Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Ey pokiza xilqat, xush kelding,
vojib boʻlsin Ishq duolari.
Tirnogʻingga arzimas sening
bu dunyoning bor dunyolari…
Bagʻring zahar-zaqqumga toʻlar,
kimdir otar soʻnggi toshini
va poyingga tashlaydi ular
muqaddas deb bilgan loshini…
Sen ketasan… Koʻkda yolgʻiz oy,
pastda uvlar nobakor itlar…
Tumshugʻi qon, panjalari loy,
potirlaydi qonxoʻr burgutlar…
Sen ketasan tanho va dilxun
girdob uzra oq gul misoli…
Pok tanangni asramoq uchun
lashkar tortar yulduz qiroli…
Ey pokiza xilqat, xush kelding!
Vojib boʻlsin Ishq duolari!
Tirnogʻingga arzimas sening
bu dunyoning bor dunyolari!..
Asqar Mahkam
Talabalik yillarda falsafa darsini juda yaxshi koʻrardim. Qiziqarli fan edi men uchun falsafa. Ayniqsa,dars davomida boʻlib oʻtadigan bahslarni yoqtirardim. (Hozir yozmoqchi boʻlganlarim falsafa haqida emas.) Xullas,bir kun falsafa darsida allaqaysi mavzuni tushuntirish jarayonida ustoz bir faktni keltirib oʻtdi: Statistik maʼlumotlarga qaraganda,sevib-sevilib turmush qurganlar orasida ajrimlar koʻproq boʻlayotgan ekan. Kattalar roziligi bilan,sovchilar orqali qurilgan oilalarda esa nisbatan kamroq ekan. Buning sababini ustoz taxminan shunday tushuntirgan edi: sevishganlar oʻz juftini idel shaxs sifatidagina taniydi,toʻydan keyin birga yashay boshlaganlaridan soʻng,tabiiyki, avval koʻrinmagan kamchiliklar koʻzga tashlanadi. Erkak yoki ayol tasavvuridagi yorini topolmay qoladi, xullas. Qattiq sevib qolganlarda ego ham kuchliroq bo'larkan.Yana baʼzi sabablar ham tushuntirildi. Haqiqatan barcha aytilgan gaplarda jon bor edi. Shu orada men: "Ustoz, muhabbatsiz turmush qursak,yaxshi ekan-da",– dedim yarim hazil qilib. Shuncha faktlar-u dalillarni keltirib turgan ustozimiz esa:"Yoʻq, oʻrtada sevgi boʻlgani maʼqul baribir",deya javob bergandi. Nimagadir shu suhbat haligacha yodimdan koʻtarilmabdi.
Sal oʻtib,bir voqeani guvohi boʻldim. Yon qoʻshnimiz ikki oʻgʻlini bir vaqtda uylantirdi. Katta oʻgʻilning yoqtirgan qizi maʼqul boʻlmadi shekilli, ota-ona oʻzi topgan yaxshi bir qizni oʻgʻliga olib berdi. Kichik oʻgʻli esa sevaman, o'laman qilib, kattalarning noroziligiga qaramay sevganiga uylandi. Oradan bir oy oʻtar-oʻtmas katta oʻgʻli haligi ota-onasi topgan – yaxshi qiz bilan ajrashib ketdi. Umuman olganda,qiz chindan yaxshi edi. Ammo koʻngil qursin ekan. Hozir u yigit boshqasiga uylangan. Qiz ham allaqachon boshqa biriga turmushga chiqqan.Sevganiga uylangan uka esa ayoli bilan binoyidek yashab kelyapti,farzandi ham bor. Statistik maʼlumotlar hozir qanaqa bilmadim,ammo muhabbatsiz turmush turmush boʻlmaydi.Nikohdan keyin boʻlsa ham erkak va ayol oʻrtasida muhabbat boʻlgani durust.Odam sevishga, sevilishga, qolaversa, tushunilishga juda muhtoj.
Muhabbat eskirmas mavzu. Koʻp yozish mumkin bu haqda. Mana hozir qish. Tashqarida esa qor. Shunday sovuq kunlarda qalbimizga iliqlik olib kira oladigan tuygʻu ham aslida muhabbat. Tashqarida qahraton qish boʻlsa ham,sevgi tufayli qalblarda bahor hukmron boʻlaveradi.Yashashga, yashaganda ham haqiqiy baxt bilan hamnafas holda yashashga undaydi muhabbat deganlari. Hayot yoʻllaringizni muhabbat atalmish tuygʻu nurafshon etsin!
Dunyo yaxshi odamlarga toʻla, lekin siz buni faqat muammoga duch kelganingizda sezasiz. Bu hayotning qiyin daqiqalari uchun oʻziga xos kompensatsiya.
Chindan ham biz biror muammoga duch kelsak yoki qiyin bir vaziyatga tushib qolsak, kimdir begʻaraz yordam qoʻlini cho'zsa qanday yaxshi! Mana shunaqa holatlarda:"Dunyoda yaxshi insonlar hali ham bor",deb qoʻyamiz. Bir insonning tanimagan-bilmagan,begona bir kishiga qilgan begʻaraz yordami yaxshilikning eng chiroyli koʻrinishi, menimcha.
Kuzning soʻnggi oyi edi. Koʻchada sharros yomgʻir yogʻardi. Poytaxtga ketyotgandik. Yoʻlda mashinamiz gaz toʻldirish shoxobchasida toʻxtadi. Tabiiyki,bir chetga tushib kutib turishga toʻgʻri keldi. Qoʻlimda olti oylik oʻgʻlim. Havo ham anchagina sovuq. Menku yomgʻir ostida yurib oʻrganib ketganman, koʻnglimni oʻgʻlim shamollab qolmasinda,degan xavotir bosdi. Yonginamizda kichik bir kafe bor ekan. Soat ertalabki sakkiz boʻlgani uchunmi,hali eshiklar qulf edi. Ichkarida esa bir farrosh ayol pollarni artib yurardi. Bizni koʻrib,qulflangan eshikni ochdi,ichkariga kirishni taklif qildi. Kirdik,salom-alik qildik,biroz gaplashdik ham. Chamasi qirq yoshlarga borib qolgan,soddagina, samimiy bir oʻzbek ayoli ekan. 15 daqiqalardan keyin u ayolga rahmat aytib,xayrlashdik. Yoʻlimizda yana davom etdik... Hayotimizda shu kabi eslashga arziydigan kichkina voqealar juda koʻp sodir boʻladi. Shunday vaziyatlarda koʻrsatilgan yordam,ozgina mehr ham insonlarga boʻlgan muhabbatimizni kuchayishiga sabab boʻladi.
Zamon oʻzgardi, odamlar oʻzgardi, deymiz. Lekin qancha vaqt oʻtsa ham insonlar bir-birlariga madad boʻlib,mehr koʻrsatib yashasalar hayot goʻzal boʻlaveradi. Bugun qiyin ahvolda qolgan yaqinmizga qoʻlimizdan kela turib yordam qoʻlini cho'zmasak, bemor yotgan qoʻshnimizning holidan vaqti-vaqti bilan xabar olmasak,bora-bora insoniylikdan yiroqlashib ketaveramiz. Butun koinot oʻzimizda jam boʻlgan. Keling,umr yoʻllarimizni faqatgina yaxshi amallar bilan bezaylik.
Rasm muhokamasi:
–Anavi shirinliklarga nima bor ekan-a? Sa'nat asarini buzib turibdi!
–Ozodlik haykalini yoniga borib suratga tushirish kerak kitobni.
Yarim kechasi ketsakmikan,deb turibmiz Nyu-Yorkka!
"Qoʻrqoqni tug'moq hali onalik emas. Mardlarning onasigina onadir faqat!"
1922-yil Germaniyaga borgan talablar orasida Saida,Xayriniso va Maryam kabi qizlar ham bor edi. Tasavvur qilyapsizmi,bundan bir asr oldin 16-17 yashar qizlar oʻqish uchun chet davlatga yoʻl olgandi. "Burchim va ajalim –millat uchun oʻqimoq",degan mard qizlar edi ular. Oʻqishga qiziqqan,toza ilm havosidan bahra olishga intilgan qizlar uchun sharoit va imkoniyatni yaratib bergan insonlar borligi oʻsha davr uchun yirik bir hodisa edi. Hozir ham shunday.
Maktabda bir sinfda qizlar 20 ta edik. Oʻsha yigirma nafar qizdan bor yoʻgʻi 2-3 tamiz oliy taʼlimda tahsil oldik. Qolganlarni esa kollejni tugatmasidanoq masalasi hal edi. Bu aslida fojia. Faqat turmushga berish uchun qiz oʻstirayotgan oilalarni hech tushunmayman.
Ish boshlaganimning ilk yillaridayoq 9-10-11-sinflarga dars bera boshladim. Bilasiz,yigitlardan koʻra qizlar koʻproq qiziqadi oʻqishga. Biroq maktabni bitirgan zahoti toʻyi boʻlgan qizlarni ham koʻp koʻrdim. Men dars bergan, oʻqishga yaxshigina qiziqadigan qizlar bor edi ularning orasida. Xafa boʻlib ketaman shunday holatlarda. Hali oʻqishga kirishi, taʼlimni davom ettirishi, hayotda oʻz oʻrniga ega bo'lishi kerak edi-ku ular ham.
Oʻzbek oilalarining koʻpchiligida bir gʻalati va johilona qarash bor. "Qiz bola oʻqib olim boʻlarmidi?", "Qiz bola birovning hasmi, oʻqib meni boqarmidi,ana oʻgʻillarimni oʻqitaman undan koʻra!", "Qiz bolaning ishi nozik, nomusini ehtiyot qilish kerak. Uzoqqa oʻqishga yuborish yaxshi emas". Agar mana shunday fikrlaydigan kishilar kamaymasa, millat onalari o'qishi uchun sharoit yaratilmasa,borib-borib taʼlim ham, tarbiya ham tanazzulga yuz tutishi aniq.
Farzandining boshlang'ich ijtimoiylashuviga ona sabab bo‘ladi. Uni ilm olishga qiziqtirish ham,go‘zal axloqli va mard qilib tarbiyalash ham koʻproq ona zimmasidadir. Ayol kishi ilmsiz haqiqiy baxtga erisha olmaydi. Shunday ekan,ayol-qizlarga imkon berish lozim:ilm olishlariga, yuksalishlariga,hayoti davomida yuqori marralarni koʻzlab yashashlariga!
Albatta,oila birinchi oʻrinda. Bir uyga kelin boʻlish,mard bir yigitga yor boʻlish, farzandlar koʻrish hammaga ham nasib etsin. Ammo bu qizlarning oʻz orzu-umidlaridan voz kechishi evaziga boʻlishi kerak emas. Bir roʻzgʻorni eplab-seplab ketish uchun ham oʻqish muhim. Umr faqat roʻzgʻor,bola-chaqa va nasfimiz uchungina berilmaganini his qilish vaqti allaqachon kelgan. Yoʻqsa, koʻz oldimizda dunyo maydalashib ketaveradi. Xuddi tilla baliqchadek torgina hovuzchani dunyo shu ekan, deb oʻylayveramiz!
Seni tushimda ko'rdimmi?
Hamon yodimdadir barcha-barchasi.
Ko'l uzra shafaqqa termulganimiz,
Ohista kuylaring, ko'ngil parchasi.
Qo'l ushlab baxtiyor kulganlarimiz,
O'shal tabassumni bir ko'rmoq uchun
Iltijo qilgandim parvardigorga...
Nahotki tushlarim o'ngidan keldi –
Nigohim qorishib birinchi qorga...
Nikohda erkaklarga mahr berish farz boʻlsa, ayollarga mahr olish haq hisoblanadi. Albatta,bunda katta hikmat bor. Mahr aslida ayol-qizlarning qadrlarini oshirish, oʻz ota uyini tark etib,yangi oila qurishga koʻrsatgan jasoratlarini taqdirlash uchun beriladi. Ayol kishining kelajakdagi moliyaviy taʼminoti yaxshi boʻlishiga koʻzi yetishi uchun ham mahrning eng kam miqdori belgilab qoʻyilgan.
Mahr uchun kelin uy yoki mashina, shunga oʻxshash kattaroq bir narsa soʻrasa, darrov "Niyati buzuq, toʻydan keyin ajrashib ketmoqchi shekilli", "Buncha ochkoʻz, boylik uchun turmushga chiqayotgan ekanda", kabi malomatlarga qolib ketadi. Kuyovning imkoniyati yetsa, koʻngildan chiqarib,kattaroq mahr berishi lozim. Risoladagidek, joy-joyiga qoʻyib, tushungan holda mahr beradiganlar bor. Ammo jamiyatda ular juda ozchilikni tashkil etadi. Koʻpchilik dinning hukmlarini juda yaxshi biladi, biroq amal qilishga kelganda oqsaydi.
Nikoh vaqtida domla savol beradi: "Kelin uchun mahrga nima aytdingiz, kuyov?" Kuyov bola:"Mahrga nikoh uzugi",deya javob beradi.(Yo tavba, toʻyda shundoq ham nikoh uzugi taqiladiku). Domla esa bu kamligini,yana biror narsa qoʻshish joizligini aytadi. Keyinroq berish sharti bilan nikoh ham oʻqiladi. Baʼzida vaʼdalar bajariladi, baʼzida esa yoʻq. Oʻz haqini yaxshi bilgan ayollar ham koʻp hollarda istihola qiladi soʻrashga.
Bundan sal ilgari yaqin qarindoshimizning qizi ajrashdi. Soʻrasangiz, oddiy bir sabab bilan ajralishdi. Oʻrtada farzand bor edi. Kuyov katta miqdorda aliment puli toʻlashdan qochib qorovullik ishiga kirib oldi. Hech qancha aliment toʻlanmas ekan shunda. Hali suddan ajrim chiqmasdanoq uylanish harakatiga tushdi. Farzandidan esa umuman xabar olmaydi. Odamni oʻziga insof bermasa qiyin ekan. Bu holatda ayol endi oʻzini, qolaversa farzandini taʼminlashi uchun nima qilishi kerak. Ota uyiga qaytib borgan taqdirda ham, qoʻlida yaxshi bir kasbi, maʼlumoti boʻlmasa qiyin. Mana shunday vaziyatlarda mahr kattaroq boʻlgani yaxshi. Afsuski, birgina nikoh uzugini sotib, oʻzini oʻnglash qiyin masala.
Ajrimlar koʻpayib ketmasligi uchun ham mahrning miqdori koʻproq boʻlgani maʼquldir. Mahr berayotgan er oʻzining erligini, ayoliga mehr-muhabbat koʻrsatish kerakligini,oila qurish oʻz-oʻzidan boʻlib ketmasligini yaxshi anglaydi. Mahr erkakning ayoli va oilasi uchun mol-dunyo sarflashdagi himmatini koʻrsatib beradi.
Bugungi kunda aholining ogʻir ahvolda yashayotgan aksariyat qismini beva ayollar tashkil etadi. Turmushdan ajralgan va bir etak farzandlari bilan,hattoki, yashash uchun tayinli uyi yoʻq ayollar juda koʻp. Ayollarning haq-huquqlari poymol etilgan joyda musulmonlikni da'vo qilish ortiqcha)
Asli Sanjarning "Haram" kitobini tarjima qilganimda Usmonlilar imperiyasidagi nikoh masalalari eʼtiborimni tortgandi. Yigit va qiz nikohlanishdan oldin ikkala tomon aniq shartlarini aytadi va bu yuridik hujjat maqomida roʻyxatga olinadi. Deylik, qiz "Agar erim ikkinchi xotin olguday boʻlsa ajrashaman" degan shartni nikoh shartnomasiga kiritgan holatlar bor.
Yana bir muhim jihat, bu mahr. Qiz mahrga xohlagan narsasi va summasini soʻrashi mumkin. Bunda yigitning moliyaviy ahvoli hisobga olinadi albatta. Agar tomonlarning istagi va imkoni mos kelmasa bunda hech bir tomon ayblanmaydi. Katta summa soʻralganda, mahrni boʻlib-boʻlib berish ham mumkin boʻlgan. Bunda asosan mabodo ajrashishsa yoki er vafot etsa, ayol oʻzini va bolalarini ta'minlay olishi hisobga olingan, shu bois mahrga uy va kattaroq pul soʻralgan. Shuningdek, ayolga doimiy nafaqa berib turilgan. Erkakning topgan pulida uyda oʻtirgan ayolining tengma teng haqqi bor, ayolning ehtiyojlari uchun har doim pul berib turish kerak.
Shularni oʻqib, dindorlikka da'vo qilayotgan erkaklarga bir qarayman. Koʻpi uy yo mashina olguday boʻlsa oʻzining emas, ota-onasining nomiga oladi. Nega? Mabodo ajrashsa xotini da'vo qilolmasligi uchun. Chunki nikohdan keyin sotib olingan mol-mulk erkak va ayol oʻrtasida teng taqsimlanadi sudda.
Koʻpi ayolini uyga tiqib qoʻyadiyu, uning ehtiyojlariga pul bermaydi. Bu eng yomoni. Ishlari yurishmay, qoʻlida puli boʻlmasa tushunsa boʻladi. Ammo ishlab, qoʻlida puli boʻla turib oilasidan ayash na dinga, na insoniylikka toʻgʻri keladi. Odam mol emaski, faqat qornini toʻydirib qoʻyish bilan kifoyalansangiz. Uning ham siz kabi nimadir yegisi, nimadir kiygisi, nimadir olgisi, qaygadir borgisi keladi.
Ajrashgach aliment toʻlashdan qochib yurgan, oyligini kam koʻrsatish uchun qorovullikka yozilib olgan erkaklar koʻp. Ajrashgach yoki eri vafot etgach erning uyiga ham, ota uyiga ham sigʻmay yurgan ayollar koʻp. Mahr va ayolga nafaqa ayni shu masalalar yuzasidan joriy qilingan. Bu yerda sal yuqoridagi postda aytganim, keraksiz udumlar emas, insonning yashab qolishi va inson sifatida qadr topishi markaziy oʻrinda.
Bugun mediaga qarasak, katta mahr soʻragan qizlarni olaboʻjiga chiqarish kompaniyasi boshlanganini koʻramiz. Qoʻyib bersa, qonunniyam, dinniyam faqat oʻzimizga qulay tomonini olib, boshqasiga koʻz yumsak... Dindor erkaklar ayolim menga boʻysunishi kerak deb, uning majburiyatlarini sanash bilan band. Oʻzining majburiyatlarini esa hatto toʻliq bilmasa kerak. Menimcha, jamiyatimizdagi asosiy muammo ham shunda. Oʻz majburiyatimizga bepisand qaraymiz, oʻzgadan esa ortigʻi bilan talab qilamiz.
Masalan, "Haram" unaqa kuchli asar emasday. Biroq mana shu masalalar yoritilgani eʼtiborga molik.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago