? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Tig’iz grafikli hayot
Dam olish kuni bo’lsa-da ishlarga to’la kun bo’ldi bugun.
Oxirgi vaqtlarda bemalol bo’lib vaqt o’tkaza olmayapman.
Bir nechta yaqin tanishlarim ko’rishishga chaqirdi, borolmadim.
Ketma-ket deadline taqalgan proyektlar biroz halal berib qoldi.
Lekin hammasi joyida, bekorchilikdan ko’ra ancha yaxshi.
2025-yilda blogda aktiv bo’lishni reja qilgandim, haliyam bor bu reja.
ASAP ishlarimni yakunlab olsam, albatta, ko’proq fokus beraman.
Nafaqat Telegram, balki Instagramdayam aktivlik bo’lib qolar…
Shu kunlarda tig’iz grafikli hayotdagi xulosam — rejalashtirish.
Har bir ishni reja bilan qilish kerak, shunda ortiqcha ovora bo’lmaysiz.
O’zim biroz rejasiz harakat qilganim uchun shoshib qoldim…
Hayotni reja qilish esa keyingi qadam qanday bo’lishini ko’rsatib turadi.
Hozircha shunaqa gaplar ))
Kelinlarga nasihat
1. Qanoat sohibasi bo’l, undan hayiqib tur. Ering uyga nima ko’tarib kelsa, xushfe’llik va odob-nazokat bilan qabul qilib ol, tashakkur ayt.
2. Eringga hamisha itoatda bo’l, amrlarini yaxshilab tingla va bajar.
3. Eringning nazari tushadigan joylarga e’tibor qil. U senda xunuklik ko’rmasin. Uy ichi va hovlini nihoyatda ozoda va tartibli tut.
4. Eringning burniga xushyor bo’l. Dimog’iga sendan yomon his kirmasin, faqat xushbo’ylik sezsin.
5. Ovqatni vaqtida tayyorla, aslo kechiktirma. Ering uyga kelishi bilan dasturxon sol.
6. Uning uyqu vaqtini, uyg’onish paytini bilib ol. Chunki ochlik va uyquning buzilishi erkaklarning g’azabini qo’zg’aydi.
7. Xojangning moli va ashyosiga e’tiborli bo’l, isrof qilma, avaylab asra! Chunki uning mol-dunyosi senikidir.
8. Eringning qarindoshi va yaqinlarini izzat-hurmat qil. Bu bilan xojangni hurmat qilgan bo’lasan.
9. Eringning sirlarini boshqalarga aytuvchi bo’lma, uning ishonchini yo’qotasan.
10. Xojangning amriga osiy bo’lma, uning dinga to’g’ri keladigan barcha buyruqlarini ado qil. Shuni yaxshi bilib olki, xojang xafa bo’lganda xursand ko’rinishdan, u quvonganda g’amgin bo’lishdan o’zingni ehtiyot qil.
*©️ «Baxtiyor oila» — Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf*
Kuyovlarga nasihat
1. U ham sen kabi tasarruf qilishi kerak deb o’ylama. Chunki u sendan boshqacha yaratilgan.
2. Uni e’tiborsiz qoldirma. Unga muhabbat, mehr va omonlik hadya et. Chunki u ayollik tabiati ila mazkur narsalarga muhtojdir.
3. Uning shikoyatlarini e’tiborsiz qoldirma. Ayol kishi har doim ma’naviy va mehrli qo’llovni istaydi.
4. Unga sovg’alar taqdim qilishda baxil bo’lma, chunki ayol zoti baxil erni yoqtirmaydi.
5. Ahlini ziyorat qilishiga qarshi bo’lma, agar bunga qarshi bo’lsang, uning muhabbatini yo’qotasan. Ayollar o’z ahliga ko’proq bog’liq bo’ladi.
6. Goh-gohi rashk qilishingni bildirib tur. Bu uning ayollik izzat-nafsini rozi qilib turadi.
7. Unga lutf ko’rsat, ayolligini qondirib tur.
8. Uning ayblarini yuziga solma. U tanqidni yoqtirmaydi.
9. Undan yuz o’girma. Ayol kishi o’ziga quloq tutganni yaxshi ko’radi.
10. Unga xiyonat qilma. Ayol uchun eng og’ir narsa erining xiyonatidir.
11. Uning o’zini ham, his-tuyg’ularini ham mazhara qilma, chunki u nozik hilqatdir, jarohatni ko’tara olmaydi.
12. U sendan talab qilgan narsani unutma. Aks holda, unda «qadr-qiymatim yo’q ekan» degan tushuncha paydo bo’ladi.
13. Undan yordamingni ayama. Chunki ayol zoti doimo o’zi ishonadigan va suyanadigan shaxsga muhtojdir.
14. Oilaviy mas’uliyatlaring va va’dalaringni zinhor e’tiborsiz qoldirma. Ularga amal qilishing ayolingga bo’lgan muhabbatingni his qildiradi.
15. Uning ikkingizning muammolaringizni hal qilish bo’yicha takliflarini e’tiborsiz qoldirma. Agar unday qilsang, bu unga ahamiyat bermaganligingni bildiradi.
16. Undan muammolarni oqilona va mantiqiy hal qilishini talab qilma. Chunki ayol kishi odatda ko’proq otifaga — his-hayajonga berilgan bo’ladi.
17. Uning mayda-chuyda ishlariga ko’p aralashma. Bu borada unga ishon. Bu unga uyning haqiqiy bekasi ekanini sezdirib turadi.
18. Uni maqtab turishdan g’ofil bo’lma. Uning kiyimi, ziynati, pishirgan narsalarini, uy tutishini maqtab tur. Bu uning ayollik tuyg’usini rozi qiladi.
19. Ayol kishining homiladorlik, tug’ish va hayz kabi og’ir holatlarni boshidan o’tkazishini aslo unutma. O’sha paytlarda uning his-tuyg’ularini yanada ko’proq rioya qilish lozim.
20. Uning shaxsiy hurriyatini ko’p cheklama. Xususan, ijtimoiy aloqalarda.
*©️ «Baxtiyor oila» — Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf*
Hisobot topshirish vaqti
Xo’sh, oxirgi vaqtlarda umuman yo’qman, blog uchun vaqt ajrata olmadim, nimalar bilan bandman o’zi?
Juda unaqa katta ishlar bilan emas. Doimgidek, «mayda-chuyda» ishlar, sekin-asta yuribman-da )
Blog uchun endi vaqt ajrataman, ko’proq yozaman deganimda nimadirlar bo’lib qolaveradi-da negadir.
Mayli, buyam bir yaxshilikka. «Aytishga tayinli gaping bo’lmasa, jim turganing ma’qul!» deyishgan-ku.
Mendayam aytarli gap va yangilik yo’q edi. Yozishga bir necha marta harakat qildim, lekin asos topolmadim.
Bu postniyam shunchaki borligimni, haliyam bu kanalga nimadirlar yozib tura olishimni ko’rsatish uchun yozdim.
Nimadirlar qilish haqida o’ylayapman. O’ylarim juda ko’pligidan aynan qaysidan boshlashni bilmay qoldim.
Lekin bu safar «Come back» demayman. Sababi yana bir oylab yo’q bo’lib qolmasligimga kafolat yo’q.
P. S. Sizni hayotingizda nima yangilik bor, deb so’ramayman. Hamma o’zi bilib harakat qilib yurgandir )
@Baxriddinoff_Blog
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid