Baxriddinoff | Blog

Description
Xayollarini haqiqatga aylantirish yo’lida bo’lgan yigit!

P/S. Kanalga xohlagan payt, xohlagan narsa yoziladi!

Find me: @Baxriddinoff_Mini
Advertising
We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid

1 month, 1 week ago
1 month, 3 weeks ago
1 month, 3 weeks ago
4 months ago
4 months ago

Kelinlarga nasihat
1. Qanoat sohibasi bo’l, undan hayiqib tur. Ering uyga nima ko’tarib kelsa, xushfe’llik va odob-nazokat bilan qabul qilib ol, tashakkur ayt.
2. Eringga hamisha itoatda bo’l, amrlarini yaxshilab tingla va bajar.
3. Eringning nazari tushadigan joylarga e’tibor qil. U senda xunuklik ko’rmasin. Uy ichi va hovlini nihoyatda ozoda va tartibli tut.
4. Eringning burniga xushyor bo’l. Dimog’iga sendan yomon his kirmasin, faqat xushbo’ylik sezsin.
5. Ovqatni vaqtida tayyorla, aslo kechiktirma. Ering uyga kelishi bilan dasturxon sol.
6. Uning uyqu vaqtini, uyg’onish paytini bilib ol. Chunki ochlik va uyquning buzilishi erkaklarning g’azabini qo’zg’aydi.
7. Xojangning moli va ashyosiga e’tiborli bo’l, isrof qilma, avaylab asra! Chunki uning mol-dunyosi senikidir.
8. Eringning qarindoshi va yaqinlarini izzat-hurmat qil. Bu bilan xojangni hurmat qilgan bo’lasan.
9. Eringning sirlarini boshqalarga aytuvchi bo’lma, uning ishonchini yo’qotasan.
10. Xojangning amriga osiy bo’lma, uning dinga to’g’ri keladigan barcha buyruqlarini ado qil. Shuni yaxshi bilib olki, xojang xafa bo’lganda xursand ko’rinishdan, u quvonganda g’amgin bo’lishdan o’zingni ehtiyot qil.

*©️ «Baxtiyor oila» — Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf*

@Baxriddinoff_Blog

4 months ago

Kuyovlarga nasihat
1. U ham sen kabi tasarruf qilishi kerak deb o’ylama. Chunki u sendan boshqacha yaratilgan.
2. Uni e’tiborsiz qoldirma. Unga muhabbat, mehr va omonlik hadya et. Chunki u ayollik tabiati ila mazkur narsalarga muhtojdir.
3. Uning shikoyatlarini e’tiborsiz qoldirma. Ayol kishi har doim ma’naviy va mehrli qo’llovni istaydi.
4. Unga sovg’alar taqdim qilishda baxil bo’lma, chunki ayol zoti baxil erni yoqtirmaydi.
5. Ahlini ziyorat qilishiga qarshi bo’lma, agar bunga qarshi bo’lsang, uning muhabbatini yo’qotasan. Ayollar o’z ahliga ko’proq bog’liq bo’ladi.
6. Goh-gohi rashk qilishingni bildirib tur. Bu uning ayollik izzat-nafsini rozi qilib turadi.
7. Unga lutf ko’rsat, ayolligini qondirib tur.
8. Uning ayblarini yuziga solma. U tanqidni yoqtirmaydi.
9. Undan yuz o’girma. Ayol kishi o’ziga quloq tutganni yaxshi ko’radi.
10. Unga xiyonat qilma. Ayol uchun eng og’ir narsa erining xiyonatidir.
11. Uning o’zini ham, his-tuyg’ularini ham mazhara qilma, chunki u nozik hilqatdir, jarohatni ko’tara olmaydi.
12. U sendan talab qilgan narsani unutma. Aks holda, unda «qadr-qiymatim yo’q ekan» degan tushuncha paydo bo’ladi.
13. Undan yordamingni ayama. Chunki ayol zoti doimo o’zi ishonadigan va suyanadigan shaxsga muhtojdir.
14. Oilaviy mas’uliyatlaring va va’dalaringni zinhor e’tiborsiz qoldirma. Ularga amal qilishing ayolingga bo’lgan muhabbatingni his qildiradi.
15. Uning ikkingizning muammolaringizni hal qilish bo’yicha takliflarini e’tiborsiz qoldirma. Agar unday qilsang, bu unga ahamiyat bermaganligingni bildiradi.
16. Undan muammolarni oqilona va mantiqiy hal qilishini talab qilma. Chunki ayol kishi odatda ko’proq otifaga — his-hayajonga berilgan bo’ladi.
17. Uning mayda-chuyda ishlariga ko’p aralashma. Bu borada unga ishon. Bu unga uyning haqiqiy bekasi ekanini sezdirib turadi.
18. Uni maqtab turishdan g’ofil bo’lma. Uning kiyimi, ziynati, pishirgan narsalarini, uy tutishini maqtab tur. Bu uning ayollik tuyg’usini rozi qiladi.
19. Ayol kishining homiladorlik, tug’ish va hayz kabi og’ir holatlarni boshidan o’tkazishini aslo unutma. O’sha paytlarda uning his-tuyg’ularini yanada ko’proq rioya qilish lozim.
20. Uning shaxsiy hurriyatini ko’p cheklama. Xususan, ijtimoiy aloqalarda.

*©️ «Baxtiyor oila» — Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf*

@Baxriddinoff_Blog

7 months, 2 weeks ago

Hisobot topshirish vaqti
Xo’sh, oxirgi vaqtlarda umuman yo’qman, blog uchun vaqt ajrata olmadim, nimalar bilan bandman o’zi?

Juda unaqa katta ishlar bilan emas. Doimgidek, «mayda-chuyda» ishlar, sekin-asta yuribman-da )

Blog uchun endi vaqt ajrataman, ko’proq yozaman deganimda nimadirlar bo’lib qolaveradi-da negadir.

Mayli, buyam bir yaxshilikka. «Aytishga tayinli gaping bo’lmasa, jim turganing ma’qul!» deyishgan-ku.

Mendayam aytarli gap va yangilik yo’q edi. Yozishga bir necha marta harakat qildim, lekin asos topolmadim.

Bu postniyam shunchaki borligimni, haliyam bu kanalga nimadirlar yozib tura olishimni ko’rsatish uchun yozdim.

Nimadirlar qilish haqida o’ylayapman. O’ylarim juda ko’pligidan aynan qaysidan boshlashni bilmay qoldim.

Lekin bu safar «Come back» demayman. Sababi yana bir oylab yo’q bo’lib qolmasligimga kafolat yo’q.

P. S. Sizni hayotingizda nima yangilik bor, deb so’ramayman. Hamma o’zi bilib harakat qilib yurgandir )
@Baxriddinoff_Blog

8 months ago

Orzularingni tushda ko’rasan!
- Kunbo’yi uxlasang!
- YouTubedan boshingni ko’tarmasang!
- Chingiz va Qori akaning reelslaridan bo’shamasang!
- Foydali ish bilan shug’ullanmasang!
- Bekorchi suhbatlarni kanda qilmasang!
- O’rningni to’g’rilab qo’ymasang!
- Kelajak haqida fikr yuritmasang!

Orzu qilish hammaning qo’lidan keladi. Lekin uni maqsadga aylantirib, aniq maqsad sari harakat qilish oson emas.

Sen o’ylaysan: hali vaqt bor, ulguraman hammasiga. Ozroq dam olvolay, keyinroq birato’la boshlarman…

Stop!

Yoshing 20 dan o’tgan bo’lsa, sen faqat o’zingni o’ylaydigan, faqat o’zing uchun yashaydigan yoshdan o’tibsan.

Afsuski, hali buni tushunib yetmagansan. Haqiqatni eshitishni xohlamaysan, gap boshlansa qochishga urinasan.

Qaniydi, qochish bilan hal bo’lib qolganida bu ish. Qocholmaysan, baribir. Haqiqatni qabul qil.

Orzularingni amalga oshirishni xohlaysan-ku, nega bu uchun harakat qilishni xohlamaysan? Tushunarsiz…

Ertadan butun hayotingni o’zgartirishing shart emas, bunday qilolmaysanam. Oz-ozdan to’g’rilashni boshla.

Davomiylikda gap katta. Kichik-kichik ishlar bilan katta-katta orzularingni amalga oshirishing mumkin.

O’zingdan so’ra: «Harakat bugundanmi yoki bugun dammi?»

@Baxriddinoff_Blog

8 months, 1 week ago

Boshqalar senga, sen esa boshqalarga…

Ochig’i aytaman, band bo’lsam o’zimni yaxshiroq his qilardim. Bekorchi narsalar bilan o’ralashmasdim.

Ortiqcha stress, kino ko’rish, reelslar, maqsadsiz uchrashuvlar va uxlash. Shunday o’tardi band bo’lmagan paytimda kunlarim.

Hozir-chi? Hozir bandman, umuman bekorchi bo’lmayapman. Yetarlichadan ortiq ishim va proyektlarim bor.

Lekin inson ba’zi-ba’zida bekorchi bo’lish, hech qanday xavotirsiz smartfonini o’chirib, bemalol vaqt o’tkazishni xohlab qolarkan.

Bizning yo’nalish stressga chidamlilikni talab qiladi. Lekin agar siz tabiatan hissiyotga beriluvchi inson bo’lsangiz, ancha qiynalasiz.

Atrofga nazar solasiz: tanishlaringiz stress va muammolarsiz, binoiday hayot kechiryapti. Ba’zan havas bilan qarab qolasiz ularga.

Aslida hammasi biz o’ylagandek emas. Hammada ichini kemirayotgan dard, kulib turgan yuzlar ortida biz bilmagan azoblar bor.

Inson shunday ekan, o’zida borini ko’rmaydi, yo’g’i uchun talpinaveradi. Yo’q deb o’ylaganini bor qilish uchun tinmay harakat qilaveradi.

Fikrlarim chalkash. Chunki biroz charchaganman. Juda katta ma’no qidirmang. Lekin qidirsangiz, topishingizga ishonaman.

To’g’ri yo’lni ko’rsatishini O’zidan so’rab, zimmamizdagi mas’uliyatni ado qilishga harakat qilaveramiz.

@Baxriddinoff_Blog

8 months, 3 weeks ago

Hammasi chalkash
Maslahat beradiganlar ko’p, amal qiladiganlar oz.

Chindan xohlaydiganlar ko’p, harakat qiladiganlar oz.

Kutishni yoqtirmaydigan ko’p, intiqib kutadiganlar oz.

O’qib o’rganadiganlar ko’p, uqib o’rganadiganlar oz.

Saxovatli boylar ko’p, haqiqatan ehtiyojmandlar oz.

Internetda yaqinlar ko’p, yoningda turadiganlar oz.

Sevilishni istaydigan ko’p, oshiq bo’lganlar oz.

Gunoh qiladiganlar ko’p, tavba qiladiganlar oz.

Kutilmalar doim kutilganidek bo’lmaydi. Biz to’g’ri, deb bilganlarimiz aslida to’g’ri bo’lmaydi. Atrofimizda juda ko’p inson/narsalar – hammasi chalkash.

Bugun bor bo’lganlari ertaga bo’lmaydi. Inson hamisha istaklarini nazorat qila olmaydi. Qilmaslik kerakligini biladi, lekin qilishda davom etadi.

P. S. Saharda kelgan chalkash fikrlar. Ortiqcha ma’no izlashga urinmang, uni o’z hayotingizdan qidiring!
@Baxriddinoff_Blog

We recommend to visit

? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

? Elon va Garant: @TonyYT

? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️

? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.


? Reklama: @Xojisaid