🍁Alvon hislar🍁

Description
Yurak sirlarini she'rga ko'chirayotgan Erkin Vohidov ijod maktabi ijodkor qizlarining ijod dunyosida xush ko'rdik.

Eng sara ijod namunalarimiz✏
Iqtiboslar 📚
Ustozlar ijodidan tuhfalar📝
Yurak-la kuylangan qo'shiqlar 🎶
Kechirgan kechmishimiz 📖
Advertising
We recommend to visit

🤗 Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot 👇

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

💠 Elon va Garant: @TonyYT

💠 Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing 👇👇👇

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

👆👆👆 Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz

Last updated 4 days, 20 hours ago

3 months, 1 week ago
3 months, 2 weeks ago

Endi farqi yo'qdir, qishloq yo shahar,
Barida yashamoq birday azobdir.
Hayot ummoniga qancha sho'ng'imay,
Baribir chiqadi biror tasodif
Va yodga soladi kulgularingni,
Yig'ilaringniyu, tuyg'ularingni,
Mushukday muloyim uyqularingni,
Arazing, nozlaring, erkaligingni,
Meni uxlatmagan sergapligingni,
Qahraton qishlarda sovuqni sezmay
Birgalashib yurgan yo'llarimizni,
Issiq yozlarda ham qo'yvorilmagan
Birga terlab ketgan qo'llarimizni,
Deraza yonida oyga termulib
Yo'llardan ham uzun yozishganimiz,
Suvning yoqasida belingdan quchib
Titrab, es - hushlardan ozishganimiz,
Eshik oldigacha kuzatib borib
Keyin darrov qaytib chaqirganlarim,
Keyin... har narsadan bahona topib
Urushganlarimu, baqirganlarim,
Tilingdan ko'nglimga sanchilgan tikan,
Qo'limdan yuzingga tushgan tarsaki,
Va'dalar, qasamlar buzilgan kunlar,
Va bundan bu yog'i bari qalbaki,
Soxta izhorlaru, soxta afuslar,
Yolg'onlar, aldovlar, o'yinlar turfa,
O'ylab uyqulardan kechilgan tunlar,
Mutlaq isbotlari topilgan shubha,
Yorlikka tanlangan yangi odamlar,
Xuddiki o'tmishda hech narsa yo’qday,
Ikki yoqqa ketgan keskin qadamlar,
Va bari tugadi, qo'yildi nuqta.
Ulfatlar, ichkilik, sarhush kechalar,
Yangi hamrohlarni ko'rdi ko'chalar,
Kitoblar o'qildi necha - nechalab,
Xayollar surildi yangi mavzuda,
Qarorlar qilindi hayotga doir.
O'rganib ham qoldi yurak qayg'uga,
Tuyula boshladi barchasi oddiy.
Bir kun o'tmay qolar bir qultum ham may,
Yana o'tmish bilan qolaman yolg'iz,
Hayot ummoniga qancha sho'ng'imay,
Baribir chiqadi biror tasodif
Va yodga soladi...

Ilhom Salimov
@alvon_hislar

3 months, 3 weeks ago

Kunlar sag'ir
Tunlar sag'ir
Qon yutmoqda qancha bag'ir
"Zamon shu-da",- dema axir
Azal- azal kimlar omon-
Omondadir bilmaysanmi?
Kimlar och-u, kimlar chanqoq,
Qonmoqlikka qòrqmaysanmi?

Biri- og'ang, biri - ining,
Biri-tomir, biri-joning,
Ularning-da, ham seningda
Qizil erur axir qoning.
Tinmayursan gunohi-yu,
Ayblarini aytib uning.
Xudoyimning yaratig'i
Mukammaldur anglaysanmi?
Azal naqqosh bitigidan
Ayb topishga qo'rqmaysanmi?

Derlar dunyo zo'rnikidir,
Yo bo'lmasa zarnikidir.
Yo'q, xatodir,
Dunyo azal
Nomus bilan ornikidir.
Zo'r bo'lsang-da oxir bir kun
Zo'ring ketib tinmaysanmi?
Bu dunyoning ne'matlarin,
Jabrlarin tortmaysanmi?

Uying qolar, yering qolar,
Hatto yozgan she'ring qolar.
O'g'il qizing qoladurlar,
Yurting qolar, eling qolar.
O'zing bilan qolsa bir kun
Xudosi bor diling qolar.
Bu dunyoga diling sotib
O'lsang afsus tortmaysanmi?
Yer ostida bitta o'zing
Qolar bo'lsang qo'rqmaysanmi?

Ehtimol bu so'nggi nafas,
So'nggi kiprik qoqishingdir.
Nima qilsang qilavergin
Bari sening xohishingdir.
Nima qilma shu osmondan,
O'tib ketish imkoni yo'q.
Nafsing o'pqon bo'lsin yerni
Yutib ketish imkoni yo'q.
Kel, shu eski dunyosiga
Mehr yuqtir, sevgi yuqtir.
Sen oshiq bo'l qolganlari
Bo'laverar o'zi taqdir.

Odamzotning farishtaga,
Aylanmog'i muhabbatdan.
Bir ayolning vujudida,
Ulg'aymog'i muhabbatdan.
Bu dunyoda sen-u men yo'q
Muhabbatsan!
Muhabbatman!
Muhabbatsiz ketar bo'lsang
Qiyomatdan qo'rqmaysanmi?
Qiymatga qadar faqat,
Sevmaysanmi, sevmaysanmi?
Muhabbatsiz o'tar bo'lsang,
Qo'rqmaysanmi, qo'rqmaysanmi?

4 months, 3 weeks ago
ISYON VA ITOAT

ISYON VA ITOAT

Tig‘ ustida yurdirib, tomosho qilar Tangrim,
Cho‘g‘ ustida turdirib, tomosho qilar Tangrim.
Toshqinda bir kemadek nochor ketib borarman,
Men hech narsa bilmayman, barini bilar Tangrim.

Oldga yursam xatar bor, ortga yursam xatar bor,
Har lahza, har safaru, har tun, har sahar bor.
Bir chumoli misoli don uchun chiqqan edim,
Donni ne qiladiyu, meni ne qilar Tangrim.

Haqsizlik uchun yondim, shavq uchun isyon qildim.
Haqqimni ber dedimu Haq uchun isyon qildim.
Boshimni har yon urdim, bosh yorilgach angladim,
Poyiga qo‘ysamgina boshimni silar Tangrim.

Sabrim yetarmi bilmam, sabrimni sinayversa,
Har bir sinaganida suyagim sinaversa,
Sinib-sinib oxiri o‘zing butla deb borsam,
Suyagimni un qilib, elakda elar Tangrim.

Mayli ne bo‘lsa hamki, yorug‘ yuz bilan yetay,
Dil to‘la mehr bilan, yoshli ko‘z bilan yetay,
Yuragimni to‘ldirar bitta taskin bor faqat,
Men Tangrimga borarman, men tomon kelar Tangrim.

Guljamol Asqarova

5 months ago

Xalqimga

Tangriga shakim yoʻq, bori qaygʻum — san,
Qiyomat qoʻpsa-yu avom zij boʻlsa,
Adolat boʻlmasa jim koʻnasan-u
Toʻpolon qilasan tiqilinch boʻlsa.

Muhammad QODIR

@Fikrimcha_shu

5 months ago

Musofir

Qishloqda
sahardan to kechga dovur
onam shosupada ko‘rpacha qovir.
Yig‘lab ham oladi:
“Bolam... musofir...
O‘risga ketgan” deb.

G‘animlar har qanday pastlikka qodir,
baridan do‘stlarning dashnomi og‘ir.
Kuldilar:
“Muhabbat balosi oxir
boshiga yetgan” deb.
Oqshom oyga boqib, surdingmi xayol?
Ey, qizlardek lobar, ma’suma ayol.
Ko‘ngilsiz turmushga ko‘nding ehtimol:
“Taqdir shu ekan” deb.

Men bunda o‘zimni qarg‘ab yuribman,
sovuq nafaslarda yaxlab yuribman.
Qo‘ynimda maktubing saqlab yuribman
barmog‘ing tekkan deb.

Jamoliddin Badalov

6 months, 3 weeks ago

*...Va yana yig‘ladim( koshki arzisang)
Demak, hali toshga aylanganim yo‘q...
Yupanch-da kutmadim, yelka tutmading,
Men seni Xudoga qayraganim yo‘q!

Qo‘rqma, jazolamas, joning olmaydi!
Yashasang, ko‘rgaysan mo‘jizalarni!
Tangri shafqat qilar ki nomardlarga,
Mardlar yig‘latmaydi ojizalarni...*

Shahrizoda Botirova

7 months ago
*О, ўшанда барига кўнишим лозим эди,

О, ўшанда барига кўнишим лозим эди,
Долғаларга на ҳожат, тинишим лозим эди.
Ҳа, сен менга аталган милён йиллик бахт эдинг,
О, ўшанда мен сени танишим лозим эди.

Нурамоқнинг аввали бунёд бўлмоқ эканин,
Кетмоқликнинг аввали фақат келмоқ эканин,
Юрагимнинг қисмати минг бор синмоқ эканин,
О, ўшанда мен буни билишим лозим эди.

Ортга боқиб ортига юрарга чораси йўқ,
Куйиб бўлган юракнинг куярга чораси йўқ.
Тутаб ўтган умрнинг тутунлари бўғгайдир,
О, ўшанда мен аниқ куйишим лозим эди.

Керагида қилинмас мардлик, номардликдандир,
Ёлғон фиғон чекмоқлик асли бедардликдандир.
Айтмоқ оғирку жуда, лек барибир, барибир
О, ўшанда мен сени суюшим лозим эди.

Гулрух ХУДОЁРОВА

7 months ago

Tirband avtobusning tutqichlarida
Oqarib, qizarib, tolib, osilib..
Qismat yoqasidan tutganday tutib,
Qo‘llari qo‘limga tegib, yondirib...

Iymanib, qimtinib, ko‘zin op qochib,
Ikkinchi qo‘lida bir juft qo‘lqop bor.
Qo‘lqopiga bitta ko‘zmunchoq ilgan,
Demak qo‘rquvi bor, ham umidi bor.

Zulfini ortiga qaytarib tashlar,
Va tag‘in yurakday siltanar avto.
Xudoyim, bunchalar usullaring ko‘p,
Meni asrash uchun bu yangi savdo.

Qarang, yelkalari va yonog‘ida
Bir azim titroq bor, sezilmaydigan.
Olamdan zerikib ketganga o‘xshar,
Ammo qarzi borday — uzilmaydigan.

Agar kiftidagi hasratin yig‘ib,
Bir qo‘lini qo‘ysa yelkamga, valloh!
Aniq mahshar sari og‘ib ketaman,
Meni asrayapti Yaratgan Olloh...

Keyingi bekat bu — dunyo oxiri,
Axir, hamyonini kovlayapti u.
Hozir tushib qolar tirband olamdan
Borimni bilmasdan tovlayapti u.

Yuzim chetga burdim, sabrim ko‘p mo‘ldir,
Siljidim, o‘tqazib yuboray dedim.
Shu dam tilib o‘tdi yuzimni olov,
Nigohin bir cheti bilan, voh, o‘ldim.

O‘ldim, loshim, ishga o‘zing boraver,
So‘rab qo‘y qadimiy ulfatlarimni.
Bir kun nigohidan qayta tirilsam,
Davom ettiraman suhbatlarimni.
Davom ettirarman suhbatlarimni...

Shodmonqul SALOM

8 months, 3 weeks ago
қор соғинчи

қор соғинчи

қорсирайди қиш

юрак оғриғидай босилмас
қор соғинчи
қарғалар қор сўраб бериши мумкин
лекин тангрининг раҳми келар ҳовлисидаги
сўнгги зардолини ўтинликка
кўзи қиймай ўтирган жўжабирдай оилага

тезроқ кетгиси келар қишнинг
сафари қаримай туриб ҳам
бу ўлкалардан

қиличини қайрагани уялади қиш
камбағалнинг ҳовлисида
ўчоқбошида

сен эса
қорни соғинасан
эрмакка

Фахриёр

@FeruzaXayrullayeva

We recommend to visit

🤗 Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot 👇

⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT

ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅

💠 Elon va Garant: @TonyYT

💠 Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER

Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing 👇👇👇

https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy

👆👆👆 Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️

©️ SENATOR PUBGM

🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz

Last updated 4 days, 20 hours ago