Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 5 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
**Tushdagi aza...
Kecha bir tush ko‘rdim qayg‘uli biroz.
To‘rt tomonim shamol yurardi kezib.
Yo‘l ustida daraxt gullagan qiyg‘os,
Ammo men bilmasdim tanamni sezib,
Ko‘cha to‘la odam hammasi erlar,
Boshida do‘ppi bor, ustida yaktak,
Biroz yig‘lamsiram ex asfsus derlar,
Shu zamon ko‘z yoshin to‘kkandi falak,
Ha bu yomg‘ir edi quyardi sharros,
Onam nolasiday gumburlar chaqmoq.
Jiqqa xo‘l daraxtlar gullari qiyg‘os,
Yer, osmon yoshidan qondirar chanqoq.
Buncha suvsirabsan ona tabiat,
Bir ko‘cha inson va ko‘kni yig‘latding.
Kimga bag‘ishlangan bunchalik hurmat,
Bu kun yana kimni mangu uxlatding.
Sekin qadam bosdim ko‘cha boshidan,
Qarasam hammasi menga qadirdon,
Ko‘pini senlamay ko‘zin yoshidan,
Yuraverdim sekin manzilim tamon.
Barcha qarindoshim yaqinim turib,
Jon chekib siqilib yig‘lardi rosa.
Hayron bo‘ldim shuncha odamni ko‘rib.
Yo‘q bu to‘y emasdi tushdagi aza.
Ko‘rdim hamma inson turardi g‘amgin.
Ahtardim o‘zimni topa olmadim,
Uyoqdan bu yoqqa o‘ttim negadir.
Shu katta qutiga nazar solmadim.
So‘rasam eshitmas hammasi garang,
Ovozim tinglamas hattoki otam,
Qolmabdi ne uchun yuzlarida rang,
Dod solib yig‘laydi bechora onam
Turardim chekkada jimgina xomush,
O‘tib ketti mendan bir aka atay,
Misli tushimdaham ko‘rayabman tush,
Qolgandim elakka suvni quyganday,
Hayratdan qottimu ko‘tardim oyoq,
Tanam qaro yerdan uzildi, uchdi,
Osmon yerdan yaqin ko‘rindi ko‘proq,
Shu payt katta quti esimga tushdi.
To‘rt tarafi taxta, to‘rtta ushlog‘ich,
Aylandim atrofin hayron bo‘lib lol,
O‘rab olgan edi oppoq yoping‘ich,
Hammaning qoshida yotib bir bejol.
Yuzin ko‘ray deya qo‘limni cho‘zdim,
Shu matoga singib kettida attang,
Keyin osmon bo‘ylab bulutlar suzdim,
Hayollarim bilan qilib oldim jang,
Ey xudo, yo rabbim bu qanday jumboq,
Men uchsamu hamma yerda yig‘laydi.
Osmon ko‘z yosh to‘kar bulardan ko‘proq.
Hayronman qutida kimdir uxlaydi.
Bir payt qo‘zg‘aldiyu butun olamon,
Hamma yana qattiq yig‘lay boshladi.
Borishdi shu katta qutiga tomon,
Ko‘tardilar uni hamma ushladi.
Men har kuni yurar yo‘llardan olib.
Ketishar edilar yig‘lab qutini,
Orqadan qo‘yvorsa oldinga borib.
Yaxshi ko‘rar edik derlar biz uni.
Bir zamon to‘xtadi ko‘p yurgach karvon.
To‘xtash joyin ko‘rib toshdek qotibman.
Qutining ichini ko‘rolmay giryon.
Uyoqdan buyoqqa chopib yotibman.
Bir payt yerga qo‘ydi uni do‘stlarim,
Qutining ustidan olindi mato,
Shu vaqt katta katta ochdim ko‘zlarim,
Yana kimligini bilmadim ammo,
Qutini ochdilar ichidan olib,
Mayitni qo‘ydilar tuproqqa solib,
Bir tarafda ukam, bir yonda otam,
Yig‘lashdi ortidan kuzatib qolib,
Otam ko‘z yoshlari daryoday tinmas.
Ukam yelkasiga boshi bosilgan.
Qay ko‘z bilan ko‘ray, qo‘yishgach uni.
Qabir toshga mening ismim yozilgan.
Shu payt sergak tortib turdim uyqudan.
Tun ham yarim uxlar qorong‘u ko‘cha,.
Umir sarhisobin qilib ushbu dam.
O‘tirdim, o‘tirdim mudroq tongacha.
O‘yladim birma bir bosgan izimni,
Ko‘zimga yosh keldi qildi ko‘p alam.
Kimga aytgan edim shirin so‘zimni.
Eslay olmay meni yana bosdi g‘am.
Tushdamas o‘ngimda bo‘lsa ko‘rganim.
Ayting qay yuz bilan boray savolga,
Hozir do‘stimdan ko‘p orttirgan g‘anim.
Qanday kelib qoldim o‘zi bu holga.
Hatto chivingaham ozor bermagan,
Ko‘ngli ochiq o‘sha hushchaqchaq tentak,
Bu holga o‘zidan o‘zi kelmagan,
Yillar uni aldab qo‘yibdi demak.
Bo‘ldi bas erta tong otgach men uchun,
Qilaman og‘ritgan ko‘ngillarim shod,
Endi uyqu kelmas ko‘zga hech bir tun,
Toki ko‘ngil uyin qilmagach obod,
Hali qiladigan ishlar bir talay,
Men allohga shukur aytishim kerak,
Kech bo‘lmasdan o‘tgan vaqtimdan huzr,
Qilib yana ortga qaytishim kerak....
✍Izzat Rahmon**
**"Eh do'stim, seni kimim Deb atay"
Qolmadiku axir, aytar so'zlaring
Kerakmidi, aytchi g'iybatu tuxmat
Axir Gap so'zlardan qutildim arang
Eh do'stim, seni kimim Deb atay
Eey, borku axir sening ham ertang
Harakating qil, qilmasdan gap so'z
Kutib turar seni otang, onang, akang-u ukang
Eh do'stim, seni kimim Deb atay
Goh u, goh bu, charchamadingmi?
Qalbi og'rir Deb ham o'ylamadingmi?
YAXSHI do'st bo'lishni eplamadingmi!?
Eh do'stim, seni kimim Deb atay
G'alatiku, do'stim Deb hanjaring sanjsang
Har xil gaplar bilan yuragim ezsang
Mayli, nolimayman qilmayin gunoh
Eh do'stim, seni kimim Deb atay
Gapirdingku axir, har bir qadamim
Qiziq emas senga dard-u alamim
Tovba qilsang doim ochiqdur bag'rim
Eh do'stim, seni kimim Deb atay
Esingdami yoshligim Sen bilan o'tgan
Vaqti kelib bizga ham ko'plar tosh otgan
Oqibatni sendek, hayvonday sotgan
Eh do'stim, seni kimim Deb atay
Aytar bo'lsam,gaplar ko'p, aytgim kelmas
Eshitdingmi? Baribir foydasi bo'lmas
O'qib turib ko'pchilik nazarga ilmas
Ha mayli, seni ham do'stim Deb atay
©H.Sh.Zuhriddinovich**
*🔥*Ona men charchadim
Ona men charchadim to'g'risi to'ydim!
Hayot tashvishlari boshimni egdi.
Shunchaki hech kimga ishonmay qo'ydim,
Bugundan hammasi jonimga tegdi.
Ona men charchadim tog'risi to'ydim!
Dunyolar tor bo'lib ketdi ko'zimga,
Bolalik chog'dagi kulgularimni,
Yo'qotib kelolmay qoldim o'zimga.
Ona men charchadim tog'risi to'ydim!
Bir jonim ming og'riq azobin totgan.
Ayrimlar vafoni o'rtaga qo'yib,
Uyat andishasiz sirimni sotgan.
Ona men charchadim tog'risi to'ydim!
Madorim qolmadi kurashmoqlikka,
To'ydirdi bo'xtonlar foydasiz endi,
Hushim yo'q umr deb tirashmoqlikka.
Ona men charchadim tog'risi to'ydim!
Tosh qotgan yuraklar ezilmaydimi?
Sening ham og'lingni dardi borligi,
Shunchalik hech kimga sezilmaydimi?
Ona men charchadim tog'risi to'ydim!
Kuyib yonmoqdaman ko'ksimni sovut.
O'zimmmas ko'zlarim yig'lab yuborsa,
Sarvar Mirzoyingni quchoqla ovut.
Muallif✍Sarvar Mirzo
23.12.2024. 01:08
❌Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin**
**OLISDAGI INSONIM
Siz mendan xafasiz, men esa sizdan,
Yirtib tashlang endi xatlarimni ham.
Ayb oʻtgan boʻlsa oʻtibdi bizdan!
Olib keta qoling baxtlarimni ham..!
Axir olisdan kelmaysiz bilaman…
Menchi, yonizga bormayman bilasiz.
Shunchaki sizga baxt tilasam ...
Oʻtkinchi tuygʻuni nima qilasiz
Siz ila oʻtkazgan jamiiy vaqtimni
Javobin beraman har bitta onim
Sizsiz endi baxtni kutvolish mushkul!
Olislarda qolgan yolgʻiz insonim!
© Botir Bannop**
ABUDIL DARDLI
Menga nima boʻlyapti #ONA...🥺**
Nima boʻldi bilmam hayronman
Orzu umid oʻlyapti Ona
Tushkin, mayus, qalbi vayronman
Menga nima boʻlyapti Ona
Alamzada boʻlib yuribman
Sabr kosam toʻlyapti Ona
Goh parishon holda turibman
Menga nima boʻlyapti Ona
Borgan sari tashvish ortmoqda
Juda alam qilyapti Ona
Darddan koʻnglim jabr tortmoqda
Menga nima boʻlyapti Ona
Ma'nosi yoʻq aytgan soʻzimni
Gʻam qopladi ikki koʻzimni
Tushunolmay qoldim oʻzimni
Menga nima boʻlyapti Ona
Qaygʻularga toʻlib boryapman
E'tiborsiz boʻlib qolyapman
Alamimni she'rdan olyapman
Menga nima boʻlyapti Ona
Kulfat kelsa bosyapti gʻaflat
Omad gulim soʻlyapti Ona
Goh oʻzimdan qilyapman nafrat
Menga nima boʻlyapti Ona
Aksim koʻrsam dushmanim koʻzgu
Nafratim ham kelyapti Ona
Biror xolis amal yoʻq ezgu
Menga nima boʻlyapti Ona
Yigʻlay desam koʻzga kelmas yosh
Hayot tigʻsiz tilyapti Ona
Goh sinovga yengilar bardosh
Menga nima boʻlyapti Ona
Savobdan koʻp qilgan gunohim
Goh qadalar yerga nigohim
Tildan chiqmas dodlar-u ohim
Menga nima boʻlyapti Ona
Alam bilan bugun she'r yozdim
Dil yigʻlar, yuz kulyapti Ona
Oʻylayverib aqldan ozdim
Menga nima boʻlyapti Ona
Menga nima boʻlyapti Ona...❤️🔥🧕🥺
📝 DILSHODBEK "ABUDIL"**
**Haqiqat!
Oʻzim uchun kashf etdim bir haqiqat,
Yigitlarning toʻle'lari toʻq ekan.
Oʻzbegimda yozilmagan tariqat,
Ota uyda qizning oʻrni yoʻq ekan!
Omad qushi uchib boshga qoʻnsa ham,
Jigarlardan nimadirlar yoʻnsa ham,
Ikki-uchta xonalari boʻlsa ham,
Ota uyda qizning oʻrni yoʻq ekan!
Merosda hech haqqingiz yoʻq osilmang,
Nolib-netib gʻazablarin toshirmang,
Er uyidan kelmoqlikka shoshilmang,
Ota uyda qizning oʻrni yoʻq ekan!
Taqdir shuda: bir xil soʻzin aytmaskan,
Hur bolalik yana kelar paytmaskan,
Bir ketsa bas, kafanda ham qaytmaskan,
Ota uyda qizning oʻrni yoʻq ekan!
"Kelin" degan boshqa qizlar olarkan,
Soʻng oʻshalar hoʻjayin boʻp qolarkan,
Boshingizga ming bir kulfat solarkan,
Ota uyda qizning oʻrni yoʻq ekan!
Farzandi ham tustoviqday gap boʻlib,
Har tashrifi juda katta havf boʻlib,
Kelding, koʻrdik, yaxshi borgin, daf boʻlib,
Ota uyda qizning oʻrni yoʻq ekan!
Yolgʻon bormi shu she'rning bir baytida,
Goʻzal gulning yuraklari choʻgʻ ekan.
Mumtozbegim uzoqlab ol paytida,
Ota uyda qizning oʻrni yoʻq ekan!
✍ Mumtozbegim**
ONA maktubi💌*✍*
Ona duosini qogʻozga soldi,
Garchi bu maktubni qabul et falak.
Navbatda turmasdan ijobat boʻlib,
Gar ona yuragi boʻlmasin halak.
Toʻlgʻoqdagi ogʻriq davom etmoqda,
Garchi u ogʻriqdan aylagin forih,
Duolar qoʻshilib senga yetmoqda,
Koʻz oldin aylagin farovon yorugʻ.
Biz talab qilmaymiz soʻraymiz xalos,
Bilmayman qaysi tong qaysi ertalab.
Maktub javobini u oʻqib tongda,
Maktabga kuzatsin suyib erkalab.
Ona maktubiga qoʻshilar zamin,
Maktubning javobin qilmagin roʻyo.
Ogʻriqdan forih qil farzandin jonin,
Koʻzlari oldida yorishib dunyo.
Surayyo Xatamova**
**Yuribman Dada
Siz orzu qilgan ugʼil bulaman Dada
Menga bulgan ishonchingiz oqlayman Dada
Aytkan har bir suzlaringiz oltinlarga teng
Har bittasin dilginamda saqlayman Dada
Kerilgancha kuksim kerib yuribmanda
Togʼu toshni talqon qilib yuribmanda
Sizdek Dadam borligidan fahrlanib
Davru davronimni surib yuribmanda
Yoshligimdan hech nelarga zor bulmasdan
Sohtalarni yonida men hor bulmasdan
Shu ongacha hech kimsaga bosh egmasdan
Davringizda magʼrur bulib yuribman Dada)
Hech kimsadan kamim yuqdir siz yonimda
Yonimdasiz, har qadam-u har onimda
Gʼam alam-u tashvishim yuq siz borimda
Davringizda davrim surib yuribman Dada
Qulim chuzsam osmondagi oyga yetar
Sadoyimning dongini hamma eshitar
Dadajonim davringizda shohlar kabi
Zurlar ichra zuri bulib yuribman Dada
Hech kimsaga boshim egmay qaddim kerib
Gʼamlargamas shodliklarga bagʼrim tulib
Dadajonim davroniizda baxtgaa tulib
Eng baxtli inson bulib yuribman Dada...
AnVaRbek Choriev**
**Dunyoni toʻhtating
Dunyo faxsh ishlarga burkanib ketdi,
Qalbimiz , koʻnglimiz kirlanib ketdi,
Zinoga koʻzimiz oʻrganib ketdi,
Dunyoni toʻhtating men tushib qolay!
Hamma tomoshamni koʻrmoqchi boʻlsa,
Ortimdan gʻiybatlar, tuhmatlar qilsa,
Doʻstlarim dushmanim yonida tursa,
Dunyoni toʻhtating men tushib qolay!
Taqvodor insonda iymon boʻlmasa,
Oʻzimni oqlashga imkon boʻlmasa,
Bu hayot yoʻllari ravon boʻlmasa,
Dunyoni toʻhtating men tushib qolay!
Hammani tilida boʻlsa diyonat,
Har kuni ortimdan qilsa hiyonat,
Ohirgi bekatim aniq qiyomat!
Dunyoni toʻhtating men tushib qolay!
✍ Mumtozbegim**
**Dunyo
Bilaman dastingdan bitmas yaralar
Azobga to’ldirding ko’ksimni go’yo
Aytgin bu qilmishing qanday atalar
Mendan qasd oldingmi bevafo dunyo
Taqdirga tashlama vafo qilgani
Azobing kammidi bag’rim tilgani
Qo’shiqqa nom bo’lding xofiz bilgani
Mendan qasd oldingmi?bevafo dunyo
Ko’zimlarim yoshiga nahot zormisan
Yo menga berilgan dard ozormisan
Peshona qismatda sen ham bormisan
Mendan qasd oldingmi bevafo dunyo
Aylanib qolsaydim mayli yaproqqa
Gohida ketmoqchi bo’ldim yiroqqa
Sabr qil ketaman bir kun tuproqqa
Mendan qasd oldingmi bevafo dunyo
Ahir qolmadiku tanamda mador
Gunohlar yukidan egildim ming bor
Ey foniy yolg’onchi dunyosan abgor
Mendan qasd oldingmi bevafo dunyo
Ne bo’lgan mana bu inson zotiga
Kibrdan to’n kiyib mingan otiga
Ming afsus qaytolmas endi ortiga
Kimdan qasd olyapsan sinovli dunyo
Muallif Samir**
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 5 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago