Shohruh Norbekov

Description
Shohruh Norbekov bepul masterklasslari ushbu kanalda bo’lib o’tadi.
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

4 weeks ago
**Ustozning suhbatlarini sog'inganlar bormi?**

Ustozning suhbatlarini sog'inganlar bormi?
Bu kanalda akademik Mirzakarim Norbekovni bilmagan, tanimaganlar bo'lmasa kerak. Ustozning suhbatlarini bir marotaba bo'lsa-da olish ishtiyoqidagilar esa anchagina

Barchangizni erkan qarshiga chorlab, "tandirdan uzilgan" samimiy suhbatni tomosha qilishga taklif etamiz. Ishonaiz, bu galgi suhbatdan ham anchagina insaytlar olasiz

Barchangizga maroqli dam olishni tilaymiz

https://youtu.be/le9Ud1PgHJY?si=YvAY4WL0GAAy18KX

4 weeks ago

Kecha yaxshi uxlamadingiz, ertalab charchagan, asabiy va energiyasiz uyg‘ondingiz. Kun davomida kayfiyatingiz yo‘q, umuman ishlagingiz kelmayabdi.

Tanish holat, shundaymi?

Endi boshqa bir holatni tasavvur qiling: 7-8 soat davomida sifatli uxladingiz. Ertalab tetik, kuchga to‘lib uyg‘ondingiz. Hamma ishlaringiz tez va oson hal bo‘ldi, o‘zingizni eng yaxshi holatda his qilyapsiz. Farqni sezayapsizmi?

Gap faqat uyqu soatlarida emas. Uyqu sifatini belgilovchi yana bir muhim omil bor – uyqu to‘shagingizning holati. Chunki to‘shakdagi chang va mikroskopik jonivorlar nafaqat uyquni buzadi, balki organizmdagi energiyani ham tortib oladi.

Lekin buning oddiy yechimi bor: haftada bir marta to‘shagingizni issiq bug‘li dazmol qiling. Hech qanday kimyoviy vosita kerak emas. Issiq bug‘ changlarni, mikroorganizmlarni yo‘q qiladi.

Bir ilmiy tajriba buni isbotladi: olimlar ikki guruhni kuzatishdi. Bir guruhning yotoqlari issiq bug‘ bilan tozalandi, ikkinchisiniki esa o‘z holicha qoldirildi. Natijada, toza yotoqda uxlaganlar o‘zlarini tetik, xushchaqchaq va energiyali his qilishdi. Va bu oddiy bir dazmol tufayli!

Sifatli uyqu = yaxshi kayfiyat + yuqori samaradorlikUyqu bilan jiddiyroq muammosi bor insonlar bilan sog’lomlashtirish kursimizda alohida shug’ullanamiz. Kurs qatnashchilari birinchi kundanoq uyqusizlik bilan kurashib, natija ko‘rishni boshlaydi.

Yuqoridagi tavsiyani odatga aylantiring – hayotingiz qanday yengillashganini o‘zingiz his qilasiz. Boshlashga tayyormisiz?

@shohruhnorbekov

1 month ago

Nega kasalliklar paydo bo‘ladi?

Chunki bizning harakatlarimiz, fikrlarimiz va xatti-harakatlarimiz ko‘pincha faqat o‘zimizning ochko‘zligimiz va egomizni qondirish uchun shakllanadi. Hozirgi davrda insoniyatning asosiy e’tibori moddiy boyliklarga qaratilgan: pul, oltin, nufuz, hashamatli uy-joylar… Go‘yo bu dunyoda abadiy yashashni rejalashtirgandek yashayapmiz.

Moddiy boylik kerak emas, deb hech kim aytmaydi. To‘g‘ri, ular ham hayotimizning bir qismi. Ammo bir narsani unutmaslik kerak: moddiy farovonlik – ichki dunyo, ruhiy osoyishtalik va sog‘lom ongning natijasidir. Ruhiyati, o‘zi va hayoti bilan uyg‘un yashayotgan inson albatta moddiy jihatdan ham muvaffaqiyatli bo‘ladi.

Shunday ekan, eng avvalo, qalbingizga quloq tuting. Ichki hotirjamlikni toping. Chunki sog‘lom tana, kuchli ruhiyat va tinch ong – bu sizning asosiy poydevoringiz. Ana shu poydevor mustahkam bo‘lsa, moddiy boyliklar ham o‘z-o‘zidan kelveradi.

Moddiy boylikni birinchi o‘ringa qo‘ymang. Hayotingizni haqiqiy boylik – sog‘lik, baxt va osoyishtalik bilan boyiting. Chunki ana shunday inson har sohada, shu jumladan moddiy jihatdan ham, muvaffaqiyatga erishadi.

1 month ago
1 month ago

Hammaga xayrli kun, do‘stlar!

Ertadan klub darslarimiz boshlanmoqda, bu galgi manzil Toshkent viloyatidagi Tibet oromgohi.

Darslar 4 kun davomida 120 dan ortiq tadbirkor va o‘z ustida ishlashni, yana ham rivojlanishni maqsad qilgan insonlar bilan bo‘lib o‘tadi. Bu haqida keyinroq to'liq ma'lumot beraman.

Eslasangiz, dekabr oyida O‘zbekistonda birinchi marta sog‘lomlashtirish kursini tashkil qilgan edik. Ammo joylar soni cheklanganligi sababli (120 kishi), ko‘p insonlar kursda qatnasha olmagan edi.

Shu sababdan, fevral oyida yana bir sog‘lomlashtirish kursini tashkil qilishni rejalashtirdik.
Ammo bu safar kamroq insonlar bilan – faqatgina 90 kishi.

Darslarni Norbekov ayollar klubi murabbiyi – Nurjahon Mahamadiyorova olib boradi. Dars sifatini yana ham yaxshilash uchun qo‘shimcha 6 nafar Norbekov markazida faoliyat olib boruvchi yordamchi o‘qituvchilar ham jalb qilinadi.

Kurs formati – oflayn. Darslarga faqat Toshkent shahridagi Norbekov markaziga kelib qatnashish mumkin.

Kurs 9 kun davomida har kuni 4 soatdan bo‘lib o‘tadi.

Kursga oldindan joy band qilganlar uchun maxsus chegirmalar mavjud. Kurs haqida ma’lumot olish uchun pastdagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:

https://norbekovmarkazi.uz/shohruhnorbekov

1 month ago

Ko‘pchilik muvaffaqiyatli insonlarning tartib-intizomidan nusxa olib, shunday yashashga harakat qiladi. Ammo bu natijada charchoq va muvaffaqiyatsizlikka olib keladi.

Boshqalarning hayotini ko‘chirib, ertalab 6 da turib kitob o‘qiyman, mashq qilaman deb boshlasangiz, lekin natija bermasa-chi? Samaradorligingiz tushib, o‘zingizga ishonchingizni yo‘qotasiz.

O‘z tabiatingizni o‘rganing. Sizga mos tartibni topib, o‘zingizni rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqing. Muvaffaqiyat o‘z yo‘lingizni topishda!

O‘zingizga mos keladigan o'ziga xos usulingiz bormi? Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring!

1 month ago
**Hammasi nimadan boshlanadi?**

Hammasi nimadan boshlanadi?

Ruhdanmi? Aqldanmi? Yo‘q, hammasi tanadan boshlanadi. Hayot ham, hayotning oxiri ham tanadan boshlanadi. Tana charchaydi, jon tanani tark etadi. Koinot bizga shuni ochiq-oydin ko‘rsatib turibdi: hamma narsa tanadan boshlanadi.

Demak, o‘zingizni tanangizdan boshlang.

Bugun tanangizni qanday boshqarayotganingizni o‘ylab ko‘ring. Siz mazali ovqatlarni yaxshi ko‘rasizmi? Biroq ochko‘zlikni nazorat qilolmaysizmi? Unda birinchi qadam – ovqatni boshqarishni o‘rganing. Ovqatni nazorat qila olgan odam – hayotini nazorat qila oladi.

Keling, davom etamiz. Uyqusizlikdan qiynalasizmi? Kechalaringiz tartibsizmi? Uyquni tizimga soling. Uyquni tartibga keltirgan odam kunni boshqaradi, kunni boshqara olgan odam esa – butun hayotini boshqaradi.

Oilangiz bilan aloqalar qanday? Oilaviy munosabatlarda betartiblik bormi? Oilani tartibga keltiring. O‘z qoidalaringizni yarating: haftada ikki kunni faqat oila uchun ajrating. Bu kunlarda na ish, na boshqa tashvishlar bo‘lsin – faqat yaqinlaringiz bilan bo‘ling.

Tartib – energiyaning siri.

Tanani tartibga solish orqali siz ichki energiyangizni to‘g‘ri yo‘naltirishni o‘rganasiz. Tana tarbiyalanganida, ong tiniqlashadi. Ong tiniqlashganda, ruhiyat uyg‘onadi. Ruhiyat uyg‘onganida, hayot o‘z-o‘zidan o‘zgaradi.

Shunday ekan, o‘zingizdan boshlang.
Tana – bu sizning hayotingizning poydevori. Va har qanday buyuk inshoot mustahkam poydevordan boshlanadi. Tana bilan ishlash – bu o‘zingizni o‘zgartirish yo‘lidagi birinchi va eng kuchli qadamdir. **Hamma narsa tanadan boshlanadi.

Siz tayyormisiz?**

1 month, 1 week ago

Kuchli ruhiyat bizga nima beradi?

Stressni yengish qobiliyati —Ruhiyati kuchli odamlar murakkab vaziyatlarda xotirjamlikni saqlay oladi. Ular stress bilan samarali kurashib, muammolarni hal qilish yo'llarini tez topadi.

O‘z-o‘ziga ishonch — Bunday insonlar o‘z kuchlariga ishonadi va muvaffaqiyatsizliklarni vaqtinchalik qiyinchilik deb bilishadi. Ular o‘z maqsadlariga erishishda qat’iyatli bo‘ladilar.

Sog‘lom munosabatlar — Ruhiy kuch insonni boshqalar bilan sog‘lom va samimiy munosabatlar o‘rnatishga undaydi. Bunday odamlar hissiy jihatdan barqaror bo‘lgani sababli, yaqinlari bilan muammolarni tinch hal qila oladi.

Qaror qabul qilish mahorati — Ruhiyati kuchli insonlar bosim ostida ham to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Ular o‘z maqsadlarini aniq belgilab, unga erishish yo‘llarini rejalashtirishadi.

Ishda va shaxsiy hayotda muvaffaqiyat — Bunday odamlar mas'uliyatni o‘z zimmalariga olishdan cho‘chimaydi. Ular muammolarni imkoniyatga aylantirishda mohir bo‘lib, hayotning turli sohalarida muvaffaqiyatga erishadi.

Hissiy barqarorlik — Ruhiyati kuchli odamlar o‘z hissiyotlarini boshqarishni biladi. Ular g‘azab, qo‘rquv yoki umidsizlikni nazorat qilib, ichki tinchlikni saqlashadi.

O‘sishga ochiqlik — Ruhiyati kuchli insonlar tanqidni to‘g‘ri qabul qiladilar va undan saboq olishga intiladilar. Ular doimiy ravishda o‘z ustida ishlashni qadrlaydilar.

Yuqoridagi darslikni, albatta, tomosha qiling va fikrlaringizni izohlarda qoldiring👇🏻

1 month, 1 week ago
**Fikrlaringiz taqdiringizni belgilaydi!**

Fikrlaringiz taqdiringizni belgilaydi!

Har bir fikr – harakatning boshlanishi. Harakatlar odatga aylanadi. Odatlar esa xarakteringizni shakllantiradi. Xarakter esa taqdiringizga aylanadi, azizlar!

Endi o’zingizdan so’rang: hayotingizning qancha qismini faqat orzu qilishga sarflayapsiz? Va qancha qismini bu orzu va rejalarni amalga oshirish uchun harakatga ajratyabsiz?

Orzularingizni haqiqatga aylantirishni ertaga qoldirmang! Hayotingiz bugundan boshlanadi va faqatgina sizning qat’iyatli harakatlaringiz kelajakdagi taqdiringizni yaratadi.

Orzudagidek hayotda yashash uchun harakat qiling, orzu orzuligacha qolib ketmasin!

1 month, 2 weeks ago

Kasb orqasidan faqat pul emas, balki barakaga erishish ham muhim

-Nima uchun inson kasbiy rivojlana olmaydi?
-Insonlarning 4 guruhi
-Yoshlarda uchrayotgan dolzarb muammo haqida ushbu audiopodkastda bilib olasiz.

Agar siz uchun manfaatli bo’lgan bo’lsa, ❤️ qoldiring!

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago