan bo'lsangiz shunchaki natija ko'rsating. Ular keyin deb ishonishadi. Masalan, ITni ota-onangizga tushuntira olmasangiz shunchaki pul topib ularga bering. Shuni o'zi yetadi.

Va yana hozir yuridika, ekonomika, medicina kabi fakultetlarga topshirish avj olgan. Bunga ham shu ota-onalar sabab. Ularning paytida bu sohalar yaxshi bo'lgan lekin o'zlari o'qiy olishmagan shuning uchun o'zining orzusini bolalariga "yuqtirgan". Xudo bilsin biz bollarimizga kibersportsmen bo'lasan deb turib olamizmi :) Bu narsa, ya'ni sizning orzuingizni bolalaringizga o'tkazish zanjir bo'lib davom etaveradi. Bu zanjirni kimdir uzishi kerak. Yoki qanchadan qancha odamlar baxtsiz o'tib ketishadi.

Xo'sh, endi senga savol "Orzularing o'zingnikimi?"

9 months, 2 weeks ago

Amalda yo'q
Qo'shnilar "chiqinglar" deydi. Borsang kutishmaydi.

Kelinglar mehmonga deydi. Aytmaydi manzilni.

Ko'rishamiz deydi. Vaqtini aytmaydi.

Yiliga yuzlab kitob o'qidi. Hayotida qo'llab bilmaydi.

Keltirsak misollar ko'p. Xalqimiz juda gapga usta lekin amalda qo'llashga kelganda esa qo'lidan kelmaydi.(Hammaniyammas)

9 months, 3 weeks ago

Introvertiklar, nima gap?

Tekstrovertlikni kasb qilganlar realda to'rtta odamni ortidan ergashtira olarmikin, elita? Senchi? Yo faqat setdami?

Mediaga chiqib, oratoratsiyasi bn inflyuens beradiganlar ko'proq hurmatga loyiq. Da, men hali media odami emasman.

No, planlarim shu yo'lga qaratilgan. Tekst yozish - bu bir instrument. O'sha yo'l uchun fundamentning bir elementi.

Mediada lifestyle'im bn qachondir realno paydo bo'lsam ham, self-analyse'im tekstrovertlikda qoladi, albatta.

Chunki o'sha sen va men tanigan, hammayoqni portlatib yuborgan, orator - Teyt ham best speaker'ligini fikrlarini yozish bn bog'laydi.

Asadbecko ukaxon shu haqida yozibdi, blog ochib, yozishni boshladim, nimadir o'sayotganini sezyapman deb. Vot eto daaa.

Self-analyse uchun, fikrlaringni tartiblash va progress qilish uchun, real massa ichida inflyuens ulushingni kvant sakratish uchun eng zo'r metod - bu yozish!

Gaplaring kak budto chatgpt bo'lib chiqadi, ummm ummm ummm deb shiltalanmaysan, konkret-konkret gapirasan, so'zing o'tkir bo'ladi. Odatga aylantir, elita. No umring faqat shu bn o'tib ketmasin✌️

@ceotony

9 months, 3 weeks ago

Ogʻriq bu vaqtincha, lekin afsus abadiy

Mashhur tadbirkor va motivator Gary Vaynerchukning bir ajoyib gapi bor: "Qariganda afsuslanishni xohlamasang, qarilar bilan juda ham ko'p suhbat qur". Ba'zida yoshi ulug' insonlardan "Qaniydi yoshligimga qaytsam-u, haydovchi bo'lmasdan musiqa bilan qattiq shug'ullangan bo'lardim yoki farzandlarimga ko'proq vaqt ajratardim yoki o'zim yoqtirgan ishni qilar edim" deyishadi. Bularning hammasi bizning tilda aytganda "afsuslar"dir. Va Kimdir hayotdagi o'z qiziqishini erta anglab yetadi va butun umr shuning ustida ishlaydi. Kimdir uchun esa oʻz qiziqishini topish uchun birmuncha vaqt kerak bo'ladi.

Shaxsiy fikrimcha, o'z qiziqishlarini hali topmagan inson o'z qiziqishlarini erta topgan insonga qarab o'ziga baho bermasligi kerak. Agar bunday qiladigan bo'lsa, tushkunlikka tushib harakatdan toʻxtab qolishi hech gap emas. Xo'sh, inson o'z qiziqishini qanday topadi? Inson o'z qiziqishini topish uchun turli xil joylarda o'zini sinab ko'rishi kerak. Sinab ko'rmasdan oldin "mendan yaxshi boshlovchi, jurnalist, ashulachi chiqmasa kerak" demasligi kerak. Men blog yozishni juda ham oldin boshlashim kerak edi, lekin "men buni eplay olmasam kerak" degan fikr doim meni to'xtatib qolar edi. Bir kuni shartda laptopni oldimda, "nima boʻlsa bo'ldi" deb postlar joylashni boshladim. Buni qarangki, ozmi ko'pmi yozish qobiliyatim yaxshilanib bormoqda. Lekin tan olaman hali yaxshi yoza olmayman va bilimim ham yetarli emas. Eng asosiysi, qariganimda "blog boshlasam boʻlar edi" deb afsuslanmayman. O'z qiziqishingizni topishingiz mobaynida juda ko'p xatoliklarga yoki qiyinchiliklarga dush elishingiz mumkin.

Yozuvchi Rachel Eilenening bir gapi bor: "Ogʻriq bu vaqtincha, lekin afsus bu abadiy".

Ideya: Shaha Dalimov

9 months, 4 weeks ago

Eng katta xato
Hayotimdagi menga eng katta zarari va eng katta foydasi teggan xato bu meni rus tilini bilmasligim. Ha, afsuski rus tilini bilmayman. 50-60% tushunaman ammo gapirolmasang bir tiyin. Rus tilini bilmasligimga sabab esa o'ylashimcha yoshligimda biz tarafda rus maktablar umuman bo'lmagandi. To'g'ri buni xato deyish noto'g'ri chunki agar uni bilganimda hozirgidan yaxshiroq bo'lishimga hechkim kafolat bermaydi.

Rus tili kerakmas deyayotgandirsiz. To'g'ri ingliz tilini zo'r bilishingiz mumkin ammo O'zbekistonda yashayotkan ekanmiz baribir rus tilini bilgan odam ustunroq va odamlar orasida ajralib turadigan bo'ladi. Esimda bundan 3-4 yil oldin bitta rus qiz menga taklif bildirgandi ammo men ahmoq gapira olmaganim uchun indamasdan ignor qilib o'tib ketkanman. Eh. Hozir ham shu holat takrorlanyabdi faqat teskarisi)

Menimcha rus tilini aktualligi hali beri tushmaydi. Bizdagi ko'pchilik maktablarda 1-sinflarni qabul qilish uchun 7-8ta rus sinf va bor yo'g'i 1ta qoraqalpoq sinf bor. Shunday ekan, biz rus tilini o'rganib qoyuraylik. Bizni "pokaleniya" ota-onalar bo'lganda esa bolalarini ingliz tili sinflariga bera boshlaydi.)

Xulosa: 1-o'rinda ingliz tilini o'rganish kerak. Lekin imkon bo'lsa rus tilini bilib qo'ygan yaxshi.

P.S. Rus sinfga borganlarga bir umr havasim keladi. Ular til o'rganish uchun qiynalib o'tirishmaydida)

10 months ago

Siz Ilon Mask bo'la olmaysiz.
Yoshligimda internetga, ochiq dunyoga ochila boshlaganimda Ilon Mask, Bill Gates va Stiv Jobs kabi insonlarni ko'rib "Qaniydi, men ham o'shalarga o'xshab gigant kompaniyalar ochsam" deb orzu qilardim. Va shu orqali IT sohasiga qiziqishim ortdi. O'sha payt hammasi osondek tuyilardi. Va keyin aslida unaqa emasligini tushunib etdim.

Omon qolgan xatosi degan tushuncha bor. Biz faqat bizgacha yetib kelganlarini ko'ramiz. Revolyuciya qilishni xohlaganlar faqat Ilon Masklarmi? Yo'q albatta. Qanchadan qancha odamlar urinib ko'rishganku axir. Ammo ularning 99%i muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Siz Ilon Mask qilgan ishlarni qilsangiz ham u kabi bo'lolmaysiz. Aytmoqchi bo'lganim siz qancha harakat qilmang baribir bizda uni darajasiga yetish ilojsiz. Ilon Maskni Ilon Mask bo'lishiga faqat bitta narsa sababchi bo'lmagan. Unga boshqa faktorlar ham ta'sir qilgan. Atrof muhit, ta'lim, do'stlar, til vahokazo. Javob bera olaman, agar u O'zbekistonda tug'ilganida qancha harakat qilmasin baribir hozirgidek bo'lolmasdi.

Bu gaplarim bilan sizni yo'ldan urmoqchi emasman. Maqsadingiz sari to'xtamang. Ammo, realistroq bo'ling. Oyni maqsad qilib qo'ying yetolmasangiz ham yulduzlar orasida bo'lasiz.

10 months, 1 week ago

U qaytdi.

Avvaliga ijtimoiy tarmoqlarni o'chirasan. Hamma bilan aloqani uzasan. Faqat o'z ustingda ishlaysan. Ancha vaqt o'tadi. Keyin birdaniga "boom" etib chiqib kelasan. Hmm, bu sizga kimnidir eslatmayabdimi? Bu menga o'sha Tony'ni eslatdi (@ceotony). Uzoq tanaffusdan so'ng u o'z blogini yana boshladi. Va katta yangiliklar bilan qaytdi deb umid qilamiz. (RedPillga tayyorgarlik ko'raveringlar)

Bilaman, uni ko'pchiligingiz tanisiz. Agar mabodo bilmasangiz kanaliga kirib postlarni o'qing. Balki yoqib qolar. Ortiqcha hech narsa demoqchi emasman.

@ceotony

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago