Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
O‘quvchilardan "Mening orzum" nomli insho olgandim. Bir o‘quvchining inshosi e‘tiborimni tortdi. Uning orzusi Chet el davlatlarda ishlayotgan muhojirlarni o‘z uyiga qaytishi, oilasi bilan birga bo‘lishi haqida yozilgandi. Bolaning yuragida sof, toza istaklarni sezib ham hayratlandim, ham achindim. Afsuski, bu menga ushalmas orzudek ko‘rinadi...
Men doim oilaviy bir dasturxonda o‘tirishni istab kelganman, bari birga, bir-biringni ko‘rasan, olam- olam suhbatlashasan. O‘quvchi ham shuni xohlagan aslida...
"Lotta Vaymarda" asarida oila qurish haqida qahramonlar o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tadi. Boy odam xohlagan inson bilan turmush qura oladi, chunki qo‘li yetadi, kambag‘al inson aksidir. Majruh inson o‘ziga o‘xshagan odam bilan oila qura oladi. Teng tengi bilan degani shu bo‘lsa kerak.
Usmon Azim
Insonni qotillik qilishga nima majbur etadi? Nega yillar davomida bor va davom etmoqda... Hech to‘xtamaydi. Darrov ilmsizlik, iymonsizlik, oqibatsizlik dersiz. Balki bor gapdir, men boshqa masalani aytmoqchiman.
Bir vaqtlar Tanishim o‘z akasini o‘ldirishgani kuyinib gapirib bergandi. "Akam, jismonan sog‘lom, kuchli. Hamma havas qilardi. Uni ko‘rolmaganlar o‘ldirishdi degandi". So‘zlari aniq-tiniq esimda qolmagan bo‘lsa-da, mazmunan shunday edi. Demak insonni qotillikka qo‘l urishi ko‘rolmaslikdan ekanda!!! Ichida yashirinib yotgan hasad bir kun kelib yuzaga chiqadi. O‘z Vaqtini poylab yotadi. Ko‘rolmaslik aslida qotillik bilan baribar-ku!
Hasad hissi inson bilan birga tug‘iladi va o‘ladi.
Bolalarni shafqatsizlarcha o‘ldiramiz. Kuzatganmisiz, Jangari filmlarda bolalarga ozor yetkazishmaydi. Yomon inson bo‘lsa ham o‘ldirmaydi.
Murod Chovush "Hech" asari haqida
Asarning betakror ohangi, uslubi, voqelikka munosabati o‘zbek adabiyotida yaxshigina yangilik. Men ko‘nikib o‘qib o‘rgangan badiiy voqelik mutlaqo yangicha tus olgan. Jems Joysni "Musavvirning yoshlikdagi shamoyili" asarida o‘zgacha ohangi, so‘zlari qulog‘imga musiqaday shivirlaganday orom olgandim. Hech asarini o‘qib shunday tuyg‘ular yana uyg‘ongandi. Hech asarni o‘qib hech kitobni yopdim, olgan taassurotlarim hechga aylandi, hech narsa bo‘lmay havoga uchganday tuyildi. Lekin botinimizda o‘zgarishlarni, qalbimizdan otilgan vulqonday kechinmalarni his etamiz. Voqeani yulib so‘zlab berish imkonsiz, faqat buni mutolaa qilib his etish lozim. Qahramon anglagan, tuygan mohiyat hechga aylanaveradi, yaralish, yaratilish to‘g‘risida yuritgan mulohazalari hechlik sari yuz tutdi, savollarga izlagan javoblari hechlik, ma‘nosiz bo‘laveradi. Demak, qilayotgan amallarimiz hech narsa emas, g‘alabalarimiz, xursandchiligimiz bir kun kelib hech narsaga aylanadi. Biz ardoqlagan, tuygan muhabbatimiz hechlikning qa‘riga shung‘iydi. Haqiqatlarni anglash naqadar og‘ir. Asarni o‘qishni tavsiya etaman.
2020
Inson ichida vahshiylik yashaydi deganlari rost.
Masalan, bir o‘quvchi bor edi. Qitmir, ko‘p gapirib darsga halaqit berardi. Men shuni uraman deb ko‘zlab yurardim negadir. Ichimdagi vahshiylik kuchayib borardi, faqat vaziyatni uzoq kutardim va oxiri yuziga shapaloq tortdim. Aslida urishga arziydigan bola emas edi. Uni yig‘lashini ko‘rib ezildim, kechirim so‘radim. O‘zimdan nafratlandim.
Aytmoqchimanki, inson insonga azob berish adovatdan vujudga keladi. Urish, qotillik, qiynash tuyg‘usi inson miyasiga o‘rnashib oladi va hech tinchlik bermaydi, imkon bo‘lishi zahotiyoq yuzaga chiqadi.
Men ichimdagi vahshiylikni o‘ldirishga harakat qilib, kurashib kelaman. Tolstoy ichida qanaqa odamligini yashayotganligini yozgan.
Meni esa qo‘limdan kelmaydi.
Kundan kunga obunachi kamaymoqda, bir yo‘la kanalni yopsamikan???
Bundan 10-yillar avval Dostoveskiyni o‘qish istagida yurardim, kitob do‘konlarda qidirib topolmasdim, hatto kutubxonalarda ham yo‘q edi. Katta Shahrimizda bor yo‘g‘i ikkita kutubxona bor, lekin juda uyatli hol. Demak, insonlar kitob o‘qimayotgandan dalolat berardi. Orhan Pamuq: "Qashshoq mamlakatlarda adabiyot bo‘lmaydi", deganda nahaqadar haq edi. Biz dabdabali to‘y qilsak, dang‘ilama uy qursak, kreditga moshin olsak - bu elni kambag‘al deb bo‘ladimi? Nega kitob o‘qimay qo‘ydi? Menimcha, hali qorin to‘ydirish tashvishidan bosh ko‘tara olganimiz yo‘q.
Xullas,Dostoveskiy hayoti va asari meni hayotimga o‘xshashligi uchun yaxshi ko‘rib qolgandim. Hozir asarlarni topish mumkin. 5-6 -yillardan beri kitob do‘konlarda to‘lib toshmoqda....
Musiqiy ohanglar charchoq ruhimga orom bag‘ishlaydi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago