- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!
? @DTMreklama
Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.
http://instagram.com/edu.uz
Last updated 2 months, 3 weeks ago
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 1 week ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 days, 13 hours ago
Prezidentning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga juda oz vaqt qoldi!
——————
Agarda siz korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiyaga qarshi qurashish agentligi 2024-yilning 6 oyi davomida vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan 186 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazdi.
Ekspertiza natijalariga ko‘ra, ko‘rib chiqilgan 186 ta loyihaning 70 foizida (130 ta) 437 ta korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha vazirlik va idoralarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
Aniqlangan eng ko‘p korrupsiyaviy omillar:
- 83 ta normativ-huquqiy hujjatlarda qarama-qarshiliklarning mavjudligi;
- 55 ta ma’muriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki to‘liq emasligi;
- 39 ta noaniq va asossiz havolalarning qo‘llanilishi;
- 38 ta huquq va imtiyozlar beruvchi hamda ma’muriy tartib-taomillarni belgilaydigan tanlov(auksion)dan bo‘yin tovlash imkoniyatini beruvchi normalarning mavjudligi; - 35 ta diskretsion vakolatlarning kengligi.
Infografikada normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi qanday o‘tkazilishi keltirilgan.
——————
Agarda siz korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
106 ta vazirlik va idoraga jami 1527 ta majburiyat belgilangan bo‘lib, joriy yilning 2-chorak holatiga faqatgina 577 tasining ijrosi o‘z vaqtida ta’minlangan
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov davlat idoralari faoliyati ochiqligini ta’minlash sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi:
Ta’kidlanishicha, Agentlik tomonidan ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning o‘z vaqtida rasmiy veb-sayt va Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirilishi holati 106 ta davlat organlari va tashkilotlarida monitoring qilindi.
Aniqlanishicha, 106 ta vazirlik va idoralarga jami 1527 ta majburiyatlar belgilangan bo‘lib, joriy yilning 2-chorak holatiga shulardan faqatgina 577 tasining ijrosi o‘z vaqtida ta’minlangan.
Misol uchun, davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 50 ta davlat idoralaridagina o‘z vaqtida va belgilangan resurslarda joylashtirilgan, yoki xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari haqidagi ma’lumotlar 43 ta vazirlik va idoralar tomonidan to‘liq ochiq e’lon qilingan.
Shu kabi, ish reja to‘g‘risidagi ma’lumotlar 53 ta, yillik xarajatlar smetasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 44 ta, jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 36 ta vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan talablar asosida e’lon qilinganligi aniqlandi.
O‘rganishlar davomida Andijon viloyat hokimligi, Madaniy meros agentligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ kabi tashkilotlarda joriy yil holatiga oid ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan biror bir ma’lumot yuklanmagan.
Shu bilan birga, ochiq ma’lumotlarni e’lon qilishda yuqori samaradorlik Sport vazirligi (95%), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (80%), Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (80%), Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (75%), hamda Samarqand viloyat hokimligi (76%) tomonidan qayd etilgan.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish va qonunbuzilishlarining kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha 11 ta taqdimnoma kiritildi.
——————
Agarda siz korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikka mas’ul xodimlarini o‘qitishga qaratilgan “E-learning” ta’lim platformasi ishlab chiqildi.
Batafsil Fakt24 lavhasida
——————
Agarda siz korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Yangi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya islohotlari fakt va raqamlardaVideorolik “Yuksalish” Harakati tomonidan tayyorlangan.
——————
Agarda siz korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
#hafta_dayjesti
*▫️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(?15-19-iyul kunlari)*
*✅O‘rganishlar:*
▫️16-18-iyul
?Ishchi guruh tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
▫️9-15-iyul
? Barcha tuman va shahar hokimliklaridagi ishonch telefonlarining (Call-markaz) faoliyati samaradorligi o‘rganildi.
? Vazirlik idoralarga 7 ta taqdimnoma kiritildi.
✅Quyidagi vazirlik va idoralarda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi:
▫️17 iyul
? Iqtisodiyot va moliya vazirligida;
▫️19 iyul
? “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJda.
✅Agentlik mas'ul xodimlari quyidagi tadbirlarda ishtirok etdi:▫️19 iyul
?Toshkent moliya instituti xuzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo institutida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni bo’yicha seminarda ishtirok etildi.
✅ Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:
▫️18-19-iyul
? Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlari o‘tkazish jarayonlari monitoring qilindi.
✅Xalqaro hamkorlik doirasida:
▫️18 iyul
? Agentlik va Tojikiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini reyting baholash” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.
✅Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha:
? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-son Farmoni va ochiqlikka oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✅ Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:
?Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 82 ta (79 tasi jismoniy shaxslardan, 3 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.
?Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 123 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.
- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!
? @DTMreklama
Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.
http://instagram.com/edu.uz
Last updated 2 months, 3 weeks ago
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 1 week ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 5 days, 13 hours ago