✨꯭≣꯭ 𝐃꯭𝐈꯭𝐋꯭ ꯭𝐃꯭𝐀꯭𝐅꯭𝐓꯭𝐀꯭𝐑꯭𝐈꯭꯭ ✾꯭✨

Description
«Санъатнинг, адабиётнинг шарти – баркамоллик ва мукаммалликдир»
Эркин Вохидов
𝐇𝐚𝐪𝐢𝐪𝐢𝐲 𝐬𝐡𝐨𝐢𝐫𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐪𝐚𝐛𝐫𝐢 𝐛𝐨'𝐥𝐦𝐚𝐲𝐝𝐢,
𝐘𝐮𝐫𝐚𝐤𝐤𝐚 𝐤𝐨'𝐦𝐢𝐥𝐚𝐫 𝐚𝐬𝐥 𝐬𝐡𝐨𝐢𝐫𝐥𝐚𝐫...
Muhammad Yusuf..
Advertising
We recommend to visit

Эълон бериш учун 👉 @MB_ADMINUZ га ёзинг

Спамлар учун:
https://telegram.me/+cjjLCmVmTY8zM2Iy

Last updated 2 weeks ago

✅ Тезкор хабарлар | Сиёсий канал

⚡️Фақат тасдиқланган маълумотлар!
Обуначиларни зериктирмаслик учун кайфият кўтарувчи материаллар хам жойлаб борилади!

👉🏻 Реклама учун: @Bugungi_Kunda_Rek

Last updated 3 days, 19 hours ago

Дунё қарашингизни 180° га ўзгартирадиган канал! ⌛️

Сиз керакли жойдасиз бизни танлаб адашмадингиз..!

Admin: @Oltin_admini

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 7 months, 2 weeks ago

1 week ago

Rayhona ustozimga😊*😊*😊😊

Ho‘p yarashar isming o‘zinga,
Hushbo‘y hidli nozik Rayhonim.
Ketmagaysan sira yodimdan,
Seni o‘ylab o‘tar har onim.

Tinch qo‘ymaysan uyqularimda,
Ko‘zim yumsam tushimga kirib.
Ammo o‘ngda xabar olmaysan,
Qo‘ymaysan hech bir nazar qilib.

Hayolimdan ketmaydi bilsang,
Kipriklaring qaro ko‘zlaring.
Qulog‘imda shivirlab turar,
Kulib aytgan har bir so‘zlaring.

Izhor qilib tuyg‘ularimni,
Erishay ayt qanday sevginga.
Seni sevgan o‘zgalar qolib,
O‘zim ega bo‘lay mehringa.

Albat senga erishaman deb,
Ham orzu ham qilganman-ku ahd.
Bu dunyoda bilsang edi sen,
Borligingni o‘zi menga baxt.

Muhabbatim nega ko‘rmaysan,
O‘zimman-ku oshig‘ing sening.
Yuragimni chamanzor qilgan,
Bog‘imdagi Rayhonim mening.

Muallif: Komila Qiz.
13.05.2024.16:48.**

@Komila_Qiz_7848

1 week ago

**Toma-toma ohir ko‘l bo‘lgan,
Ko‘zyoshimga cho‘milgan ko‘nglim.
Kim ne desa mayli, mayli deb,
Maylilarga ko‘milgan ko‘nglim.

Mehrsizdan muhabbat kutib,
Alam pushmon zardobin yutib,
O‘zga deya o‘zni unutib,
Maylilarga ko‘milgan ko‘nglim.

Tosh chiqsada yegan oshidan,
Umidning hech ketmay qoshidan,
Har narsani boshlab boshidan,
Maylilarga ko‘milgan ko‘nglim.

Ichi zulmat yuzlari kulgan,
Bora-bora sabri liq to‘lgan,
Har narsaga javobi bo‘lgan,
Maylilarga ko‘milgan ko‘nglim.

Xo‘pga eshik yopolmaydigan,
Ildizidan chopolmaydigan,
Ahtarib ham topolmaydigan,
Maylilarga ko‘milgan ko‘nglim.

Yetar shuncha g‘amga yumding ko‘z,
Baxt tomonga endi qo‘ling cho‘z,
Son sanoqsiz ammo bitta so‘z,
Maylilarga ko‘milgan ko‘nglim.

Muallif: Komila Qiz.**

@Komila_Qiz_7848

1 week ago

Xonandalarga tavsiya bilan

PULGA BOGʻLIQ EKAN HAMMASI

Pulim boʻlsa birga oshnalar,
Atrofimda baland poshnalar...
Maqtov bilan gaplar boshlanar,
Pulga bogʻliq ekan hammasi.

Yaqinlarim yonim oʻrarkan,
Kunda kelib holim soʻrarkan..
Barcha meni yaxshi koʻrarkan,
Pulga bogʻliq ekan hammasi.

Sovchi qoʻysam qaytargan joylar,
Endi kutib kelishim poylar..
Yaxshimisiz ex oʻsha boylar,
Pulga bogʻliq ekan hammasi.

Oʻz ishiga ayyor puxtalar,
Olqishlashib qoʻyar paxtalar...
Jigarim der hatto soxtalar,
Pulga bogʻliq ekan hammasi.

Yomonlardan asragin Xudo,
Omadimdan etmagin judo...
Faqat senga qilaman duo,
Pulga bogʻliq ekan hammasi.

Davrim kelar boʻlsa vassalom,
Berisharkan soyamga salom...
Bu dunyoda ex hullas kalom,
Pulga bogʻliq ekan hammasi.

(Kecha mensimagan hammasi,
Meni yomon degan hammasi...
Bugun berar soyamga salom...
Pulga bogʻliq ekan hammasi.)

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟

1 week, 6 days ago

**Eng yoqtirgan sherlarimdan
Iltimoslariga binoan takror joylanmoqda

Tugadi-ku yetar deb balki,
Takror-takror o‘ylashdan to‘ydik.
Ortga tashlab barin shunchaki,
Unutmadik eslamay qo‘ydik,

Bas deguncha to‘lab hunlarni,
Azob yutgan tongsiz tunlarni,
Boshimizdan o‘tgan kunlarni,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Holimizga guvoh bir hudo,
Dilga afsus beradi jazo,
Unutaman dedigu ammo,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Biroz o‘chgan bo‘lsada hira,
Qalb tubida bordir hotira,
Essiz shu deb bizning xotima,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Mayli bizga buyurmadi baxt,
Bajarilmay qoldi qancha ahd,
Buyog‘ini ko‘rsatar deb vaqt,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Yurak u deb tursada urib,
Tuyg‘ularni bir chetga surib,
G‘ururimiz ustunroq ko‘rib,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Xar daqiqa sog‘inganimiz,
Sog‘inganda og‘ringanimiz,
So‘ng suhbat-la ovunganimiz,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Tanish chehra tanish o‘sha yuz,
O‘sha ovoz o‘sha mungli so‘z,
Yurak o‘ynar tushsa ko‘zga ko‘z,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Hayollarga qo‘yib olib chek,
O‘zni tutib begonalardek,
Xudbinlarcha tan olmaymiz lek,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Muallif Komila Qiz**

@Komila_Qiz_7848

1 week, 6 days ago

Hayotingda qolgim yo'q😔🥀
1 *
Bo'ldi, o'ylamayman hech,
Uzuringni olgim yo'q.
Qayting dema, endi kech -
Hayotingda qolgim yo'q.

Bu yurug' dunyo bir kam,
Birda shodlik, birda g'am.
Haydamagin, shundog'am
Hayotingda qolgim yo'q.

Ishonibman so'zingga,
Kulib boqqan ko'zingga.
Aytay gapim yuzingga -
Hayotingda qolgim yo'q.

Vafosiz qilmas vafo,
Dardni ko'rarkan ravo.
Xayr jonim, alvido!
Hayotingda qolgim yo'q!

Boshginangni toshga ur,
Kulmayman qilib huzur.
Ming uzr, ming bor uzr -
Hayotingda qolgim yo'q.

Muhabbatim so'ldi-da,
Hislarim ham o'ldi-da.
Yashirmayman, bo'ldi-da,
Hayotingda qolgim yo'q.

Hayoyingni saqlamay,
Ishonchimni oqlamay,
Men yashaymi laqmaday?
Hayotingda qolgim yo'q!

Har xil yoqa-yengimiz,
Chiqib qolar tengimiz.
Sarson bo'ldi sevgimiz,
Hayotingda qolgim yo'q!

Sayoq yurganing tayin,
Sovib ketdim kun sayin.
Yashab bo'lmas bundayin,
Hayotingda qolgim yo'q.

Uzildi dilning tori,
Kuchli yigitning ori.
Sarvar Mirzo qarori -
Hayotingda qolgim yo'q!

Muallif Sarvar Mirzo
08.10.2022. 19:57
❌️Muallif Ruxsatisiz foydalanilmasin
https://t.me/Sarvar_Mirzo

2 weeks ago

OʻLGANLARDANMIZ

Sensiz gʻarib koʻngilda firoq,
Baxtlar yiroq, orzular yiroq...
Nafas olib yuribmiz biroq,
Biz koʻmilmay oʻlganlardanmiz...

Dunyo gʻami birgina boshda,
Yuragimiz chaqildi toshda...
Yordan ajrab oʻn sakkiz yoshda,
Biz koʻmilmay oʻlganlardanmiz...

Tengimmas deb urdishdilar doʻq,
Pullari koʻp sabrlari yoʻq...
Bir qizni deb qabrlari yoʻq,
Biz koʻmilmay oʻlganlardanmiz...

Oʻsha tanish anhor boʻyida,
Yalpiz bilan kuydik koʻyida...
Vafosi yoʻq yorning toʻyida,
Biz koʻmilmay oʻlganlardanmiz...

Oshiq edik elga ovoza,
Niyyati sof, qalblari toza...
Yor yor boʻldi bizga janoza,
Biz koʻmilmay oʻlganlardanmiz...

Hazon boʻldi muhabbat bogʻi,
Senga makon oʻzga quchogʻi...
Yaramadik yashashga chogʻi,
Biz koʻmilmay oʻlganlardanmiz...

Orzulari soʻlganlardanmiz,
Baxti armon boʻlganlardanmiz..
Ayriliqning kasriga qolib,
Biz koʻmilmay oʻlganlardanmiz...

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟

2 weeks, 6 days ago

**Ko'ngli yo'qda ko'nglim yo'q

Bosar bo'lsin dilni g'am
Yurak kuyib o'lsa ham
Endi qadrim bilsa ham
Ko'ngli yo'qda ko'nglim yo'q.

Savdo bo'ldi boshimga
Arzimas ko'z yoshimga
Kelmagin xech qoshimga
Ko'ngli yo'qda ko'nglim yo'q.

Zardang ichga yutmayman
Qaytib qo'ling tutmayman
Roziliging kutmayman
Ko'ngli yo'qda ko'nglim yo'q.

Yo'lingga boqmas ko'zim
Sevib adashgan o'zim
So'ngi bor eshit so'zim
Ko'ngli yo'qda ko'nglim yo'q.

O'zga yorga suzilgan
Baht qasrimiz buzilgan
Rishtalar ham uzilgan
Ko'ngli yo'qda ko'nglim yo'q.

Yo'liqmadim layliga
Chiqmay bahor sayliga
Ketaversin mayliga
Ko'ngli yo'qda ko'nglim yo'q.

Tutar sevgim uvoli
Sog'inch bo'lsin humori
Sarvar Mirzo qarori
Ko'ngli yo'qda ko'nglim yo'q.

Muallif.Sarvar Mirzo
19.03.2022. 22:33
❌️**Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
Qo'shiq uchun berilgan
https://t.me/Sarvar_Mirzo

2 weeks, 6 days ago

BOY BOʻLIB KETDIM

Osmondagi oylaridan ham,
Mensimagan joylaridan ham.
Koʻrsin oʻsha boylaridan ham,
Mana bugun boy boʻlib ketdim.

Yashayapman oʻz yoʻlim topib,
Oʻtmishlarni eshigin yopib.
Xudo berib omadim chopib,
Boylardan ham boy boʻlib ketdim.

Boshqa yurish turishu ustlar,
Bitib ketdi bari kam koʻstlar...
Atrofimda koʻpaydi doʻstlar,
Boylardan ham boy boʻlib ketdim.

Pulga shaydo oʻsha chaqqon qiz,
Kambagʻal deb boshim ekkan qiz.
Meni sevib, boyga tekkan qiz,
Boylardan ham boy boʻlib ketdim.

Nomim bilan koʻksin kerishar,
Jigarim deb foyda terishar .
Sayomga ham salom berishar,
Boylardan ham boy boʻlib ketdim.

Sen odam boʻlmaysan deganlar,
Endi kelib yonim egallar,
Demak soʻzi xato ekanlar,
Boylardan ham boy boʻlib ketdim.

Odilbek Qodirov

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟

3 weeks ago

БАНДАСИДАН СЎРАМАГАНМИЗ

Фойда кутсак шанимиз кетар,
Зўр ёнини ўрамаганмиз.
Бизга Худо бергани етар,
Бандасидан сўрамаганмиз.

Ўтаётган онимизни ҳам,
Насил насаб қонимизни ҳам...
Тирик бўлсак жонимизни ҳам,
Бандасидан сўрамаганмиз.

Муҳтож бўлдик Аллоҳга доим,
Қабул этди қилган дуоим.
Омадимиз берган Худоим,
Бандасидан сўрамаганмиз.

Чўқиларга етди кўзимиз,
Ва тирмашиб чиқдик ўзимиз.
Ҳаққимиздан бошқа рўзимиз,
Бандасидан сўрамаганмиз.

Берса миннат қилар эканлар,
Аторфимиз ўраб эгаллар..
Сени одам қилдим деганлар,
Бандасидан сўрамаганмиз.

Ўтди қанча баҳорлар қишлар,
Бошимизга тушди не ишлар...
Сал пул топсак қилманг миш мишлар,
Бандасидан сўрамаганмиз.

Ҳамма ҳам ўз насибин еркан,
Аммо ризқин ҳар ердан терган...
Бу кунларни яратган берган,
Бандасидан сўрамаганмиз.

Одилбек Қодиров

❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟

4 weeks ago

🔥Ёмонлардан
Гуноҳимга шерикмаслар
Ёмонлигим гапирмасин🙌

Айблар излаб бошни ейсиз.
Топиб қай бир томонлардан,
Қўйинг кўндим нима дейсиз.
Сиз яхши биз ёмонлардан,

Тегар тегмас коримиз шу,
Жахил қилсак оримиз шу,
Худо берган боримиз шу,
Сиз яхши биз ёмонлардан.

Ҳеч кимни жуфт тоқламадик,
Номард ишин ёқламадик,
Сира ўзни оқламадик,
Сиз яхши биз ёмонлардан.

Катта нонни деманг кулча,
Очилган гул емас ғунча,
Аллоҳ ўзи синагунча,
Сиз яхши биз ёмонлардан.

Ғийбат ила тухмат қилинг,
Зерикканда бағрим тилинг,
Яйрасангиз ҳар не билинг,
Сиз яхши биз ёмонлардан.

Десам бўлар бари бўхтон,
Аҳир мен ҳам одам тез қон,
Майли майли борку хоқон,
Сиз яхши биз ёмонлардан.

Талашмайман бўлинг шердек,
Сарвар Мирзо қадри ердек,
Қўлни бердик нима дердик,
Сиз яхши биз ёмонлардан.

МуалифСарвар Мирзо
21.04.2024.
Муаллиф рухсатисиз фойдаланилмасин

https://t.me/Sarvar_Mirzo

We recommend to visit

Эълон бериш учун 👉 @MB_ADMINUZ га ёзинг

Спамлар учун:
https://telegram.me/+cjjLCmVmTY8zM2Iy

Last updated 2 weeks ago

✅ Тезкор хабарлар | Сиёсий канал

⚡️Фақат тасдиқланган маълумотлар!
Обуначиларни зериктирмаслик учун кайфият кўтарувчи материаллар хам жойлаб борилади!

👉🏻 Реклама учун: @Bugungi_Kunda_Rek

Last updated 3 days, 19 hours ago

Дунё қарашингизни 180° га ўзгартирадиган канал! ⌛️

Сиз керакли жойдасиз бизни танлаб адашмадингиз..!

Admin: @Oltin_admini

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг 👇

Last updated 7 months, 2 weeks ago