Abdulloh Ozod

Description
93:3
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 week, 6 days ago

Badiiy adabiyotga qadam qoʻygan kitobxon qaysi kitobdan boshlashi kerak?

Oxirgi 2-3 yilda boshlangʻich kitobxonlarga turk kitoblarini tavsiya qilish koʻpayib qoldi. Ayniqsa baʼzi koʻzga koʻringan, yoshlar oʻzlari uchun ustoz (qoʻshtirnoq ichida) deb sanaydigan bloggerlar ham bu qatlam uchun turk adabiyotlarini tavsiya qilishadi. «Turklar dinimizga, qadriyatimizga, urf-odatlarimizga yaqin, qardosh xalq», deb soʻzlarini quvvatlashadi.

Oʻzimcha men ham badiiy kitoblarga endi kirib kelayotgan, birinchi marta qoʻliga badiiy kitob olib, oʻqimoqchi boʻlganlar uchun tavsiya bermqochi edim.

Bu kitoblar dinimizga, qadriyatimizga, urf-odatimizga yaqin-uzoq, u-bu emas, balki aynan oʻzidir.

Kitoblarni keltirilgan ketma-ketlikda oʻqib chiqqan odam bemalol boshqa istalgan kitobni oʻqib, yaxshi yoki yomon, saviyali yoki saviyasiz ekanligini ajrata oladi. Kitobni mutolaa qilib, faqat voqealar rivoji uchun emas, undan qanday foyda olishni oʻrganadi.

1. «Dunyoning ishlari» — O'tkir Hoshimov

2. «Ikki eshik orasi» — O'tkir Hoshimov

3. «Tushda kechgan umrlar» — O'tkir Hoshimov

4. «Alvido... Bolalik!» — Tohir Malik

5. «Somon yoʻli» — Chingiz Aytmatov

6. «Oʻtkan kunlar» — Abdulla Qodiriy

7. «Mehrobdan chayon» — Abdulla Qodiriy

8. «Otamdan qolgan dalalar» — Tog'ay Murod

9. «Kichkina shahzoda» — Antuan de-Sent Ekzyuperi

Bu kitoblarni oʻqib chiqqan odam turk adabiyotidan birorta kitobni oʻqib koʻrsa ham boʻladi. Shunda kattalar, ustozlar nega turk adabiyotini oʻqima, deyishayotganini, jon kuydirishayotganini tushunishadi, atrofidagi boshqa shunday kitoblar oʻqiyotganlarni oʻzlariga tortishar edi.

@abdullohozod

2 weeks ago

«Kumir»

Bolalikdagi har bir «kumir»ga hozirgacha ham qandaydir oʻzgacha muhabbat deydimi, hurmat deydimi, nimadir qolib ketgan.

Ulardan birlari Xayrulla Hamidov. 2009-yillarda Xayrulla akaning eng gullagan paytlari edi. Maʼrifiy chiqishlaridan tashqari futbollarni rosa zoʻr sharh qilardilar. Oʻsha paytlarda futbolga rosa qiziqqanim uchun akaning goʻzal sharhlari moydek yoqardi. Bir necha bor uyimizga kelgandilar, bola edim, men uchun har safar qahramondek boʻlib koʻrinardilar.

Shuningdek, Gʻanisher aka. 2010-yillar «Sport» telekanalida har xil intellektual oʻyinlar efirga uzatilardi. «Erudit sport» degan koʻrsatuv ham bor edi, nomida adashgan boʻlishim mumkin. Unda Gʻanisher Rahmatullayev ismli odam boshlovchilik qilardi. Akaning ovozlari juda shirali edi, oʻziga sehrlab qoʻyardi xuddi. Koʻrastuvning har bir sonini oʻtkazmasdan koʻrardim. Sport, jumladan, futbol haqidagi savollar borligi bir yon-u, Gʻanisher akaning ovozlarini eshitish bir yon edi.

Oʻsha yillari tennis ham tez-tez efirga uzatilardi. Oʻzi bu sport turiga qiziqmasdim. Odatda tennis futboldan keyin boʻlardi. Futbol soat tungi 01:00 da tugardi. Uyqum kelayotgan boʻlsa ham baʼzida undan keyingi tennis oʻyinlarini koʻrardim. Chunki Gʻanisher aka sharh qilardilar. Rafael Nadal, Rojer Federer, Novak Jokovich degan tennis qirollarini Gʻanisher akaning sharhlaridan keyin tanigandim.

Xayrulla aka-ku ichkaridan chiqqanlaridan keyin yana tezda ommaviy axborotga kirib ketdilar. Gʻanisher aka yoʻq boʻlib ketgandilar, yaqindan yana chiqishni boshladilar. Yutubda sahifa ochib, har xil yoʻnalishdagi odamlar bilan gurunglar olyaptilar. Har birini koʻryapman, bolalik damlar esimga tushyapti.

Insonning qalbida bolaligidagi yaxshi va yomon xotiralar, narsalar, ishlar, hatto insonlar ham qolib ketarkan. Bolaligida kimni yoki nimani yaxshi koʻrsa-nafrat qilsa, ulgʻayganda ham oʻshanga muhabbati yo nafrati ozaymas, balki koʻpayishi mumkin ekan. Shuning uchun farzandlarni bolalikdan toʻgʻri narsalarga muhabbat qoʻyishiga harakat qilish kerak ekan. Shu sabab avvalgi onalar bolalari uxlashlaridan oldin sahobalar hayotini oʻqib berishar ekan, bolaligidan sheʼrlar, gʻazallar yodlatishar ekan va hokazo. Biz ham farzandlarimizga bola paytlarida yaxshi «kumir» topishlariga yordam bersak, ularni sevdira olsak, ulgʻayganda ham ularga muhabbatlari yoʻqolmas, balki ziyodalashar ekan.

Bu gaplarni koʻp eshitganmiz-u, ammo amalda koʻrganimiz koʻproq taʼsir qiladi, shu uchun bir nimalar yozgan boʻldim.

* «Brain ring» ekan koʻrsatuvning nomi

Sizning bolalikdagi «kumir»ingiz kim edi?

@abdullohozod

2 weeks, 1 day ago

Siz ham zakovat tashkil qiling

Husaynning onasining uy-roʻzgʻor ishlari, farzand tarbiyasi, oliygohdagi taʻlimi va hokazo yumushlari sabab kitob oʻqishi kamayib ketgan edi. Har xil yoʻllar bilan yana mutolaani davom ettirishga harakat qildim: tez-tez yangi kitoblar, kitob oʻqishga yordam beradigan anjomlar, tunda oʻqish uchun ixcham chiroq, xatchoʻplar va boshqalar olib kelib turdim. Ammo bu ishlarning yuqorida keltirilgan vajlar sabab davomli kitob oʻqishni yoʻlga qoʻyishga foydasi kam boʻldi. Bir kun oʻqilsa, uch kun qolib ketardi.

Shu orada nashriyotda oʻtkazilayotgan intellektual klubga oilamizdagi ayollarning qatnashib koʻrish fikri xayolimga keldi. Aytdim, maʼqul boʻldi, opam, singlim, ikki kelinoyim, Husaynning onasi qatnashishdi.

Kuzgi mavsumning birinchi oʻyinida gʻolib boʻlishdi. Mavsum finalida bir ball farqi bilan magʻlub boʻlishdi.

Garchi magʻlub boʻlishgan boʻlsa ham taassurotlar kutilgandan ham ziyoda boʻldi: ikki oy tinmay kitob oʻqishdi, tez-tez hammalari onlayn suhbat tashkil qilib, oʻzlarining vazifalarini bir-birlariga topshirishar, oʻzaro savol-javob qilishar, boʻsh qoldim deguncha kitob oʻqishga shoshadigan boʻlishdi.

Ota-onasi kitob oʻqiyotganini koʻrib ulgʻaygan farzand oʻzi ham kitobga muhabbatli boʻladi, deb oʻylardim. Shuning uchun uydagilarning bu favqulodda kitob oʻqishga zoʻr berishlarini koʻrib xursand boʻlardim.

Ammo klubdan chiqib ketishganidan keyin ichimda yana hadik paydo boʻldi. Chunki endi oʻynashmaydi, kitob ham oʻqilmaydi. Tezda yangi yoʻl izlashga toʻgʻri keldi va Allohning ilhomi bilan yangi loyihaga asos solindi: 40 ga yaqin qarindoshlar bilan xuddi nashriyotdagidek zakovat tashkil qilindi.

Dekabrdan bugungacha ikkita oʻyin boʻlib oʻtdi. Hamma xursand, xuddi bizdagidek boshqa qarindoshlarda ham kitob oʻqish kamayib ketgan ekan, bu zakovat sabab yana kitob mutolaasiga qaytganini aytishmoqda.

Zakovatning foydasi nafaqat qarindoshlar orasida, yana qoʻshimcha «Peshqadam karvoni» muassasasida ham koʻrindi. Odinaxon ustoza boshchiligida zakovatga asos solinibdi. 30 dan oshiq tashkilot xodimalari jamoalarga boʻlinib, birinchi oʻyinni oʻtkazishibdi.

Shu bilan birga «Peshqadam karvoni» loyihasiga aʼzo boʻlgan viloyatlardagi vakilalar ham oʻzlarining tumanlarida zakovat boshlashlarini aytishibdi.

Siz ham kechiktirmay zakovatni tashkil qiling. Oʻrtoqlar, dugonalar, koʻngil yaqinlar, qarindoshlar, doʻstlar bilan oʻtkazish mumkin. Mabodo kerak boʻlsa, rejalar, oʻyinni oʻtkazish, ballarni baholash tartibi, kerak boʻlsa maʼlum kitoblardan tayyor savollargacha bor, beramiz. Kitobxonlikni targʻib qilishning har xil yoʻllari bor, ular orasida tajribadan oʻtgan usuli zakovat ekan. Marhamat, yaxshi ishni boshlashga siz sababchi boʻling, yoʻqsa boshqalar sizdan oldin «uloqni ilib ketadi».

@abdullohozod

3 months ago
3 months ago

Elektron yoki qogʻoz kitob: qaysi birini koʻproq oʻqiysiz va nima uchun?

10 yildan keyin hozirgi fikringiz oʻzgarishi mumkinmi?

10 yildan keyin qogʻoz kitoblar nashri qanchalik kamayishi yoki koʻpayishi mumkin?

@abdullohozod

3 months ago
5 months, 3 weeks ago
5 months, 4 weeks ago

Suhbatlarni eshitib, xayolimga kelgan oʻylar

«Arbaʼin Navaviyya» tanlovining navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik koʻrish davomida suhbatlarni yana bir marta eshitib chiqishga imkon paydo boʻlyapti, alhamdulillah.

Har safar suhbatlarni qayta eshitganimda ancha yangiliklar, manfaatlar olaman. Dinning asl mohiyatini yana bir bor anglagan boʻlaman.

Bu suhbatlarni birinchi marta 2 yil oldin eshitgan edim. Suhbatlarni eshitgunimcha hamma qatori men ham islom haqida umuman boshqa fikrda edim. Namoz oʻqish, roʻza tutish, ehson qilish, yana shu kabi birlamchi amallar dinni tashkil qiladi, deb oʻylardim.

Ustozning aynan «Arbaʼin Navaviyya» suhbatlarini eshitganimdan keyin esa men oʻylab yurgan, din shu deb yurgan fikrlarim oʻz-oʻzidan puchga chiqdi. Islom aslida umuman boshqa narsa ekan. Ulkan neʼmat ekan.

Har kim ustozning suhbatlaridan kelib chiqib, dinga amal qilsa, barchamiz istaydigan narsa — dunyoning oʻzida azizlikka erishish, oxiratda ham maqomi yuqori boʻlishini tushundim.

Biz-ku umrimizning qaysidir maʼnoda yarmini yashab oʻtganimizda bu haqiqatni tushundik. Ammo har birimizning farzandlarimiz, jiyanlarimiz bor. Ular aqlini tanigandan boshlab ustozning bu suhbatlarini eshitsa, dinning asl mohiyatni anglasa, juda katta gʻalabani qoʻlga kiritar ekanmiz.

Bejiz ustoz bir suhbatlarida: «Agar amal qilinadigan boʻlsa, «Arbaʼin»ning oʻzi saodatimizga yetadi», demagan ekanlar.

Ilohim, farzandlarimizga ustozning suhbatlarini tushunadigan fahm, anglaydigan qalb, uni hayotiga tatbiq qiladigan iroda nasib qilsin.

Gaplarimni yaxshiroq tushunish uchun «Arbaʼin Navaviyya» suhbatlaridan istalgan birini yaxshilab tinglab koʻring. Suhbatlardagi deyarli hamma hadisni avval eshitgan, ammo u hadisdan nima qasd qilinganini katta ehtimol bilan tushunmagan boʻlasiz. Xuddi men kabi. Men hozir 13-suhbatni eshityapman. Siz ham shuni tinglab koʻring.

@abdullohozod

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago