Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Intervyu dasturi I
Intervyu nima ekanligini koʻpchilikka maʼlum, hatto jurnalistikaga begona odamlarga ham. Oddiy qilib aytganda jurnalist va qahramon oʻrtasidagi suhbat.
Ammo qoidalarini hamma ham bilmaydi.
1⃣ Jurnalistning qahramondan bir pogʻona ustun turib gapirishi.
Yevropaning bir guruh intervyu oladigan taniqli jurnalistlar guruhining umumiy fikricha, Jurnalistning qahramondan ustun turishi shart. Agar qahramon hokim boʻlsa siz undan bir pogʻona ustun boʻlib savol berishingiz lozim. Aksariyat jurnalistlar bu narsani bilmay koʻp xato qilishadi.
Misol uchun: Tasavvur qiling zoʻr futbolchidan intervyu olyapsiz. Agar oʻzingizni undan past bilsangiz faqat yaxshi taraflarini yoki hamma bilgan maʼlumotlarni koʻrishingiz mumkin.
Oʻzbekistonda aksariyat jurnalistlar yangi ochgan intervyu dasturlari juda tez fursatda yopilishi mumkin. Sababi mashhurlar orqali tezroq koʻtarilishni xohlashadi. Mashhurlar orqali koʻtarishiga qarshi emasman. Mashhurlardan oʻzini past bilib savol berishi natijasida odatda hamma bilgan narsalarni olib chiqadi. Hatto oʻzingiz uchun juda hurmat qilgan insoningizdan (ustozingiz, sizga yordam bergan, kumeringiz boʻlsa) ham balandroq turib savol berishingiz, yana ham yaxshi natija beradi.
"Nishonda" loyihasi jurnalistida juda koʻp shu holatni koʻraman va oʻzi xohlagan javobni doim oladi.
Sayohat jurnalistikasi
Sayohat jurnalistikasi Oʻzbekiston uchun juda zarur hisoblanadi. 2016-yilga qadar Oʻzbekiston ham yopiq hudud, turizm sohasida esa judayam past koʻrsatkichda edi. Hattoki freedomhouse.com saytida ham demorkatik darajasi ham juda past boʻlgan. Hozirgi kunga kelib bu koʻrsatkich 11% ga oshganini koʻrishimiz mumkin.
2022-yildan boshlab Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida sayohat jurnalistikasi yoʻnalishi ochildi.
Buning asosiy sababi Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish.
Turizm dunyodagi eng arzon marketing biznesi hisoblanadi. Bu davlat foydasiga juda katta foyda keltiradi.
Misol uchun; Turkiyaning Istanbul, Izmir va Antaliya shahrini olaylik. Bu shaharning deyarli asosiy iqtisodiyot turizmdan.
Demak sohaga toʻxtalsak. Ushbu yoʻnalishga kirgan talabalar birinchi bosqichda dastlab nazariya haqida batafsil maʼlumot berib boriladi.
✓ Jurnalistika va ommaviy axborot vositalari asoslari.
✓ Sayohat jurnalistikasiga oid maʼlumotlar.
Bundan tashqari vazirlik tomonidan taʼsis etilgan fanlar majmuasi
✓ Oʻzbekistoning eng yangi (sveji) tarixi
Ikkinchi bosqichdan siz sohada material tayyorlash boʻyicha maʼlumotlar olsangiz
Uchinchi bosqich tahlil qilishni oʻrganasiz
Toʻrtinchi bosqichda esa sayohat jurnalistikasining janrlarini ham oʻrganasiz va amalda bir necha loyihalarni qilib yuborgan boʻlasiz ham.
Toʻrt yillik taʼlimda sayohat jurnalistikasi borasida bilimlarni oʻzlashtirib, turizm haqida yetarlicha tushunchaga ega boʻlasiz.
Turizm tizimi haqida
Turizmning tarixi XIX asr boshlariga borib taqaladi. Dastlab Angliyadan Fransiyaga uyushgan sayyohlik tashkil etilgan (1815). Turizmning asoschisi hisoblanmish ingliz ruhoniysi Tomas Kuk 1843-yilda 1-temir yoʻl sayyohligini tashkil qildi. Shundan soʻng u oʻzining xususiy turistik korxonasini tuzdi va 1866-yilda dastlabki sayyohlik guruxlari AQShga joʻnatildi. Sharqda arab sayyohi Ibn Battuta 21 yoshida sayohatini boshlab, deyarli barcha Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarini piyoda kezib chiqdi.
Oʻzbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi (27-iyul, 1992-yilda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaitirish va boshqalardan iborat.
Wikipedia manbasi
Gazeta mavzu berishi bu ijodkorni majburlashmi?
Tajribali jurnalist har qanday mavzuda yoza oladi. "Oʻlim mavzusi menga begona, sevgi haqida yozishni yaxshi koʻraman, siyosatga umuman qiziqmayman" kabi jumla yosh jurnalistlarda koʻp uchrab turadi.
Aslida jurnalist har qanday mavzuga tayyor turishi kerak. Misol qayerdadir epidemiya tarqaldi. Va uni zudlik bilan ommaga maʼlum qilish kerak. Agar shu vaqt muxbir "men kasalliklar haqida yozishni istamayman, men kasalliklardan jirkanaman" desa, auditoriya kasallik haqida vaqtida maʼlumotga ega boʻlmaydi va bu salbiy oqibatlarga olib keladi.
• "Har doim ham jurnalistda ayb boʻlmaydi-ku?" demoqchimisiz?! Ha, siz haqsiz!... Har doim ham jurnalistda ayb boʻlmaydi. Baʼzida tahririyat ham keraksiz talablar qoʻyishi mumkin. Faqat bu jamiyat aldash va chalgʻitish bilan bogʻliq boʻlsa. Agar jurnalist jamiyatni aldash, manipulyatsiya qilish holatiga duch kelib buni qilishni istamasa toʻgʻri tushunish kerak. Bunday hollarda jiddiyroq mavzularda yoza olishini isbotlashi kerak. Agar isbotlab bera olsa.
Umuman olganda, jurnalist hech qachon "men ijodkorman erkin ijod qilishim kerak" degan fikrga bormasligi lozim. Chunki jurnalistika adabiyot emas.
Jurnalistika ilk qadam kanalining ochishdan maqsad
Dastlab oʻzim bilgan narsalarni auditoriyaga taqdim etishdan boshlandi. Keyinchalik dars shakliga oʻtib ketdi. Kanal uch yarim yildan oshiqroq vaqt oʻtdi.
Hozirgi kunga qadar kanal orqali oʻqitgan oʻquvchilarimni 50 dan oshigʻi oʻz faoliyatini boshlab boʻlgan.
2022-yildan boshlab kanalda ijodiy imtihon uchun tayyorgarlik kurslar ochildi. Dastlab 20 ta abituriyent oʻqigan boʻlsa ularning hammasi yuz foiz talaba boʻlgan. Bu yilning hisobiga 40 ga yaqin abituriyent tayyorladim. Ulardan 30 tasigina talaba boʻldi. Ha qaysidir jihatdan yiqilgan talabalarda ham meni ham ularning aybi bor.
Umuman olganda taʼlim berish fikridan bir necha marta qaytdim. Lekin maqsad faqat taʼlim emas.
Jamiyatga asosiy taʼsir oʻtkazuvchilar aynan jurnalistlardir. Ularning birgina xato axboroti qanchalik ommaga tasir qilishini yaxshi bilaman va koʻp bora guvohi boʻlganman.
Maqsad, yosh jurnalistni siyosiy axborotlarni qurboni boʻlmasligi. Bunga hissamni qoʻsha olsam juda xursandman.
Dunyo qarashni rivojlantiradigan toʻrt kitob
✓ Jorj Oruell - Molxona
✓ Agata Kristi - Oʻnta negir bolasi
✓ Poalo Koulo - Alkimyogar
✓ Oʻtkir Hoshimov - Ikki eshik orasida
Oʻzbek tiliga tupurish
Oʻzbek tiliga kirib kelgan soʻzlarni qayta oʻzgartirish bilan bandmiz. Chunki toʻrt kun ingliz tilini oʻrganganimizni hamma bilishi kerak.
Odat chet soʻzlar tilga kirib kelishi maʼlum bir sport turi, kompaniyalar yoki aynan oʻsha tilda muqobil varianti yoʻqligidan hosil boʻladi. Misol uchun, televizor - oynai jahon. Bunday misollar juda koʻp.
Kompaniyalar misolida koʻradigan boʻlsak, eng gʻashimni keltirgani BMW. Oʻzbek tilida bu soʻzni Bi-em-wi koʻrinishda talaffuz qilinadi. Bu yaxshi aslida chunki kompaniya Germaniyaniki va biz uni nemis tiliga yaqin talaffuz qilishim tabiiy. Ammo bizda inglizcha talaffuz kirib kelishi gʻashimni keltiradi. Ochigʻi oʻzi toʻrt kun boʻlgan ingliz tilini oʻrganganiga lekin oʻzini inglizdek tutadi. Bi-em-dablyu koʻrinishida oʻqishi juda gʻalati. Chunki kompaniya inglizlarniki emas. iPhoneni ayfon deb oʻqishini toʻgʻri qabul qilaman. Ammo Germaniya kompaniyasini ingliz tilida oʻqishi juda gʻalati. Sabab oʻzbek tiliga tupurish bu.
Agar bu kompaniya oʻzbek tilida oʻqisak nemis tili bilan bir xil holatdaligini koʻrishimiz mumkin.
Oʻzbek tilida mavjud soʻzlarni dunyo tilda bunday deb oʻzgartirish bu ochigʻi "oʻzbek tilida gapirishdan nafratlanaman" degan bilan barobar.
Ovora boʻlib bepul dars oʻtib bersa ham keraksiz sizlarga. Hali jurnalistika nimaligini tushunmagan bor yoʻgʻi talabalarni darsiga pul sarflab kirasizlar.
Ularga gʻayrligim yoʻq. Shunchaki men mehnatimga achinyapman...
Ancha bosh yozilgan buni matbuotda chiqarib boʻlmaydi
Yosh jurnalistlarning deyarli barchasi bu gaplarni eshitgan. Qiziq oʻzi "bosh yozilgan" degan gapning maʼnosi nima?
Odatda yosh jurnalistlar yozish jarayonida faqat oʻziga maʼlum boʻlgan muammolar haqida yozadi.
Misol uchun; "Onamni qadriga yetmayapman, doʻstim xiyonat qildi, vatanga muhabbat, pul va hokazolar. Bu turdagi mavzular juda sayoz mavzular hisoblanadi. Chunki koʻp takrorlangan va hech qanday yechib berilmaydi. Soddaroq qilib aytganda zerikarli mavzular.
Jurnalist faqat oʻzidan oʻtgan muammolar bilan auditoriyani jalb qila olmayman. Auditoriyani boshqara olish ham qaysidir jihatdan jurnalistlarga bogʻliq.
Aslida maqola yozishda avvalo auditoriya toʻgʻri tanlay bilish kerak. Keyin esa mavzu koʻlamini aniqlash va aynan shu mavzu yozasidan chuqurroq tahlil qilish orqali batafsil maʼlumot beriladi.
Kuchli maqola yozish istasangiz keyingi postni kuting! Albatta sizlarga kuchli maqola yozish sirini ochaman.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago