Соябон остидаги аёл

Description
Ijodiy kanal
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month, 1 week ago
1 month, 1 week ago
Рахшона опам [айтган масала](https://t.me/RaxshonaAhmedova/1138) охирги 200 …

Рахшона опам айтган масала охирги 200 йилликда кўп ижодкорларни ўйлантирган. Билганим, бу борада аниқ бир ечимга келиш учун жаҳон адабиётини мактаблаштириб ўқиш керак. Масалан, немис, инглиз, рус, француз, япон, лотин америкаси адабиётларидаги энг кўзга кўринган асарларни ўқиб чиқиш лозим. Шунда кўп нарса маълум бўлғай

1 month, 1 week ago

#Радио_тўлқинларида

OʼZBEKISTON" радиоканали "ТАФАККУР ва ИЖОД" лойиҳасида сиз кутган самимий суҳбат.
Бу галги меҳмонимиз ёш ижодкор, куни-кеча нашрдан чиққан "Тонготар" романи  муаллифи, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси РАХШОНА АХМЕДОВА бўлди.

Адиба билан болалик даврлари, ижодий жараёнлар, таржимачилик, адабий танқидчилик, устоз-шогирд анъаналари ҳақида мириқиб суҳбатлашдик. Дарвоқе, Рахшона илк ижодини назмда бошлаган, эндиликда насрда китобхон мухлислар эътиборини қозонмоқда.

"Oʼzbekiston" радиоканалида биргаликда тинглаймиз.
1~2 қисмлар
Муаллиф журналист Робия Камол.

https://t.me/tafakkur_ijod

3 months, 4 weeks ago
"Сўзсиз яшаётганимизга икки ҳафтадан ошди.

"Сўзсиз яшаётганимизга икки ҳафтадан ошди.
Эр-хотин иккимиз сўнгги сўзимизни айтган кун шанба эдими якшанбами аниқ эслолмайман, лекин можаро доимгидек арзимаган нарсадан чиқди..."

Рахшона Аҳмедова
"Сўзсизлик" ҳикоясидан

3 months, 4 weeks ago
[#xushxabar](?q=%23xushxabar) ***?***

#xushxabar ?

"Lothlorien Poetry" jurnalida "So'zsizlik" hikoyam bosilibdi.
Tarjimon: Munira Norova

Lothlorien Poetry Journal: Wordlessness - Short Story By Rakhshona Akhmedova
https://lothlorienpoetryjournal.blogspot.com/2024/10/wordlessness-short-story-by-rakhshona.html

4 months, 1 week ago

#tavsiya

"...Shunday sahifalarni ijod etgan ijodkor (V.Vulf bu yerda Brontening dunyoga mashhur «Jeyn Eyr»ini nazarda tutmoqda) shubha yoʻqki, Jeyn Ostinga qaraganda juda qobiliyatli va anchayin mahoratli hisoblanadi.
Biroq ziyrak o'quvchi kitob ichiga sho'ng'ishi bilanoq, undagi qator kamchiliklarni tezda idrok etib olishi muqarrardir. Sharlotta ma'lum sahifalarda o'z asarini bag'rikenglik bilan ijod etmagandek ko'rinadi. Jumladan, u juda xotirjam yozishi kerak bo'lgan joylarda o'z asariga keraksiz achchiq va g'azab bilan yondashgan. O'ta donolik qilishi lozim bo'lgan holatlarda bo'lsa aqlsizlik ila nojoiz jumlalarni qimmatli kitobiga kiritgan. Qahramonlari to'g'risida yozishi zarur bo'lgan o'rinlarda esa negadir o'zi haqida, o'z hayoti xususida hikoya qilib ketavergan".

"Shaxsiy xona"ni tugatganimga bir oycha bo'ldi, lekin hanuz kitob ichida yashayotgandek. Tagiga chizib o'qilgan ba'zi o'rinlar yodimga tushib qoladiyu yana o'ylar girdobiga g'arq bo'laman... Kitobni o'qiyotganimda yuqoridagi parchani tagiga chizganmanu biroq uncha e'tibor qilmagan ekanman. Kecha intervyuga tayyorlanayotib qayta ko'z yugurtirdimu o'ylanib qoldim. Haqiqatda ham ayol ijod davomida o'zini cheklaydimi? Men o'zimni to'la namoyon eta oldimmi yoki qay o'rinda o'zimga to'siqlar qo'ydim? Qaysi asarimda g'azabga berildimu qaysinisida aqlsizlik qilib nojoiz jumlalarni kiritdim ekan? Kelajakda o'zbek ayollarining asarlarini ham Vulf kabi tahlil qilaoladiganlar paydo bo'lsa, meni qaysi yozmishlarim uchun ayblaydi?
Naytingel xonim shikoyat qilganidek, «Ayollarning hech qachon o'zlari uchun yarim soat ham bo'sh vaqtlari bo'lmaydi... Doim chaqirib qolishadi», hamisha xalal berishadi. Shunday bo'lsa-da, she'r yoki drama yozishdan ko'ra nasriy asarlar yozish osonroq bo'lgan. Unga diqqatni kamroq jamlash talab etilgani uchundir. Jeyn Ostin umrining oxirigacha shunday muhitda yozgan, deydi Vulf.
Menda ham bo'lganmi shu holat? Eslayman. Hatto atayin xalaqit berishgan, yozmasligimni istashgan paytlar bo'lgani yodimga tushadi. To yozish mening qismatim ekanini anglab yetgunlaricha bundan ham ortiqroq to'siqlar bo'lgan. Yozish uchun tunni kutishimga sabab diqqatimni hech kim bo'lmasligini istaganim uchun, albatta. Huddi shunday. Mutolaa davomida tobora o'zimni anglab borayotgandek, Vulf menga oyina tutayotgan bo'ladi.
Shuningdek, ba'zi o'rinlarda o'z dunyosida qamalib yashayotgan ayollarga yordam qo'lini cho'zib, ba'zi o'rinlarda qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga undayotganday tuyuladi: "...bu mavzuda nima topgan bo'lsam, sizlarga yetkazdim. Mana oxirgi ogohlantirish janob Jon Lengdon Devisdan: "Farzandli bo'lish zarurati yo'qolsa, jamiyatda ayollarga bo'lgan zarurat ham yo'qoladi". Umid qilamanki, buning ma'nosini anglab yetdingiz. Sizni yana qanday so'zlar bilan hayotga ilhomlantiray? Ayollar, iltimos, jamiyat ishlariga qatnashing, gapiring, bo'lmasa rad etilasiz. O'zingizni kashf qilishdan ortiqroq ish yo'q olamda".

7 months ago

#parcha

Hammasi xatodir... ?

O'ylab ko'ring-a, butun boshli hayotingizni bari xato bo'lib chiqsa, tanlovlaringizning barchasi xato bo'lsa nima bo'ladi? Siz tanlagan yo'l -- xato, siz qilgan ishlar -- xato, siz tanlagan inson -- xato.
Bu hayotda eng og'iri xatolar ichra yashamoqdir. Bu xatolar sizni sochib yuboradi. Qalbingizni parcha-parcha qilib yuboradi. Qayta tiklanmoq qiyin, qayta tanlamoq qiyin... Hatto yashamoq qiyin bo'lib qoladi...
Lekin agar tura olsangiz, xatolarga qaramay olg'a yura olsangiz, xatolar sizni sindira olmasa, barbod qila olmasa, endi sizni hech nima, hech kim to'xtata olmaydi. Ishoning, xatolar sizni kuchli qilmoq uchun ham bor, aslida. Shuni anglagan oningiz xatolardan qo'rqmay qo'yasiz. Xatolarga ko'z yuma olasiz...
Asli bu hayotning o'zi xatodir, xato bilan boshlangan, oxiri ham xato bilan tugashi aniq. Biz unda xatolarni anglamoq uchun yashamoqdamiz ~
Raxshona Ahmedova ?

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago