Poems

Description
***
Ildizlar bir bo'lsa nedir ayrolik...
Ruhlar topishsalar nedir masofa...?!

© Afsoh
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

2 Monate, 2 Wochen her
Esingdami

Esingdami 
meni sogʻinmagan damlaring,
hech qachon uchrashmaganimiz esingdami?

Esingdami
biz kezmagan sohillar,
sayr etmaganimiz bogʻlar esingdami?

Esingdami 
bizsiz huvullagan koʻchalar,
birga yashamagan uyimiz esingdami?

Esingdami 
meni topolmay yigʻlaganing, 
eshitmaganing ismim esingdami?

Esingdami
yolgʻiz-yolgʻiz yurganimiz,
baxtli boʻlmaganimiz esingdami?

Esingdami
senga yozmagan xatlarim,
xatlarimning har bir soʻzi esingdami?

Men esa
seni eslaganim-eslagan –

birga kechirmagan
       umrimizning
            har bir lahzasi
yodimdadir. ..

3 Monate her
Ayni kuz avjida seni sogʻindim,

Ayni kuz avjida seni sogʻindim,
Ustimdan xazonlar kulgan chogʻida.
Nima qoldi ekan,
Nimadir qoldi,
Oʻriklar gullagan sogʻinch bogʻida?

Tongning tizzasiga qoʻyib boshimni,
Umrim oʻtkazibman men ojiz banda.
Jon bergan maysaday seskandim nogoh,
Koʻzingni yomgʻirlar aytib berganda.

Mendan arazlagan quyosh ham, oy ham,
Kunlarim sochilib yotar betartib.
Hayot girdobiga tushaman har kun,
Garchi men yodingga tushmayman qaytib.

Chorlab turganida ilohiy safar,
Negadir, men senga juda ichikdim.
Chiqolmay kun va tun qoʻrgʻonlaridan,
Balki xato qildim,
Balki kechikdim.

Ayni kuz avjida seni sogʻindim,
Yurak kulin titar mezon yellari.
Yodimga tushadi,
Toʻkilib mayin,
Sogʻinch bogʻidagi
oʻrik gullari...

Halima Ahmedova

3 Monate, 1 Woche her
Aldab yashadim

Aldab yashadim

Ufqda ko‘rinsa qush, xabar kutdim,
Atay sizni ko‘rib tush, xabar kutdim,
Sizdan darak kutdim, xushxabar kutdim,
Men o‘zimni shunday aldab yashadim.

Ey dil, yo‘l so‘ngida safo bor dedim,
Kuyma, qizlarda ham vafo bor dedim,
U go‘zal bo‘lsa-da, vafodor dedim,
Men o‘zimni shunday aldab yashadim.

Davralarning guli men emas, boshqa,
Davronning bulbuli men emas, boshqa,
Ichkilikning quli men emas, boshqa,
Men o‘zimni shunday aldab yashadim.

Jonim g‘aribligin anglab yashadim,
Tanlamaganni men tanlab yashadim,
Eshitgim kelganni aytdim o‘zimga,
Men o‘zimn shunday aldab yashadim.

Yolg‘onchi dunyoga rost so‘zlaring xayf,
Yolg‘ondan zavq topdim, chindan topdim kayf.
Aldangan bo‘lsangiz o‘zingizda ayb,
Men o‘zimn shunday aldab yashadim.

Iqbol Mirzo

4 Monate, 2 Wochen her

GRAFIKA

Koʻzing qaro sening, qoshlaring qaro,
Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq.
Qoʻlingdagi taʼna toshlaring qaro,
Menga gʻamgin boqib turishlaring oq.

Unutishing — qaro, hijroning qaro,
Sogʻinching oppoqdir, xatlaring — oppoq.
Qarodir yurganing oʻch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring — oppoq.

Shommi, yo saharmi — vaqtimdir qaro,
Sen deb toʻkayotgan yoshlarim oppoq.
Sening ham, mening ham baxtimdir qaro,
Oʻttiz toʻrt yoshingda sochlaring oppoq.

Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qora boʻyoqlar bizning bogʻlarda...
Men million boʻyoqni bilardim, axir,
Ikkimiz baxtiyor boʻlgan chogʻlarda.

Usmon Azim

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago