Sherzod Komil | Blog

Description
Private: https://t.me/+6Dkfpdc6H1gxOGUy
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 months, 1 week ago

Deyarli 4 yildan beri marketingdamanMashinam yo’q, uy ham olmadim hali.

1 oylik daromadim yomon emas, balki. Lekin, huddi qolganlar kabi amal taqal harajatlarimni qoplayapti. Qarz ham bo’laman orada.

Ha, marketingda katta pul aylantirayotganlar yo’q emas. Lekin, umumiydan 1% bo’lsa kerak.

Huddi, quruvchilar, mashina ustalari, o’qituvchilar kabi. Ularning ham orasida 1% i katta daromadlarga erishishgan. Qolgani esa yoki o’rtacha yoki shunchaki yomon.

Ijtimoiy tarmoqda 1% ni kuzatib, bugun ITishnik, ertaga marketolog, indinga Treyder bo’lishni orzu qilib qoladigan “men”ga achchiq haqiqat shuki,
baribir mehnat qilishim, ilm olishim yillar davomida qiyinchilik bilan tajriba orttirishim kerak.

Qaysi sohada bo’lishimdan qat’iy nazar, ilm va mehnatsiz hech narsaga shunchaki oson erisha olmas ekanman.

Ha, menda mashina va uy yo’qligi, men kamroq harakat qilayotganim va dangasaligim sababli bo’lishi mumkin.

Lekin, “orqamni ko’tarmay” pul topish haqida hayolimga keladigan fikrlar bekorligini tushundim.

Narigi 1%ga o’xshashni orzu qilib soha almashtiraverib yillarimni yo’qotayotganimni his qildim.

2 months, 3 weeks ago

Xulosa chiqarish.

"Xatodan xulosa chiqarish" g'oyasi ommalashgani sababli xulosa chiqarish haqida biroz yozmoqchiman.

IELTS o'qiganlar bo'lsa, "overgeneralization" degan tushunchani bilishadi.

Misol: Bir dona nemis bilan gaplashib, butun nemislar haqida fikr chiqarish.

Ya'ni yetarlicha ma'lumot va dalilsiz xulosa qilish.

Shu holatni atrofimdagilarda ko'p kuzatyapman.

Masalan, sherikchilikda ish boshlashadi. Ish o'xshamaydi. Darxol sherikchilikda ishlash kerak emas ekan deb xulosa qilishadi.

Lekin birgina holatni o'zi yetarlimi?

Shoshilmang.

4 months, 2 weeks ago

Alloh quyidagi 3 bandani yomon ko’radi, lekin keyingi 3 toifani ulardan ham yomon ko’radi:

  1. Fosiq - Fosiq chol
  2. Mutakabbir - Faqir mutakabbir
  3. Baxil - Boy baxil

Quyidagi 3 toifani yaxshi ko’radi, keyingi 3 toifani ulardan ham yaxshi ko’radi:

  1. Taqvoli - Yosh taqvoli
  2. Tavoze - Boy tavoze
  3. Sahiy - Faqir sahiy
4 months, 2 weeks ago

https://t.me/+6Dkfpdc6H1gxOGUy

Shaxsiy kanalim. Bu yerda aktivroq bo’laman.

5 months, 1 week ago

G'azabingizni jilovlang, lekin undan voz kechmang.

G'azab - kuchli qurol.

Jamiyat g'azabini boshqarish orqali xalqni boshqarish mumkin.

Kapitalism - Xalq g'azabini jilovlash uchun qilingan eng katta propaganda misollaridan biri.

Bu tizim insonlarni moliyaviy foyda bor joyda hissiy karaxtlikka undaydi. Nimaqib bo'lsa ham pulini ol, hissiyotlaring aralashishiga yo'l qoyma degan g'oyani oldinga suradi.

Kapitalism rivojlangan davlatlarda orli, nomusli, g'ururli degan tushunchalar o'z o'rnini boy va kambag'alga bo'shatib bergan.

Yana bir misol LGBT'ni kirib kelishi. Chet el davlatlarida LGBT haqida tushunchalar maktabdan boshlab berib boriladi. Nega? Sabab bolalarni bunga oddiy holdek qarashga odatlantirish va g'azab hissini karaxt qilishdir.

Bunga ko'p misollar keltirish mumkin.

G'azab qirolidan keng foydalanaylik. Bizning qadriyat, qarashlarimizga to'g'ri kelmaydigan g'oyalar va ularni yetkazuvchi insonlarga qarshi g'azabimizni ko'rsataylik. Bundan uyalmaylik.

Or, nomus, g'urur, rashq kabi tushunchalarni saqlab qolishimiz uchun ham g'azabimizdan voz kechmaylik.

5 months, 4 weeks ago

Yodingizdan chiqmasin, biz ijtimoiy tarmoqlarni emas, amal daftarlarimizni to’ldirmoqdamiz.

Bizga berilgan resurslar, vaqt, sog’liq, aql, til, puldan qanaqa foydalanayotganligimizga ehtiyot bo’laylik.

Ularni ertaga qanday og’ir tosh bosishini bugundan his qilib sarf etaylik.

Chalg’imaylik.

7 months, 2 weeks ago

Erkinlik = Imkoniyat - Majburiyat

Man uchun eng muhum qadriyatlardan biri bu erkinlik.

Maksimum erkinlik uchun maksimum imkoniyat va minimum majburiyat kerak bo'ladi.

Katta korxona rahbarida katta imkoniyat bor lekin majburiyat ham katta bo'lganligi uchun, u o'zini erkin hisoblay olmaydi.

Xuddi shunaqa biror katta majburiyat olmagan xodim katta imkoniyati bo'lmaganligi uchun ham o'zini erkin deyolmaydi.

Savol: Qanday qilib majburiyatni cheklab imkoniyatni oshirish mumkin?

Agar siz ham erkin bo'lishni istasangiz, unda shu tepadagi savolga javob izlashni boshlang.

8 months ago

Ilgari "Problem-solving" eng muhum soft skillardan deyishsa, tushunmardim.

Muammoni yechish bu hammada bor ko'nikma deb o'ylardim.

Oxirgi 1-2 oy fikrimni o'zgartirdi.

Hamma ham muammoni yechish ma'suliyatini zimmasiga ololmarkan.

Ba'zilar bu ma'suliyatni boshqalarga yuklashadi. Ba'zilar majburiyat qilib yuklangandagina, muammoni yechishga harakat qiladilar.

Lekin haqiqiy ko'nikmaga ega insonlar, muammoni ham yechimni ham o'zlari topadilar.

Shunaqa insonlarga ehtiyojimiz bor!

8 months ago

Vaqt nisbiy tushuncha.

Esimda, Ingliz tilidan dars berib yurgan vaqtlarim, 1 yil qanday o'tib ketganini sezmay qolardim. Xozir eslasam ham huddiki 1 oy muddatdek tuyuladi go'yo.

2023, Avgust - Fevral oylari, aslida bor yog'i 6 oy, lekin kamida 2 yilni yashagandek his qilaman shu 6 oy ichida.

Vaqt atrofimizda sodir bo'layotgan hodisalar, yangiliklarga qarab nisbiy bo'larkan.

Agar bir xil ishni qayta qayta bajarib, shablon hayot kechirsangiz, umringizni 1 oyda yashab qoygandek his qilarkansiz.

Agar doim sarguzash, yangilik, yangi tanishlar, yangi bilimlar orttirish bilan band bo'lsangiz, 1 oylik muddat ham uzoqroq tuyulishi mumkin ekan.

Oxirgi oy masalan 10 kun Turkiyada bo'ldim, 2 kun vodiyda, dacha, peregavorlar bilan bo'lib, yana bir 2-3 oy yashavordimov.

9 months, 2 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago