Brain Time

Description
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month ago

“Birinchi” va “qaroqchi” so‘zlari bir-biriga hech qachon qofiyadosh bo‘la olmaydi. Bu xuddi “bog‘ga —daftarga — Chiroqchiga” so‘zlari o‘zaro qofiyadosh deganday gap. Oxiri bir xil bo‘g‘in yoki qo‘shimcha bilan tugasa, bo‘ldi, qofiyadosh degani emas. Raviydan oldingi harflarning ohangdoshligi muhim. No‘noq shoir yoki reppergina qofiya deb ishlatishi mumkin. Och qofiyada ham shaklan baqamti kelmasa-da, o‘zaro ohangdoshlik bo‘ladi. Masalan, “qilgan — aqlga”.

“Birinchi”ga qofiya “tinchi”, “sinchi”, “irimchi” so‘zlari bo‘lishi mumkin, “qaroqchi”ga esa “yamoqchi”, “aldoqchi”, “soqchi” va hokazo. Hoshimjon bejiz “Qofiya bozori qaydadir?” deb, qofiya va turoq sotiladigan bozorni izlamaydi.

👉 @xurshidabdurashid

1 month, 1 week ago

"Xitoy sindromi" (inglizcha: China Syndrome) termini odatda yadroviy energetika bilan bog‘liq xavfli vaziyatlarni tasvirlashda ishlatiladi. Bu atama 1979-yilda chiqqan "The China Syndrome" nomli film orqali ommalashgan. Filmda yadro reaktori qizib ketib, uning yadro materiali erib, boshqarib bo‘lmaydigan darajada xavf tug‘dirishi haqida hikoya qilinadi.

Bu sindrom asosan quyidagi ma'nolarni anglatadi:

  1. Yadro reaktoridagi avariya: Agar yadro reaktorining sovutish tizimi ishdan chiqsa, yadroviy yoqilg‘i qizib ketib, eriy boshlashi mumkin.

  2. Zararli oqibatlar: Reaktorda yuzaga kelgan haddan tashqari issiqlik yadro materiali va himoya qobig‘ini eritib, yerga chuqur kirib ketadi degan nazariya ilgari suriladi. Bu o‘z navbatida radiatsiyaning tarqalishiga olib keladi.

  3. Nominal ko‘rinishi: "Xitoy sindromi" degan ibora metafora sifatida ishlatiladi, go‘yoki yadroviy material erib, Yerdan Xitoyga qadar yetib boradi degan g‘oya bilan bog‘liq.

Kanalimiz👉****@Brain_Time1

2 months ago

#savol Sizlarga savolni Stiven Hoking beradi. O'zbek tilining izohli lug'atida bu so'zga shunday ta'rif berilgan. Yungdan to'qilgan qalin mato yoki yung gazlama. Manzil loyihasida bir otaxon uni yung gilam deb ta'riflaydi. Uni bir so'zda yozib bering. …

3 months, 3 weeks ago
O'zbekiston ta'lim olayotgan xorijlik talabalar stasistikasi(2023)

O'zbekiston ta'lim olayotgan xorijlik talabalar stasistikasi(2023)

Kanalimiz?****@Brain_Time1

4 months, 4 weeks ago

Xorijda tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 3-o‘rinni egalladi

YUNESKO statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga, xorijda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan.

Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni bir yil ichida qariyb 24 ming nafarga oshgan.

Mintaqadagi ayrim davlatlar bo‘yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:

⁃ Qozog‘iston – 78,3 ming nafar

⁃ Ukraina – 76,8 ming nafar

⁃ Rossiya – 63,6 ming nafar

⁃ Turkmaniston – 60,9 ming nafar

⁃ Ozarbayjon – 49,7 ming nafar

⁃ Afg‘oniston – 34,3 ming nafar

⁃ Tojikiston – 32,5 ming nafar

⁃ Belarus – 27,0 ming nafar

⁃ Qirg‘iziston – 17,1 ming nafar

Kanalimiz?****@Brain_Time1

6 months, 1 week ago

Har bir bilimdon bilishi kerak boʻlgan 100 ta kartina

Manba: @triskelion_uz

Kanalimiz?****@Brain_Time1

6 months, 3 weeks ago

Yo'l tanlamas mashina

8 months, 2 weeks ago

❗️Eng ko‘p top universitetlarga ega mamlakatlar (THE reytingi, top-1000)

??AQSH — 154
??Buyuk Britaniya — 94
??Xitoy — 49
??Italiya — 49
??Avstraliya — 44
??Hindiston — 38
??Ispaniya — 36
??Fransiya — 36
??Yaponiya — 33
??Kanada — 32
??Eron — 29
??Saudiya Arabistoni — 18
??Janubiy Koreya — 18
??Tayvan — 16
??Rossiya — 15
??Shveysariya — 15
??Pokiston — 14
??Niderlandiya — 13
??Misr — 13
??Finlandiya — 12

Kanalimiz?****@Brain_Time1

8 months, 2 weeks ago

Sariq adabiyot

Sariq adabiyot - 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Buyuk Britaniyada Viktoriya davriga tog’ri keladi. Sariq adabiyotning paydo bo'lishi mashhur adabiyotlardan foydalanishni xohlaydigan, ammo qimmatroq kitob yoki jurnallarni sotib olishga qurbi yetmaydigan shahar mehnatkash kitobxonlari orasida arzon o'yin-kulgiga bo'lgan talabning ortib borganligi bilan izohlanadi. Ushbu turdagi adabiyotlar jinoyat, romantika, jinsiy zo’ravonlik, giyohvandlik va erotika kabi turli mavzularni qamrab oladi. Viktoriya davrida bu turdagi adabiyotlar ziddiyatliligi sababli taqiqlangan va senzuraga uchragan, shu sababli ularni kutubxonalardan emas, ko'cha burchaklaridan topish yoki pochta kataloglari orqali sotib olish mumkin bo’lgan. Sariq atamasi ushbu nashrlarning ba'zilarining sariq muqovalaridan kelib chiqqan deb ishoniladi.

Sariq adabiyot o‘zining salbiy obro‘siga qaramay, o‘sha davrda ommabop madaniyatni shakllantirishda muhim rol o‘ynagan, yangi adabiiy janrlarning paydo bo‘lishida poydevor bo’lib xizmat qilgan. Ushbu uslubda yaratilgan ko'plab asarlar Edgar Allan Po va Artur Konan Doyl asarlari kabi mashhur madaniyatning timsoliga aylandi.

Kanalimiz?****@Brain_Time1

9 months, 1 week ago

O‘rdakcha sindromi

Psixologiyada "O‘rdakcha sindromi" deb aytiluvchi kognitiv buzilish turi mavjud. Bunda odamlar eng birinchi bo‘lib ko‘rgan ob’yektlarini eng zo‘ri deb hisoblashadi. Masalan, biror qo‘shiqning koveri chiqsa, "originali baribir boshqacha" deysiz-ku. Yoki ilk bor harid qilgan mashinangiz, birinchi marta yeb yoqtirgan taomingizni ko‘proq yaxshi ko‘rasiz.

"O‘rdakcha sindromi" deyilishi esa bekorga emas. Gap shundaki, o‘rdak polaponlari tuxumdan chiqqanda yaqin bir soat ichida ilk ko‘rgan ob’yektini onasi deb hisoblay boshlaydi va uning ortidan ergashishadi. Agar ilk daqiqalarda biror bir odam bo‘lsa, unda shu ob’yektni onasi deb hisoblay boshlashadi. Bunday hodisani imprinting deb atashadi.

Kanalimiz?****@Brain_Time1

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago