?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 1 day ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
Elchixonada ko’rishguncha!
Ushbu 2 so’zlovchi, bir dunyo bloggerlardan foydali, shaxsan men uchun:)
Shu sabab ham vaqt topib boraman. (Yo’l yo’lakay, qadrdonlar bilan ham ko’rishamiz)
Tadqiqot natijasi haqida:
2024 yil kuz oylarida bir vatandoshimiz tadqiqot o’tkazgan edilar. Mendan ko’proq inson to’ldirib berishlarini iltimos qilib, yil yakuniga qadar umumlashtirishlarini bildirgan edilar. Men esa, iloji bo’lsa, so’rovnoma natijalarini ulashishlarini so’ragan edim. Kuni kecha natijalarini yubordilar, hali jurnallarga chop etilmagan. Ammo natija ajoyib, Koreyadagi juda ko’pchilikning fikri inobatga olingan. (Anonim bo’lgani uchun fikrlar xolis)
Oxirgi yillar, bu kabi ijtimoiy sohadagi uzoq yillar foydalansa bo’ladigan tadqiqot natijalarini ko’rmagan edim. Katta mehnat qilganlari shundoq ko’rinib turibdi.
Rasmiy e’lon qilsalar sizlar bilan ham albatta ulashaman. Hozircha mualliflik huquqi sabab, biroz kutib turishga tog’ri keladi.
Mavzu: Janubiy Koreyadagi O’zbekistonlik muhojirlar duch kelayotgan asosiy muammolar haqida edi.
Aktual mavzuda maqola
Koreyada 2 ta katta aktual mavzuda maqola tayyorlayabman. Biroz uzun bo’ladi, ammo Koreyslarning yashash tarzini, qolaversa Koreyada yashashni biroz tushunarliroq qiladi degan umiddaman.
Maqolani menimcha medium tarmog’ida joylashtirib, bu yerda link qoldiraman.
Buning uchun: har bir mavzu uchun 15 nafar Koreys va 15 nafar chet ellikdan kichik intervyu oldim. (Kofe ustida).
Qolaversa boshqa yangiliklar, tadqiqodlarni ham o’rganib chiqdim. Tayyor bo’lishi uchun deyarli 8 oy talab qilindi.
Shu oy yakuniga qadar tugatishga harakat qilaman.
Qanday mavzular ekanligini taxmin qila olasizmi?
Tog’ri topgan birinchi 2 nafar obunachiga kitob sovg’a qilmoqchiman.
2 yillik sarhisob posti
Kompaniyada ishlayotganimga roppa-rosa 2 yil bo’libdi. Qisqa vaqt ichida juda ko’p narsalarni o’rgandim. Atrofimdagilar hammasi “open mind” bo’lgani sabab, ishlash juda qiziqarli va zavqli bo’ldi. Yana qancha ishlashimni bilmaymankuya, biroq aniq faqat Kompaniya foyda olmayabdi. Men ham yetarlicha tajribaga ega bo’layabman.
Ushbu krujka ni ham tarixi bor. Shaxsiy muammo sabab harkatlanishga qiynalgan paytim yaqin insonim o’zi bilan olib kelgan. Ora-orada qarab stresslarni unutaman.
Shu sabab sovg’aga pul emas, doimiy eslatib turadigan esdalik bering. Toki yodga olganda yuzga tabassum yugursin:)
Kelib kelib, chet ellik uchun Koreys vizasini tezlashtirib berish so’rovini kiritaman deb - hayol ham qilmagan edim.
Kelasi hafta Pokistondan delegatsiya kelishi kerak. Ammo vizasi hali ham chiqgani yo’q..
Shu sabab bugun rasmiy xat bilan, Pokistondagi Koreya elchisining emailiga xabar qoldirdim. Bugunoq javob berib:
“Viza chiqishi odatda 1 oy talab qilinishini, keyingi safar ushbu vaqtni hisobga olib ariza kiritishni eslatdi. (Bizni Pokistonlik sheriklar 3 hafta qolganda topshirdi).
Bu safargi shoshilinch so’rovingizni qabul qilib, vizani berishni tezroq ko’rib chiqamiz”
Degan ijobiy habarni oldim. Koreyslar viza masalalarini unchalik ham yaxshi tushunmaydi. Agar viza kechikkanda bormi, 35,000 USD lik tayyorgalik ko’kka sovurilgan bo’lar edi.
Rasmiy xatni tayyorlab bergan Koreys hamkasbimga tashakkur! Ming ishni puxta qilmaylik baribir Koreyslar yordami kerak bo’ladi. Ayniqsa rasmiy hujjatlarda.
Koreyada yaxshi ishga joylashish bir muammo bo'lsa, boshqa ishga o'tayotganda tartib bilan ketish ham murakkab jarayon hisoblanadi. Yaqinda shu mavzuda do'stlarimiz bilan suhbatlashgan edik. Qolganlarga ham foydali bo'ladi degan maqsadda bu haqida qisqaroq…
Koreya siyosatidan gaplashamiz..
2024-yilning 7~8 Dekabr kuni, Koreyada shiddat bilan o’tishi kutilayabdi. Taxminlarni yozib o’taman.
Amaldagi President ni lavozimidan olish uchun “impeachment” ga ovoz beriladi. President partiyasidan ham bir necha ovozlar berilishi kerak bo’ladi. (Taxminan 8 tadan ko’p) 300 nafar Deputatdan kamida 200 nafari ovoz berishi kerak.
Amaldagi President Yun, 2-marotaba mamlakatda favqulotda harbiy holat e’lon qilish ehtimoli mavjud.
Amaldagi President lavozimidan Impeachment orqali ketgudek bo’lsa, “Xalq kuchi” partiyasi o’z hukmronligini yo’qotishi. (Shu sabab President ni bir ammalab joyida ushlab turishga harakat bo’ladi)
Agar Amaldagi President Yunning Impeachment ga yetarli ovoz to’planmasa, xalq President qarorgohiga bostirib borish ehtimoli yuqori.
President o’z hoxishi bilan lavozimini tark etishi. Bunday bo’lish ehtimoli o’ta past.
President Yun, lavozimida turgan payt uni jinoiy javobgarlikka tortisha olmaydi. Agar lavozimidan ketgudek bo’lsa u va uning ko’p tarafdorlari qamalishi oydinlashayabdi. Unga, asossiz harbiy holat e’lon qilish, hoyinlik va jiddiy ayblovlar qo’yilayabdi.
Yun partiyasi sanalmish Xalq kuchi o’ta qiyin vaziyatda qoldi. Shundoq ham Parlamentda o’z o’rnini yo’qotib qo’ygan partiya, President sodir etgan qilg’iliklar sabab qanday qilib o’z manfaatlarini saqlab qolishni o’ylayabdi. Albatta bu yo’lda, President ni ham ayab o’tirishmaydi.
Shaxsiy qarashlarim edi…
@Elyorbilan
Bugun bir hamkasbimiz 집들이 qilib berdi. (O’zbekcha nima deyiladi?)
Yangi oila qurgan, barcha ishlarni kelishib qilayotganini ko’rib havas qildim. Koreyslar bilan ishlayotganimga umumiy 3-4 yil bo’ldi. Juda ko’p madaniyat, etiket farqlarini solishtirish imkonim bo’ladi. Ba’zida qaysi biri to’g’ri ekanligini belgilashda ikkilanib qolaman.
Ish va shaxsiy hayot balansini ushlash oson emas, ayniqsa Koreyada. Yanvar oyi oxirigacha dam olish kunlarim ham allaqachon band qilinibdi.
Ammo shaxsiy rivojlanish bo’layotgani uchun nolish yo’q! Yaqin 1-2 oy ichida Seoulga juda ko’p qatnayman.
Bir necha foydali mavzular postini yakunlashim bilan guruhda ulashaman.
Ha aytgancha, 1 oy davomida Koreyani hoxlasam ham tark eta olmayman. Pasportim o’zim bilan emas. Keyingi oyda qiziq Davlatdan taasurotlarni ulashishga harakat qilaman.
?Statistikadan bir shingil
2023-yilda hayvonlar uchun vaksina mahsulotlarini import qilgan davlatlar raqamlarda:
Pokiston - 40 mln $
Bangladesh - 36 mln $
O’zbekiston - ?
Taxmin qilib ko’ra olasizmi? Bu yerda bir necha faktorlarni hisobga olsangiz bas:)
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 4 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 3 weeks, 1 day ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago