Dildora Yuldosheva

Description
Kundalik qaydlar
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month ago

Muvaffaqiyatli insonlar biografiyasi bilan tanishsak, “qanday qilib shuncha ishga ulgurgan ekanlar?” degan savol paydo bo’ladi. Men buni javobi oddiy deb o’ylayman. Muvaffaqiyatli inson - o’z ustida ishlashdan to’xtamaydigan insondir. Bu esa ilm talabida bo’lish orqaligina amalga oshadi. Ahamiyat bersak, ilm olish, uni yuqishi, hayotiga tadbiq qila olishi uchun tolibi ilmning hayotidagi har jabhada o’zgarishlar sodir bo’ladi. Har bir sabab zanjir kabi bir-biriga ulanib, ilm singishiga ta’sir o’tkazadi. Masalan, har qanday ilm talabidagi inson nafaqat dars tayyorlaydi va yoki kitob o’qiydi, balki dars qilish vaqti, xonasi, jihozlari, ularga bo’lgan munosabati, sog’lig’i, luqmasi, intizomi, uyqusi, odatlari va hakozolarga ham diqqatli bo’ladi. Hayotiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan har narsa borki, o’rganib, isloh qilib boradi. O’zini o’rganadi desak ham to’g’ri bo’ladi.

Shu sababli blogda endi boshqa mavzularda ham postlar bo’lishi mumkin. Buni yuqorida aytilgan zanjirning bir qismi deb qabul qilasizlar. Blogdagi o’zgarish ichimizdagi o’zgarish tufaylidir. Kaminaning boshqa sohalarda u uchun kerakli ilmlarni o’rganishga kirishganidan dalolatdir bu. Ommaga aytilishiga sabab esa biz eng boshlang’ich darajadamiz. Ilmlarning barchasi Robbisiga yetaklashini anglab, buni yashab o’tish uchun yo’lga chiqqan yo’lovchimiz. Bu yerdagi fikrlar shaxsiy. Ular qaysidir tajriba yoki vaziyatning bizga ko’ringan qisminigina baholab yozilgan bo’ladi. Shunday ekan, nuqson yoki xatolardan holi bo’lmasligi aniq. O’quvchi ham buni bilib turib o’qishi, fikrlarni tahlil qilishi va o’zi uchun foydalilarini olishi tavsiya etiladi. Umuman olganda, bu yerdagilar avvalo, o’zimizga eslatma. Undan keyin esa ilmni boshqalarga yetkazish uchun bir urunishdir.

Alloh foydamizga hujjat qilsin!

p.s. Sizga savolim, muvaffaqiyatli inson deganda kimni tushunasiz?

1 month, 1 week ago

Menga yana bir dars bo’ldi.

Taxi chaqirgan edim. Bir qo’limda bolam va katta sumkam, ikkinchisida kolysaka. Sog’ holatimda bo’lganimda ham uchchalasini ko’tarishga qiynalardim, lekin bir haftadan beri bel og’rig’i qiynayotgan edi.

Ishqilib haydovchi yordamlashib yuborsinda deb umid qilib kuta boshladim. Moshina kelib to’xtadi. “Eshikni ochib turaman, aravini uzatib yuboring”, dedi haligi kishi. Hafsalam pir bo’ldi. Tashqaridan qiynalayotganimni bilintirmaslikka urinib aravani uzatdim. Moshinaga o’tirdik. Ichimdan “insoniylik qayoqda qoldi” deganimcha hayol surib, o’zim bilan gaplashib ketdim.

Saldan keyin haydovchi menga muloyimlik bilan musiqani o’chirib qo’yishi mumkinligini o’zi fahmlab taklif qildi. Bolamga shamol tegmasin deb oynalarni ko’tarib qo’ydi.

Naqd pulim uyda qolibdi, hijolat bo’lib to’lov turini kartaga almashtirishni so’rasam, haydovchilarga hos bo’lmagan vazminlik bilan “sizga qaysi biri qulay bo’lsa shuni tanlang”, dedi. Endi bu vaziyatlar meni yana o’ylantira boshladi. Nega yumshoq ko’ngil va muomalali inson boya menga yordam bermadi?! Gap bu yerda menga yordam bermaganida emas, u kishi haqidagi ilk taassurotim bilan keyingi fikrlarim mos kelmayapkan edi.

Manzilga yetib keldik, bolam uxlab qolgan. Yana aravani olishim kerak. Bir qo’limda bolamni tutib, moshinadan aravani tushirgunimcha bolam uyg’onib ketdi. Bu holatni ko’rib turgan haydovchini gapidan men uyalib ketdim.

“Singlim, uzr. Oyoq ishlamaydi. Qiynalib qoldiz, tushirishib yuboromadim”

Men o’zimdan uyaldim. Gumonimni chiroyli qilmaganimdan uyaldim. O’sha inson uchun suyundim. Uni oyoqlari ishlamasa ham, Alloh uni go’zal qalb bilan siylab qo’yibdi.

Biz “no’tog’ri”, “adolatsiz” deb sanagan holatlarda qarshi tarafga nisbatan gumonimizni doim chiroyli qilishimiz kerak ekan. Chunki vaziyat har doim ham biz o’ylagandek bo’lmaydi. Biz o’ylagandek bo’lgan taqdirda ham boshqalarga nisbatan chiroyli gumonda bo’lishimiz toqatimizni ziyoda va qalbimizni keng qilarkan.

Dildora Yuldosheva

1 month, 2 weeks ago

Bugun sizga o’zimda shakllantirayotgan foydali bir odat haqida yozmoqchiman.

Ish qilayotgan vaqtim asosan foydali podcast yoki suhbatlarni eshitaman. Tabiiyki, qaydlar olib yozib chiqolmaymam, chunki qo’lim doim band bo’ladi.

Eshitgan narsamdan borsa 3-4 kun ta’sirlanishim mumkin, keyin tezda unutib yuboraman. Chunki miyyam bu ma’lumot ustida qayta ishlamaydi, qo’llarim yozmaydi, takror yo’q.

Faqat eshitib ketaverish, uni hayotga tadbiq qilmaslik meni ko’nglimni g’ashlardi. Shuning uchun o’zimga bir qoida yo’lga qo’ydim: doim audioni maqsadli eshitish.

Bu qanday bo’ladi? Biror narsa eshitishdan oldin o’zimga eslataman: hozir mana shu audiodan hayotimga tadbiq qilish mumkin bo’lgan bitta narsani olaman va bugundan qilishni boshlayaman.

Shu narsani hayolimga keltirib keyin tinglashni boshlaganimdan buyon nima bo’lyapti?

Miyyam avtomatik ravishda hozirgi holatimga mos bo’lgan harakat / amal / o’zgarishlarni eshitishi bilan “ting” etib qulog’imda jaranglatadi. Va men o’sha narsani amalda qo’llashni boshlayapman.

Siz ham sinab ko’ring.

Dildora Yuldosheva

1 month, 3 weeks ago

Uhud g’azzotidan qaytgan Abu Salama jarohatlariga malham qo’yayotgan Ummu Salamaga Rosulallohdan eshitgan gaplarini yetkazdi: “Kimki bir musibatga girifdor bo’lsa istirjo* aytib, keyin “Parvardigoro, bu musibat sening huzuringdan bo’lgan sinovdir. Robbim, menga yo’qotgan narsamdan afzalini ato etgin”, desa Alloh so’raganini beradi…”.

Hastalik bilan olishgan Abu Salama ko’p o’tmay hayot bilan vidolashdi. Shunda Ummu Salama Rosulalloh (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadisni esladi:

- Parvardigorim, bu musibatni sening huzuringdan bo’lgan sinov deb bildim…

Duoni davomini ayta olmay o’pkasi to’ldi, chunki uning nazdida Abu Salamadan afzal insonning o’zi yo’q edi. Shunga qaramay marhumning so’nggi vasiyatini ado qilib, duoni oxirigacha yetkazdi.

Motam iddasi nihoyasiga yetishi bilan birinchi Abu Bakr Siddiq, keyin Umar ibn Xattob uni jufti halollikka so’radilar. Takliflar rad etildi. Navbatdagi sovchi Rosulalloh sollallohu alayhi vasallamning o’zlari bo’ldilar. Alloh bu hayrli ayolning duosini ijobat qilgan edi. O’sha kundan bu ayol dunyo mo’minlarining onasiga aylandi.

  • Inna lillahi va inna ilayhi rojiun

Topayotganlarimiz yoqatayotganlarimizdan ziyoda ekanini anglaganimizda har bir musibat aslida ne’mat ekanligi ko’rinadi.Dildora Yuldosheva

2 months ago

Amr ibn Tufayl Yamoma jangida shijoat bilan jang qilib, Madinaga bir qo’li kesilgan holida qaytdi.

Bir kun Amr Umar ibn Xattob huzurlariga kirdi. Shu payt taom keltirildi. Hazrat Umar atrofdagilarni taomga chorladilar. Lekin Amr hech qayerga jilmay, joyida qoldi. Halifa nega kelmayapkanini so’radilar, hoynaxoy chap qo’lda ovqatlanishdan uyalayotganini tahmin qildilar. Amr buni tasdiqladi. Umar roziallohu anhu shunday javob qildilar:

⁃ Xudo haqqi, sen kesilgan qo’lingni taomga urib bermaguningcha, men bir luqma ham olmayman. Oramizda tanasining bir qismi jannatda bo’lgan yolg’iz kishi sensan.

———————————

Biz jangu-jadallardan yiroq bir yerda yashayapmiz. Qo’l yoki boshqa a’zosidan ayrilgan insonni uchratmasakda, qarshimizdagi inson Alloh nazdida Amr ibn Tufayldek biri bo’lishi mumkinligini tafakkur qilaylik.

Insonning lavozimi / nasl-nasabi / kiyimi / moshinasiga qarab muomala qilmasligimiz kerak. Zero, balki Alloh huzurida uning martabasi ulug’dir. Amr ibn Tufaylda qo’li kesilgani holida bilingan bo’lsa, hozirgi davrda buni aniq belgisi ko’rinmasligi mumkin.

2 months, 1 week ago

Alloh insonlarni savobli amallarda sherik qilib qo’ydi. Har bir inson niyati uchun bir ajr, qilgan yaxshi amali uchun esa o’n ajr olishi va’da qilindi. Ya’ni amalda sherik bo’lsa ham ajr har insonga to’liq beriladi.

Men bir insondan kitob oldim. U inson ilm olishimga sababchi bo’lish maqsadida o’z kitobini ilindi. O’ylab qoldim. Alloh u insonning niyati va amali uchun alohida ajr, meni niyat va amalim uchun alohida ajr beradi. Va shu ish orqali o’rtamizdagi iliqlikni ziyoda qilib qo’yadi. Naqadar yaxshi sherikchilik bu! Ziyoda bo’ladiki, ozaymaydi.

Dildora Yuldosheva

1 year ago

O’rnak olishadi, biz bilmaymiz

Qilayotgan ishimiz, gapirayotgan so’zimiz, hatti-harakatimizni hech kichik yo ahamiyatsiz sanamasligimiz kerak. Chunki atrofimizdagi insonlar bizdan o’rnak oladilar, garchi buni o’zlari payqamasalar ham.

“Atrofingizdagi besh inson yig’indisisiz” ma’nosidagi ibora bor. O’ylab ko’rishimiz kerak, agar biz kimningdir beshdan bir qismiga aylanayotgan ekanmiz, unga qanday ta’sir o’tkazyapmiz? Biz sababli u isloh bo’lyaptimi yo ziyonkorga aylanyaptimi?

Xotira aytilgan emas, ko’rgan narsasini ko’proq eslab qoladi. Odamlar ming marta aytilganiga emas, bir marta ko’rib, hikmat olganlariga ko’proq amal qiladilar. Shuning uchun ham gaplar kor qilmaydi ba’zan.

Olgan ilmimizni hech kimga tarqatmagan taqdirizmizda oila a’zolarimizni ham ilm olishga targ’ib qilayotgan bo’lamiz. Ilmga berilgan ota-onadan ilmda sug’orilgan avlod yetishadi. Katta farzand ilmga chanqoq bo’lsa, kichiklari o’z-o’zidan ana shu muhitda o’sa boshlaydi. Ilmga bo’lgan ishtiyoq do’stlarga, qarindoshlarga, qo’ni-qo’shnilarga ham yuqa boshlaydi. Davradagi suhbat mavzulari ham o’zgaradi.

Lekin “men sizdan mana shu ishda o’rnak oldim”, demaydi birov. Hatto, sizdan o’rnak olganini o’zi ham bilmas. Buni bizga aytishlari muhim emas, aslida. Muhimi, to’g’ri yo’lda yurishimiz, mayda ko’ringan amallarimizda ham o’rnak bo’la olishimiz va ajridan umidvor bo’lishimiz.

Dildora Yuldosheva

1 year ago

Yangi yilda yangi odatlar

Yangi odatni shakllantirish o'rtacha 40 kun vaqt talab qiladi.

Yilning boshida - ishtiyoq baland bo’lganda foydali ishlarni odatga aylantirib oling. Yilning qolgan qismida esa bu hayot tarzingizga aylanadi.

Yangi odatlarni shakllantirish uchun tavsiya:

  1. Kichik qadamlardan boshlang.

Deylik 10,000 qadam yurishga odatlanmoqchisiz. Avval, 500 yoki 1000 qadamdan boshlang. Har kun 300-400 qadamga oshirib boring.

  1. Yangi odatni eskisi bilan bog'lang.

Masalan, har kun ertalab suv ichish odatini
shakllantirmoqchisiz. "Har kun tishimni yuvib
bo'lishim bilan suv ichaman", degan qoida qilib oling. Shunda tishingizni yuvayotgan payt suv
ichishingiz kerakligi esingizga tushadi.

  1. Oldindan tayyorgarlik ko'ring.

Siz har kun uxlashdan oldin kitob o'qimoqchisiz. Bunga qanday tayyorlanasiz? Krovatingiz oldiga o'qishingiz kerak bo'lgan kitobni oldindan qo'yasiz. Kechki payt esa siz miyyangiz "hozir kitobni olish uchun turishim kerak, yaxshisi ertaga o'qirman" degan bahonani qilolmaydi.

  1. Yangi odat uchun kerakli narsa ko'zizga yaqin joyda tursin.

Maqola yozishni odat qilmoqchisiz. Demak, kompyuter ko'zingizga ko'rinadigan joyda turishi kerak. Bu sizga maqola yozishingiz haqida signal berib turadi.

  1. Qilmoqchi bo’lgan ishingizga chegara va aniqlik qo’ying. Mavhum bo’lmasin.

Mashq qilish
✔️dush, chor, jum kunlari nonushtadan oldin 20 daqiqadan zalda mash qilish

  1. Odatlarni yozib boradigan dastur yoki kalendardan foydalaning. O’zingizga nima qulay bo’lsa, shuni ishlating.

Progressni vizual ko’rish yoki “bajardim” tugmasini bosishga bo’lgan xohish ishni qilishga undaydi.

  1. Ikki kun ketma-ket tashlab qo’ymang. Biror sabab bo’lib bir kun qila olmay qolsangiz, ertasi kuni albatta qiling.

Dildora Yuldosheva

1 year ago

Ota-ona sifatida yuqoridagi muammoga yechim

Doimiy duo qiling.

Allohdan O'zi ofiyat berishini so’rang. Yengillik kelishini, to'g'ri yo'l ko'rsatishini, farzandlarimizni O'zi tarbiya qilishini va to'g'ri tushunishlarini so'rang.

Hali turmushga chiqmagan bo'lsangiz o'zingizga sizni tushunadigan, qo'llab-quvvatlaydigan, qarorlaringizni hurmat qiladigan va sizni eshitadigan juft so'rang. Sizga yetuk shaxs nazari bilan qaray oladigan, o'g'limning yori, nabiralarim onasi deb hurmat qiladigan qaynona-qaynota so’rang.

• Farzandingiz hali o’zini himoya qila olmaydi. Unga siz mas’ul ekansiz, chegaralarini ham o’zingiz himoya qiling.

Uydagilarga pozitsiyangizni, tarbiya uslubingizni tushuntiring. Maqsadingizni ayting. Murosa qiling. Ular ham tushunishadi.

Hammaga yaxshi ko’rinish istagida bolangizni bolaligini boy berib qo’ymang.

Hayotimdan misol qilib ayta olaman. Qaynona-qaynotam, o’zimni ota-onam bilan ham qarashlarimiz turlicha bo’lgan vaziyatlar bo’ladi. Bu yerda haq yoki nohaq yo’q. Ular o’zlari tarbiya topgan va o’rgangan usulga tayanishadi, men esa o’z o’qiganlarimga. Bunaqa vaziyatda men ularga hammasini yotig’i bilan tushuntiraman. Agar tushunishmasa ham, ko’nglim to’q. Nega? Farzandim oldidagi mas’uliyatimni bajardim. Shunchaki qo’l qovushtirib, endi shunaqa ekanda deb o’tirmadim.

Murosa yo’llarini qidiring.

Bu haqda sizlarga yozishim shart emas. Chunki hammaning uyida sharoit har xil. Hamma o’z uyidagilarni fe’lini, ularga nima yoqish-yoqmasligini, qaysi gap ta’sir qilishi, qachon gapirish kerakligini o’zi biladi.

O'zingiz boshqalar uchun ko'zgu ekaningizni unutmang.

Siz farzandingizga baqirdingizmi, demak, boshgalarga ham ruhsat bergan bo'lasiz baqirishlariga.
Farzandingizga qanaga munosabatda bo'lish kerakligini, avvalo, o'zingiz namuna bo'lib ko'rsatib bering.

Dildora Yuldosheva

1 year ago

Hotirjam ona bo’la olish meni qo’limdan keladi deb o’ylab xato qilgan ekanman.

Farzandim uchun hotirjam va baqirmaydigan onaman. Har qanday holatda o’zimni tuta olaman, va bu meni yutug’im deb o’ylardim.

Yo’q! Bu faqat meni yutug’im emas ekan. Bunga boshqa ko’plab faktorlarni ta’siri borligini sezdim. Eng muhim ikkita nuqtasini yozaman:

  1. Farzandim tarbiyasiga boshqalarni aralashuvi yo’qligi, ya’ni o’zim istagandek tarbiya bera olishim.
  2. Tashqi muhitdan menga bosim o’tkazilmasligi.

Har ikkalasi haqida batafsil tushuntiraman.

Shariat bo’yicha qaraladigan bo’lsa ham, mantiqan ham farzandga mas’ul bu - ota-ona. Ota-onachalik hech kim farzandini his qilmaydi va tushunmaydi. Shunday ekan, uni tarbiyasi borasida ham nima-qanday bo’lishi, qanday tartibda ilm olishi, qanday qadriyatlar singdirilishi ham ota-onaning ishi, zimmasidagi mas’uliyatidir. Albatta, kattalardan kerak joyda maslahat olinadi, yordam so’raladi. Lekin bu ularga aralashish huquqini bermaydi.

Aksar oilalarda bobo-buvilar bola tarbiyasini o’z farzandlariga ishonib topshirolmaydilar, amma-xola, tashqaridagi odamlar ham so’ralmagan maslahatlarini berib, zimmalaridan tashqarida bo’lgan mas’uliyatni ovoladilar.

Bir qo’l mahsulot odatda yaxshi saqlangan va sifatli bo’ladi. Bir qo’l parvarishlagan novda ham shunday.

Ikkinchi sabab tashqi muhitning bosimi dedim. Bosim deganda nimani nazarda tutyapman?

Bolani o’rniga gap eshitish. Aksar hollarda bola biror ish bajarib qo’ysa (devorga chizsa, kiymini ho’llab qo’ysa, ovqat to’ksa va hkz.), ona gap eshitadi. O’zi shundoq ham bolani ketidan tozalaydigan odam ona bo’lsa, yana u uchun gap ham eshitishi qanchalik to’g’ri?! Bola atayin qilmaydi, ona ham ish bilan chalg’ib ko’rmay qolishi tabiiy. Har vaziyatda bir aybdor bo’lishi shartmi?

Bolali uy ≠ yig’ilgan uy. Bolali xonadonda hamma narsa joy-joyida, saramjon va yig’ilgan turishi imkonsiz. Chunki bola tegib, tortib, otib o’rganadi. Shunisi bilan ham bola. Narsalarni yoyilib yotishi, bola kiyimlarini kir bo’lishi, oynalardagi dog’ - bularni hammasi uyda bola yashayotganini belgisi.

Uydagilar yoki ayolning eri doim har yerdan ayb topib, uylar saramjon emasligi uchun uyaltirib, bolaning ishlari uchun onani ayblayversa ona o’zi bilmagan holda bosim ostida bo’lib qoladi.

Alamini kimdan oladi? O’zidan zaif bo’lgan va gapi o’tadigan farzandlaridan.

Endi farzandlari uylarni yoysa qanaqa munosabat bildiradi? Baqiradi, urishadi. Ha mayli bolada deyolmaydi, chunki tepada buni tushunmaydiganlar bor.

Bolaning o’ziga xos bo’lgan qiliqlari, harhasha va injiqliklarini ko’tara olmay qoladi.

Farzandlar bilan shug’ullanish, ilm berishchi? Uy tozaligi va saramjonligidan keyingi darajalarga tushib qoladi. Uyku ertaga yig’sa ozoda bo’ladi, narsalar saramjon bo’ladi qaytib. Devorni oqlasa yangidek bo’ladi. Lekin bolani ilmni shimib oladigan vaqti o’tib ketadi. Keyin majburlab ham o’rgata olmay yuramiz. Aybni bolaga ag’darib. O’zi dangasa, o’zi qiziqmaydi. Qiziqqan vaqti shug’ullantirilmagan bo’ladida.

Endi aksi bo’lsachi? Onaning harakatlarini e’tirof etib, unga ko’maklashib yuborsachi? Bir-ikki yig’ilmagan joylarga ko’zini yumsachi?

Inson fitrati doim go’zallikka intiladi. Ona ham istaydi, chiroyli joyda, ozoda o’tirishni. Ba’zan ulgurmaydi, farzandini tarbiyasini ustunroq qo’yadi.

Qilayotgan mehnati juftiga va yaqinlariga ko’rinayotganini bilgan ayol yana erinmasdan, uchib-qo’nib bolalari bilan shug’ullanishda davom etmaydimi?!

Baqirmaslik, hotirjamlik haqida yuzlab kitob o'qimaylik, mas'uliyatimzni bemalol bajara olmasak va doimiy bosimda bo'Isak o'qiganimiz 0 ga teng bo'laveradi.

Dildora Yuldosheva

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 5 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago